Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ЗИРОМИН ЛИОФИЛИЗАТ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ЗИРОМИН ЛИОФИЛИЗАТ ДЛЯ ИНЪЕКЦИЙ 500мг №1

46 800 so'mdan
(1029)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
WORLD MEDICINE
Chiqarilish shakli
ПОР Д/ИН
Farma. Guruh
Антибиотики
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik hususiyatlari
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilish
Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 500 mg azitromitsin (digidrati shaklida);

yordamchi moddalar: oʻta jelatinlangan kraxmal, gidroksipropilsellyuloza, ikki asosli kalsiy gidrofosfat digidrati, natriy laurilsulfati, natriy kroskarmelloza, suvsiz laktoza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati;

qobigʻining tarkibi: oq opadri (gidroksipropilmetilsellyuloza, titan dioksidi, polietilenglikol 400).

 

Taʼrifi:

 uzunchoq, bir tomoni riskali, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

 

 

Farmakoterapevtik guruhi:

Mikroblarga qarshi tizimli qoʻllanadigan preparatlar. Makrolidlar va azalidlar.

Farmakologik hususiyatlari

Ziromin (azitromitsin) makrolid antibiotiklar kichik guruhi – azalidlarning vakili hisoblanadi, keng antibakterial taʼsir doirasiga ega. Ribosomalardagi 50S-subbirliklari bilan bogʻlanib, azitromitsin mikrob hujayrasida nuklein kislotalar sinteziga taʼsir koʻrsatmasdan, oqsil sintezini susaytiradi.

Azitromitsin ham in vitro sharoitlarida, ham klinik infeksiyalarda quyidagi mikroorganizmlarga nisbatan faoldir:

Grammusbat aerob mikroorganizmlar: Staphylococcus aureusStreptococcus pyogenes, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus agalactiae.

Grammanfiy aerob mikroorganizmlarHaemophilus ducreyi, Haemophilus influenzae, Moraxella (Branhamella) catarrhalis, Neisseria gonorrhoeae, Bordatella pertussis, Listeria monocytogenes.

Boshqa mikroorganizmlarChlamydia pneumoniae, Chlamydia trachomatis, Ureaplasma urealyticum, Legionella pneumophila, Borrelia burgdorferi (vozbuditel bolezni Layma), Mycoplasma pneumoniae, Mycobacterium avium (MAC).

Azitromitsin Toxoplasma gondii ga nisbatan faollik koʻrsatadi.

Azitromitsinning faolligi beta-laktamaza ishlab chiqaradigan bakteriyalar borligida ham pasaymaydi.

Grammusbat bakteriyalar Enterococcus faecalis va Staphylococcus larning koʻpchilik metitsillinga chidamli shtammlari preparatga chidamlidir.

Farmakokinetikasi

Azitromitsin gistogematik toʻsiqlar orqali oʻtadi va toʻqimalarga boradi. Oʻpkalar, nafas yoʻllari hamda siydik chiqarish tizimining toʻqimalari (shu jumladan prostata bezi), teri va yumshoq toʻqimalarda antibiotikning konsentratsiyasi uni plazmadagi konsentratsiyasidan 10-50 marta yuqori boʻladi, infeksiya oʻchogʻida esa – sogʻlom toʻqimalardagiga nisbatan 24-34% ga yuqori boʻladi. Hujayra membranalari orqali oʻtadi (hujayra ichidagi qoʻzgʻatuvchilar chaqirgan infeksiyalarda samaralidir). Fagotsitlar, polimorf yadroli leykotsitlar va makrofaglar yordamida infeksiya oʻchogʻiga boradi, u yerda fagotsitozda ajralib chiqadi. Azitromitsin plazmadan hujayralar va toʻqimalarga tez soʻriladi, fagotsitar hujayralarning ichiga kiradi va ular bilan birga yalligʻlanish oʻchogʻiga tashiladi va infeksiyalangan toʻqimalarda yuqori hamda barqaror terapevtik konsentratsiyalarni hosil qiladi, va bu holat preparatni qabul qilish toʻxtatilgandan soʻng 5-7 kun davomida saqlanib turadi.

Kislotali muhitga chidamli, lipofil.

Tabletkalarni mutloq biokiraolishligi 34% ni tashkil etadi. Maksimal konsentratsiyasi (Cmax) (0,4 mg/l) 2-3 soatdan keyin hosil boʻladi, taxminiy taqsimlanish hajmi – 31,1 l/kg ni tashkil etadi, oqsillar bilan bogʻlanishi qondagi konsentratsiyasiga teskari proporsional va 7-50% ni tashkil etadi.

Preparatni ovqat vaqtida qabul qilish Cmax ni 23% ga oshiradi, AUC oʻzgarmaydi.

Azitromitsin asosan oʻzgarmagan holda – 50% safro bilan, 6% siydik bilan chiqariladi. Jigarda metil guruhini yoʻqotib, faolligini ham yoʻqotadi. Plazma klirensi minutiga 630 ml ni tashkil etadi. Davomli yarim chiqarilish davriga ega, 34-68 soatni tashkil etadi. Keksa yoshdagi erkaklarda (65-85 yosh) farmakokinetik koʻrsatkichlari oʻzgarmaydi, ayollarda – Cmax (30-50% ga) oshadi, 1-5 yoshdagi bolalarda Cmax, T1/2, AUC pasayadi.

 

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 3 tabletka blisterda. 1 blister qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda 30ºS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha beriladi.

Qoʻllanilishi

Ziromin preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan yengil darajadan oʻrtacha darajagacha boʻlgan quyidagi infeksiyalarni davolash uchun tavsiya etiladi:

  • Nafas yoʻllarining yuqori boʻlimlari hamda LOR-aʼzolarining infeksiyalari: Streptococcus pyogenes chaqirgan oʻtkir faringit va tonzillit; oʻtkir oʻrta quloq otiti (oʻrta quloq boʻshligʻini yalligʻlanishi); laringit, sinusit, skarlatina.
  • Nafas yoʻllarining quyi boʻlimlarini infeksiyalari: surunkali bronxitni zoʻrayishi, bakterial va atipik pnevmoniyalar.
  • Teri va yumshoq toʻqimalarning infeksiyalari: teri va teri osti yogʻ qavatining Staphylococcus aureus, Streptococcus pyogenes va Streptococcus agalactiae chaqirgan asoratlanmagan infeksiyalari. Odatda, abssesslarda jarrohlik drenajini qoʻyish kerak boʻladi.
  • Jinsiy aʼzolarning infeksiyalari. Jinsiy yoʻl orqali yuqadigan infeksiyalar (JYYUK): Chlamydiatrachomatis chaqirgan, gonokokkli boʻlmagan uretrit; Haemophilusducreyi chaqirgan yumshoq shankr. Bu patsiyentlarni tekshirish vaqtida sifilis va gonoreya kulturasini aniqlash maqsadida serologik sinamalar oʻtkazish kerak.
  • Kichik chanoq aʼzolarining yalligʻlanish kasalliklari (KCHAYAK): Chlamydia trachomatis, Mycoplasma hominis va Neisseria gonorrhoeae larning sezgir shtammlari chaqirgan servitsit, endometrit va salpingooforitda qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ziromin preparatini ovqatlanishdan qatʼiy nazar qabul qilish mumkin. Uni yaxshi oʻzlashtirilishi tabletkalar ovqat vaqtida qabul qilinganida kuzatiladi.

Kattalar va tana vazni 45 kg dan ortiq boʻlgan 16 yoshdan oshgan oʻsmirlarga preparatning quyidagi dozalash tartibi tavsiya etiladi:

Nafas yoʻllarining infeksiyalari: 500 mg (1 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka) har kuni 3 kun davomida qabul qilinadi.

Teri va yumshoq toʻqimalarning infeksiyalari: 500 mg (1 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka) har kuni 3 kun davomida qabul qilinadi.

Chlamydia trachomatis chaqirgan, gonokokkli boʻlmagan uretrit yoki servitsit: bir martalik doza 1000 mg azitromitsin (2 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka) ni tashkil etadi.

Gonokokkli servitsit va uretrit: bir martalik doza 2000 mg azitromitsin (4 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka) ni tashkil etadi.

Keksa yoshdagi patsiyentlarda azitromitsinning farmakokinetik hususiyatlari yosh odamlar uchun xos boʻlgan hususiyatlaridan farqlanmaydi. Dozaga tuzatish kiritish zarurati yoʻq.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan: dispepsiya, meteorizm, qusish, melena va xolestatik sariqlik.

Siydik tanosil tizimi tomonidan: vaginit, nefrit, kandidoz.

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, uyquchanlik.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, yorugʻlikka sezuvchanlik, angionevrotik shish.

Umumiy reaksiyalar: toliqish.

Laborator koʻrsatkichlarni oʻzgarishi: qon zardobida kreatinin darajasini oshishi, fosfokinaza, kaliy miqdori oshishi mumkin; 1% dan kamroq tezlikda leykopeniya, neytropeniya, trombotsitopeniya, bilirubin, glyukozani oshishi, ishqoriy fosfatazaning darajasini oshishi kuzatilgan.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Makrolid antibiotiklarga, eritromitsin va azitromitsinga oʻta yuqori sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas. Jigar va buyrak faoliyatini ogʻir darajadagi buzilishlarida qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Tarkibida magniy va alyuminiy saqlovchi antatsidlar azitromitsinning plazmadagi maksimal konsentratsiyasini kamaytiradilar, egri chizigʻi ostidagi maydon oʻzgarmaydi. Preparat va antatsidni qabul qilish oʻrtasida kamida 2 soatlik intervalga rioya qilish tavsiya etiladi.

Barcha makrolidlar kabi Ziromin ham bir vaqtda qoʻllanganida quyidagi preparatlar: teofillin, terfenadin, varfarin, karbamazepin, fenitoin, triazolam, digoksin, ergotamin, siklosporinning taʼsirini kuchaytirishi mumkin.

Preparat va simetidinni qabul qilish oʻrtasida kamida 2 soatlik intervalga rioya qilish kerak.

Preparat boshqa antibiotiklar bilan bir vaqtda qoʻllanganida Clostridium difficile chaqirgan soxta membranoz kolit rivojlanishi mumkin. Bunday holatda azitromitsinni qabul qilishni toʻxtatish va elektrolitlar, oqsilli qoʻshimchalar va Clostridium difficile qarshi antibiotiklar bilan muvofiq davolashni boshlash kerak.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Azitromitsin preparatini oʻrtacha darajadan ogʻir darajagacha boʻlgan pnevmoniya bilan xastalangan, ambulator davolash mumkin boʻlmagan, shuningdek quyidagi havf omillari boʻlgan patsiyentlarga qoʻllash mumkin emas:

  • patsiyent kasalxonada davolangan vaqtda yuqtirib olgan infeksion kasallik;
  • bakteriyemiya yoki uning belgilari;
  • kasalxonaga yotkazish zarurati boʻlganida;
  • keksa yoshdagi yoki kuchsizlangan patsiyentlarga;
  • immuniteti sustlashgan yoki funksional aspleniya boʻlgan patsiyentlarga qoʻllash mumkin emas.

Azitromitsin bilan davolanish vaqtida jiddiy allergik reaksiyalar, angionevrotik shish va anafilaksiyani juda kam hollari yuzasidan xabarlar berilgan.

Simptomatik davolashga nisbatan javob reaksiyasi rivojlanishi mumkinligiga qaramasdan, davolash toʻxtatilganida qaytalanishlar rivojlanishi mumkin. Bu reaksiyalar azitromitsinni organizmda uzoq vaqt davomida boʻlishi natijasida rivojlanishi mumkin.

Ziromin qoʻllanganida jigar nekrozi, gepatit, jigar yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin, bu holat baʼzi hollarda oʻlimga olib kelishi mumkin.

Azitromitsin pankreatit, pilorik stenoz, soxta membranoz kolit, tilning rangini oʻzgarishi rivojlanishini chaqirishi mumkin.

Ziromin (azitromitsin) preparati bilan davolash QT oraligʻini uzayish sindromi / “piruet” tipidagi polimorf qorinchalar taxikardiyasi (Torsades de pointes) ni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli ushbu dori vositasini QT oraligʻini uzayish sindromi / “piruet” tipidagi polimorf qorinchalar taxikardiyasiga shubha qilingan yoki tashxis qoʻyilgan patsiyentlarga buyurish mumkin emas. Ayollarda polimorf qorinchalar taxikardiyasini rivojlanish havfi erkaklarga nisbatan yuqoriroq boʻladi.

Homiladorlikda va laktatsiya davrida qoʻllanishi

Homiladorlikda preparatni davolashdan kutilgan foyda potensial havfdan ustun boʻlgan holatdagina qoʻllash kerak.

Laktatsiya davrida preparatni qoʻllash zarurati boʻlganida, emizishni toʻxtatish xaqidagi masalani hal qilish kerak.

Pediatriyada qoʻllanishi

Ushbu dori shakli bolalar va tana vazni 45 kg dan kam boʻlgan 16 yoshgacha oʻsmirlarni davolash uchun moʻljallanmagan.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Ziromin transport vositasini boshqarish yoki uskunalar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan soʻng ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilish

Hozirgi vaqtgacha Zirominning dozasini oshirib yuborilishini oʻziga xos simptomlari yuzasidan maʼlumotlar yoʻq. Dozasi oshirib yuborilganida umumiy simptomatik va tutib turuvchi davolash oʻtkaziladi. Antidoti mavjud emas.