Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Витапрост

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Витапрост (50мг экстракта) 10мг свечи. ректал №10

100 000 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Витапрост (50мг экстракта) 10мг свечи. ректал №10
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
PROSTATE EXTRACT
Ishlab chiqaruvchi
(Нижфарм , Россия)
Chiqarilish shakli
суппозитории ректальные
Farma. Guruh
Средства, применяемые при заболеваниях простаты
Dori tafsilotlari
Dori shakli
Tarkibi
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘siri
Dozani oshirib yuborilishi
Maxsus ko‘rsatmalar
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli

Rektal suppozitoriylar

Tarkibi

Bir suppozitoriy saqlaydi:

ta‘sir qiluvchi modda: prostata ekstrakti – 50 mg, suvda eruvchi peptidlarga qayta hisoblaganda – 10 mg;

suppozitoriylar uchun asos: qattiq yog‘ (H 15, W 35 markali Vitepsol, NA 15, NAS 50 markali Supposir) – 1,25 g vaznli suppozitoriy olish uchun yetarli miqdorda.

Ta‘rifi: oqdan to sarg‘ish yoki to‘q qo‘ng‘irroq tusli oq rangli, torpedasimon shaklli suppozitoriylar.

Farmakologik xususiyatlari

Vitaprost® prostata beziga organotrop ta‘sirga ega. Prostata bezini shishi, leykositar infiltrasiyani kamaytiradi, epitelial xujayralarining sekretor faolligini normallashtiradi, asinuslar shirasidagi lesitin zarrachalari sonini oshiradi, qovuqning mushak tonusini rag‘batlantiradi. Tromblar hosil bo‘lishini kamaytirishi, antiagregant faolligi hisobiga prostata bezida mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi, prostata bezida venulalar trombozini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.

Vitaprost® prostata bezi va eyakulyatning parametrlarini me‘yorlashtiradi. Og‘riq va diskomfortni kamaytiradi, dizurik ko‘rinishlarni yo‘qotadi, kopulyativ faoliyatni yaxshilaydi.

Qo‘llanilishi

Surunkali prostatit, prostata bezidagi jarrohlik aralashuvlardan oldingi va keyingi holatlar.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Rektal, ichak o‘z-o‘zidan bo‘shalganidan keyin yoki tozalovchi klizmadan so‘ng 1 suppozitoriydan kuniga bir marta qo‘llanadi. Suppozitoriy kiritilganidan so‘ng pasientni 30-40 minut davomida o‘rinda yotishi maqsadga muvofiqdir. Vitaprost® preparati bilan davolash kursining davomiyligi kamida 10 kun.

 

Nojo‘ya ta‘siri

Allergik reaksiyalar.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Vitaprost® preparatining dozasini oshirib yuborish hollari to‘g‘risida xabar berilmagan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparat diqqatni yuqori jamlanishi va psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish (shu jumladan transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash) qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Saqlash sharoiti

Bolalar olaolmaydigan joyda, 20oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparat ishlatilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz