Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ВРАГГРИПП -П

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ВРАГГРИПП -П СИРОП 100МЛ №1

3 000 so'mdan
(2385)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ISSHAAN HEALTHCARE
Chiqarilish shakli
СИРОП
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari

Paratsetamolning nojoʻya samaralari odatda kam va kuchsiz ogʻirlikda boʻladi, ammo gematologik reaksiyalar, xususan trombotsitopeniya, pansitopeniya, neytropeniya va agranulotsitoz kuzatilishi mumkin. Terini qizarishi, uyqusizlik va oʻta yuqori sezuvchanlikning boshqa reaksiyalari.

Fenilefrinning mumkin boʻlgan nojoʻya reaksiyalari: asabiylik, uyqusizlik, bezovtalik, bosh ogʻrigʻi, koʻngil aynishi, meʼdada achishishni oʻz ichiga oladi. Bu reaksiyalar kam uchraydi va hatto davolash toʻxtatilganidan keyin ham uchrashi mumkin. Prostataning gipertrofiyasi boʻlgan patsiyentlarda siydikni tutilishi aniqlanishi mumkin. Xlorfeniraminning koʻproq uchraydigan umumiy nojoʻya reaksiyasi bu holsizlikdir. Meʼdadagi achishishni ovqatni suyuqlik yoki ichimliklar bilan qabul qilib bartaraf qilish mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatning har qanday komponentlariga oʻta yuqori sezuvchanlik, glaukoma, MAO preparatlarini qabul qiluvchi va jigar yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlar.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

VRAGGRIPP-P fenobarbital, varfarin, fenotiazid, monoaminoksidaza ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar, bilvosita yoki aralash simpatomimetik vositalar, xavotirlik va uyquni davolash uchun vositalar, xinolonlar, depressiyani davolash uchun vositalarning taʼsirini kuchaytiradi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Paratsetamolni buyraklar va jigar faoliyatini yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Jigar faoliyatiga taʼsir qiluvchi preparatlarni qabul qilishda ham ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Preparat antigistamin komponent xlorfeniramin maleatini saqlaydi, uni sedativ samara koʻrsatuvchi preparatlar va alkogol bilan birga qoʻllashda antigistamin komponentining sedativ samarasini oshirishi mumkin. MNT ni ragʻbatlantiruvchi preparatlar bilan qabul qilish mumkin emas, ayniqsa bolalarda, demak tavsiya qilingan dozani oshirish mumkin emas. Bu holsizlik, uyquchanlikka olib kelishi mumkin. Preparatni qabul qilishda transportni haydash va boshqa mashinalarni boshqarishdan saqlaning.

Homiladorlik va laktatsiya davri

Homilador ayollar va laktatsiya davridagi onalarga, shifokor tomonidan buyurilgan hollardan tavsiya qilinmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtganidan soʻng ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Davolash preparatlarning dozasini oshirib yuborilishini davolashga boʻlgan talablariga asoslangan boʻlishi kerak. Agar preparat taxminan 1 soat oldin qabul qilingan boʻlsa faollashtirilgan koʻmirni buyurish kerak. 4 soat ichida qon plazmasida paratsetamolning miqdorini aniqlash kerak. N-atsetilsistein bilan davolash paratsetamolning dozasini oshirib yuborilishini 24 soat davrida koʻzda tutilishi kerak, shunga qaramasdan himoya samarasi paratsetamol qabul qilinganidan soʻng 8 soat oʻtgach aniqlanadi. Bu vaqtdan keyin antidot davolashning samarasi oʻtkirroq namoyon boʻladi. Zarurati boʻlganida patsiyentga N-atsetilsistein sxema boʻyicha vena ichiga buyuriladi.

 

Chiqarilish shakli

Sirop 100 ml dan flakonlarda. 1 flakon qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda, qorongʻi joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.

Dori shakli: 

sirop

 

Tarkibi:

Har 5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

paratsetamol                                     B.F.    125 mg,

fenilefrin gidroxloridi                        B.F.    5 mg,

xlorfeniramin maleati                 B.F.    2 mg;

yordamchi moddalar: propilenglikol, 70% li sorbitol eritmasi, natriy benzoati, natriy saxarini, sitrat kislotasi, glitserin, mentol, Supra eritrozin boʻyovchisi, malina taʼmi toʻldiruvchi, saxaroza, tozalangan suv.

 

Taʼrifi: 

pushti rangli sirop.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

OʻRK simptomlarini bartaraf etish uchun vositalar.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

VRAGGRIPP-P siropi umumiy shamollash, gripp, yoʻtal, isitma, shamollash bilan bogʻliq katar va yuqori nafas yoʻllarining boshqa infeksion kasalliklari bilan assotsiatsiyalanadigan simptomlarini kamaytirish uchun tibbiy ingrediyentlarning ideal majmuasi boʻlib hisoblanadi.

Paratsetamol analgetik va isitmani tushiruvchi xususiyatlarga ega, shuningdek kuchsiz yalligʻlanishga qarshi taʼsirga ega.

Aspirindan farqli ravishda paratsetamol xujayralar aggregatsiyasiga va siklooksigenazaning qaytuvchi ingibitsiyasiga, prostaglandinlarning sinteziga enzimlarni jalb qilinishiga taʼsir koʻrsatmaydi. Isitmani tushiruvchi taʼsiri ehtimol prostaglandinlarning sintezini ingibirlashi orqali gipotalamik termoregulyatsiya markazlariga endogen pirogenlarining samarasini bloklashida namoyon boʻladi. Vazodilyatatsiya natijasida qizish, periferik qon oqimi va terlashni oshishi kuzatiladi. Analgetik samarasi ogʻriq sezuvchanligiga bevosita taʼsirining natijasi boʻlishi mumkin. Paratsetamol periferik yalligʻlanishga qarshi taʼsir koʻrsatmaydi.

Paratsetamolni surunkali qabul qilish gepatotoksiklikka yoki nefrotoksiklikka olib kelishi mumkin. Paratsetamolning p-aminofenol metaboliti buyrak naychalarining gipertonusiga olib keladi. P-aminofenolning oksidlangan metabolitlari toʻqimalardagi sulfgidril guruhlari bilan bogʻlanadi va hujayralarning nekroziga olib keladi.

Fenilefrin gidroxloridi: shamollash, allergiya, isitma yoki grippda burunni bitishini vaqtincha pasaytirish uchun qoʻllanadigan dekongestant.

Xlorfeniramin antigistamin vosita hisoblanadi. U organizmda tabiiy gistaminni bloklaydi. Xlorfeniramin qichishish, koʻz yoshini oqishi va tumov, boshqa allergik simptomlarni oldini oladi.

Farmakokinetikasi

VRAGGRIPP-P preparatini qabul qilinganidan soʻng 2 soatdan keyin plazmadagi choʻqqi konsentratsiyali MIYdan tez soʻriladigan paratsetamol saqlaydi. Jigarda metabolizmga va glukoronid va sulfat konʼyugatlari koʻrinishida siydik bilan chiqariladi. 5% dan kamrogʻi oʻzgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Yarimparchalinish davri 1-4 soat. Plazmadagi bogʻlanishi odatdagi terapevtik dozada salbiy taʼsir koʻrsatmaydi.

Juda kam miqdorda ishlab chiqariladigan katta boʻlmagan gidroksillangan metabolitlari jigarda glyutation bilan detoksikatsiyalanadi, jigar faoliyati buzilganida jigarda toʻplanishi mumkin.

Fenilefrin meʼda-ichak yoʻllarida toʻliq soʻriladi. Turli toʻqimalar va suyuqliklarda taqsimlanadi, jigarda sekin metabolizmga uchraydi. Oʻzgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Fenilefrin podagra va jigar kasalliklarida nomuntazam adsorbsiyalanish va monoaminooksidazagacha jigarda birinchi oʻtish natijasida past bioekvivalentlikka egadir.

Xlorfeniramin maleati meʼda-ichak yoʻllaridan yaxshi soʻriladi. Ogʻiz orqali qabul qilinganidan soʻng 1-4 soatdan keyin plazmadagi choʻqqi konsentratsiyaga erishiladi. Yoʻldosh toʻsigʻi orqali oʻtadi va ona sutiga kiradi. Xlorfeniramin plazma oqsillari bilan yuqori bogʻlanadi va organizmda metabollanadi. Metabolitlari koʻrinishida asosan siydik bilan chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi

Shamollash va grippda, allergik rinit simptomlarini kamaytirish uchun, burun bitishini, bosh ogʻrigʻini, shuningdek har qanday boshqa etiologiyali ogʻriqni bartaraf etish uchun qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Dozalash:

12 yoshli bolalar: 10-20 ml dan sutkada 3-4 marta.

6-12 yoshli bolalar: 5-10 ml dan kuniga 3-4 marta.

2-6 yoshli bolalar: 2,5 ml dan sutkada 3-4 marta.

Qoʻllash usuli:

Faqat ichga qabul qilish uchun sirop.