Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Витрум кидс

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Витрум кидс плюс ТАБЛЕТКА №30

99 000 so'mdan
(1262)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ЮНИФАРМ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Витамины и родственные препараты
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 chaynaladigan tabletkalar

 

Tarkibi:

Faol moddalar:

Retinol atsetati (A vitamini)

2500 XB1)

Kolekalsiferol (D3 vitamini)

400 XB2)

Alfa-tokoferol atsetati (Ye vitamini)

15 XB3)

Askorbin kislotasi (S vitamini)

60 mg

Tiamin mononitrati (V1 vitamini)

1,05 mg

Riboflavin (V2 vitamini)

1,2 mg

Piridoksin (V6 vitamini)

1,05 mg

Nikotinamid

13,5 mg

Sianokobalamin (V12 vitamini)

4,5 mkg

Biotin

20 mkg

Folat kislotasi

300 mkg

Kalsiy pantotenati

5 mg

Kalsiy karbonati kalsiyga qayta hisoblanganda

100 mg

Magniy fosfati magniyga qayta hisoblanganda

40 mg

Temir fumarati temirga qayta hisoblanganda

15 mg

Mis oksidi misga qayta hisoblanganda

1 mg

Rux oksidi ruxga qayta hisoblanganda

10 mg

Marganes sitrati marganesga qayta hisoblanganda

1 mg

Natriy selenati selenga qayta hisoblanganda

25 mkg

Xrom aminoati xromga qayta hisoblanganda

20 mkg

Magniy fosfati fosforga qayta hisoblanganda

50 mg

Kaliy yodidi yodga qayda hisoblanganda

150 mkg

1) 0,86 mg retinolga ekvivalent

2) 10 mkg kolekalsiferolga ekvivalent

3) 15 mg alfa-tokoferol atsetatiga ekvivalent.

Yordamchi moddalar: saxaroza – 488,53 mg, stearin kislotasi – 29,53 mg, kolloid kremniy dioksidi – 12,0 mg, magniy stearati – 8,0 mg, qulupnay xushboʻyi – 10,0 mg, sukraloza –    1,0 mg, qizil boʻyovchi (Ye129) – 1,6 mg.

 

 

Taʼrifi: 

och-pushtidan to toʻq-pushti rangligacha boʻlgan, och va toʻq rangli dogʻlari boʻlgan, yengil meva taʼmli va hidli, hayvonlar shaklidagi chaynaladigan tabletkalar.

 

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

polivitamin vosita + minerallar.

Farmakologik xususiyatlari

Bir chaynaladigan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Vitaminlar va minerallarning muvozanatlangan majmuasi bolalarning sogʻlom oʻsishi va aqliy rivojlanishiga yordam beradi. Maxsus tanlab olingan dozalari 4 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarning vitaminlar, makro- va mikroelementlarga boʻlgan kundalik talabiga toʻgʻri keladi. Preparatning farmakologik taʼsiri uni tarkibiga kiruvchi ingrediyentlarning xususiyatlari bilan belgilanadi.

 

Qoʻllanilishi
  • bolalarda jadal oʻsish davridagi gipovitaminoz, mineral moddalarining yetishmovchiligini oldini olish va davolash;
  • oʻtkazilgan kasalliklardan keyingi sogʻayish davri;
  • muvozanatlanmagan yoki sifatsiz ovqatlanish, ishtahani pasayishi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ichga, ovqatdan keyin, tabletka yaxshilab chaynab qabul qilinadi.

4 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarga – kuniga 1 tabletkadan.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Preparatning komponentlariga allergik reaksiyalari boʻlishi mumkin. Siydikni toʻq sariq rangiga boʻyalishi mumkin, bu xavfli emas, chunki bu preparatning tarkibida riboflavin boʻlganligi bilan bogʻliq.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatning har qanday komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik, A va D gipervitaminozi. 4 yoshgacha boʻlgan bolalar.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Dozani oshrib yuborilishidan saqlanish uchun, A, Ye, D vitaminlari va temir saqlovchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Fosfatlar va kalsiy tuzlari meʼda-ichak yoʻllarida magniyning soʻrilishini pasaytiradi; magniy tetratsiklinning soʻrilishini pasaytiradi. Piridoksin levodopaning faolligini susaytiradi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Tavsiya etiladigan dozalar oshirilmasin.

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanishi: maʼlumotlar yoʻq.

Tibbiyotda qoʻllash uchun dori preparatining transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga mumkin boʻlgan taʼsiri haqida maʼlumotlar: maʼlumotlar yoʻq.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

 

Tasodifan doza oshirib yuborilganida shifokorga murojaat qiling.

Davolash: ichga faollashtirilgan koʻmir buyurish, meʼdani yuvish, simptomatik davolash oʻtkaziladi.

 

Chiqarilish shakli

Chaynaladigan tabletkalar.

30 yoki 60 chaynaladigan tabletkalar burab yopiladigan himoyalovchi folgasi boʻlgan qopqoqchali va folgali himoyalovchi klapanli polietilen flakonlarda. Flakonga yorliq yopishtiriladi, flakon polietilen plyonka bilan yopiladi va qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi, rangli varaqa bilan taʼminlangan karton qutilarga joylashtiriladi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq joyda, 10-30oS haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.