Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Вобилон КАПС

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Вобилон КАПС 80МГ №30

43 400 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Вобилон КАПС 80МГ №30
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
Ginkgo biloba
Ishlab chiqaruvchi
(Rotapharm , Турция)
Chiqarilish shakli
капсулы
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Tarkibi:
Ta‘rifi:
Farmakologik hususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Tarkibi:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: f

faol modda: ginkgo biloba barglarini standartlangan quruq ekstrakti – 80 mg;

80 mg ekstrakt 19,2 mg ginkgoni flavonon glikozidlari va 4,8 mg terpen laktonlari (ginkgolidlar va bilobalidlar) ni saqlaydi.

yordamchi moddalar: suvsiz kalsiy gidrofosfati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.

kapsula qobig‘ini tarkibi: titan dioksidi, temir (II,III) oksidi, temir (II) oksidi, azorubin, jelatin.

Ta‘rifi:

 tarkibida yanada to‘qroq rangli ko‘zga ko‘rinadigan zarrachalari bo‘lgan och jigarrangdan to‘q jigarrang ranggacha bo‘lgan kukun saqlovchi, №1 o‘lchamli jigarrang rangli qattiq jelatin kapsulalar.

Farmakologik hususiyatlari

Vobilon – o‘simliklardan olingan preparat bo‘lib, tarkibida bosh miya va periferik qon aylanishini yaxshilaydigan ginkgo biloba ekstraktini saqlaydi. Ekstraktdagi biologik faol moddalar (flavonon glikozidlari, terpen laktonlari) qon-tomirlar devorining elastikligini oshishiga va mustahkamlanishiga yordam beradi, qonning reologik hususiyatlarini yaxshilaydi. Preparatni qo‘llash mikrosirkulyasiyani yaxshilanishiga olib keladi, bosh miya va periferik to‘qimalarni kislorod va glyukoza bilan ta‘minlanishini oshiradi. Hujayralarda moddalar almashinuvini normallashtiradi, eritrositlar agregasiyasiga to‘sqinlik qiladi, trombositlar agregasiyasini ingibisiya qiladi. Kichik arteriyalarni kengaytiradi, venalarning tonusini oshiradi, qon-tomirlarni qon bilan to‘yinishini boshqaradi.

Ginkgo biloba ekstraktining tarkibi ko‘p komponentli bo‘lganligi sababli, uning farmakokinetik ko‘rsatkichlarini baholash qiyin.

Qo‘llanilishi
  • diqqat va /yoki xotirani pasayishi, intellektual hususiyatlarni buzilishi, xavotirlik, qo‘rquv hissi, uyquni buzilishlari bilan kechuvchi turli etiologiyali dissirkulyator ensefalopatiya (insult, bosh miya jarohatlari, keksalik yoshi);
  • demensiya, shu jumladan Alsgeymer kasalligida;
  • yosh shaxslarda xotira va diqqatni yaxshilash uchun;
  • periferik qon aylanishini va mikrosirkulyasiyani buzilishlari (shu jumladan oyoqlarni arteriopatiyasi), Reyno sindromi;
  • neyrosensor buzilishlar (bosh aylanishi, quloqlarni shang‘illashi, gipoakuziya);
  • sariq tanani qarilikdagi degenerasiyasi;
  • diabetik retinopatiyada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari

Vobilon ichga ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilinadi. Kapsulalarni butun holda, katta bo‘lmagan miqdordagi suv bilan yutish kerak.

Demensiyada: 1 kapsuladan sutkada 3 marta qabul qilinadi.

Periferik qon aylanishi va mikrosirkulyasiyani buzilishlarida: 1-2 kapsuladan sutkada 3 marta qabul qilinadi.

Bosh aylanishi, quloqlarni shang‘illashi, uyquni buzilishlarida: 1 kapsuladan sutkada 2 marta (ertalab va kechqurun) qabul qilinadi.

Boshqa holatlarda: 1 kapsuladan sutkada 2 marta qabul qilinadi.

Davolash kursi kamida 3 oyni tashkil etadi. Yaxshilanishni birinchi belgilari odatda 1 oydan keyin namoyon bo‘ladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Vobilon yaxshi o‘zlashtiriladi, nojo‘ya samaralar kam rivojlanadi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: dispeptik buzilishlar, ko‘ngil aynishi.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish.

Boshqalar: qon ivishini pasayishi (uzoq muddat qo‘llanganidan so‘ng) bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
  • qon ivishi past bo‘lganida;
  • eroziv gastrit;
  • me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi;
  • bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishlari;
  • o‘tkir miokard infarkti;
  • arterial gipotenziya;
  • bolalar;
  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Vobilon preparatini asetilsalisil kislotasi yoki antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatning tavsiya etilgan dozalarni oshirish mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanishi

Homiladorlik va laktasiya davrida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Vobilon avtotransport vositalarini boshqarish yoki yuqori reaksiyalar tezligini talab etuvchi boshqa texnik vositalarni ishlatish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtda Vobilon preparatining dozasini oshirib yuborilish hollari yuzasidan xabarlar berilmagan.

Chiqarilish shakli

10 kapsula blisterda. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Quruq joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.