Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Зоксон Мер

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Зоксон Мер ТАБЛЕТКА 4мг №30

51 000 so'mdan
(2306)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
МЕРРИМЕД
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozaning oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

tabletkalar

 

Tarkibi

Faol modda:

2 mg li 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 2 mg doksazozin (2,425 mg doksazozin mezilati);

4 mg li 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 4 mg doksazozin (4,850 mg doksazozin mezilati);

yordamchi moddalar: laktoza 40,000/80,000 mg, granulalangan mikrokristall sellyuloza 45,000/90,000 mg, mikrokristall sellyuloza 30,055/60,110 mg, karboksimetilkraxmal natriy (A turi) 1,200/2,400 mg, suvsiz kolloid kremniy dioksidi 0,120/0,240 mg, natriy laurilsulfati 0,120/0,240 mg, magniy stearati 1,080/2,160 mg.

 

Taʼrifi:

ZOKSON (2 mg li tabletkalar): oq yoki deyarli oq rangli, uzunchoq shaklli, ikki tomoni qavariq, tomonlarining birida “ZX 2” gravirovkasi va boʻlish uchun riskasi boʻlgan tabletkalar.

ZOKSON (4 mg li tabletkalar): oq yoki deyarli oq rangli, uzunchoq shaklli, ikki tomoni qavariq, tomonlarining birida “ZX 4” gravirovkasi va boʻlish uchun riskasi boʻlgan tabletkalar.

 

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 antigipertenziv vosita (alfa1-adrenoblokator)

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi.

Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi (PBXG) simptomlari boʻlgan patsiyentlarga doksazozinni buyurish urodinamika koʻrsatkichlarining sezilarli yaxshilanishiga va kasallikning simptomlarini kamayishiga olib keladi. Preparatning bu taʼsiri prostata bezining mushak stromasida va kapsulasida, shuningdek qovuqning boʻyin sohasida joylashgan alfa1-adrenoretseptorlarning bloklanishi bilan ifodalanadi.

Doksazozin, prostata bezidagi alfa1-adrenoretseptorlarning barcha kichik turlarini taxminan 70% ni tashkil etadigan alfa1-adrenoretseptorlarning 1A-kichik turini samarali blokatori ekanligi isbotlangan.

PBXG li bemorlarga taʼsiri shu bilan tushuntiriladi.

Doksazozin bilan davolash samaradorligi va uni qoʻllash xavfsizligi preparat uzoq muddat qoʻllanganida (48 oydan ortiq) isbotlangan.

Arterial gipertenziya

Doksazozinni qoʻllash umumiy periferik qon tomirlar qarshiligini kamayishi natijasida arterial bosimini (AB) sezilarli darajada pasayishiga olib keladi. Bunday taʼsirning yuzaga kelishi qon tomirlarda joylashgan alfa1-adrenoretseptorlarning selektiv bloklanishi bilan tushuntiriladi.

Preparat sutkada 1 marta buyurilganida 24 soat davomida saqlanib turuvchi klinik ahamiyatli antigipertenziv samaraga erishiladi. Arterial bosim asta-sekin pasayadi, maksimal samarasi odatda preparat ichga qabul qilinganidan soʻng 2-6 soatdan keyin erishiladi.

Noselektiv alfa1-adrenoblokatorlardan farqli ravishda preparat uzoq vaqt qoʻllanganida unga nisbatan oʻrganib qolish rivojlanmaydi.

Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash oʻtkazilganida qon plazmasidagi reninning faolligini oshadi va taxikardiya koʻp uchramaydi.

Doksazozin qonning lipid profiliga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, yuqori zichlikdagi lipoproteinlarning konsentratsiyasini umumiy xolesteringa boʻlgan nisbatini (aterogen indeks) oshiradi va triglitseridlar hamda umumiy xolesterinning konsentratsiyasini kamaytiradi.

Arterial gipertenziya va qondagi lipid profilini yurak ishemik kasalligi bilan bogʻliqligini hisobga olib, doksazozinni qabul qilish fonida AB va lipidlarning konsentratsiyasini normallashishi yurak ishemik kasalligini rivojlanish xavfini pasayishiga olib keladi.

Doksazozin bilan davolanish chap qorincha gipertrofiyasini regressiyasi, trombotsitlar agregatsiyasini susayishi va plazminogenning toʻqima aktivatori faolligini kuchayishiga olib kelganligi kuzatilgan. Bundan tashqari, doksazozin glyukozaga tolerantligi buzilgan patsiyentlarda insulinga boʻlgan sezuvchanlikni oshirishi aniqlangan.

Doksazozin modda almashinuviga salbiy taʼsir koʻrsatmaydi, bronxial astma, qandli diabet, chap qorincha yetishmovchiligi va podagrasi boʻlgan patsiyentlarda qoʻllanishi mumkin.

Arterial gipertenziyasi boʻlgan patsiyentlarda oʻtkazilgan nazoratli klinik tadqiqotlarda doksazozin bilan davolanish bu bemorlarda erektil disfunksiyani rivojlanish tezligini pasayishi bilan kechgan.

Farmakokinetikasi

Doksazozin ichga qabul qilinganidan soʻng meʼda-ichak yoʻllaridan yaxshi soʻriladi           (80-90%). Qon plazmasidagi maksimal konsentratsiyaga preparatni ichga qabul qilingandan keyin 1-2 soat oʻtgach erishiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan 98% gacha bogʻlanadi. Doksazozin jigarda ahamiyatli darajada biotransformatsiyaga uchraydi, metabolitlari farmakologik faollikka ega emas. Biokiraolishligi – 69-70% (tizim oldi metabolizmi) ni tashkil etadi. Jigar funksiyasini buzilishi boʻlgan patsiyentlarda, shuningdek jigar metabolizmini oʻzgartira oladigan preparatlarni qabul qilganda preparatning biotransformatsiya jarayoni buzilishi mumkin. Preparatni plazmadan chiqarilishi ikki fazali boʻlib, yakuniy yarim chiqarilish davri – 22 soatni tashkil qiladi. Doksazozin jigarda butunlay bistransformatsiyaga uchraydigan dori vositalari qatorida jigar funksiyasi buzilgan patsiyentlarga buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya etish kerak (“Ehtiyotkorlik bilan” qismiga qarang). Ichga qabul qilingan doksazozinning katta qismi nofaol metabolitlar koʻrinishida, qabul qilingan dozaning 5% dan kamroq qismi oʻzgarmagan holda ichak orqali chiqariladi. Keksa yoshdagi patsiyentlar va buyrak kasalliklari boʻlgan patsiyentlarda preparatning farmakokinetikasi oʻrganish boʻyicha tadqiqotlarda ahamiyatli farmakokinetik farqlar aniqlanmagan.

 

Qoʻllanilishi
  • prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi;
  • arterial gipertenziya (majmuaviy davolash tarkibida) da qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

ZOKSON preparati ovqat qabul qilishdan qatʼiy nazar buyuriladi, kuniga 1 marta qabul qilinadi. Tabletkani chaynamasdan, yetarli miqdordagi suv bilan ichga qabul qilish kerak.

Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi.

Ortostatik gipotenziya va sinkopal holatning (hushdan ketish) yuzaga kelish xavfini minimal darajaga yetkazish uchun ZOKSON preparatining tavsiya etiladigan boshlangʻich dozasi sutkada 1 mg ni tashkil etadi, 1 marta qabul qilinadi (“Maxsus koʻrsatmalar” qismiga qarang).

Urodinamika koʻrsatkichlari va PBXG belgilari namoyon boʻlishini individual xususiyatlariga qarab, sutkalik dozani 2 mg gacha, keyin 4 mg gacha va maksimal sutkalik dozani 8 mg gacha oshirish mumkin.

Dozani oshirish uchun tavsiya etilgan interval 1-2 haftani tashkil etadi. Odatda samarani bir maromda ushlab turuvchi tavsiya qilinadigan doza 2-4 mg ga teng, sutkada 1 marta qabul qilinadi.

Arterial gipertenziya

Davolashni ortostatik gipotenziya va/yoki sinkopal holatni (hushdan ketish) (“birinchi doza” fenomeni) rivojlanish ehtimolini minimal darajaga yetkazish 1 yoki 2 hafta davomida sutkasda 1 marta 1 mg dan boshlash tavsiya etiladi (“Maxsus koʻrsatmalar” qismiga qarang). Birinchi dozani qabul qilgandan soʻng patsiyentda 6-8 soat davomida AB ni monitoringini oʻtkazish kerak. Bu “birinchi doza fenomeni” rivojlanishi mumkinligi sababli talab etiladi, ayniqsa bu holat diuretiklar qabul qilish fonida koʻproq namoyon boʻladi.

Agar lozim boʻlsa, davolanishning navbatdagi 1 yoki 2 haftasida, sutkalik doza 2 mg gacha oshirilishi mumkin. AB ni kutilgan darajasigacha pasaytirishga erishish uchun patsiyentning preparatni qabul qilishga nisbatan patsiyentning reaksiyasiga qarab, sutkalik dozani asta-sekin bir xil intervallar oraligʻida 4 mg, 8 mg va maksimal sutkalik doza 16 mg gacha oshirib borish kerak. Odatda samarani bir maromda ushlab turuvchi doza sutkada 1 marta 2-4 mg ni tashkil etadi.

Agar davolashga diuretik yoki boshqa gipotenziv vosita qoʻshilsa, shifokorning nazorati ostida patsiyentning holatiga qarab, ZOKSON preparatini dozasiga tuzatish kiritish lozim. Agar ZOKSON preparati bilan davolash bir necha kunga toʻxtab qolsa, preparatni qayta qoʻllashni boshlangʻich dozadan boshlash kerak.

Keksa yoshdagi patsiyentlarda qoʻllanishi.

Dozani korreksiyalash talab etilmaydi.

Buyrak yetishmovchiligida qoʻllanishi.

Buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda doksazozinning farmakokinetikasi oʻzgarmaydi, preparatning oʻzi esa mavjud boʻlgan buyrak disfunksiyasini yomonlashtirmaydi, shuning uchun bunday patsiyentlarga preparat odatdagi dozalarda qoʻllanadi.

Jigar funksiyasini buzilishlari boʻlgan bemorlarda qoʻllanishi.

Ehtiyotkorlik bilan qoʻllanadi (“Maxsus koʻrsatmalar” qismiga qarang).

Bolalarda qoʻllanishi.

ZOKSON preparatining samaradorligi va xavfsizligi boʻyicha yetarli maʼlumotlari boʻlmaganligi sababli 18 yoshdan kichik bolalarga qoʻllash mumkin emas.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Nojoʻya reaksiyalar meʼyoriy-huquqiy faoliyati boʻyicha Tibbiy lugʻatning (MedDRA) klassifikatsiyasiga monand tizimli-aʼzo sinflari boʻyicha taqsimlangan. Nojoʻya taʼsirlarning uchrash tezligini koʻrsatish maqsadida JSS klassifikatsiyasi qoʻllanilgan: tez-tez (≥10%); tez (≥1% va <10%); kam (≥0,1% va <1%); baʼzida (≥0,01% va <0,1%); juda kam (<0.01%); uchrash tezligi nomaʼlum (mavjud maʼlumotlarga koʻra nojoʻya samaralarning uchrash tezligini aniqlash imkoniyati yoʻq).

Infeksion va parazitar kasalliklar: tez-tez – nafas yoʻllarining infeksiyalari, siydik chiqarish yoʻllarining infeksiyalari.

Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda – trombotsitopeniya, leykopeniya.

Immun tizim tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – allergik reaksiyalar; juda kam hollarda – anafilaktik reaksiyalar.

Modda almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – anoreksiya, ishtahani kuchayishi, tana vaznini oshishi, podagra.

Ruhiy buzilishlar: tez-tez emas – taʼsirchanlik, bezovtalik, uyqusizlik, xavotirlik, depressiya.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez – uyquchanlik, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi; tez-tez emas – gipesteziya, tremor, hushdan ketish, miyada qon aylanishini buzilishi; juda kam hollarda – paresteziya, ortostatik bosh aylanishi.

Koʻrish aʼzolari tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda – koʻrishni noaniqligi; uchrash tezligi nomaʼlum – intraoperatsion atonik rangdor parda sindromi (“tor qorachiq” sindromi varianti).

Eshitish aʼzolari va labirint buzilishlari: tez-tez – vertigo; tez-tez emas – quloq shangʻillashi.

Yurak tomondan buzilishlar: tez-tez – yurak urishini his qilish, taxikardiya; tez-tez emas – stenokardiya, miokard infarkti; juda kam hollarda – bradikardiya, aritmiya.

Qon tomirlar tomonidan buzilishlar: tez-tez – AB ni yaqqol pasayishi, ortostatik gipotenziya; juda kam hollarda – yuz terisini qizib ketishi.

Nafas tizimi, koʻkrak qafasi va koʻks oraligʻi aʼzolari tomonidan buzilishlar: tez-tez – hansirash, rinit, yoʻtal, bronxit; tez-tez emas – burun qonashi; juda kam hollarda bronxospazm.

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan buzilishlar: tez-tez – qorinda ogʻriq, dispepsiya, ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatini qurishi, koʻngil aynishi; tez-tez emas – meteorizm, diareya, qabziyat, qusish, gatsroenterit.

Jigar va oʻt yoʻllari tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda – xolestaz, gepatit, sariqlik.

Laborator va instrumental maʼlumotlar: kam hollarda – jigar transaminazalarining faolligini oshishi.

Teri va teri osti toʻqimalari tomonidan buzilishlari: tez-tez – terini qichishishi, tez-tez emas – teri toshmalari; juda kam hollarda – purpura, alopetsiya, eshakemi.

Skelet-mushak va biriktiruvchi toʻqimalar tomonidan buzilishlar: tez-tez – belda ogʻriq, mialgiya; tez-tez emas – artralgiya; kam hollarda – mushak spazmlari, mushaklarni boʻshligi.

Buyrak va siydik chiqarish yoʻllari tomonidan buzilishlar: tez-tez – sistit, siydik ushlab tura olmaslik; tez-tez emas – siyishni tezlashishi, dizuriya, gematuriya; kam hollarda – poliuriya; juda kam hollarda – nikturiya, sutkalik diarezni oshishi.

Jinsiy aʼzolar va sut bezlari tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – erektil disfunksiya; juda kam hollarda – ginekomastiya, priapizm; uchrash tezligi nomaʼlum – retrograd eyakulyatsiya.

Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar: tez-tez – asteniya, periferik shishlar, koʻkrak qafasida ogʻriq, grippsimon sindrom; tez-tez emas – yuzdagi shishlar, turli joylarda joylashgan ogʻriqlar; juda kam hollarda – kuchli toliqish, lohaslik.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • xinazolin hosilalariga (masalan, prazozin, terazozin, doksazozinga) yoki preparatning har qanday yordamchi komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • 18 yoshgacha boʻlgan bolalar;
  • ogʻir darajadagi jigar yetishmovchiligi (bu toifadagi patsiyentlarda qoʻllash tajribasi yoʻq);
  • anuriya;
  • avj olib boruvchi buyrak yetishmovchiligi;
  • anamnezda ortostatik gipotenziya kuzatilgan patsiyentlarda qoʻllash;
  • arterial gipotenziya (faqat prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi koʻrsatmalariga tegishli);
  • yondosh yuqori siydik chiqarish yoʻllari obstruksiyasi;
  • siydik chiqarish yoʻllarining surunkali infeksiyalari;
  • qovuqdagi toshlar;
  • emizish davrida (arterial gipertenziyani davolash maqsadida);
  • laktozani oʻzlashtira olmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi (tarkibida laktoza saqlaganligi sababli).

Monoterapiyada: qovuq toʻlib ketganligi sababli siydik tutib turolmaydigan (paradoksal ishuriya) patsiyentlarda qoʻllash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Mitral klapani yoki aortal stenoz tufayli yuzaga kelgan oʻpka shishida; yurak otilib chiqadigan qon hajmini oshishi bilan kechuvchi yurak yetishmovchiligida; oʻpka arteriyasining emboliyasi yoki ekssudativ perikardit sababli oʻng qorincha yetishmovchiligida; chap qorinchani toʻlish bosimi past boʻlgan chap qorincha yetishmovchiligi; ortostatik belgilar (hushdan ketish, bosh aylanishi) rivojlanishi xavfi borligi tufayli keksa yoshdagi patsiyentlarda; 5 turdagi fosfodiesteraza ingibitorlari (5-FDE) bilan bir vaqtda qoʻllashda (simtomatik arterial gipotenziya rivojlanish xavfi bor); jigar funksiyasini buzilishi; homiladorlikda, katarakta sababli koʻzdagi operatsiyalar vaqtida ehtiyotkorlik bilan qoʻllanadi.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

ZOKSON preparatini ayrim bemorlarda fosfodiesteraza-5 (FDE-5) ingibitorlari (sildenafil, tadalafil, tardenafil, vardenafil, udenafil) bilan birga qoʻllash simptomatik arterial gipotenziyaga olib kelishi mumkin. (“Maxsus koʻrsatmalar” qismiga qarang).

ZOKSON preparatini boshqa alfa 1-adrenoretseptorlarning blokatorlari bilan birga qoʻllash tavsiya etilmaydi.

ZOKSON preparati boshqa gipotenziv vositalarning antigipertenziv taʼsirini kuchaytiradi.

Doksazozin qon plazmasi oqsillari bilan yuqori darajada (98%) bogʻlanadi. In vitro sharoitlarida oʻtkazilgan tadqiqotlari maʼlumotlari shuni koʻrsatdiki, doksazozin quyidagi preparatlar: digoksin, fenitoin, varfarin yoki indometatsinning oqsil bilan bogʻlanishiga taʼsir etmaydi.

Doksazozinni tiazid diuretiklar, furosemid, beta-adrenoblokatorlar, nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar (NYAQV), antibiotiklar, ichga qabul qilinuvchi gipoglikemik vositalar, siydik kislotasini haydovchi vositalar va antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qoʻllash bilan oʻtkazilgan klinik tadqiqotlarda noxush oʻzaro taʼsirlar kuzatilmagan. Ammo preparatlarning oʻzaro taʼsirini oʻrganish uchun tadqiqotlar oʻtkazilmagan.

Doksazozinni “sekin” kalsiy kanallarining blokatorlari va angiotenzinga aylantiruvchi fermentning ingibitorlari bilan birga qoʻllanganida oʻzaro nojoʻya taʼsirlari aniqlanmagan.

Jigarda mikrosomal oksidlanish induktorlar bilan bir vaqtda qoʻllanganida, doksazozinning samarasi oshishi, ingibitorlar bilan esa – pasayishi mumkin.

Estrogenlar va simpatomimetik vositalar doksazozinning gipotenziv taʼsirini pasaytirishi mumkin.

Epinefrinning (adrenalin) alfa-adrenostimulyator samarasini bartaraf etib, doksazozin taxikardiya va arterial gipotenziyaga olib kelishi mumkin.

22 sogʻlom erkak koʻngilli ishtirokida oʻtkazilgan ochiq randomizatsiyalangan platsebo-nazorati tadqiqotda simetidinning (400 mg dan kuniga 2 marta) toʻrt kunlik qabul qilish tartibining birinchi kunida doksazozinni bir dozasi sutkada 1 mg dan qabul qilish doksazozinning yarim chiqarish davrini va maksimal konsentratsiyasini oʻrtacha koʻrsatkichlarida (Smax) «konsentratsiya-vaqt” (AUC) egri chizigʻi ostidagi maydonni statistik ahamiyatli oʻzgarishisiz 10% ga oshishiga olib kelgan. Doksazozinni simetidin bilan birga qoʻllash uchun AUC ni oʻrtacha 10% ga oshishi doksazozinni platsebo bilan birga qoʻllash uchun AUC ning oʻrtacha individual variabelligi (27%) koʻrsatkichlari orasida yotadi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Davolanish boshi:

Istalgan alfa 1-adrenoblokatorlar bilan davolanganda boʻlgani kabi, ZOKSON preparati bilan davolanish vaqtida, ayniqsa davolanish boshida koʻp boʻlmagan patsiyentlarda bosh aylanishi va holsizlik yoki hushdan ketish bilan kechuvchi ortostatik gipotenziya kuzatilishi mumkin (“Qoʻllash usuli va dozalari” qismiga qarang). Shu sababli davolanishni boshida ortostatik taʼsirlarni rivojlanish ehtimolini minimal darajaga yetkazish maqsadida arterial bosim monitoringini oʻtkazib turish kerak.

ZOKSON preparati bilan davolanishni boshlashdan oldin patsiyentga ortostatik gipotenziyaning simptomlarini rivojlanishidan qanday saqlanish kerakligi, xususan tana holatini keskin oʻzgartirishdan saqlanish kerakligi yuzasidan patsiyentni ogohlantirish kerak. ZOKSON preparati bilan davolashni boshlashdan oldin holsizlik va bosh aylanish holatlari kuzatilganda ehtiyot boʻlish kerakligi haqida patsiyentga koʻrsatmalar berish kerak.

ZOKSON preparatini keksa patsiyentlarda ortostatik gipotenziya rivojlanish ehtimoli borligi tufayli, ehtiyotkorlik bilan qoʻllash zarur. Yoshga qarab bosh aylanishi, koʻrish faoliyatini buzilishi va hushdan ketish holatlarini yuzaga kelish xavfi ortadi. Patsiyent alkogol isteʼmol qilganda, uzoq muddat tik turganda yoki jismoniy mashqlar bajarganda, hamda issiq havoda ortostatik gipotenziya rivojlanish xavfi kuzatilishi mumkinligi yuzasidan patsiyentni ogohlantirish kerak.

Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi. (PBXG).

PBXG ni davolashni boshlashdan oldin uni oʻsmaga aylanish holatini istisno qilish kerak. PBXG bilan xastalangan patsiyentlarda preparatni arterial bosim boʻlganda ham va AB normal koʻrsatkichlarida ham qoʻllash mumkin. AB koʻrsatkichlari normal boʻlgan PBXG bilan xastalangan patsiyentda preparat qoʻllanganida bosim koʻrsatkichlari sezilarli darajada oʻzgarmaydi. Bunda arterial gipertenziya va PBXG bilan xastalangan patsiyentlarda ZOKSON faqat monoterapiyada qoʻllanilishi mumkin.

Doksazozin qon plazmasida prostataga spetsifik antigeni (PSA) ning konsentratsiyasiga taʼsir etmaydi.

Intraoperatsion atonik rangdor parda sindromi.

Intraoperatsion atonik rangdor parda sindromi (“tor qorachiq” sindromi varianti) alfa 1-adrenoblokatorlar bilan davolangan yoki davolanayotgan patsiyentlarni katarakta tufayli operatsiya oʻtkazilganda kuzatilgan. Intraoperatsion atonik rangdor parda sindromi jarrohlik aralashuvlarida kuzatiladigan asoratlarni uchrash tezligini oshishiga olib kelishi mumkinligi tufayli operatsiyadan oldin alfa 1-adrenoblokatorlarni ayni vaqtda qabul qilayotgan yoki ilgari qabul qilganligi haqida jarroh-oftalmologni ogohlantirish zarur.

FDE-5 ingibitorlari bilan birga qoʻllanilishi.

Doksazozinni FDE-5 ingibitorlari (masalan, sildenafil, tadalafil, vardenafil, udenafil) bilan birga qoʻllanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki vaqtida ikkala preparat ham tomirlarni kengaytirish xususiyatiga ega va ayrim patsiyentlarda simptomatik arterial gipotenziyaga olib kelishi mumkin. Ortostatik gipotenziyani rivojlanish xavfini  pasaytirish maqsadida FDE-5 ingibitorlari bilan davolashni alfa-adrenoblokatorlarni qoʻllash vaqtida patsiyentdagi gemodinamika koʻrsatkichlari turgʻun holatiga kelganidan soʻng boshlash tavsiya etiladi. Bundan tashqari, FDE-5 ingibitorlari bilan davolashni minimal doza bilan boshlash va doksazozin qabul qilingandan 6 soatlik intervalga rioya qilish tavsiya etiladi.

Doksazozinni ajralib chiqishi uzaytirilgan preparatlarni qoʻllash boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazilmagan.

Jigar funksiyasini buzilishlari

ZOKSON preparati jigar funksiyasi buzilgan patsiyentlarga buyurilganda jigarda butunlay biotransformatsiyaga uchraydigan boshqa dori vositalari kabi maksimal dozalarni buyurmasdan ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Qoʻllash tajribasi yetarli boʻlmaganligi sababli ZOKSON preparatini ogʻir darajadagi jigar yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarga qoʻllash tavsiya etilmaydi.

Laktozani oʻzlashtira olmaslik.

Preparat laktoza saqlaydi. Laktozani nasliy oʻzlashtira olmasligi, laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktoz malabsorbsiyasi boʻlgan patsiyentlarga preparatni qoʻllash mumkin emas.

Oʻtkir yurak patologiyasi boʻlgan patsiyentlarda qoʻllash.

Har qanday boshqa tomirlarni kengaytiruvchi va gipotenziv vositalar qoʻllanganida boʻlgani kabi, ZOKSON preparati quyidagi oʻtkir yurak patologiyasi boʻlgan patsiyentlarga buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak:

  • mitral klapani yoki aortal stenozi tufayli rivojlangan oʻpka shishi;
  • yurakdan otilib chiqayotgan qon hajmi yuqori boʻlgan yurak yetishmovchiligi;
  • oʻpka arteriyasi emboliyasi, ekssudativ perikardit bilan bogʻliq oʻng qorincha yetishmovchiligi;
  • toʻlish bosimi past boʻlgan chap qorincha yetishmovchiligi.

Homiladorlik va emizish davrida preparatni qoʻllanilishi

Hayvonlarda oʻtkazilgan eksperimental tadqiqotlarda preparat teratogen taʼsirni koʻrsatmagan boʻlsa-da, u juda yuqori dozalarda qoʻllanganida homilani tirik qolishini pasayishi kuzatilgan. Koʻrsatilgan dozalar odam uchun tavsiya etilgan maksimal dozalardan 300 marta yuqori boʻlgan. Homilador ayollarda oʻtkazilgan nazoratli klinik tadqiqotlar yoʻqligi tufayli, homiladorlik vaqtida preparatni qoʻllash xavfsizligi aniqlanmagan.

Shu sababli homiladorlik vaqtida ona uchun preparatni qoʻllashdan kutilgan foyda homila uchun potensial xavfdan yuqori boʻlgandagina preparat buyurilishi mumkin.

Doksazozinni emizish davrida qoʻllash mumkin emas, chunki hayvonlarda oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, laktatsiya davrida kalamushlar sutida doksazozin toʻplangan, preparatning sut bilan ajralishi haqida maʼlumotlar yoʻq.

Preparatni qoʻllash zarurati boʻlganda, emizishni toʻxtatish kerak.

Avtotransport vositalarini va boshqa potensial xavfli faoliyat turlarini boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

ZOKSON preparati bilan davolanish vaqtida, ayniqsa davolanish boshlanishida uyquchanlik, bosh aylanishi va hushdan ketish holatlari yuzaga kelishi mumkinligi sababli transport vositalarini boshqarish, diqqatni jamlash hamda psixomotro reaksiyalari tezligi talab etuvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlarini bajarish vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozaning oshirib yuborilishi

Simptomlari: AB ni yaqqol pasayishi, baʼzida hushdan ketish holati bilan kechadi.

Davolash: dozani oshirib yuborilish belgilari paydo boʻlganida patsiyentning meʼdasini yuvish, faollashtirilgan koʻmirni buyurish, patsiyent boshini pastga tushirib, oyoqlarini koʻtarib qoʻygan holatda gorizontal yotqizish kerak. Zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim. Simptomatik davolash oʻtkaziladi. Agar koʻrsatilgan choralar yetarli boʻlmasa, patsiyentga plazma oʻrnini bosuvchi eritmalar quyib shok holatidan chiqarish zarur. Zarurati boʻlganida, vazopressor vositalar yuboriladi. Buyrak funksiyasini nazorat qilish va zarur boʻlganda buyrak funksiyasini tutib turish kerak.

Doksazozin qon plazmasi oqsillari bilan yuqori darajada bogʻlanganligi sababli gemodializ samarasiz.

 

Chiqarilish shakli

2 mg, 4 mg tabletkalar.

2 mg li tabletkalar: 10 tabletkadan A1/PVX/PVDX li blisterda. 1, 3, 6 yoki 9 blister qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutida.

4 mg li tabletkalar: 10 tabletkadan A1/PVX/PVDX li blisterda. 3, 6, 9 yoki 10 blister qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda 10-25oS haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.