Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ВРАГГРИПП ЗИНГ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ВРАГГРИПП ЗИНГ ТАБЛЕТКА №25

75 000 so'mdan
(1465)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ISSHAAN HEALTHCARE
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

 

  • Preparatning komponentlarga yuqori sezuvchanlik;
  • Feoxromatsitoma;
  • Paratsetamol yoki preparatning boshqa komponentlariga oʻta yuqori sezuvchanlik;
  • Bolalar (12 yoshgacha);
  • Homiladorlik, laktatsiya davri;
  • Jigar yoki buyrak yetishmovchiligida;
  • Gipertoniya;
  • Gipertireoz;
  • Diabet va yurak kasalligi;
  • Tritsiklik antidepressantlar yoki beta-blokatorlarni qabul qilayotgan, shuningdek monoaminoksidaza ingibitorlarni qabul qilayotgan yoki soʻnggi ikki haftada qabul qilgan patsiyentlarda qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Vraggripp Zing monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari, sedativ preparatlar, etanolning samarasini kuchaytiradi. Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi vositalar, antipsixotik vositalar, fenotiazin hosilalari siydik tutilishi, ogʻizni qurishi, qabziyat rivojlanishi xavfini oshiradi. Glyukokortikosteroidlar glaukoma rivojlanishi xavfini oshiradi. Paratsetamol diuretik preparatlarning samarasini pasaytiradi. Xlorfeniramin monoaminoksidaza ingibitorlari, furazolidon bilan birga gipertonik xuruj, qoʻzgʻaluvchanlik, giperpireksiyaga olib kelishi mumkin. Tritsiklik antidepressantlar simptomatik taʼsirni kuchaytiradi, galotan bilan bir vaqtda qoʻllash yurak qorinchalari aritmiyasini rivojlanish xavfini oshiradi. Guanitidinning gipotenziv taʼsirini pasaytiradi, u esa oʻz navbatida alfa-adrenostimulyatsiyalovchi faolligini kuchaytiradi.

 

Dori shakli: 

vishillovchi tabletkalar

 

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

paratsetamol B.F.                             – 500 mg,

fenilefrin gidroxloridi B.F.   – 10 mg,

kofein B.F.                                      – 30 mg,

xlorfeniramin maleati B.F.        – 4 mg;

yordamchi moddalar: natriy bikarbonati, limon kislotasi, PVP K-30, natriy saxarini, “Trusil” limon aromatizatori, tozalangan suv.

 

Taʼrifi: 

dumaloq shaklli, yassi, qirralari kesilgan, limon hidli oq rangli tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

OʻRK simptomlarini bartaraf qilish uchun vosita.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Taʼsir mexanizmi

Paratsetamol. Paratsetamol ogʻriqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi vosita sifatida yaxshi maʼlum. Paratsetamol asosan isitmani tushiruvchi vosita sifatida qoʻllaniladi. Paratsetamolning isitmani tushiruvchi taʼsiri, termoregulyatsiyaning gipotalamik markazlariga bevosita taʼsiri bilan bogʻliq, buning natijasida qon tomirlarni kengayishi va ter ajralib chiqishini kuchayishi tufayli, tanadan issiqlikni ajralishi kuchayadi.

Fenilefrin gidroxloridi. Fenilefrin gidroxloridi adrenergik retseptorlarga bevosita taʼsir qiladigan adrenomimetik vosita hisoblanadi (asosan alfa-adrenergik faolligi), bu burun shishini kamayishiga olib keladi.

Kofein. Kofein markaziy nerv tizimini ragʻbatlantirishga nisbatan ksantinni faolroq hosilasi hisoblanadi, bu tetiklik holatiga va aqliy faolligini oshishiga olib keladi.

Xlorfeniramin maleati: Xlorfeniramin maleati kuchli taʼsir qiluvchi antigistamin (N1-antagonisti) preparati hisoblanadi. Antigistamin preparatlar toʻqima sohasida gistaminni N1-retseptorlarini raqobatli qaytuvchan blokadasi orqali organizmda gistaminni taʼsirini kamaytiradi yoki neytralizatsiya qiladi. Shuningdek xlorfeniramin maleati antixolinergik faolikka ham ega.

Farmakokinetikasi

Paratsetamol jigarning mikrosomal fermentlari orqali metabolizmga uchraydi. U meʼda-ichak yoʻllaridan tez va toʻliq soʻriladi. Plazmadagi choʻqqi konsentratsiyasiga yarim soatdan bir soatgacha erishiladi, plazmadagi yarim parchalanish davri bir soatdan uch soatgacha vaqtni tashkil qiladi, soʻngra butun organizm boʻylab teng taqsimlanadi. Fenilefrin gidroxloridi meʼda-ichak yoʻlidan notekis soʻriladi.

Kofein meʼda-ichak yoʻllarida tez soʻriladi.

Xlorfeniramin peroral qabul qilingandan keyin meʼda-ichak yoʻlidan yaxshi soʻriladi. Samarasi 30 minut davomida, maksimum 1-2 soat davomida namoyon boʻladi va 4 soatdan 6 soatgacha davom etadi. Plazmadan yarim chiqarilish davri baholashga koʻra, 12 soatdan 15 soatgachani tashkil qiladi.

Xlorfeniramin metabolizmi natijasida monometil va dimetil hosilalari hosil boʻladi.

Peroral dozaning taxminan 22% siydik bilan oʻzgarmagan holda chiqariladi. Faqat ozgina miqdorigina ahlatda aniqlangan.

 

Qoʻllanilishi

Vraggripp Zing oddiy shamollashni davolashda yordamchi vosita sifatida qoʻllanadi. Shamollash, gripp, sinusitning turli belgilarini samarali yengillashtirish uchun qoʻllanadi, burun shilliq qavatini shishi, rinit, isitmalash, bosh ogʻrigʻi, aksa urishda qoʻllaniladi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Preparat bir stakan suvda eritilgandan keyin peroral buyuriladi.

Kattalarga: Bir tabletkadan sutkada 3-4 marta, lekin sutka davomida 4 tabletkadan oshmasligi kerak yoki shifokor koʻrsatmasi boʻyicha.

Bolalarga: 12 yoshgacha boʻlgan bolalarni davolashda dozani shifokor belgilaydi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Koʻpchilik hollarda preparat yaxshi oʻzlashtiriladi. Paratsetamolning nojoʻya taʼsirlari odatda kuchsiz namoyon boʻladi. Gematologik tizim tomonidan reaksiyalar haqida xabarlar bor. Baʼzida toshmalar va boshqa allergik teri reaksiyalari (toshma, eritema, eshakemi) paydo boʻladi.

Odatda kofein bilan bogʻliq boʻlgan nojoʻya taʼsirlari meʼda-ichak yoʻllarini taʼsirchanlik va markaziy nerv tizimini ragʻbatlantirishidir (bosh aylanishi, uyquning buzilishi, yuqori taʼsirchanlik). Fenilefrinning nojoʻya taʼsirlari – arterial gipertenziya, taxikardiya. Xlorfeniraminning nojoʻya taʼsirlari – xlorfeniramin maleati qabul qilganidan keyingi koʻngil aynishi, qusish yoki qorin ogʻrigʻi kuzatilishi mumkin.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparatni paratsetamol saqlovchi boshqa preparatlar bilan birga qabul qilish mumkin emas. Preparat bilan davolash davrida jigar, buyrak faoliyatini va periferik qon manzarasini nazorat qilish kerak. Preparatni qoʻllash vaqtida preparatning gepatotoksik taʼsirini kuchayishi mumkinligi tufayli, alkogolni isteʼmol qilish mumkin emas.

Vraggripp Zing vishillovchi tabletkalarini quyidagi kasalliklarda faqat shifokor nazorati ostida qoʻllash lozim:

  • Prostata bezini kattalashishi
  • Vazopastik buzilishlar (masalan, Reyno Fenomeni)
  • Yurak-qon tomir kasalliklari
  • Ushbu preparat varfarin va boshqa simptomatik vositalarni (dimlanishga qarshi, ishtahani pasaytiruvchi vositalar va amfetamin kabi psixostimulyatorlar) qabul qilayotgan patsiyentlar qoʻllashi mumkin emas.
  • Agar yuqorida koʻrsatilgan sharoitlarda preparat qabul qilinsa, kofeinni (kofe, choy va boshqa) haddan ziyod qabul qilishdan saqlanish lozim, shuningdek paratsetamol saqlovchi preparatlarni bekor qilish kerak. Koʻrsatilgan dozadan oshirilmasin.

Preparatni nojoʻya taʼsirlari  belgilari yoki dozani oshirib yuborish hollari paydo boʻlganda shifokor bilan maslahatlashing.

Homiladorlik va laktatsiya

Fenilfrin gidroxloridi, xlorfeniramin maleati va kofenin saqlaganligi tufayli, ushbu preparatni homiladorlik vaqtida qoʻllash tavsiya etilmaydi (bolani kam vazn bilan tugʻilishi, homilani oʻz-oʻzidan tushishi, yangi tugʻilgan chaqaloqlarda tirishish xavfi oshadi).

Preparatni shifokor ruhsat bergan zarur holatlardan tashqari, emizish vaqtida qoʻllanilmasin.

(kofein gemato-yoʻldosh toʻsigʻidan oʻtib va koʻkrak sutiga chiqarilib, bir yoshgacha boʻlgan bolalarda soʻrilmaydi, organizmda toʻplanib jizzakilik va bezovtalikni chaqirib nerv tizimi faoliyatini buzadi).

Avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri.

Bosh aylanish holatlari boʻlishi haqida patsiyentlarni ogohlantirish lozim, natijada – avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarishga ruxsat etilmaydi.

Xlorfeniramin maleati uyquchanlik, bosh aylanishi, koʻrishni xiralashuvi va psixomotor yomonlashuvni chaqirishi mumkin, bu avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarishda patsiyentlar uchun jiddiy toʻsiqlarga olib keladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: allergik reaksiyalar, bosh ogʻrigʻi, psixomotor qoʻzgʻalishlar, bosh aylanishi, koʻngil aynishi, qusish.

Davolash: meʼdani yuvish, simptomatik davolash.

 

Chiqarilish shakli

2 tabletkadan alyumin folgali stripda.

Har bir strip karton konvertda.

25 konvertlar qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.