Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Зверобоя Трава

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Зверобоя Трава 30г №1

3 000 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Зверобоя Трава 30г №1
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
Ishlab chiqaruvchi
(НАФ )
Chiqarilish shakli
травяной сбор
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibida:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 Dorivor oʻsimlik xom ashyosi.

 

Tarkibida:

 flavonoidlar (kamida 1,5%), efir moylari, oshlovchi va boshqa moddalar saqlanadi.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Burushtiruvchi vosita.

Farmakologik xususiyatlari

Dalachoydoshlar (Hypericacceae) oilasiga mansub, yovvoyi oʻsuvchi koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik – dagʻal dalachoyning (Hypericum scabrum L.) gullash davrida yigʻilgan va quritilgan oʻti.

Burushtiruvchi va antiseptik taʼsir koʻrsatadi.

 

Qoʻllanilishi

Gingivitlarda, stomatitlarda, kolitlarda qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ichga, damlama koʻrinishida qoʻllaniladi. Damlamani tayyorlash uchun 20 g yoki 9 ta filtr-paket oʻtni sirlangan idishga solib ustiga 200 ml (1 stakan) xona haroratidagi qaynatilgan suv quyiladi va qopqoq bilan yopiladi va qaynayotgan suv hammomida 15 minut qizdiriladi va xona haroratida 45 minut davomida sovutiladi. Damlama doka orqali suzib oʻtkaziladi va qolgan xom-ashyo siqiladi (filtr-paketlar olinadi va dokasiz siqiladi). Olingan damlama hajmi qaynatilgan suv bilan 200 ml gacha yetkaziladi.

Damlamani salqin joyda 2 sutkagacha saqlash mumkin.

Damlamani oʻtdan tayyorlanganda 2 osh qoshiqdan kuniga 3 marta ovqatdan 30 minut oldin qabul qilinadi; damlamani oʻtli filtr-paketlardan tayyorlanganda 1/3 stakandan kuniga 3 marta ovqatdan 30 minut oldin qoʻllanadi.

 

 

Nojoʻya taʼsirlari

Preparatga yuqori sezuvchanlikda allergik reaksiyalar boʻlishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatga shaxsiy yuqori sezuvchanlik.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Yuqori dozalarda qoʻllanganida digoksin, teofilin, indinavir, siklosporin, ichga qoʻllash uchun antikoagulyantlar, antidepressantlar va oral kontratseptiv vositalari bilan nojoʻya oʻzaro taʼsirlari boʻlishi mumkin. Preparatni qabul qilishni sekin-asta toʻxtatish kerak.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Chiqarilish shakli

Karton qutilarda, qogʻoz va polietilen paketlarda 50 g dan va karton qutilarda №25 yoki 50 ta 1 g filtr-paketlar.

 

Saqlash sharoiti

Quruq va yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 250S yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.