Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ЖУСЛИН Н

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ЖУСЛИН Н СУСПЕНЗИЯ 100ЕД/мл 10мл №1

28 500 so'mdan
(1266)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
Julphar Gulf Pharmaceutical Industries
Chiqarilish shakli
СУСП
Farma. Guruh
Противодиабетические средства
Dori tafsilotlari
OGOHLANTIRISHLAR
QANDLI DIABЕT
Taʼrifi
QOʻLLASH USULI
DOZALAR
QANDLI DIABЕTDAGI ODATDAGI MUAMMOLAR
OGOHLANTIRISHLAR

Juslin – hayvon insulinidan farq qiluvchi odam insulini mahsuloti, chunki u strukturasi, shuningdek ishlab chiqarish jarayonining oʻziga xosligi boʻyicha Sizning organizmingiz meʼda osti bezida ishlab chiqariladigan insuliga oʻxshash. Insulinni har qanday oʻzgartirilishi ehtiyotkorlik choralariga rioya qilinishi va faqat shifokor nazorati ostida amalga oshirishi kerak. Insulinning yuborilishini, tozaligini, konsentratsiyasini, markasini (ishlab chiqaruvchi), tipi (oddiy, izofan, lente va boshq.), turi (qoramol, choʻchqa, choʻchqa-qoramol, odam), va/yoki ishlab chiqarish usuli (rekombinant DNK insulinidan hayvon insuliniga va aksincha) oʻzgartirish, dozani oʻzgartirish zaruratiga olib kelishi mumkin. Juslin qabul qilayotgan ayrim patsiyentlar uchun (rekombinant DNK dan odam insulini), oldin ishlatilgan hayvon insulini bilan solishtirganda dozani oʻzgartirish talab qilinishi mumkin. Dozani oʻzgartirishni zarurati birinchi qoʻllashdan keyin ham, birinchi bir necha hafta yoki oylar davomida ham paydo boʻlishi mumkin.

 

QANDLI DIABЕT

Insulin – meʼda osti bezi, u meʼda oldida joylashgan katta bez, tomonidan ishlab chiqariladigan gormon. Bu gormon organizm tomonidan ovqatni ayniqsa qandni toʻgʻri oʻzlashtirilishi uchun, zarur gormon. Diabet meʼda osti bezi organizmning ehtiyojini qondirishi uchun yetarli miqdorda insulin ishlab chiqarmaganida rivojlanadi.

Diabetni nazorat qilish uchun, qondagi glyukoza darajasini normaga yaqin saqlash uchun, shifokor insulin inyeksiyalarini buyuradi. Diabetni yaxshilab nazorat qilish, shifokor bilan yaqin va doimiy hamkorlikni talab qiladi. Diabetga qaramasdan, agarda muvozanatlangan parhezga rioya qilsangiz, jismoniy faollikni saqlasangiz, shifokorning koʻrsatmasiga muvofiq insulin inyeksiyalarini olsangiz, Siz faol, sogʻlom va sifatli hayot kechirishingiz mumkin.

Siz muntazam qonda va/yoki siydikda qand miqdorini tekshirishingiz kerak. Agar tahlillar qondagi qand miqdorini turgʻun oshishi yoki pasayishini koʻrsatsa, yoki siydikning tahlili doimo qandning borligini koʻrsatsa, unda bu, diabetni muvofiq tarzda nazorat qilinmasligini koʻrsatadi, va Siz buni shifokoringizga xabar qilishingiz kerak. Doimo qoʻl ostingizda insulinning qoʻshimcha dozasini, hamda shpris uchun zahira igna saqlang. Uydan tashqarida asoratlar paydo boʻlgan holda Sizga kerakli tibbiy yordam koʻrsatish mumkin boʻlishi uchun, doimo oʻzingiz bilan diabetik uchun identifikatorni olib yuring.

NPX ODAM INSULINI

Taʼrifi

JUSLIN Escherichia coli bakteriyasining alohida, kasallik chaqirmaydigan laboratoriya shtammi bilan sintez qilinadi, u odam insulinini ishlab chiqarish uchun gen qoʻshish yoʻli bilan genetik oʻzgartirilgan. JUSLIN N odam insulini, protamin va rux aralashmasidan tashkil topgan kristall suspenziyadan iborat. U regulyar insulin bilan solishtirganda faollikni sekinroq oshib borishini va taʼsir davrining davomiyroqligini (24 soatgacha) taʼminlaydi. Har qanday insulinning taʼsiri turli odamlarda yoki bir odamda turli vaqtda ahamiyatli farqlanishi mumkin. Barcha insulinlardagi kabi JUSLIN N ning taʼsirini davomiyligi doza, inyeksiya joyi, qon bilan taʼminlanish, harorat va jismoniy faollikka bogʻliq. JUSLIN N faqat teri ostiga yuborilish uchun steril suspenziyadir. U vena ichiga yoki mushak ichiga yuborish uchun ishlatilmasligi kerak. JUSLIN N ning konsentratsiyasi 100 birlik/ml ni (U-100) tashkil qiladi.

Identifikatsiya

Odam insulinining 3 turi mavjud:

Regulyar (R), NRX (N) va 30% eruvchi insulini va 70% izofan insulini (30/70) aralashmasi. Shifokoringiz uning fikri boʻyicha, Siz uchun eng toʻgʻri kelgan tur insulinini buyuradi. SHIFOKOR TOMONIDAN SIZGA BUYURILGAN INSULINDAN BOSHQA INSULINNI ISHLATMANG.

Doimo karton oʻram va flakon markirovkasini tekshiring. Insulinning nomi va turi, shifokor buyurgan insulinga toʻgʻri kelishi kerak. Dozani yuborishdan oldin doimo insulinli flakonning tashqi koʻrinishini tekshiring. Ichidagisi bir xil boʻlishi uchun, har bir yuborish oldidan JUSLIN N flakonini yaxshilab chayqating. Aralashtirilganidan keyin JUSLIN N flakoni ichidagisi bir xil, tiniq boʻlmagan yoki sutli suspenziya koʻrinishida boʻlishi kerak. Agarda aralashtirilganidan keyin insulin (oq modda) flakon tubida qolsa, preparatni ishlatmang. Agar aralashtirgandan keyin insulinda qumoqchalar qolsa JUSLIN N li flakonni ishlatmang. Agar flakonning tubi yoki devoriga oq zarrachalar uning har ranga keltirib yopishsa, JUSLIN N li flakonni ishlatmang. Ishlatish oldidan doimo insulinli flakonning tashqi koʻrinishini tekshiring va agarda Siz odatdagi boʻlmagan nimanidir sezsangiz yoki insulinning koʻrsatkichlari sezilarli oʻzgarganini koʻrsangiz, shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Saqlash

Preparatni yorugʻlikdan himoya qilish uchun flakonni karton qoʻtida saqlang. Sovutgichda saqlang (2-80S). Muzlatishdan saqlang. Oldin muzdan tushirilgan insulinni ishlatmang. Muddati oʻtgan insulinni ishlatmang.

 

QOʻLLASH USULI

Shpris

Insulinning dozalari birliklarda oʻlchanadi. Shprisning markirovkasini tushunish muhim, chunki Siz yuborishingiz kerak boʻlgan insulinning hajmi, konsentratsiyasiga, yaʼni ml dagi birliklar miqdoriga bogʻliq. Shu sababli Siz doimo Siz ishlatadigan insulinning konsentratsiyasi uchun darajalangan shprisni ishlatishingiz kerak. Mos kelmaydigan shprisni ishlatish, qondagi qandning miqdorini oshishi yoki kamayishi kabi jiddiy muammolarni chaqirib, notoʻgʻri dozalashga olib kelishi mumkin.

Shprisni ishlatish

Mumkin boʻlgan infeksiyani yuqishidan saqlanish uchun aniq ushbu yoʻriqnomalarga rioya qiling. Bir martalik shprislar va ignalar faqat bir marta ishlatilishi kerak, soʻngra esa ular tashlab yuborilishi kerak.

IGNALAR VA SHPRISLAR SHAXSIY FOYDALANISH UCHUN BOʻLISHLARI KЕRAK.

Koʻp martalik ishlatish uchun moʻljallangan shprislar va ignalar, har bir yuborish oldidan sterillanishi kerak. Shprisni joylash yoʻriqnomalariga amal qiling.

Dozani tayyorlash

  1. Qoʻllaringizni yuving.
  2. Insulinni toʻliq aralashtirish uchun yaxshilab chayqating yoki insulinli flakonni bir necha marta aylantiring.
  3. Insulinni koʻzdan kechiring. JUSLIN N bir xil, loyqa yoki sutdek koʻrinishi kerak. Agar flakonning ichidagisi talablarga muvofiq boʻlmasa uni ishlatmang.
  4. Yangi flakonni ishlatishda plastik himoya qalpoqchasini sindiring, biroq uni olib tashlamang. Spirtda xoʻllangan tampon bilan flakonning yuqori qismini arting.
  5. Agar Siz insulinni aralashtirsangiz, quyida koʻrsatilgan aralashtirish uchun yoʻriqnomalarga amal qiling.
  6. Ignani flakonning rezina tiqini orqali kiriting.
  7. Flakon va shprisni aylantiring. Flakon va shprisni bir qoʻlda mahkam ushlab turib, ehtiyotkorlik bilan chayqating.
  8. Ignaning uchi insulinga tushirilganiga ishonch hosil qiling, shprisga insulinning kerakli dozasini oling.
  9. Flakondan ignani olishdan oldin, insulinning miqdorini kamaytiruvchi havo pufakchalari borligiga shprisni tekshiring. Agar pufakchalar boʻlsa, shprisni vertikal tutib turib, ularni porshen bilan siqib chiqaring va takroran kerakli dozani oling.
  10. Flakondan ignani chiqarib oling va ignani hech narsaga tegmaydigan qilib shprisni qoʻying.

Juslin N va Regulyar odam insulinini aralashtirish boʻyicha yoʻriqnoma

  1. NPX odam insulini faqat Regulyar odam insulini bilan aralashtirilishi kerak.
  2. Regulyar odam insulinili flakonga ignani kiriting va flakonni toʻnkaring.
  3. Ignaning uchi insulinda ekanligiga ishonch hosil qilib shprisga regulyar insulinning kerakli miqdorini oling.
  4. Ignani flakondan chiqarishdan oldin shprisda insulinning hajmini kamaytiruvchi havo pufakchalari yoʻqligiga ishonch hosil qiling. Agar pufakchalar boʻlsa, shprisni vertikal tutib turib, ularni porshen bilan chiqaring va takroran kerakli dozani oling.
  5. Regulyar insulinli flakondan ignani chiqarib oling va uni Juslin N li flakonga kiriting. Flakon va shprisni toʻnkaring. Shpris va flakonni bir qoʻlda mahkam ushlab turib, ehtiyotkorlik bilan chayqating. Ignaning uchi insulindaligiga ishonch hosil qiling va Juslin N ning kerakli dozasini shprisga oling.
  6. Ignani flakondan chiqarib oling va ignani hech narsaga tegmaydigan qilib shprisni quying.

Insulinni qachon aralashtirish kerakligi boʻyicha – oldindan yoki bevosita yuborish oldidan, shifokorning koʻrsatmalariga rioya qiling. Usulni oʻtkazishda ketma-ketlikka rioya qilish muhimdir. Turli ishlab chiqaruvchilarning shprislari pastki chiziq va igna orasida turli hajmga ega boʻlishi mumkin, shuning uchun aralashtirish tartibini, shpris va igna modeli yoki markasini almashtirmang.

Inyeksiya

Yuborish joyini spirt bilan arting. Yuborish joyini ishqalab yoki qisib terini tayyorlang. Shifokorning yoʻriqnomalariga muvofiq ignani kiriting. Porshenni u tayanchga yetgunicha bosing. Ignani chiqarib oling va bir necha sekund davomida yuborilgan joyni kuchli bosib turing. Yuborilgan joyni ishqalamang. Toʻqimaning shikastlanishidan saqlanish uchun navbatdagi inyeksiyani oldingi yuborish joyidan minimum 0,5 dyuym masafada yuboring.

 

DOZALAR

Shifokorning koʻrsatmasi ishlatilayotgan insulinning turi, miqdori va yuborishlar tez-tezligini oʻz ichiga oladi. Qandli diabeti boʻlgan har bir patsiyentning holati boshqalarnikidan farq qilishi tufayli, ushbu grafik faqat Siz uchun ishlab chiqilgan. Sizning odatdagi insulin dozangiz ovqatni oʻzgarishi, faollik, yoki ish tartibiga qarab oʻzgarishi mumkin. Shu oʻzgarishlarni hisobga olib, soʻzsiz shifokorning koʻrsatmalariga amal qiling. Insulinning dozasiga taʼsir qiluvchi boshqa omillar:

Kasallik

Kasallik, ayniqsa koʻngil aynishi va qusish bilan birga kechuvchi, insulinning dozasini oʻzgartirishni talab qilishi mumkin. Hatto agar Siz ovqat qabul qilmasangiz ham, Sizga baribir insulin kerak boʻladi. Kasallik holatiga Siz shifokor bilan birga, kasallik vaqtida insulinni yuborish tartibini ishlab chiqishingiz kerak. Kasallikda tez-tez qonni/siydikni tekshiring va koʻrsatmalarga muvofiq, zarurati boʻlganida shifokorni chaqiring.

Homiladorlik

Diabetni yaxshi nazorati Siz va Sizning kelajakdagi bolangiz uchun ayniqsa muhim. Homiladorlik diabetni davolashni asoratlashi mumkin. Agar Siz tugʻishni rejalashtirgan boʻlsangiz, homilador boʻlsangiz, yoki bola emizsangiz, shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Davolash

Agar Siz gipoglikemik faollikka ega boʻlgan boshqa dori vositalarini, masalan, oral kontratseptivlar, kortikosteroidlar qabul qilayotgan boʻlsangiz yoki qalqonsimon bezini oʻrinbosar davolashni oʻtayotgan boʻlsangiz, insulinning kerakli dozalari oshirilishi mumkin. Gipoglikemik faollikka ega preparatlar masalan, oral gipoglikemiklar, salitsilatlar (masalan, aspirin), sulfamid antibiotiklar va ayrim antidepressantlar bilan davolanish holida, insulinning kerakli dozalari kamaytirilishi mumkin. Doimo shifokoringizga barcha qabul qilayotgan preparatlaringiz haqida xabar bering.

Jismoniy yuklama

Jismoniy mashqlar, ularni bajarish vaqtida, hamda ular bajarilganidan keyin biroz vaqt davomida Sizning organizmingizni insulinga boʻlgan ehtiyojini pasaytirishi mumkin. Jismoniy mashqlar shuningdek insulinning taʼsirini tezlashtirishi mumkin, ayniqsa agar ular yuborish joyini oʻz ichiga olsa (masalan, bevosita yugurish bilan shugʻullanish oldidan oyoqlarga inyeksiya qilish mumkin emas). Jismoniy mashgʻulotlarga moslashtirish uchun, Siz davolash tartibidagi oʻzgarishlarni shifokor bilan muhokama qilishingiz kerak.

Safar

5 dan koʻproq soat mintaqalarini kesib oʻtuvchi odamlar insulinning dozalash tartibiga tuzatish kiritish masalasi boʻyicha shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.

 

QANDLI DIABЕTDAGI ODATDAGI MUAMMOLAR

Gipoglikemiya (insulinga reaksiya)

Gipoglikemiya (qondagi qandning yetishmovchiligi) insulin qabul qilayotgan odamlarda eng koʻp uchraydigan noxush samaradir. U insulinning dozasini oshirib yuborilishi; ovqat qabul tartibini buzilishi; ishdagi zoʻriqish; infeksiya yoki kasallik (ayniqsa ich ketishi yoki qusish); insulinning kerakli dozasini oʻzgarishi; buyrak usti bezlari, gipofiz yoki qalqonsimon bezining kasalligi; buyraklar yoki jigar kasalliklarini rivojlanib borishi; qondagi qand miqdorini pasaytiruvchi preparatlar, masalan, oral gipoglikemiklar, salitsilatlar (aspirin), sulfamid antibiotiklari va ayrim antidepressantlarning taʼsiri; alkogolli ichimliklarni isteʼmol qilish bilan chaqirilishi mumkin.

Yengil-oʻrtacha gipoglikemiyaning simptomlari birdan paydo boʻlishi mumkin va ter ajralishi, bosh aylanishi, yurak urishi, qaltirash, ochlik, yuqori qoʻzgʻalish, qoʻllar, oyoqlar, lablar yoki tilda sanchiq, diqqatni jamlayolmaslik, bosh ogʻrigʻi, uyquchanlik, uyquni buzilishi, bezovtalik, koʻrishni noaniqligi, nutqni ravon emasligi, depressiya, taʼsirchanlik, nostandart hatti-harakat, koordinatsiyani buzilishi va ruxiyatni oʻzgarishini oʻz ichiga oladi.

Ogʻir gipoglikemiyaning simptomlari dezoriyentatsiyani, xurujlarni, xushdan ketish va oʻlimni oʻz ichiga oladi.

Shuning uchun oʻz vaqtida tibbiy yordam olish kerak.

Gipoglikemiyaning erta ogohlantiruvchi simptomlari quyidagi sharoitlarda turlicha yoki kamroq ifodalangan boʻlishi mumkin: davomli diabet, diabetga bogʻliq boʻlgan nerv kasalligi, beta-blokatorlari kabi preparatlarni qoʻllash, qabul qilinayotgan insulinni boshqa tur insulinga almashtirish yoki insulinni tez-tez qabul qilish (kuniga 3 yoki koʻproq inyeksiyalar).

Hayvon insulinidan odam insuliniga oʻtganidan keyin gipoglikemiya simptomlarini boshidan kechirgan ayrim patsiyentlar, gipoglikemiyaning ogohlantiruvchi erta simptomlarini yaqqolligi kamroq boʻlganini yoki oldingi insulin ishlatilganida ulardan farq qilganini xabar berganlar.

Gipoglikemiyani ogohlantiruvchi erta simptomlarini bilmasdan Siz, gipoglikemiyaning jiddiyroq shakllaridan saqlanish choralarini koʻra olmaysiz. Gipoglikemiya haqida guvohlik beruvchi barcha tur simptomlarga nisbatan eʼtiborli boʻling. Erta ogohlantiruvchi simptomlari boʻlmagan gipoglikemiyali patsiyentlar transportni haydash kabi faoliyat turida qondagi qandning miqdorini kuzatib borishlari kerak. Agar qondagi qandning darajasi normal qiymatidan past boʻlsa (och qoringa), gipoglikemiyani davolash uchun Siz qand saqlovchi ovqat va ichimliklarni isteʼmol qilishingiz kerak. Gipoglikemiyaning yengil va oʻrtacha shakllarini qand saqlovchi mahsulotlar va ichimliklarni isteʼmol qilish bilan davolash mumkin. Patsiyentlar doimo oʻzlarida qand manbaiga ega boʻlishlari kerak, masalan, ledeneslar yoki glyukoza tabletkalari. Gipoglikemiyaning ogʻirroq shakllarida boshqa odamning yordami kerak boʻlishi mumkin. ªandni ogʻiz orqali qabul qilaolmaydigan patsiyentlarga yoki xushsiz holatdagilarga glyukagon inyeksiyasini yoki glyukozani vena ichiga yuborishni oʻtkazish kerak.

Siz gipoglikemiyaning oʻzingizdagi simptomlarini bilishni oʻrganib olishingiz kerak. Agar Siz gipoglikemiyaning oʻzingizdagi simptomlarini bilmasangiz, Siz muntazam qondagi glyukoza darajasini kuzatishingiz kerak – bu sizga ushbu simptomlarni aniqlashga yordam beradi.

Agar Sizda tez-tez gipoglikemiyaning simptomlari kuzatilsa yoki Sizga ularni bilish qiyin boʻlsa, unda Siz davolovchi shifokor bilan davolashni, ovqatlanish tartibini va/yoki jismoniy mashqlar dasturini oʻzgartirish haqida maslahatlashishingiz kerak, ular sizga gipoglikemiyadan saqlanishga yordam beradi.

Giperglikemiya yoki Diabetik atsidoz

Agar Sizning organizmingizda insulinning yetishmovchiligi boʻlsa, giperglikemiya (qondagi glyukozaning oshiqligi) rivojlanishi mumkin.

Giperglikemiya chaqirilishi mumkin:

  1. Dozani oʻtkazib yuborilishi yoki shifokor buyurganidan kam dozani yuborish.
  2. Sizning ovqatlanish tartibingizda moʻljallanganidan ancha koʻp miqdorda ovqat isteʼmol qilish.
  3. Isitma, inyeksiya yoki organizm uchun boshqa stress vaziyatlar.

Insulinga qaram diabeti boʻlgan bemorlarda uzoq muddatli giperglikemiya diabetik atsidozga olib kelishi mumkin. Odatda diabetik atsidozning birinchi simptomlari asta-sekin bir necha soatlar yoki kunlar davomida keladi va uyquchanlik, yuzni shishi, chanqoqlik, ishtahani yoʻqotish va nafas olishda atseton hidini oʻz ichiga oladi. Asidozda siydikni  tahlillari glyukoza va keton tanachalarining yuqori miqdorini koʻrsatadi. Ogʻir nafas va tezlashgan puls ogʻirroq simptomlardir. Agar simptomlar eʼtiborsiz qoldirilsa, unda davomli giperglikemiya yoki diabetik atsidoz koʻngil aynishi, qusish, suvsizlanish, xushdan ketish yoki oʻlimga olib kelishi mumkin. Shuning uchun Sizni darhol tibbiy yordam olishingiz juda muhim.

Lipodistrofiya

Insulinni teri ostiga ishlatish kam hollarda lipoatrofiyaga (terini tonusni yoʻqotishi) yoki lipogipertrofiyaga (toʻqimani oshishi yoki qalinlashishi) olib kelishi mumkin. Agar Siz shu simptomlardan har birini sezsangiz, Siz shifokoringiz bilan maslahatlashishingiz kerak. Insulinni yuborish usulini oʻzgartirish vaziyatni yengillashtirishi mumkin.

 

 

Insulinga allergiya

Mahalliy Allergiya – Patsiyentda insulinni yuborish joyida qizarish, shish va qichishish kuzatiladi. Bu simptomlar mahalliy allergiya deb ataladi, odatda ular bir necha kun yoki haftada oʻtib ketadi. Ayrim patsiyentlarda bu simptomlar insulindan tashqari boshqa omillar, masalan, zararsizlantiruvchi vositaga taʼsirlanish bilan yoki yuborishni toʻgʻri kelmaydigan usuli bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Agar Sizda mahalliy reaksiyalar kuzatilsa, oʻz shifokoringiz bilan bogʻlaning.

Tizimli Allergiya – Insulinga umumiy reaksiya tez-tezligi kamroq, lekin potensial jiddiyroqdir, u butun tana boʻylab toshma, hansirash, nafas olishni ogʻirlashishi, qon bosimini pasayishi, pulsni tezlashishi yoki koʻp ter ajralishini chaqirishi mumkin. Umumiy allergiyaning oxir hollari hayot uchun xavfli boʻlishi mumkin. Agar Sizda insulinga umumiy allergiyaga gumon boʻlsa, darhol shifokorga xabar bering.

BU DORI PRЕPARATI

Dori preparati – bu Sizning sogʻligʻingizga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan mahsulot. Yoʻriqnomasiga rioya qilmasdan dorini qoʻllash Sizning sogʻligʻingiz uchun xavfli.

Shifokorning va farmatsevtning koʻrsatmasiga qatʼiy rioya qiling.

Shifokor va farmatsevt dori vositalari sohasi va ularning foydasi va xavfi boʻyicha mutaxassisdirlar.

Davolash kursini oʻz holingizcha toʻxtatmang.

Shifokor bilan maslahatlashmasdan davolash kursini takrorlamang.

Barcha dori preparatlarini bolalar ololmaydigan joyda saqlang.

Shifokor retsepti boʻyicha beriladi