Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ЗЕРОКОЛД-П ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ЗЕРОКОЛД-П ТАБЛЕТКА №10

2 950 so'mdan
(3427)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
BioMedicare
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Анальгетическое ненаркотическое средство
Dori tafsilotlari
Dorilar bilan oʻzaro taʼsiri
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborish
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dorilar bilan oʻzaro taʼsiri

Bilvosita antikoagulyantlar, antigistamin preparatlar, ingalyatsion narkoz vositalari, digitalis glikozidlari, antigipertenziv preparatlar, b-adrenobloklatorlar, markaziy nerv tizimining stimulyatorlari, doksapram, rauvolfiya alkaloidlari, nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalari, hamda jigar uchun zararli boʻlgan boshqa dori vositalari, preparatning gepatotoksik taʼsirini kuchaytiradi. Preparat uyqu chaqiruvchi va narkotik vositalar taʼsirini susaytiradi.

Antigistamin vositalar bilan birga qoʻllanganida preparat qoʻshimcha burunning bitishini ochilishini, tumovni, aksa urishni kamayishini taʼminlaydi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Preparat jiddiy nojoʻya taʼsirlar chaqirmaydi. Kamdan-kam hollarda: uyquchanlik, shilliq qavatlarni zichlashuvi, (koʻpincha doza oshirib yuborilganda namoyon boʻladi), koʻrishni xiralashuvi, hayajonlanish, siyishning qiyinlashuvi va ogʻrishi, bosh aylanishi, ogʻiz, burun yoki tomoqni qurishi, bosh ogʻrigʻi, ishtahaning pasayishi, yurak urishi, quloqning shangʻillashi, meʼdada diskomfort yoki ogʻriq, teri allergik reaksiyalari boʻlishi mumkin. Preparat uzoq qoʻllanganda nefrotoksik va gepatotoksik taʼsir koʻrsatishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Bronxial astma, siyishni qiyinlashuvi, qovuq boʻynining obstruksiyasi, prostata bezining gipertrofiyasi, koronar arteriyalarning yaqqol aterosklerozi, gipertoniyaning ogʻir shakli, yurak ishemik kasalligi), qandli diabet, glaukoma, jigar (shu jumladan virusli gepatit), buyrak faoliyatini buzilishilari, qalqonsimon bezining giperfunsiyasi (gipertireoz), psixozlar, alkogolizm va preparat komponentlariga yuqori  sezuvchanlik, emizish, homiladorlik.

 

Dori shakli: 

Tabletkalar kontur-uyali oʻramlarda.

 

Tarkibi:

Har bir tabletka saqlaydi:

taʼsir etuvchi moddalar: 500 mg – paratsetamol, 30 mg – kofein (suvsiz), 5 mg – fenilefrin gidroxlorid, 2 mg – xlorfeniramin maleat saqlaydi.

yordamchi moddalar: kolloidli kremnezem suvsiz, kraxmalning natriy glikolyati, makkajoʻxori kraxmali, tozalangan talk, magniy stearati.

 

Taʼrifi:

 Dumaloq, yassi, oq rangli boʻluv chizigʻili tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

OʻRK va shamollash belgilarini bartaraf qilish uchun vositalar.

 

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat boʻlib, tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan bogʻliq jamlanma taʼsir koʻrsatadi.

Paratsetamol – ogʻriq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi taʼsir koʻrsatadi, asosan markaziy nerv tizimidagi prostaglandinlar sintezini tormozlashi va kamroq darajada ogʻriq impulslari hosil boʻlishini bloklashi orqali taʼsir koʻrsatadi. Periferik taʼsiri ham prostaglandinlar sintezini tormozlanishi, ogʻriq retseptorlarini mexanik yoki kimyoviy ragʻbatlanishiga sezuvchanligiga maʼsul boʻlgan moddalar sintezini va taʼsirini kamayishi bilan ham bogʻliq boʻlishi mumkin.

Kofein – paratsetamolning ogʻriq qoldiruvchi taʼsirini kuchaytiradi, bosh miya qon tomirlarining tonusini oshiradi, yurak ishini ragʻbatlantiradi, spazmolitik taʼsir koʻrsatadi. Preparat shuningdek orqa miyaning reflektor koʻzgʻaluvchanligini oshiradi, nafas va tomirlarini harakatlantiruvchi markazlarini qoʻzgʻatadi. Uning taʼsirida miya tomirlari, ayniqsa kengayganida torayadi, ergotaminning soʻrilishi ham yaxshilanadi. Trombotsitlar agregatsiyasini pasaytiradi, meʼdaning sekretor faoliyatini oshiradi.

Fenilefrin gidroxloridi – nafas yoʻllarining shilliq qavatidagi a-adrenergik retseptorlarini ragʻbatlantirib ularning tomirlarini torayishini chaqiradi. Bu esa yalligʻlanish natijasidagi burun yoʻllari shilliq qavatining shishini vaqtinchalik kamaytiradi. Yurakning b-adrenoretseptorlariga kam taʼsir koʻrsatadi. Arteriolalarning torayishini chaqiradi va arterial bosimni oshiradi. Koʻz qorachigʻini kengaytiradi va glaukomada koʻz ichki bosimni pasaytirishi mumkin.

Xlorfeniramin maleati –  allergiyaga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Effektor hujayralarining N1-retseptorlari uchun gistamin bilan raqobatlashib, u gistaminning ular orqali amalga oshiriladigan taʼsirini (toʻqimalar shishini va kapillyarlarning oʻtkazuvchanligini oshishini) oldini oladi, ammo ular rivojlangan boʻlsa, uning taʼsir samarasini yoʻqotmaydi Qoʻshimcha burunning bitishini, tumovni va aksa urishni kamayishini taʼminlaydi.

Umuman preparat antigistamin, ogʻriq  qoldiruvchi, isitma tushiruvchi va shishga qarshi taʼsir koʻrsatadi.

Farmakokinetikasi

Paratsetamol uchun: Soʻrilishi – ichga qabul qilingach, ichakning yuqori qismida toʻliq va tez soʻriladi, yuqori karbonsuvli ovqat qabul qilinganda esa – sekin. Odatdagi ogʻriq qoldiruvchi dozada oqsillar bilan kam bogʻlanadi. Taxminan preparat dozasining 90-95% jigarda metabolizmga uchraydi. Plazmada eng yuqori konsetratsiyasiga 30-90 minutdan soʻng erishiladi. Yarim chiqarilish davri 1-4 soat, buyrak yetishmovchiligida oʻzgarmaydi, ammo jigar kasalliklarida va doza oshirib yuborilganda, chaqaloqlarda va qariyalarda uzayishi mumkin. Organizmdan buyrak orqali chiqariladi.

Fenilefrin gidroxloridi uchun: Soʻrilishi – ichga qabul qilinganda va monoaminooksidaza bilan meʼdada parchalanishi tufayli va jigardan birinchi oʻtish samarasi hisobiga biologik faolligi pasayadi. Biotransformatsiyasi meʼda-ichak yoʻllarida va jigarda kechadi. Organizmdan buyrak orqali chiqariladi.

Xlorfeniramin maleati uchun: Ichga qabul qilinganda meʼda-ichak yoʻllaridan yaxshi soʻriladi. Oqsillar bilan bogʻlanishi yuqori (72%). Biotransformatsiyasi jigarda, hamda buyrakda kechadi. Yarim chiqarilish davri 14-25 soat. Organizmdan buyrak orqali metabolitlar koʻrinishida chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi

Quyidagi holatlarni simptomatik davolash:

  • tumov, burunning bitishi (uning shilliq qavatining shishishi oqibatida), bosh ogʻrigʻi va isitma bilan kechadigan gripp va shamollash kasalliklari;
  • yuqori nafas yoʻllarining allergik kasalliklari;
  • burunning yondosh boʻshliqlarini yalligʻlanishi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ichga. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga: 1 tabletkadan kuniga 3-4 marta, 3 kun davomida. 6 dan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga: ½ tabletkadan kuniga 3 marta. Tavsiya etilgan dozalar oshirilmasin.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik belgilari paydo boʻlganida qabul qilishni toʻxtatish kerak.

Sportchilarni ushbu preparatni dopingga qarshi testga ijobiy reaksiya chaqirish qobiliyatiga ega ekanligi toʻgʻrisida ogohlantirish lozim. 6 yoshdan kichik bolalarga shifokorni koʻrsatmasisiz tavsiya qilinmaydi.

Homiladorlikda qoʻllashni xavfsizligi aniqlanmagan. Preparatni oz miqdori sut bilan chiqadi. Shuning uchun preparat bilan davolanish vaqtida emizishni toʻxtatish kerak.

Davolanish davrida, preparat uyquchanlik va karaxtlik chaqirishi mumkin, shuning uchun, avtomobil haydash yoki boshqa yuqori diqqat talab etadigan faoliyat bilan shugʻullanish mumkin emas.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborish

Simptomlari: koʻngil aynishi, qusish, burun shilliq qavatini qattiqlashishi, hayajonlanish, mushaklarni tortilishi (titroqqacha), markaziy nerv tizimining faoliyatini susayishi, uyquchanlik, koma. Chuqur tinchlanish yoki koma koʻp terlash, gipotoniya va shok bilan kechishi mumkin. Jigar nekrozi natijasida oʻlim yuz berishi mumkin.

Davolash: agar oʻz-oʻzidan boʻlgan boʻlsa ham, qusishni chaqirish kerak. Shundan keyin preparatning soʻrilishini kamaytirish uchun faollashtirilgan koʻmir va surgi vositalari suv bilan birga beriladi. Agarda koʻp miqdorda sut yoki krem isteʼmol qilingan boʻlsa va qusishni chaqirib boʻlmasa, dori qabulidan keyin 3 soat davomida yoki kechroq boʻlsa ham meʼdani yuvish kerak. Ichga N-atsetilsistein (paratsetamol bilan zaharlangandagi maxsus zaharga qarshi vosita) va fentolamin (fenilefrin antagonisti) buyuriladi.

 

Chiqarilish shakli

10 ta tabletkadan kontur uyali oʻramlarda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

  Retseptsiz.