Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Зесткал СУСПЕНЗИЯ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Зесткал СУСПЕНЗИЯ 200МЛ №1

41 400 so'mdan
(1557)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
CORAL LAB
Chiqarilish shakli
СУСП
Farma. Guruh
Препараты кальция и средства для профилактики и лечения остеопороза
Dori tafsilotlari
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Farmakodinamikasi
Farmakokinetikasi
Nojo'ya samaralari
Maxsus shartlar
Qo'llanilishi
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Maxsus saqlash sharoitlari
Dozirovkasi
Dozani oshirib yuborilishi
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning faol yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik.
Giperkalьtsiyemiya (>10,5 mg/dl), giperkalьtsiuriya (24 soatda 300 mg yoki 7,5 mmolь), og'ir buyrak yetishmovchiligi, buyrak toshi, kalьtsiyli litiaz, to'qimalarning kalьtsifikatsiyasi, giperkalьtsiuriya va/yoki giperkalьtsiyemiya bilan birga kechuvchi davomli immobilizatsiya.
Zestkal suspenziyasini D gipervitaminozi holida bolalarda, homilador va emizikli ayollarda qo'llash mumkin emas.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Har 5 ml quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
600 mg elementar kalьtsiyga ekvivalent
bo'lgan sutli kalьtsiy 150 mg
elementar fosfor 75 mg
kolekalьtseferol (D3 vitamini) BF 200 XB
yordamchi moddalar: propilenglikolь - 25,0 mg, natriy metilparaben - 7,50 mg, natriy propilparaben - 0,75 mg, bronopol - 2,50 mg, limon kislotaning monogidrati - 15,0 mg, suyuq sorbitol (kristallanmaydigan) - 4000,0 mg, ksantan qatroni - 15,0 mg, magniy alyuminiy silikati - 10,0 mg, suvsiz kolloid kremniy - 10,0 mg, glitserin - 666,6 mg, propilenglikolь - 5,0 mg, askorbin kislotasi - 0,5 mg, rats-alьfa-tokoferil-atsetat -
0,5 mg, suyuq qulupnay aromatizatori - 20,0 mg, yalpiz yog'i 18774 - 0,5 mg, eritrozin supra buyovchisi - 0,08 mg, tozalangan suv - 5 ml gacha.
Saqlashdagi yo'qotishlarni o'rnini bosish uchun vitaminning muvofiq yo'l qo'yiladigan miqdori qo'shilgan.

Farmakodinamikasi

Zestkal peroral suspenziya bo'lib, unda kalьtsiy fosfati kolekalьtseferol (D3 vitamini) bilan assotsiatsiyalangan.
Kalьtsiy va D vitamini “suyaklarni tiklanish” jarayoniga fundamental ta'sirga ega va bu kalьtsiyning salbiy balansi va aylanib yuruvchi D vitaminining past darajasi va qon zardobida paratgormonning yuqori darajalari bilan xarakterlanuvchi keksa bemorlarda qo'llash uchun sabab hisoblanadi. Bu ikkilamchi giperparatireoz Zestkal suspenziyasining faol ingrediyentlari trikalьtsiyfosfat va D3 vitaminining majmuaviy samarasi bilan samarali to'g'rilanadi.
D3 vitamini ichakning shilliq qavatida kalьtsiyni so'rilishini kafolatlab, kalьtsiy va fosfor metabolizmini boshqaradi.

Farmakokinetikasi

So'rilishi
Kalьtsiyning taxminan 30% dozasi ingichka ichakning proksimal qismida so'riladi. Og'iz orqali qabul qilinganidan keyin D vitamini ham ichakda tez so'riladi. O't kislotalarini so'rilishini yengillashtirishdagi roli yaxshi ma'lum.
Taqsimlanishi
Plazmada kalьtsiyning taxminan 40% proteinlar bilan bog'langan, ayniqsa alьbuminning taxminan 1/10 diffuziyalanaoladigan hisoblanadi, lekin anionlar (fosfatlar) bilan bog'langan; qolgan fraktsiyasi diffuziya qilaoladigan kalьtsiy ionlari bo'lib, ular fiziologik samaraga ega.
D vitaminini yarim parchalanishi 19 soatdan 25 soatgachani tashkil qiladi, maxsus oqsil - alьfa-globulin bilan bog'langan va plazmada aylanib yuradi, va u uzoq vaqt davomida organizmda to'planadi.
Metabolizmi
D vitamini jigarda 25-gidroksilaza (kalьtsidiol) hosilasiga aylanadi, u qayta aylanmaga joylashadi, u yerda solishtirma alьfa-globulin bilan bog'lanadi va buyraklarda keyingi 1-25 gidroksi hosila (kalьtsitriol) ga gidroksillanishga duchor bo'ladi.
Chiqarilishi
D vitamini asosan safro bilan chiqariladi. Yuborilgan dozaning faqat katta bo'lmagan qismi siydikda aniqlanadi.
Kalьtsiy me'da-ichak yo'llarida so'lak, safro va pankreatik sekretsiya orqali chiqariladi. Bu manbalardagi kalьtsiy, so'rilmagan kalьtsiy bilan bir qatorda, ahlat bilan chiqariladi. Buyrak tizimi bilan chiqariladigan kalьtsiyning taxminan 2-3 qismi so'riladigan kalьtsiy hisoblanadi.
Paratgormon burama distal naychalarda kalьtsiyning qayta so'rilishini rag'batlantiradi, shu vaqtning o'zida D vitamini proksimal qayta so'rilishni oshiradi. Kalьtsiyning bir qismi ter bilan ham chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Nojo'ya samaralari MedDRA a'zolar tizimi sinfiga muvofiq sanab o'tilgan.
Quyidagi reaktsiyalar Zestkal suspenziyasini qo'llashning postregistratsion tajribasida qayd etilganligi tufayli, ularning tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosidi baholash mumkin emas).
Immun tizimini buzilishlari
Anafilaktik reaktsiyalar, allergik dermatit.
Moddalar almashinuvi va ovqatlanish
Giperkalьtsiyemiya va giperklьtsiuriya.
Me'da-ichak yo'llarini buzilishlari
Ko'ngil aynishi, qabziyat, diareya, epigastral soxasida og'riq.
Teri va teri osti kletchatkasining kasalliklari:
Eshakemi.

Maxsus shartlar

Zestkal suspenziyasini buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarda yoki siydik toshlarini hosil bo'lishiga yaqqol moyillik bo'lganda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Kalьtsiyemiya va kalьtsiuriya, bu patsiyentlarda giperkalьtsiyemiya yuz berishini oldini olish uchun kerakli tarzda nazorat qilinishi kerak. Agar kalьtsiyning darajasi 24 soatda 7,5 mmolь (24 soatda 300 mg) dan yuqori bo'lsa, darhol davolashni to'xtatish kerak.
Alohida ehtiyotkorlik, shuningdek yurak-qon tomir kasalliklari bo'lgan bemorlarni davolashda ham talab etiladi. Yurak glikozidlarining samarasi D vitamini bilan majmuadagi kalьtsiyni peroral qabul qilishda kuchayishi mumkin. Qat'iy tibbiy kuzatuv, va agar talab etilsa EKG va kalьtsiyemiyani monitoring qilish kerak.
Zestkal suspenziyasi bilan davolanish vaqtida D vitaminining barcha mahsulotlari va hosilalaridan, shu jumladan D vitamini bilan boyitilgan ovqat mahsulotlarning iste'molidan saqlanish kerak.
Preparatni D vitaminini uning faol shakliga metabolizmini oshishi mumkinligi tufayli, sarkoidozi bo'lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Bu patsiyentlarning zardobdagi va siydikdagi kalьtsiyni nazorat qilish kerak.

Qo'llanilishi

Keksa yoshli odamlarda kalьtsiy, fosfor, D vitaminining tanqisligini to'g'rilash.
Zestkal suspenziyasini patsiyentlardagi osteoporozni spetsifik davolashga qo'shimcha sifatida yoki D vitamini va kalьtsiyni majmuaviy tanqisligida yoki bunday davolovchi qo'shimchalarga muxtoj yuqori xavfi bo'lgan patsiyentlar qabul qilishlari mumkin.
Suspenziya ayollarda postmenopauzada, osteoporozni davolashda va sinishlardan keyin ishlatiladi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Kalьtsiy bilan bir vaqtda qabul qilinganida peroral qabul qilingan tetratsiklinni so'rilishi pasayishi mumkin. Bu 2 preparatni 3 soatlik oraliq bilan qabul qilish kerak.
Ayrim diuretiklar (furosemid, etakrin kislotasi), alyuminiy saqlovchi antatsidlar va qalqonsimon bezining gormonlari kalьtsiyni so'rilishiga to'sqinlik qilishi va buyraklar orqali va ahlat bilan chiqarilishini kuchaytirishi mumkin. Tiazid diuretiklar siydik bilan kalьtsiyni chiqarilishini pasaytirishi va giperkalьtsiyemiya chaqirishi mumkin, penitsillin, neomitsin va xloramfenikol kabi ayrim antibiotiklar uning so'rilishini oshirishlari mumkin. Uzoq muddatli davolash vaqtida qon zardobida kalьtsiyning darajasini nazorat qilish kerak.
Kolesteramin, kortikosteroidlar va mineral moylar D vitaminini so'rilishiga to'sqinlik qiladi va kamaytiradi, shu vaqtning o'zida fenitoin va barbituratlar uning faolsizlanishiga yordam beradi.
Yurakdagi kalьtsiy/digitalisli sinergizm yurak faoliyatini og'ir buzilishlarini chaqirishi mumkin.
Bisfosfonat yoki natriy ftoridi bilan bir vaqtda davolangan holda, yaxshisi, Zestkal suspenziyani qabul qilishdan oldin minimal muddat 2 soat bo'lishi kerak (bisfosfonatlar va natriy ftoridining me'da-ichakdan so'rilishini pasayish xavfi).
Kalьtsiyni so'rilishi past bo'lgan ovqat (masalan, fosfat, shovul yoki fitin kislotasini saqlovchi mahsulotlar) bilan mumkin bo'lgan o'zaro ta'sirlar paydo bo'lishi mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari
30oS dan past xaroratda saqlansin. Yorug'likdan ximoyalangan joyda saqlansin Yaroqlilik muddati Ishlab chiqarilgan sanasidan boshlab 24 oy.
 
Dozirovkasi

Faqat ichga qabul qilish uchun.
Bolalar: 1 yoshdan 6 yoshgacha 5 ml (1 choy qoshiqcha) kuniga 1 maxal, 6 yoshdan 12 yoshgacha 5 ml (1 choy qoshiqcha) kuniga 2 maxal. Kottalar va 12 yoshdan bolalaga 10 ml (2 choy qoshiqcha) kuniga 2 maxal. Xomilador ayollarga 20 xaftadan va laktatsiya davrida 10 ml (2 choy qoshiqcha) kuniga 2 maxal. Osteoporoz davolash va profilaktikasida va kompleks terapiyada davolash muddati shifokor aniklaydi. Kalьtsiy va D3 vitamini difitsitini koplash uchun davolash davri 4-6 xaftaga teng. Yil mudatida kurs takrorlanishi individual aniqlanadi. Yoki shifokor qo'rsatmasi bo'yicha. Jigar funktsiyasi buzilganda: dozani o'zgartirish shart emas. Buyrak funktsiyasi buzilganda: og'ir buyrak yetishmovchilikda qullanilmaydi. Keksa odamlarga: kottalar dozasi qo'llaniladi. Buyrak funktsiyasi sustlanilishini etiborga olish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi D gipervitaminozga va giperkalьtsiyemiyaga olib kelishi mumkin. Giperkalьtsiyemiyaning simptomlari anoreksiya, chanqoqlik, ko'ngil aynishi, qusish, qabziyat, qorin og'rig'i, mushaklar kuchsizligi, charchoqlik, ruxiy buzilishlar, polidipsiya, poliuriya, bo'g'imlarda og'riq, nefrokalьtsinoz, buyrak-tosh kasalligi va og'ir hollarda yurak aritmiyasini o'z ichiga olishi mumkin. Haddan ziyod giperkalьtsiyemiya koma va o'limga olib kelishi mumkin. Kalьtsiyning barqaror yuqori darajalari buyraklarni qaytmas buzilishiga va yumshoq to'qimalarning kalьtsifikatsiyasiga olib kelishi mumkin.
Giperkalьtsiyemiyada davolash: kalьtsiy va D vitamini bilan davolashni to'xtatish.
Yana tiazid diuretiklar, litiy, A vitamini va yurak glikozidlari bilan davolashni to'xtatish kerak. Suyuqlik tanqisligi muvozanatlanishi va shifokor tomonidan shaxsiy qutqarish choralari buyurilishi kerak.
Regidratatsiya, va giperkalьtsiyemiyaning og'irlik darajasiga qarab xalqali diuretiklar, bisfosfonatlar, kalьtsitonin va kortikosteroidlar bilan alohida yoki majmuaviy davolash tavsiya etiladi. Zardob elektrolitlari, buyraklar faoliyati va diurezni nazorat qilish kerak. Og'ir hollarda EKG va SVD ni nazorat qilish kerak.
Qalqonsimon bezi oldi bezlarining faoliyati normal bo'lgan odamlarda D vitaminining intoksikatsiyasini chegarasi sutkada 40000 va 100000 XB 1-2 oy davomida, kalьtsiy uchun kuniga 2000 mg dan yuqori. Giperkalьtsiyemiya bilan bog'liq bo'lgan D vitamini intoksikatsiyasining simptomlari yuqorida ko'rsatilgandek davolanishi kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.