Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Золофт ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Золофт ТАБЛЕТКА 50мг №28

114 000 so'mdan
(4544)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Sertralinum
Ishlab chiqaruvchi
ПФАЙЗЕР
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Андипрессанты препараты
Dori tafsilotlari
Qo‘llanilishi
Ta‘rifi
Farmakoterapevtik guruhi:
Dori shakli:
Tarkibi
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Homiladorlik va emizish davri
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Dozani oshirib yuborilishi
Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Qo‘llanilishi
  • Turli etiologiyali depressiyalar (davolash va oldini olishda)
  • Obsessiv-kompulsiv buzilishlar (OKB)
  • Sarosimali buzilishlar
  • Posttravmatik stressor buzilishlar (PTSB)
  • Ijtimoiy fobiya.

 

Ta‘rifi

50 mg li dozasi: plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida «Pfizer» gravirovkasi va ikkinchi tomonida «ZLT-50» gravirovkasi va bo‘lish uchun chizig‘i bo‘lgan, oval shaklidagi ikki tomonlama qavariq, oq rangli tabletkalar.

100 mg li dozasi: plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida «Pfizer» gravirovkasi va ikkinchi tomonida «ZLT-100» gravirovkasi bo‘lgan, oval shaklidagi ikki tomonlama qavariq, oq rangli tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 antidepressant.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

Tarkibi

Faol modda: 50 mg yoki 100 mg sertralin (55,95 mg yoki 111,9 mg sertralin gidroxloridi ko‘rinishida).

Yordamchi moddalar: 24,0 mg yoki 48,0 mg kalsiy gidrofosfati digidrati, 44,925 mg yoki 89,85 mg mikrokristall sellyuloza, 4,5 mg yoki 9,0 mg giproloza, 18,75 mg yoki 37,5 mg natriy karboksimetil kraxmali, 1,875 mg yoki 3,75 mg magniy stearati.

Plyonka qobig‘i:

4,125 mg yoki 8,25 mg oq opadray (2,465 mg yoki 4,93 mg gipromelloza, 1,289 mg yoki 2,578 mg titan dioksidi, 0,33 mg yoki 0,66 mg makrogol, 0,041 mg yoki 0,082 mg polisorbat 80).

0,375 mg yoki 0,75 mg tiniq opadray (0,341 mg yoki 0,682 mg gipromelloza, 0,034 mg yoki 0,068 mg makrogol).

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Sertralin – antidepressant, serotoninni (5-NT) qayta qamrab olinishining kuchli selektiv ingibitori (SQQOSI) hisoblanadi. Noradrenalin va dofaminni qayta qamrab olinishiga juda kuchsiz ta‘sir ko‘rsatadi. Terapevtik dozalarda qo‘llanilganida sertralin odam trombositlarida serotoninni qayta qamrab olinishini bloklaydi. Nazorat ostidagi klinik tadqiqotlarda ko‘ngillilarda rag‘batlantiruvchi, sedativ yoki antixolinergik ta‘siri aniqlanmagan, shuningdek psixomotor faoliyatni buzilishi qayd etilmagan. Sertralin doriga qaramlikni chaqirmaydi, uzoq muddat davomida qabul qilinganida tana vaznini oshishini keltirib chiqarmaydi.

Hayvonlardagi modellarda 5-NT qayta qamrab olinishini selektiv susaytirilishi tufayli, sertralin katexolaminlar faolligini kuchaytirmasligi, muskarin (xolinergik), serotoninergik, dofaminergik, adrenergik, gistaminergik, GAMK- yoki benzodiazepinli reseptorlarga yaqinlikka ega emasligi ko‘rsatilgan. Hayvonlardagi modellarda sertralin shuningdek kardiotoksik ta‘sirga ega emasligi ko‘rsatilgan. Hayvonlarda uzoq muddat davomida qo‘llanilishi boshqa antidepressantlar va obsessivga qarshi preparatlar uchun xos bo‘lgan manfiy teskari bog‘lanish turi bo‘yicha bosh miyada noradrenalin reseptorlarining yo‘lga solinishi bilan bog‘liq bo‘lgan.

Sertralin preparatni suiste‘mol qilinishiga olib kelmaydi. Suiste‘mol qilinishi rivojlanishiga sertralin, alprazolam va dekstroamfetaminni qodirligini o‘rganishga doir plasebo nazorat qilinadigan ikki karra sinalmagan qiyosiy tadqiqotda sertralin uchun bunday qobiliyat qayd etilmagan. Mazkur kuzatuvdan qarama-qarshi ravishda alprazolam va dekstramfetaminni qabul qilgan pasientlar plaseboga nisbatan preparatlarni suiiste‘mol qilinishi rivojlanishiga katta moyillikni ko‘rsatganlar. Suiste‘mol qilinishiga moyillik darajasi preparatni ijobiy hissiyotlar, ko‘tarinki kayfiyat va suiste‘mollikni keltirib chiqarishga qodirligi kabi ko‘rsatkichlarni aniqlashga asoslangan. Kokainni mustaqil ravishda yuborishga o‘rgatilgan rezus makakalarda sertralinni qabul qilish, fenobarbital va dekstramfetamindan farqli ravishda ijobiy rag‘bat sifatida ta‘sir ko‘rsatmagan.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Maksimal konsentrasiyasi (Smax) va «konsentrasiya-vaqt» egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) 50-200 mg oralig‘idagi dozaga proporsional bo‘lib, bunda farmakokinetik bog‘liqlikning bir tekis chiziqli xarakteri aniqlanadi. Sertralinni 14 kun davomida 50 mg dan 200 mg gacha dozada sutkada bir marta qo‘llanilganida qon plazmasida sertralinning konsentrasiyasi preparat qabul qilinganidan so‘ng 4,5-8,4 soatdan keyin  Smax ga yetgan. So‘rilishi yuqori, past tezlikda kechadi. Ovqatlanish vaqtida biokiraolishligi ozgina (25% ga) o‘zgaradi.

Taqsimlanishi

Sertralinning taxminan 98% i qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi.

Metabolizmi

Sertralin jigar orqali birinchi bor o‘tayotganida faol biotransformasiyaga uchraydi. Metabolizmning asosiy yo‘li – N-demetillash. Plazmada aniqlangan asosiy metaboliti N-desmetilsertralinning in vitro sharoitidagi faolligi sertralinga nisbatan sezilarli darajada (taxminan 20 marta) kam va in vivo sharoitidagi depressiya modellarida aslida faol emas. N-desmetilsertralinni yarim chiqarilishi davri 62 soatdan 104 soatgachani tashkil etadi. Sertralin ham va N-desmetilsertralin ham oksidlanuvchi dezaminlashdan va keyinchalik qisqarish, gidroksidlash va glyukuron kislotasini qo‘shilishi jarayonidan o‘tadi. Sog‘lom ko‘ngillilarga nishonlangan sertralin yuborilganida qon plazmasida 5% dan kam radioaktiv sertralin qayd etilgan. Yuborilgan dozaning taxminan 40–45% to‘qqiz kundan keyin siydikda aniqlangan. O‘zgarmagan sertralin buyrak orqali chiqarilmaydi. Aynan shu davrda yuborilgan sertralinning taxminan 40–45%, shu jumladan 12–14% o‘zgarmagan sertralin najasda aniqlangan.

Desmetilsertralinni AUC (0-24 soat), Smax va Smin qiymatlari doza va vaqtga bog‘liq ravishda 1-kundan 14-kunga qadar taxminan 5–9 marta oshadi.

Chiqarilishi

Sertralinni o‘rtacha yarim chiqarilish davri (T1/2) yosh va keksa pasientlarda 22-36 soatni tashkil etadi. Davolash boshlanganidan keyin 1 haftadan so‘ng (dozani sutkada bir marta qabul qilinadi) muvozanat konsentrasiyasiga erishilgunga qadar yakuniy T1/2 ga mos ravishda preparatning taxminan ikki barobar kumulyasiyasi kuzatiladi. N-desmetilsertralinning T1/2 qiymati 62-104 soat oralig‘ida o‘zgarib turadi. Sertralin va N-desmetilsertralin faol biotransformasiyaga uchraydi; hosil bo‘ladigan metabolitlar buyrak va ichak orqali teng miqdorlarda chiqariladi. Sertralin o‘zgarmagan holda buyrak orqali katta bo‘lmagan miqdorda (< 0,2%) chiqariladi. O‘smirlar va keksa insonlarda farmakokinetika profili 18 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan pasientlardagiga nisbatan farqlanmaydi.

Pasientlarning alohida guruhlari

Bolalarda qo‘llanilishi

Obsessiv-kompulsiv buzilishlari (OKB) bo‘lgan bolalarda sertralinning farmakokinetikasi kattalardagi xuddi shundayicha (garchi bolalarda sertralin metabolizmi ancha faolroq bo‘lsa-da) o‘xshashligi ko‘rsatilgan. Biroq, bolalarda tana vazni ancha pastligini hisobga olgan holda qon plazmasida sertralinning o‘ta yuqori konsentrasiyalariga yo‘l qo‘ymaslik uchun preparatni kichikroq dozada qo‘llash tavsiya etiladi («Qo‘llash usuli va dozalari» bo‘limiga qarang).

 

O‘smirlar va keksa yoshli pasientlar

O‘smirlar va keksa yoshli pasientlarda farmakokinetika profili 18 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan pasientlardagi farmakokinetika profilidan farq qilmaydi.

Jigar faoliyati yetishmovchiligida qo‘llanilishi

Sertralin ko‘p marta qabul qilinganida yengil kechuvchi jigar sirrozi bo‘lgan bemorlarda preparatning yarim chiqarilishi davri T1/2 ni oshishi va AUC va Smax qiymatlari sog‘lom insonlardagiga nisbatan deyarli uch barobar ko‘payishi kuzatiladi. Ikkita guruhda qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishida muhim farqlar qayd etilmagan. Sertralin jigar faoliyati buzilgan bemorlarda qo‘llanilganida preparatning dozasini pasaytirish yoki preparatni qabul qilish orasidagi intervalni ko‘paytirish maqsadga muvofiqligini muhokama qilish zarur.

Buyrak yetishmovchiligida qo‘llanilishi

Sertralin faol biotransformasiyaga uchraydi, shu sababli buyraklar orqali o‘zgarmas holda katta bo‘lmagan miqdorda chiqariladi. Yengil va o‘rtacha darajada ifodalangan buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) minutiga 30-60 ml) bo‘lgan bemorlarda va o‘rtacha yoki og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi (KK minutiga 10-29 ml) bo‘lgan bemorlarda sertralinning farmakokinetik parametrlari (AUC0-24 va Cmax) uni ko‘p marta qabul qilinganida nazorat guruhidagilardan jiddiy farq qilmagan. Barcha guruhlarda sertralinni yarim chiqarilishi davri T1/2 bir xil bo‘lgan, shuningdek qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishda ham farqlar bo‘lmagan. Kutilganidek, sertralinni uncha katta bo‘lmagan buyrak ekskresiyasini inobatga olgan holda, buyrak yetishmovchiligi ifodalanganligiga bog‘liq ravishda uning dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmasligi aniqlangan.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
  • sertralin va preparatning boshqa komponentlariga nisbatan ma‘lum yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas;
  • 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (obsessiv-kompulsiv buzilishlarda (OKB)), boshqa ko‘rsatmalar uchun preparatni 18 yoshdan kichik pasientlarda qo‘llash mumkin emas;
  • ajitasiya, tremor va gipertermiya bilan namoyon bo‘luvchi serotonin sindromini rivojlanish xavfi tufayli sertralinni qaytmas ta‘sirdagi monoaminooksidaza ingibitorlari (MAOI) bilan qo‘llash mumkin emas. Qaytmas ta‘sirdagi MAOI qo‘llash bekor qilinganidan keyin 14 kun ichida sertralinni qabul qilish mumkin emas, sertralin bilan davolashni esa qaytmas ta‘sirdagi MAOI bilan davolash boshlanishiga qadar 7 kun oldin to‘xtatish lozim («Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri» va «Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limlariga qarang);
  • pimozid bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas («Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri» bo‘limiga qarang).

Ehtiyotkorlik bilan. Sertralinni bosh miyaning organik kasalliklari (shu jumladan aqliy rivojlanishni to‘xtab qolishi), tutqanog‘i, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan, tana vazni pasayishi yaqqol ifodalangan pasientlarda qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Shuningdek sertralinni cerotoninergik neyrotransmissiyani kuchaytiruvchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim («Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri» bo‘limiga qarang).

SQQOSI ni trombositlar faoliyatiga tasdiqlangan ta‘sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega preparatlar bilan birgalikda buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).

Sertralin va trisiklik antidepressantlarni bir vaqtda qo‘llanilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur («Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri» bo‘limiga qarang).

Sertralinni EKG da QTc intervali uzayishi xavfi yoki «piruet» turidagi yurak qorinchasi taxisistolik aritmiyasi (torsade depointes) rivojlanishi omillari bo‘lgan pasientlarda qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

 

Homiladorlik va emizish davri

Homiladorlik

Homilador ayollarda sertralinni qo‘llash yuzasidan nazoratli ostidagi tadqiqotlar o‘tkazilmagan, shuning uchun mazkur toifadagi pasientlarda preparatni faqat ona uchun kutiladigan foyda homilaga yetkaziladigan potensial xavfdan uchun bo‘lgan taqdirdagina qo‘llash mumkin. Biroq, katta hajmdagi ma‘lumotlarda sertralin yuzaga keltiradigan tug‘ma nuqsonlarni induksiyasiga oid dalillar topilmagan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar sertralinni reproduktiv faoliyatga ta‘sir ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rsatgan. Ehtimol, ushbu ta‘sir sertralinni homilaga farmakodinamik ta‘sirlari keltirib chiqaradigan onadagi toksiklik bilan bog‘liqdir.

Onasi homiladorlik davrida sertralinni qabul qilgan ayrim yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda preparatni bekor qilish reaksiyalariga o‘xshash simptomlar kuzatilgan. Ushbu fenomen SQQOSI guruhidagi boshqa antidepressantlar qabul qilinganida ham kuzatilgan.

Sertralinni qo‘llash nazarda tutilayotgan reproduktiv yoshdagi ayollarga samarali kontrasepsiya vositalaridan foydalanishni tavsiya etish lozim.

Laktasiya

Ona sutida oz miqdorda sertralin va uning metaboliti N-desmetilsertralin aniqlangan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning qon plazmasida onaning qon plazmasidagi konsentrasiyasining 50% aniqlangan (yangi tug‘ilgan chaqaloq salomatligiga sezilarli ta‘sirsiz) bir holatdan tashqari, asosan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning qon plazmasida kam miqdorda sertralin aniqlangan. Laktasiya davrida ushbu preparat bilan davolash tavsiya etilmaydi. Agar davolash zarur bo‘lsa, yaxshisi emizishni to‘xtatish kerak.

Onasi Zoloft® preparatini va boshqa SQQOSI yoki NQQOSI ni homiladorlik davrida qabul qilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qo‘shimcha ravishda kasalxonada davolashni, nafas olish tizimini qo‘llab-quvvatlashni va zond orqali oziqlantirishni talab qiluvchi asoratlar kuzatilgan. Onasi homiladorlikning kechki bosqichlarida, ayniqsa uchinchi uch oyligida sertralinni qabul qilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni sinchkov kuzatib borish lozim. Bunday yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda respirator distress, sianoz, apnoe, tirishishlar, tana haroratini nobarqarorligi, emizishda qiyinchiliklarni yuzaga kelishi, qusish, gipoglikemiya, gipotonus, gipertonus, giperrefleksiya, tremor, mushaklar tortishishi, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, letargiya, uzoq muddatli yig‘i, uyquchanlik va uxlashning qiyinligi kabi simptomlar kuzatilishi mumkin. Ushbu simptomlar bevosita serotoninergik ta‘sirlar bilan bog‘liq bo‘lishi yoki preparatni qo‘llashni bekor qilinishi simptomlari bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik hollarda bunday asoratlar bevosita tug‘ilishdan keyin yoki tez orada (< 24 soat) boshlanadi. Ayrim hollarda klinik holat serotoninergik sindrom simptomlariga o‘xshash bo‘lishi mumkinligini inobatga olish lozim.

Onasi SQQOSI ni homiladorlik davrida qabul qilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning vaqti-vaqti bilan avj oluvchi o‘pka gipertenziyasi (YaTCHPO‘G) rivojlanishi xavfi shuningdek yuqori bo‘lishi mumkin. YaTCHPO‘G 1000 homiladorlikka 5 holatni tashkil etadi va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kasallik va o‘lim sabablaridan biri bo‘lishi mumkin. Bir nechta yaqinda o‘tkazilgan epidemiologik tadqiqotlar SQQOSI ni (shu jumladan Zoloft® preparatini) qabul qilish va YaTCHPO‘G orasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi.

 

Fertillik

Sichqonlarda o‘tkazilgan ikkita tadqiqotning birida sertralinni 80 mg/kg dozada (bu mg/m2 ga hisoblanganda odam uchun tavsiya etiladigan maksimal dozadan  4 marta ko‘p) qo‘llanilganida fertillikni pasayishi qayd etilgan.

Bayon qilingan klinik holatlarga ko‘ra, ayrim SQQOSI ni qabul qilish sperma sifatiga ta‘sir ko‘rsatadi, ammo bu ta‘sir qaytuvchandir.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Sertralin ichga qabul qilish uchun, ertalab yoki kechqurun sutkada bir marta, ovqatlanishdan qat‘iy nazar buyuriladi.

Boshlang‘ich dozasi

Depressiya va obsessiv-kompulsiv buzulishlar (OKBda)boshlang‘ich doza – sutkada 50 mg.

Sarosimali buzilishlari, PTSB va ijtimoiy fobiyada: davolashni sutkada 25 mg dozadan boshlanadi, doza bir haftadan keyin sutkada 50 mg gacha oshiriladi. Preparatni bunday sxemada qo‘llash davolashning sarosimali buzilishlar, uchun xos bo‘lgan erta nojo‘ya ta‘sirlari tez-tezligini pasaytirishga imkon beradi.

Dozani tanlash

Depressiya, OKB, sarosimali buzilishlar, PTSB va ijtimoiy fobiyada: sertralinni sutkada 50 mg dozada qo‘llash yetarlicha ta‘sir ko‘rsatmaganida sutkalik dozani sutkada
50 mg dan ortiq bo‘lmagan qadam bilan va haftada bir martadan ko‘p bo‘lmagan interval bilan (yarim chiqarilishining 24 soatlik terminal davrini e‘tiborga olgan holda) sutkada 200 mg ni tashkil etuvchi maksimal tavsiya etiladigan dozaga qadar oshirib borishga yo‘l qo‘yiladi.

Boshlang‘ich davolash ta‘siri 7 kun ichida namoyon bo‘lishi mumkin, biroq to‘liq samaraga odatda 2-4 haftadan keyin (yoki OKB da hatto uzoq vaqt davomida) erishiladi.

Samarani bir maromda saqlab turuvchi davolashda: samarani bir maromda saqlab turuvchi doza uzoq vaqt davomida davolashda davolash samarasiga qarab, tegishli tuzatish kiritgan holda minimal samarali bo‘lishi kerak.

OKB va sarosimali buzilishda davolashni davom ettirish zaruratini muntazam ravishda baholab borish lozim, chunki ushbu holatlarda kasallikni qaytalanishini oldini olish ko‘rsatilmagan.

Bolalarda qo‘llanilishi

Sertralinning xavfsizligi va samaradorligi OKB bo‘lgan bolalarda (6 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarda) aniqlangan.

OKB bo‘lgan o‘smirlar (6 yoshdan 13 yoshgacha) uchun boshlang‘ich doza – sutkada 50 mg.

Bolalar (6-12 yoshdagi) uchun OKB ni davolashni sutkada 25 mg dozadan boshlab, keyinchalik bir haftadan keyin sutkada 50 mg gacha oshirib borish bilan o‘tkaziladi. Keyinchalik
50 mg li doza yetarlicha samara bermaganida bir necha hafta davomida dozani yanada oshirib borish mumkin. Maksimal doza sutkada 200 mg ni tashkil etadi. Dozani haftada bir martadan ortiq oshirish mumkin emas. Depressiyasi va OKB bo‘lgan 6 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan pasientlarda sertralinning farmakokinetik profili katta pasientlardagiga o‘xshashligi ko‘rsatilgan. Biroq, dozani oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida dozani 50 mg dan ortiq oshirilganida kattalarga nisbatan bolalarda tana vaznining kichikligini e‘tiborga olish zarur.

Bolalar va o‘smirlarda dozani tanlash

Sertralinni yarim chiqarilish davri taxminan 1 sutkani tashkil etadi, shu sababli dozani o‘zgartirish 1 haftadan kam bo‘lmagan interval bilan amalga oshirilishi kerak.

Keksa yoshdagi pasientlarda qo‘llanilishi

Keksa yoshda giponatriemiya rivojlanishi xavfi yuqoriligi tufayli, preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Preparat yoshroq insonlardagi kabi dozalar diapazonida qo‘llaniladi.

Jigar faoliyatini yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda qo‘llanilishi

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda kichik dozalarni qo‘llash yoki preparatni qabul qilish orasidagi intervalni oshirish lozim («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang). Sertralinni og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas (klinik ma‘lumotlar mavjud emas).

Buyrak faoliyatini yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda qo‘llanilishi

Sertralinni sezilarli bo‘lmagan buyrak ekskresiyasini hisobga olgan holda yaqqol ifodalangan buyrak yetishmovchiligiga qarab uning dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).

Bekor qilish sindromi

Zoloft® preparatini keskin bekor qilishdan saqlanish lozim. Zarurat bo‘lganida davolashni bekor qilish kerak, bekor qilish sindromi simptomlari xavfini minimallashtirish maqsadida sertralinning dozasini eng kamida 1-2 hafta davomida bosqichma-bosqich pasaytirish lozim. Dozani pasaytirish davri davomida yoki preparat bekor qilinganidan keyin toqat qilib bo‘lmaydigan nojo‘ya reaksiyalar yuzaga kelganida, davolashni avvalgi dozada qayta boshlash imkoniyatini ko‘rib chiqish lozim. Keyinchalik shifokor dozani pasaytirishni qayta, ammo yanada uzoqroq intervallar bilan boshlashi mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya ta‘sir bo‘lib, ko‘ngil aynishi hisoblanadi. Ijtimoiy fobiyani davolashda erkaklarda seksual faoliyatni buzilishi (eyakulyasiyani buzilishi) plaseboni qo‘llash fonidagi 0% ga nisbatan, sertralinni qo‘llaganda 14% holatlarda qayd etilgan. Ushbu nojo‘ya holatlar dozaga bog‘liq va davolash davom ettirilganida ko‘pincha o‘tib ketadi.

1-jadvalda sertralin qo‘llanilganida kuzatilgan nojo‘ya reaksiyalar to‘g‘risidagi axborot postmarketing (tez-tezligi noma‘lum) va plasebo nazoratli klinik tadqiqotlar vaqtida olingan ma‘lumotlar asosida taqdim etilgan (tadqiqotlar sertralinni qabul qilayotgan 2542 ta pasientlar va plaseboni qabul qilayotgan 2145 ta pasientlar ishtirokida o‘tkazilgan). Mazkur tadqiqotlar depressiyasi, OKB, sarosimali buzilishlari, PTSB yoki ijtimoiy fobiyasi bo‘lgan pasientlarda o‘tkazilgan.

1-jadvalda sanab o‘tilgan ayrim nojo‘ya reaksiyalar davolash davom ettirilganida jadalligi va uchrash tez-tezligi bo‘yicha kamayishi mumkin va umuman olganda davolashni to‘xtatishga olib kelmaydi.

Juda tez-tez ≥ 10%
Tez-tez ≥ 1% va <10%
Tez-tez emas ≥ 0,1% va <1%
Kam hollarda ≥ 0,01% va <0,1%
Juda kam hollarda <0,01%
Tez-tezligi noma‘lum Mavjud ma‘lumotlar asosida aniqlash mumkin emas

1-jadval

A‘zolar tizimi Nojo‘ya reaksiya
Yurak tomonidan buzilishlar
Tez-tez yurak urib ketishi hissi*
Tez-tez emas taxikardiya
Kam hollarda miokard infarkti, bradikardiya, yurak kasalliklari
Tez-tezligi noma‘lum «piruet» (torsadedepointes) turidagi taxisistolik yurak qorinchasi aritmiyasini rivojlanishi, EKG da QTs intervalini uzayishi
Qon tomirlari tomonidan buzilishlar
Tez-tez yuz terisiga qon «quyilishlari»*
Tez-tez emas arterial bosimni oshishi*, giperemiya
Kam hollarda periferik ishemiya, gematuriya
Tez-tezligi noma‘lum qon ketishlar (masalan, me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi)
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar
Kam hollarda limfadenopatiya
Tez-tezligi noma‘lum leykopeniya, trombositopeniya
Eshitish a‘zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari
Tez-tez quloqni jaranglashi*
Tez-tez emas quloqda og‘riq
Jigar va safro chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda jigar faoliyatini buzilishi
Tez-tezligi noma‘lum jigar faoliyatini jiddiy buzilishlari (shu jumladan gepatit, sariqlik, jigar yetishmovchiligi)
Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar
Tez-tez ko‘rishni buzilishi
Tez-tez emas midriaz*
Kam hollarda glaukoma, ko‘z yoshi apparatini buzilishlari, skotoma, diplopiya, fotofobiya, ko‘zning old kamerasiga qon quyilishi
Tez-tezligi noma‘lum ko‘rishni buzilishi, qorachig‘larning turli o‘lchamlari
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez diareya (18%), ko‘ngil aynishi (24%), og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi (14%)
Tez-tez qusish*, qorinda og‘riq*, qabziyat*, dispepsiya, meteorizm
Tez-tez emas ezofagit, disfagiya, gemorroy, so‘lak ajralishini kuchayishi, tilni shikastlanishi, kekirish
Kam hollarda melena, najasda qon, stomatit, tilni yarali shikastlanishi, tishlarni zararlanishi, glossit, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini yarali shikastlanishi
Tez-tezligi noma‘lum pankreatit
Umumiy buzilishlar va yuborilish joyida buzilishlar
Juda tez-tez kuchli toliqish (10%)*
Tez-tez ko‘krakda og‘riq*, holsizlik
Tez-tez emas et uvishishi, isitma*, asteniya*, chanqoq, periferik shishlar
Kam hollarda churralar, preparatni o‘zlashtiraolinishi pasayishi, qadam tashlashni buzilishi
Xavfsiz, xavfli va aniqlanmagan o‘smalar

(jumladan kistalar va poliplar)

Kam hollarda o‘smalar
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas yuqori sezuvchanlik
Kam hollarda anafilaktoid reaksiyalar
Tez-tezligi noma‘lum allergiya
Laborator va instrumental ma‘lumotlar
Tez-tez emas tana vaznini kamayishi* yoki oshishi*, qon plazmasida «jigar» transaminazalari (alaninaminotransferaza (ALT)*, aspartataminotransferaza (AST)*) faolligini oshishi
Kam hollarda urug‘ suyuqligi xususiyatlarini buzilishi, qon plazmasida xolesterin konsentrasiyasini oshishi
Tez-tezligi noma‘lum laboratoriya tahlillari natijalarini normadan og‘ishi, trombositlar faoliyatini buzilishi
Endokrin tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas gipotireoz
Tez-tezligi noma‘lum giperprolaktinemiya, antidiuretik gormoni noadekvat sekresiyasi

 

Modda almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar
Tez-tez ishtahani pasayishi yoki oshishi*
Kam hollarda qandli diabet, gipoglikemiya, giperxolesterinemiya
Tez-tezligi noma‘lum giponatriemiya, giperglikemiya
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar
Tez-tez mialgiya, artralgiya
Tez-tez emas osteoartrit, mushak zaifligi, belda og‘riq, mushak spazmlari
Kam hollarda suyak to‘qimasi tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma‘lum mushak tirishishlari
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez bosh og‘rig‘i (21%)*, bosh aylanishi (11%), uyquchanlik (13%)
Tez-tez paresteziya*, tremor, gipertonus, disgevziya, diqqatni buzilishi
Tez-tez emas tirishishlar*, g‘ayri ixtiyoriy mushak qisqarishlari*, muvozanatning buzilishi, giperkineziyalar, amneziya, gipesteziya*, nutq buzilishlari, postural bosh aylanishi, migren*, hushdan ketish
Kam hollarda koma*, xoreoatetoz, diskineziya, giperesteziya, sensor buzilishlari
Tez-tezligi noma‘lum harakatlanish faoliyatini buzilishi (shu jumladan giperkineziya, gipertonus, distoniya, tishlarni  g‘ijirlatish yoki qadam tashlashni buzilishi kabi ekstrapiramidli buzilishlar). Shuningdek  serotonin sindromi yoki xavfli neyroleptik sindrom simptomlarining: ayrim hollarda serotoninergik preparatlarni bir vaqtda qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlarini rivojlanishi haqida xabar berilgan. Ular quyidagi simptomlarni ichiga olgan: tashvish, ongni buzilishi, diaforez, diareya, qaltirash, arterial bosimni oshishi, mushaklar rigidligi, taxikardiya;

akatiziya iva psixomotor qo‘zg‘aluvchanligi («Maxsus  ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang);

serebrovaskulyar spazm (shu jumladan bosh miya tomirlarining qaytuvchan vazokonstriksiyasi va Koll-Fleming sindromi)

Ruhiyatni buzilishi
Juda tez-tez uyqusizlik (19%)
Tez-tez depressiv simptomlar*, libidoni pasayishi*, depersonalizasiya, tashvish*, tungi dahshatli tushlar, ajitasiya*, uyquda tish g‘ijirlatish, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik
Tez-tez emas ko‘tarinki kayfiyat (eyforiya)*, gallyusinasiyalar*, tajovuzkor xulq-atvor*, apatiya, fikrlashni buzilishi
Kam hollarda suyak to‘qimasi tomonidan buzilishlari
Tez-tezligi noma‘lum mushak tirishilari
Kam hollarda konversion buzilish, doriga bog‘lanib qolish, ruhiy buzilishlar*, paranoidal xulq-atvor, o‘z joniga qasd qilish fikrlari/hatti-harakatlar***, tushda yurish, barvaqt eyakulyasiya
Tez-tezligi noma‘lum og‘riqli tush ko‘rishlar
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas nokturiya, siydik tutilishi*, poliuriya, tez-tez siyish, siyishni buzilishlari, siydikni tutib tura olmaslik*
Kam hollarda oliguriya, siydik chiqarilishini tutilishi
Reproduktiv tizim tomonidan buzilishlar**
Juda tez-tez eyakulyasiyani buzilishi (14%)
Tez-tez erektil disfunksiya
Tez-tez emas vaginal qon ketishi, jinsiy faoliyatni buzilishi, ayollarda jinsiy faoliyatni buzilishi, hayz siklini buzilishi
Kam hollarda menoragiya, atrofik vulvovaginit, balanopostit, jinsiy a‘zolardan ajralmalar, priapizm*, galaktoreya*
Tez-tezligi noma‘lum ginekomastiya
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar
Tez-tez esnash*
Tez-tez emas bronxospazm*, hansirash, burundan qon ketishi
Kam hollarda laringospazm, giperventilyasiya, gipoventilyasiya, stridor, disfoniya, hiqichoq
Tez-tezligi noma‘lum o‘pkaning interstisial kasalligi
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Tez-tez toshma*, kuchli terlash
Tez-tez emas periorbital shish*, yuzni shishishi*, purpura*, alopesiya*, muzdek ter chiqishi, terini qurishi, eshakemi*, terini qichishishi
Kam hollarda dermatit, bullyoz dermatit, follikulyar toshma, sochlar teksturasini buzilishlari, teri hidini o‘zgarishi
Tez-tezligi noma‘lum toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, angionevrotik shish, teri reaksiyasi, fotosezuvchanlik kabi kam uchraydigan og‘ir teri reaksiyalari
Infeksion va parazitar kasalliklar
Tez-tez faringit
Tez-tez emas yuqori nafas yo‘llarining infeksiyalari, rinit
Kam hollarda divertikulit, gastroenterit, o‘rta otit
Shikastlanishlar, intoksikasiyalar va manipulyasiyalarning asoratlari
Kam hollarda shikastlanishlar
Jarrohlik va terapevtik manipulyasiyalar
Kam hollarda vazodilatasiya muolajasi

Depressiyasi, OKB, sarosimali buzilishlari, PTSB yoki ijtimoiy sarosimali buzilishlari bo‘lgan pasientlarda nojo‘ya holatlar ro‘yxatdan o‘tkazilganida nojo‘ya holatni depressiyasi bo‘lgan pasientlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar doirasida mazkur nojo‘ya holatni tasniflash uchun foydalanilgan a‘zolar sinfiga kiritiladi.

plasebo guruhidagi pasientlarga nisbatan o‘smalarni rivojlanishining bir holati to‘g‘risida xabar berilgan.

*mazkur nojo‘ya ta‘sirlar shuningdek postmarketing tadqiqotlarida kuzatilgan.

**maxraj sifatida jinsiga bog‘liq ravishda guruhlar bo‘yicha birlashtirilgan pasientlar sonidan foydalaniladi: sertralin bilan davolash (1118 nafar erkak, 1424 nafar ayol), plasebo bilan davolash (926 nafar erkak, 1219 nafar ayol).

***Sertralin bilan davolanayotgan pasientlarda yoki davolash bekor qilinishidan keyingi ilk davrda o‘z joniga qasd qilish fikrlari va xatti-harakatlari paydo bo‘lishi hollari qayd etilgan («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).

A‘zolar sinfi samaralar

Asosan 50 yosh va undan katta yoshdagi pasientlar ishtirokida o‘tkazilgan epidemiologik tadqiqotlarga ko‘ra, SQQOSI va trisiklik antidepresantlarni qabul qilgan pasientlarda suyak sinishlarining yuqori xavfi qayd etilgan. Mazkur nojo‘ya ta‘sir mexanizmi noma‘lum.

 

 

Bekor qilish sindromi

Sertralin bilan davolashni (ayniqsa birdaniga) to‘xtatish ko‘pincha preparatni bekor qilish sindromini rivojlanishiga olib keladi. Eng ko‘p quyidagi simptomlar: bosh aylanishi, sezuvchanlikni buzilishi (jumladan parasteziyalar), uyquni buzilishi (jumladan uyqusizlik va yorqin tushlar), ajitasiya yoki psixomotor qo‘zg‘alish, ko‘ngil aynishi va/yoki qusish, tremor va bosh og‘rig‘i haqida xabar berilgan. Umuman olganda ushbu simptomlar yengil, o‘rtacha va cheklangan xarakterga ega bo‘lgan; shunga qaramay, ayrim pasientlarda ular og‘ir bo‘lishi va uzoq muddat saqlanishi mumkin. Shu boisdan, agar pasient sertralin bilan davolashni davom ettirishga ehtiyoj sezmasa, dozani oxista pasaytirish yo‘li bilan preparatni asta-sekin bekor qilishni amalga oshirish lozim.

Keksa yoshdagi pasientlar

SQQOSI ni yoki noradrenalinni qayta qamrab olishining olish selektiv ingibitorlarini (NQTOSI), shu jumladan sertralinni qo‘llash ayrim hollarda keksa pasientlarda jiddiy giponatriemiyani rivojlanish bilan bog‘liq bo‘lib, bunday asoratlarni rivojlanishi yuqori xavfi ularga xos bo‘lishi mumkin.

Bolalar

Sertralinni bolalarda qo‘llanganda nojo‘ya reaksiyalarning profili umuman olganda katta yoshdagi pasientlardagi xavfsizlik profiliga o‘xshash bo‘lgan. Bolalarda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda quyidagi nojo‘ya reaksiyalar qayd etilgan:

Juda tez-tez (≥ 1/10): bosh og‘rig‘i (22%), uyqusizlik (21%), diareya (11%), ko‘ngil aynishi (15%).

Tez-tez (≥ 1/100 va < 1/10): ko‘krak qafasida og‘riq, maniya, pireksiya, qusish, anoreksiya, affektiv labillik, tajovuzkor xulq-atvor, ajitasiya, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, diqqat-e‘tiborni buzilishi, bosh aylanishi, giperkineziya, migren, uyquchanlik, tremor, ko‘rishni buzilishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi, dispepsiya, dahshatli tushlar, kuchli toliqish, siydikni tutib turolmaslik, toshma, akne, burundan qon ketishi, meteorizm.

Tez-tez emas (≥ 1/1000 va < 1/100): EKG da QT intervalini uzayishi, o‘z joniga qasd qilishga urinishlar, tirishishlar, ekstrapiramid buzilishlar, paresteziya, depressiv simptomlar, gallyusinasiyalar, purpura, giperventilyasiya, anemiya, jigar faoliyatini buzilishi, ALT faolligini oshishi, sistit, oddiy gerpes, otit, quloqlarda og‘riq, ko‘z soqqalarida og‘riq, midriaz, lohaslik, gematuriya, pustulyoz toshma, rinit, shikastlanishlar, tana vaznini pasayishi, mushaklarni ixtiyoriysiz qisqarishi, tipik bo‘lmagan tushlar, apatiya, albuminuriya, pollakiuriya, poliuriya, ko‘krakda og‘riq, hayz siklini buzilishi, alopesiya, dermatit, terini shikastlanishi, teri hidini o‘zgarishi, eshakemi, uyquda tishlarni g‘ichirlatish, yuz terisiga qon «quyilishlari».

Tez-tezligi noma‘lum: enurez.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Boshqa preparatlar va/yoki alkogol bilan bir vaqtda yuborilganida yoki monoterapiyada qo‘llanilganida koma va o‘lim bilan yakun topuvchi holatga qadar avj oluvchi og‘ir zaharlanish rivojlanishi mumkin. Shu boisdan sertralinning dozasi xar qanday oshirib yuborilganida jadal davolashni o‘tkazish lozim.

Dozani oshirib yuborilishi QT intervali uzayishi, «piruet» turidagi yurak qorinchasi taxisistolik aritmiyasini rivojlanishi (torsadedepointes), ko‘ngil aynishi, qusish, uyquchanlik, taxikardiya, ajitasiya, bosh aylanishi, tremor, psixomotor qo‘zg‘aluvchanlik, diareya, kuchli terlash, mioklonus va giperrefleksiya bilan kechuvchi serotonin sindromini keltirib chiqarishi mumkin. Ayrim hollarda koma rivojlanishi qayd etilgan.

Preparatni qo‘llash xavfsizligi pasientlar populyasiyasiga va yondosh davolashga bog‘liq.

Davolash: maxsus antidotlar yo‘q. Jadal tutib turuvchi davolash va organizmning hayotiy muhim funksiyalarini doimiy nazorat qilish (jumladan sertralinni qo‘llash fonida QT intervali uzayishi mumkinligi tufayli EKG monitoringini olib borish). Qusishni chaqirish tavsiya etilmaydi. Ichni yumshatuvchi vosita bilan birga faollashtirilgan ko‘mirni yuborish me‘dani yuvishga qaraganda ancha samarali bo‘lishi mumkin. Nafas yo‘llarini o‘tkazuvchanligini ta‘minlash zarur. Sertralinda taqsimlanish hajmi kata, shu boisdan jadallashtirilgan diurez, dializni, gemoperfuziyani yoki qon quyishni o‘tkazish yetarli natija bermasligi mumkin.

 

 

Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri

Sertralin va quyidagi preparatlarni bir vaqtda qo‘llash mumkin emas

MAOI

Qaytmas MAOI (masalan, selegilin)

Sertralinni selegilin kabi qaytmas (noselektiv) MAOI bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Sertralinni qaytmas (noselektiv) MAOI bekor qilinganidan keyin eng kamida 14 kun davomida qo‘llash mumkin emas. Sertralinni qabul qilishni qaytmas (noselektiv) MAOI bilan davolash boshlanishiga qadar eng kamida 7 kun oldin to‘xtatish lozim.

Qaytar selektiv MAOI-A (moklobemid)

Serotonin sindromini rivojlanish xavfi tufayli moklobemid kabi qaytar selektiv MAOI va sertralinni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Qaytar MAOI qo‘llanilganidan keyin, sertralinni qabul qilish boshlanishiga qadar 14 kunlik davrga qaraganda ancha qisqaroq davrni ushlab turish mumkin. Sertralinni qabul qilishni qaytmas (noselektiv) MAOI bilan davolash boshlanishidan kamida 7 kun oldin to‘xtatish lozim.

Qaytar noselektiv MAOI (linezolid va metilen ko‘ki)

Linezolid antibiotigi kuchsiz qaytar noselektiv MAOIni ifodalaydi. Uni sertralin bilan davolanayotgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

MAOI bilan davolashni yaqinda to‘xtatgan va sertralinni qabul qilishni boshlagan yoki sertralinni qabul qilishni yaqinda to‘xtatgan va MAOI bilan davolashni boshlagan pasientlarda og‘ir nojo‘ya reaksiyalar qayd etilgan. Ushbu reaksiyalar tremor, mioklonus, diaforez, ko‘ngil aynishi, qusish, rigidlik, yuz terisiga qon «quyilishlar», bosh aylanishi va xavfli neyroleptik sindromni eslatuvchi simptomlari bo‘lgan gipertermiya, vegetativ nerv tizimi labilligi (nafas olish va yurak-qon tomir tizimi parametrlarining tezda o‘zgarishlari), ruhiy maqomni o‘zgarishi, jumladan yuqori darajada jizzakilik, yaqqol ifodalangan qo‘zg‘aluvchanlik, ongni xiralashuvi (u ayrim hollarda delirioz holat va komaga o‘tishi mumkin), tirishishlarni o‘z ichiga olgan va ayrim hollarda o‘lim bilan yakun topadi.

Pimozid

Sertralinni (sutkada 200 mg dozada) va pimozidni (bir marta 2 mg) birgalikda qo‘llanilganida pimozidning konsentrasiyasini oshishi (taxminan 35% ga) qayd etilgan bo‘lib, bu EKG da biror-bir o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lmagan. Ushbu o‘zaro ta‘sirning mexanizmi noma‘lum ekanligi, pimozid esa tor davolash indeksi bilan farqlanishi tufayli, pimozid va sertralinni bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.

Sertralin va quyidagi preparatlarni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi

Etanol

Sertralinni har kuni 200 mg dozada va etanolni bir vaqtda qo‘llanilganida etanolning ta‘sirini kuchayishi qayd etilmaganligiga qaramay, sertralin bilan davolash vaqtida spirtli ichimliklarni va alkogol saqlovchi preparatlarni iste‘mol qilish tavsiya etilmaydi.

Markaziy nerv tizimini susaytiruvchi dori vositalari

Sertralinni va markaziy nerv tizimini susaytiruvchi moddalarni bir vaqtda qo‘llanilishi kuchli e‘tiborni talab etadi. Sertralinni har kuni 200 mg dozada va karbamazepin, galoperidol yoki fenitoinni bir vaqtda qo‘llanilganida sog‘lom insonlarda kognitiv va psixomotor faoliyatga ta‘sirni kuchayishi qayd etilmagan.

Serotoninergik nerv o‘tkazuvchanligi ta‘sir ko‘rsatuvchi preparatlar

Sertralinni triptofan, fenfluramin, 5-NT-agonistlar, tramadol yoki teshik dalachoy kabi serotoninergik neyrotransmissiyani kuchaytiruvchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Bunday vositalarni birga qo‘llashni farmakodinamik o‘zaro ta‘sir ehtimolini hisobga olib, iloji boricha istisno qilish lozim.

Shuningdek fentanil, boshqa serotoninergik vositalar (shu jumladan serotoninergik antidepressantlar, triptanlar), boshqa opioidlar va sertralinni bir vaqtda qo‘llanilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Sertralin va quyidagi preparatlarni bir vaqtda qo‘llashni ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish lozim

Litiy

Litiyning farmakokinetikasi sertralin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda o‘zgarmaydi. Biroq tremorni kuchayishi qayd etilgan bo‘lib, bu farmakodinamik o‘zaro ta‘sir bo‘lishi mumkinligidan dalolat beradi. Sertralinni litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanilganida pasientlarni doimiy kuzatish, shuningdek preparatning dozasiga tuzatish kiritish maqsadida qon plazmasida litiyning konsentrasiyasini nazorat qilish lozim.

Fenitoin

Sertralinni sutkada 200 mg dozada uzoq vaqt davomida qo‘llanilishi fenitoinning metabolizmiga klinik ahamiyatga ega ta‘sir ko‘rsatmaydi. Sertralin bilan bir vaqtda qo‘llanilganida fenitoinning konsentrasiyasini oshishi to‘g‘risida ayrim xabarlar bor. Shu boisdan sertralin buyurilgan paytdan boshlab, fenitoinni qon plazmasidagi konsentrasiyasini (ayniqsa birga kechuvchi kasalliklari bo‘lgan yoki bir vaqtda boshqa davolashni qabul qilayotgan pasientlarda) fenitoinning dozasiga tegishli tuzatish kiritgan holda sinchkovlik bilan nazorat qilish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, fenitoin qon plazmasida sertralinning konsentrasiyasini pasaytirishi mumkin.

CYP3A4 izofermentining boshqa induktorlarini (masalan, fenobarbital, karbamazepin, teshik dalachoy, rifampisin) qon plazmasida sertralinning konsentrasiyasini pasaytira olishini ham inkor etib bo‘lmaydi.

Triptanlar

Sertralin i sumatriptanni bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlarda quvvatsizlik yuzaga kelishining kam uchraydigan hollari, pay reflekslarini kuchayishi, harakatlanish muvozanatini buzilishlari, ongni xiralashuvi, xavotirlik va qo‘zg‘aluvchanlik qayd etilgan. Serotonin sindromi simptomlari sertralinni ushbu sinfdagi boshqa preparatlar (triptanlar) bilan bir vaqtda qo‘llanilganida ham namoyon bo‘lishi mumkin. Sertralin va triptanlarni bir vaqtda qo‘llash zarurati bo‘lganida pasientlarni kuzatish tavsiya etiladi.

Bilvosita antikoagulyantlar (varfarin)

Bilvosita antikoagulyantlarni sertralin bilan (sutkada 200 mg dozada) bir vaqtda qo‘llanganida protrombin vaqtini sezilarli bo‘lmagan, ammo statistik jihatidan ishonchli oshishi qayd etilgan bo‘lib («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang), bu ayrim hollarda Xalqaro me‘yorlashtirilgan nisbat (XMN) qiymatlari disbalansiga olib kelishi mumkin. Shu boisdan sertralin bilan davolashni boshlash davrida va preparatni qo‘llash bekor qilingan davrda protrombin vaqtini sinchkovlik bilan nazorat qilish lozim.

Atenolol

Bir vaqtda qo‘llanilganida sertralin atenololning ß-adrenoblokator ta‘sirini o‘zgartirmaydi.

Glibenklamid va digoksin

Sertralinni sutkada 200 mg dozada yuborilganida ushbu preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

Simetidin

Bir vaqtda qo‘llanilishi sertralinning klirensini sezilarli darajada pasaytiradi.

Trombositlar faoliyatiga ta‘sir etuvchi preparatlar

SQQOSI ni, jumladan sertralinni, va trombositlar faoliyatiga ta‘sir ko‘rsatuvchi preparatlarni (masalan, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP), asetilsalisil kislotasi va tiklopidinni) yoki qon ketishi xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan preparatlarni bir vaqtda qo‘llanilganida qon ketishi xavfi oshishi qayd etilishi mumkin.

QTc intervalini uzaytiruvchi preparatlar

Sertralinni va QTc intervalini uzaytiruvchi preparatlarni bir vaqtda qo‘llanilganida QTc intervalini uzayishi va «piruet» turidagi yurak qorinchasi taxisistolik aritmiyasini (torsade de pointes) rivojlanish xavfi oshadi.

Boshqalar

Sertralin qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Shuning uchun oqsillar bilan bog‘lanuvchi boshqa preparatlar (masalan, diazepam, tolbutamid va varfarin) bilan uning o‘zaro ta‘siriga kirishishi ehtimolini, garchi o‘tkazilgan tadqiqotlarda biror-bir o‘zaro ta‘sir qayd etilmagan bo‘lsa-da, hisobga olish zarur.

R450 sitoxromi CYP2D6 izofermenti tomonidan metabolizmga uchraydigan dori vositalari

Sertralin bilan sutkada 50 mg dozada uzoq vaqt davomida davolash qon plazmasida dezipraminning (CYP2D6 izofermenti faolligi markeri) muvozanat konsentrasiyasini (o‘rtacha 23% – 37% ga) oshiradi. Metabolizmida CYP2D6 izofermenti ishtirok etadigan, tor terapevtik indeksiga ega bo‘lgan dori vositalari (trisiklik antidepressantlar, tipik antipsixotiklar, Ic sinfi antiaritmik dori vositalari – propafenon, flekainid) bilan bir vaqtda qo‘llanilganida ham klinik jihatdan ahamiyatli o‘zaro ta‘sir qayd etiladi («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).

R450 sitoxromining boshqa izofermentlari (CYP3A3/4, CYP2C9, CYP2C19, CYP1A2) tomonidan metabolizmga uchraydigan dori vositalari

Sertralin CYP3A4, CYP2C9, CYP2C19 va CYP1A2 izofermentlarini klinik jihatdan ahamiyatli ingibisiya qilmaydi.

CYP3A3/4 izofermenti

In vitro tadqiqotlarida sutkada 200 mg dozada uzoq vaqt davomida bir vaqtda qo‘llanilganida sertralin karbamazepin, terfenadinning metabolizmini, shuningdek CYP3A3/4 izofermenti tomonidan amalga oshiriladigan endogen kortizolning beta-gidroksidlanishini susaytirmasligi ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, sertralin sutkada
50 mg dozada alprazolamning metabolizmini susaytirmaydi.

Har kuni uch stakan greypfrut sharbatini iste‘mol qilish qon plazmasida sertralin konsentrasiyasini taxminan 100% ga oshirishi aniqlangan. Shu sababli sertralin va greypfrut sharbatini bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish lozim.

Sertralin va greypfrut sharbatining o‘zaro ta‘siriga doir tadqiqotlarga asoslangan holda, sertralinni va CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorlarini (masalan, proteaza ingibitorlari, ketokonazol, itrakonazol, pozakonazol, vorikonazol, klaritromisin, telitromisin va nefazodonni) bir vaqtda qo‘llanilishi sertralinning xatto ekspozisiyasining ko‘proq oshishiga olib kelishi mumkinligini istisno etib bo‘lmaydi. Bu CYP3A4 izofermentining o‘rtacha ingibitorlariga (masalan, aprepitant, eritromisin, flukonazol, verapamil va diltiazemga) ham taalluqlidir. Sertralin bilan davolash vaqtida CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorlarini qo‘llashdan saqlanish lozim.

CYP2S9 izofermenti

Bir vaqtda qo‘llanilganida sertralin tolbutamidning klirensini susaytiradi. Biroq sertralin tolbutamidni qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishiga va taqsimlanish hajmiga ta‘sir qilmaydi. Tolbutamidning klirensini o‘zgarishi preparatning metabolizmini o‘zgarishi bilan bog‘liq ekanligi taxmin qilinadi. Shunday qilib, sertralin CYP2S9 izofermentini susaytirmasligi haqida xulosa qilish mumkin.

CYP2S19 izofermenti

Sertralin qon zardobida diazepamning konsentrasiyasiga ta‘sir qilmaydi, bu CYP2S19 izofermentini ingibisiya qilinmasligidan dalolat beradi.

CYP2S19 izofermenti sekin metabolizmga uchraydigan pasientlarda qon plazmasida sertralinning konsentrasiyasi ushbu izofermentni tez metabolizmga uchratuvchi pasientlardagiga nisbatan 50% ga ko‘proq oshishi qayd etilgan. CYP2S19 izofermentining kuchli ingibitorlari (masalan, omeprazol, lansoprazol, pantoprazol, rabeprazol, fluoksetin, fluvoksamin) va sertralin o‘rtasida o‘zaro ta‘sirni istisno etish mumkin emas.

CYP1A2 izofermenti

In vitro tadqiqotlarining ma‘lumotlariga ko‘ra, sertralin CYP1A2 izofermentiga deyarli ta‘sir qilmaydi yoki uni minimal darajada susaytiradi.

Jigarning mikrosomal fermentlarining induksiyasi

Sertralin jigar fermentlarining minimal induksiyasini keltirib chiqaradi. Sertralinni 200 mg dozada va antipirinni bir vaqtda qo‘llanilishi antipirinning yarim chiqarilishi davrini unchalik katta bo‘lmagan (5%), ammo ishonchli kamayishiga olib keladi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Sertralinni MAOI bilan birgalikda, MAOIni qabul qilishni boshlashdan oldin 14 kun davomida va bekor qilinganidan keyin 14 kun davomida buyurish mumkin emas.

Dozaga tuzatish kiritish zaruratini baholash maqsadida qonda trisiklik antidepressantlar konsentrasiyasini nazorat qilish lozim.

Sertralin va tolbutamidni bir vaqtda qo‘llanilganida qonda glyukoza darajasini nazorat qilish zarur («Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri» bo‘limiga qarang).

Serotonin sindromi

SQQOSI qo‘llanilganida serotonin sindromi (SS) va xavfli neyroleptik sindrom (XNS) rivojlanishi hollari ta‘riflangan. SQQOSI ni boshqa serotoninergik vositalar (shu jumladan triptanlar va fentanil va ularning analoglari, tramadol, deksometorfan, tapentadol, meperedin, metadon, pentazosin) bilan, shuningdek serotoninning metabolizmiga ta‘sir qiluvchi preparatlar (shu jumladan monoaminoksidaza ingibitorlari), antipsixotik vositalar va dofamin reseptorlarining boshqa antagonistlari bilan birga qo‘llanilganida mazkur asoratlar xavfi oshadi. SSning ko‘rinishlari bo‘lib, ruhiy holatni o‘zgarishi (xususan, ajitasiya, gallyusinasiyalar, koma), vegetativ labillik (taxikardiya, arterial bosimni o‘zgarishlari, gipertermiya), neyromushak impuls o‘tkazuvchanligini o‘zgarishlari (giperrefleksiya, harakatlar muvozanatini buzilishi) va/yoki me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar (ko‘ngil aynishi, qusish va diareya) bo‘lishi mumkin. SS ning ayrim ko‘rinishlari, shu jumladan gipertermiya, mushaklarning rigidligi, hayotiy muhim funksiyalar parametrlarini tezda o‘zgarishlari bilan kechishi mumkin bo‘lgan vegetativ labillik, shuningdek ruhiy holatni o‘zgarishi xavfli neyroleptik sindromda (XNS) da rivojlanadigan simptomatikani eslatishi mumkin. Pasientlarni SS va XNS ning klinik ko‘rinishlarni rivojlanishi yuzasidan kuzatish zarur.

QTc intervalini uzayishi yoki «piruet» (torsade de pointes) turidagi taxisistolik yurak qorinchasi aritmiyasi

Sertralinni postmarketing qo‘llash vaqtida EKG da QTc intervalini uzayishi hollari va «piruet» (torsadedepointes) turidagi taxisistolik yurak qorinchasi aritmiyasi rivojlanishi to‘g‘risida xabarlar berilgan. Ko‘pgina hollar bunday holatlar rivojlanishi xavfi omillari bo‘lgan pasientlarda qayd etilgan. Shunday qilib, EKG da QTc intervalini uzayishi yoki «piruet» (torsade de pointes) turidagi taxisistolik yurak qorinchasi aritmiyasi rivojlanishi xavfi omillari bo‘lgan pasientlarda sertralinni qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Boshqa SQQOSI, antidepressantlar yoki antiobsessiv preparatlardan o‘tish

Bir SQQOSI ni bekor qilish va boshqa shunday preparatni qabul qilishni boshlash o‘rtasidagi zarur bo‘lgan interval belgilanmagan. Boshqa SQQOSI, antidepressantlar yoki antiobsessiv preparatlardan, ayniqsa uzoq muddat davomida ta‘sir qiluvchi preparatlardan, masalan, fluoksetindan sertral