Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ВИТРУМ ПРЕНАТАЛ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ВИТРУМ ПРЕНАТАЛ ПЛЮС ТАБЛЕТКА №30

100 000 so'mdan
(3591)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ЮНИФАРМ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Витамины и родственные препараты
Dori tafsilotlari
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 
Tarkibi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar

Tavsiya qilingan dozadan oshirilmasin. A va D vitaminlarini saqlovchi preparatlar  bilan preparatni birga qoʻllash tavsiya qilinmaydi. Bu vitaminlarni dozasini oshirib yuborilish xavfini oshiradi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach koʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: koʻngil aynishi, holsizlik, meʼda-ichak buzilishlari.

Davolash: meʼdani yuvish, ichga faollashtirilgan koʻmirni buyurish, simptomatik davolash.

 

 

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

30, 60, 100, 200 tabletkadan buraluvchi qopqoqli polietilen flakonlarda.

1 flakon qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton korobkaga joylanadi.

15 tabletkadan kontur uyali oʻramda.

1, 2, 4, 6 kontur uyali oʻramda qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga qutiga yoki korobkaga joylanadi

 

Saqlash sharoiti

10°-30°C dan xaroratda, quruq joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

5yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.

Dori shakli: 

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

Tarkibi:

1 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

Retinol atsetati (A vitamini)

Xolekalsiferol (D3 vitamini)

Alfa-tokoferol atsetati (Ye vitamini)

Askorbin kislotasi (S vitamini)

Tiamin mononitrati (B1 vitamini)

Riboflavin (V2 vitamini)

Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini)

Nikotinamid

Sianokobalamin (V12 vitamini)

Folat kislotasi

Kalsiyga hisoblanganda kalsiy karbonati,

kalsiyga hisoblanganida kalsiy sulfati

Temirga hisoblanganida temir fumarati

Ruxga hisoblaganda rux oksid

4000 XB1)

400 XB2)

11 XB3)

100 mg

1,5 mg

1,7 mg

2,6 mg

18 mg

4 mkg

800 mkg

200 mg

 

60 mg

25 mg

  • 1,376 mg retinol atsetatiga ekvivalent
  • 10 mkg xolekalsiferolga ekvivalent
  • 11 mg alfa-tokoferol atsetatiga ekvivalent

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, stearin kislotasi, natriy kroskarmellozasi, magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi.

qobigʻi: gipromelloza, titan dioksidi, kuyosh shafaqi sariq, boʻyovchisi (Ye110), kizil boʻyovchi (Ye129).

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 polivitamin vositalari + minerallari.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Vitaminlar va minerallardan tashkil topgan majmuaviy preparat. Uning taʼsiri tarkibiga kiruvchi komponentlarining farmakologik xususiyatlariga bogʻliq.

Ayollar organizmida homiladorlik va laktatsiya (emizish) davrida vitaminlar va mineral moddalar tanqisligini toʻldirilishini taʼminlaydi.

 

 

Qoʻllanilishi
  • Homiladorlik va laktatsiya davrida gipovitaminozlar, mineral moddalarning tanqisligini oldini olish;
  • homilador ayollarda temir tanqisligi, qamqonlik va kalsiy tanqisligining oldini olish uchun qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Preparat ichga qabul qilinadi.

Ayollarga homiladorlik va tugʻruqdan keyingi davrda kuniga 1 tabletkadan nonushtadan keyin

suv bilan qabul qilish tavsiya etiladi.

Preparatni qabul qilish kursi shifokor koʻrsatmasi boʻyicha.

Qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Preparat qoʻllanganida allergik reaksiyalar, siydikni toʻq sariq rangga boʻyalishi mumkin boʻlib, bu xavf tugʻdirmaydi, chunki u preparatning tarkibida riboflavinning borligi  bilan ifodalanadi.

 

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, A va D gipervitaminozida, organizmda temirni haddan ziyod toʻplanishida, qonda kalsiy miqdorini oshishida, kalsiyni  siydik bilan koʻp chiqarilishida va siydik-tosh kasalligida qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Preparat temir va kalsiy saqlaydi, shuning uchun ichakda tetratsiklin guruhi antibiotiklarining, shuningdek mikrobga qarshi vositalari – ftorxinolon hosilalarining soʻrilishini kechiktirishi mumkin.

Askorbin kislotasi sulfanilamidlar guruhi mikroblarga qarshi vositalarini taʼsirini va nojoʻya samarasini (shu jumladan siydikda kristallarni paydo boʻlishi) kuchaytiradi.

Alyuminiy, magniy, kalsiy saqlovchi antatsid preparatlar, shuningdek kolestiramin, temirni soʻrilishini kamaytiradi.

Tiazid guruhi siydik haydovchi vositalari bilan bir vaqtda buyurilganida, giperkalsiyemiya ehtimoli oshadi.