Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Зитмак ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Зитмак ТАБЛЕТКА 500мг №6

39 900 so'mdan
(1986)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Tavsif
Зитмак ТАБЛЕТКА 500мг №6
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
Chiqarilish shakli
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Qoʻllanilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojuya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Qoʻllanilishi

Preparatga sezgir boʻlgan qoʻzgatuvchilar chaqirgan infeksion-yalligʻlanish kasalliklari:

– nafas yoʻllarining yuqori boʻlimlari va LOR-aʼzolarining (angina, sinusit, tonzillit, oʻrta otit) infeksiyalari;

– skarlatina;

– nafas yoʻllarining pastki boʻlimlarining (bakterial va tipik pnevmoniyalar, bronxit) infeksiyalari;

– teri va yumshoq toʻqimalarning (xusnbuzar (Acne Vulgaris) toshmasini oʻrtacha ogʻirligi, saramas, impetigo, ikkilamchi infeksiyalangan dermatozlar) infeksiyalari;

– urogenital yoʻllarining infeksiyalari (asoratlanmagan uretrit va/yoki servitsit);

– Layma kasalligi (borrelioz), boshlangʻich bosqichini davolash uchun (erythema migrans);

– Helicobacter Pylori bilan assotsiatsiyalangan meʼda va oʻnikki barmoq ichak kasalliklarida koʻllanadi.

 

 

Chiqarilish shakli

«Zitmak® 250», qobiq bilan qoplangan tabletkalar, №3, №6 va №12.

«Zitmak® 500,» qobiq bilan qoplangan tabletkalar, №3.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.

Dori shakli:

 Qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

Tarkibi:

Faol modda: Azitromitsin digidrat (250 yoki 500 mg azitromitsinga ekvivalent).

Yordamchi moddalar: oʻtajelatinlangan kraxmal, gidroksipropilsellyuloza, natriy laurilsulfat, natriy kroskarmelloza, ikki asosli kalsiya fosfat digidrat, aerosil, suvsiz laktoza, magniya stearat.

Qobiq: Sepifilm 752 (metilgidroksipropilsellyuloza, mikrokristallicheskaya selyuloza, makrogol-40 OЕ stearat, titana dioksid).

 

Taʼrifi:

Oq rangli, oval shaklli, bir tomoni riskali, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Antibiotiklar (makrolidlar guruxi).

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Keng taʼsir doirasiga ega antibiotik. Yangi makrolid antibiotiklari – azalidlar kichik guruhini birinchi vakili hisoblanadi. Yalligʻlanish oʻchogʻida yuqori qonsentratsiyasi hosil boʻlganida bakteritsid taʼsir koʻrsatadi.

Preparatga grammusbat kokklar: Streptococcus pheumoniae, St. pyogenes, Siagalactiae, S, F va G guruhi streptokokklari, St. viridans; Staphylococcus aureus, grammanfiy bakteriyalar: Haemophilias influenzae, Moraxella catarrhalis, Bordetella pertussis, B.parapertussis, Legionella pneumophila, H.ducrei, Campylobacter jejuni, Neisseria gonorrhoeae va Gardnerella vaginalis; ayrim anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides bivius, Clostridim perfringens, Peptostreptococcus spp; hamda Chlamydia trachomatis, Mycoplasma pneumoniae, Ureaplasma urealyticum, Treponema pallidum, Borrelia burgdoferi sezgir. Eritromitsinga chidamli grammusbat bakteriyalarga nisbatan faol emas.

 

Farmakokinetikasi

Preparat meʼda-ichak yoʻllaridan tez soʻriladi, bu uni kislotali muxitga chidamliligi va lipofilligi bilan bogʻliq. Ichga 500 mg qabul qilinganidan keyin, azitromitsinning qon plazmasidagi maksimal qonsentratsiyasiga 2,5-2,96 soatda erishiladi va u 0,4 mg/l ni tashkil qiladi. Biokirishaolishligi 37% tashkil qiladi.

Azitromitsin nafas yoʻllariga, urogenital yoʻllarining aʼzo va toʻqimalariga (xususan prostata beziga), teri va yumshoq toʻqimalarga yaxshi kiradi. Toʻqimalardagi yuqori qonsentratsiyasi (qon plazmasidagiga nisbatan 10-50 marta yukori) va yarim chiqarilish davrining uzoqligi azitromitsinning qon plazmasi oksillari bilan past darajada bogʻlanishi, hamda uni eukariotik hujayralarga kiraolish qobiliyati va rN past boʻlgan, lizosomalar atrofidagi muxitda koʻproq toʻplanishi bilan bogʻliq. Bu oʻz navbatida, katta extimoliy taqsimlanish xajmini (31,1 l/kg) va yuqori plazma klirensini belgilaydi. Azitromitsinni koʻprok lizosomalarda toʻplanish qobiliyati, ayniqsa hujayra ichki koʻzgʻatuvchilarini eliminatsiyasi uchun muhim.

Fagotsitlar azitromitsinni infeksiya joyiga yetkazib berishi, u yerda uning fagotsitoz jarayonida ajralib chiqishi isbotlangan. Azitromitsinning qonsentratsiyasi infeksiya oʻchogʻida, sogʻlom toʻqimalarga nisbatan (oʻrtacha 24-34% ga) ishonarli yuqori va yalligʻlanish shishi darajasi bilan toʻgʻri qeladi. Fagotsitlardagi yukori qonsentratsiyasiga qaramay, azitromitsin ularning faoliyatiga sezilarli taʼsir koʻrsatmaydi.

Azitromitsin yalligʻlanish oʻchoqlarida bakteritsid qonsentratsiyalarda, oxirgi qabul qilingan dozadan keyin 5-7 kun davomida saqlanadi, bu qisqa (3-kunlik va 5-kunlik) davolash kurslarini ishlab chiqish imkonini beradi.

Asosan jigarda nofaol metabolitlarni hosil qilib metabolizmga uchraydi.

Azitromitsin qon plazmasidan 2 bosqichda chikariladi: yarim chiqarilish davri qabul qilingandan keyin 8 dan 24 soat oraligʻida 14-20 soatni va 24 dan 72 soat oraligʻida – 41 soatni tashkil qiladi, bu preparatni sutkada 1 marta qoʻllash imqonini beradi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Preparat ovkatlanishdan 1 soat oldin yoki ovqatlangandan 2 soatdan keyin, sutkada 1 marta qabul qilinadi.

Kattalarga: nafas yoʻllarining yuqori va pastki boʻlimlarining infeksiyalarida, teri va yumshoq toʻqimalarning infeksiyalarida sutkada 500 mg dan 3 kun davomida (kurs dozasi – 1,5 g) buyuriladi.

Asoratlanmagan uretrit va/yoki servitsitda bir marta 1 g dan (500 mg li 2 tabletka) buyuriladi.

Layma kasalligida (borreliozda) boshlangʻich bosqichni davolash uchun (erythema migrans) 1 g dan (500 mg li 2 tabletka) birinchi kuni va 500 mg dan xar kuni 2 dan 5 kungacha (kurs dozasi – 3 g) buyuriladi.

Meʼda va oʻnikki barmoqli ichakning Helicobacter Pylori bilan assotsiatsiyalangan kasalliklarida sutkada 1 g dan (500 mg li 2 tabletka) 3 kun davomida majmuaviy davolash tarkibida buyuriladi.

Bolalarga: preparat 10 mg/kg tana vazniga hisobidan sutkada 1 marta 3 kun davomida buyuriladi. Kurs dozasi – 30 mg/kg tana vazniga.

Bolalardagi erythema migrans ni davolashda birinchi kuni 20 mg/kg tana vazniga va 2 chi dan 5 kunigacha 10 mg/kg dozada buyuriladi.

Preparatning 1 dozasini qabul qilish oʻtkazib yuborilgan holda oʻtkazib yuborilgan dozani mumkin qadar ertaroq, keyinchalik – 24 soat tanaffus bilan qabul qilish kerak.

 

Nojuya taʼsirlari

Kam uchraydi (0,7% va undan kam hollarda):

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: melena, xolestatik sariqlik, koʻngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat, ishtaxani pasayishi, gastrit, jigar fermentlarini faolligini oʻrtacha kaytuvchan oshishi.

Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: nefrit.

Jinsiy tizim tomonidan: qin kandidozi.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: yurak urishi, koʻkrak qafasida ogʻriq.

MNT va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, vertigo, uykuchanlik, yuqori toliqish, bolalarda – bosh ogʻrigʻiq (oʻrta otitni davolashda), giperkineziya, xavotirlik, nevroz, uyquni buzilishi.

Allergik reaksiyalar: juda kam – teri toshmalari, Kvinke shishi, eshakemi, fotosensibilizatsiya, qichishish, konʼyunktivit, Stivens-Djonson sindromi.

Laboratoriya koʻrsatkichlari tomonidan: ayrim xollarda – neytrofiliya, eozinofiliya (oʻzgargan koʻrsatkichlar davolash toʻxtatilganidan keyin 2-3 hafta oʻtgach meʼyorga kaytadi).

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

– jigar va buyrak faoliyatining ogʻir buzilishlari;

– makrolid guruhi antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik;

– azitromitsin va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Homiladorlik va laktatsiya

Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni faqat ona uchun kutiladigan foyda homila yoki chaqalok uchun boʻlgan potensial havfdan ustun boʻlganida qoʻllanadi.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Antatsid vositalar (alyuminiy, magniy saqlovchi), etanol va ovqat qabul qilish azitromitsinning soʻrilishini sezilarli darajada kamaytiradi, shuning uchun preparatni bu preparatlar va ovqat qabul qilishdan kamida 1 soat oldin yoki 2 soatdan keyin qabul qilish kerak.

Azitromitsin boshka makrolid antibiotiklaridan farqli ravishda sitoxrom R450 tizimini izofermentlari bilan bogʻlanmaydi. Xozirgi kunda teofillin, terfenadin, karbamazepin, triazolam, digoksin bilan oʻzaro taʼsiri aniqlanmagan.

Makrolidlar sikloserin, bilvosita antikoagulyantlar, metilprednizolon, felodipin va mikrosomal oksidlanishga uchraydigan preparatlar (siklosporin, geksorbital, shoxkuya alkaloidlari, valproat kislotasi, dizopiramid, bromkriptin, fenitoin, peroral gipoglikemik vositalari) bilan bir vaqtda qoʻllanganida, koʻrsatilgan preparatlarning chiqarilishini sekinlashtiradi, qonsentratsiyasi va zaharliligini oshiradi, shu bilan bir vaqtda azalidlar qoʻllanganida bunday oʻzaro taʼsirlar xozirgi vaqtda aniqlanmagan.

Varfarin bilan birga qoʻllash zarur boʻlganida protrombin vaqtini sinchiklab nazorat qilish tavsiya etiladi. Makrolidlarni ergotamin va digidroergotamin bilan bir vaqtda qabul qilishda, ularning zaharli taʼsirlarini (tomirlarning spazmi, dizesteziya) namoyon boʻlishi mumkin.

Linzozaminlar azitromitsimnning samarasini pasaytiradi, tetratsiklin va xloramfenikol esa – oshiradi.

Azitromitsin geparin bilan farmatsevtik toʻgʻri kelmaydi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Ehtiyotkorlik bilan: homiladorlik va laktatsiya davrida, jigar va buyrak faoliyatining buzilishlarida, aritmiyaga va QT intervalini uzayishiga moyilligi boʻlgan bemorlarda.

Azitromitsin va antatsid preparatlarini kabul qilish orasida kamida 2 soatlik tanaffusga rioya qilish tavsiya etiladi.

Preparatning bir dozasini qabul qilish oʻtkazib yuborilganida oʻtkazib yuborilgan dozani iloji boricha tezrok, keyingilarini esa 24 – soatlik tanaffus bilan qabul qilish kerak.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatmaslik lozim.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: kungil aynishi, kusish, ich ketishi.

Davolash: meʼdani yuvish, simtomatik davolash.