Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Витамин С

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Витамин С NOBEL ТАБЛЕТКА 250мг №30

15 000 so'mdan
(4889)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
НОБЕЛЬ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Витамины и родственные препараты
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

chaynaladigan tabletkalar.

 

Tarkibi:

bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: askorbin kislotasi – 300 mg;

yordamchi moddalar: qand kukuni yoki saxaroza, laktoza, sukraloza, polivinilpirrolidon K30, “Quyosh shafaqi” boʻyovchisi, sukraloza, sorbitol, aerosil, magniy stearati yoki kalsiy stearati, quruq apelsin xushboʻyi.

 

Taʼrifi: 

toʻq-sariq rangli va oq dogʻlari boʻlgan, dumaloq, yassi shakli, och-sariq rangli, bir tomoni riskali tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Vitamin.

 

Farmakologik xususiyatlari

Askorbin kislotasi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini, uglevodlar almashinuvini, qon ivishini, toʻqimalar regeneratsiyasini boshqarishda muhim rol oʻynaydi, organizmning qarshiligini oshishiga yordam beradi. Askorbin kislotasi (S vitamini) odam organizmda hosil boʻlmaydi, balki faqat ovqat bilan tushadi. Muvozanatlangan va sifatli ovqatlanishda odam S vitaminiga tanqislik sezmaydi.

 

Qoʻllanilishi

S vitaminining gipo- va avitaminozini oldini olish va davolash. Bolalarda faol oʻsish davrida, homiladorlikda, emizishda, yuqori jismoniy va aqliy yuklamalarda, toliqishda, stress holatlarida, uzoq va ogʻir kasalliklardan keyingi sogʻayish davridagi S vitaminiga yuqori ehtiyojda qoʻllaniladi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Preparat ichga, ovqatdan keyin qabul qilinadi.

Preparatni chaynash va koʻp boʻlmagan miqdordagi suv bilan ichish lozim. Yaqqol avitaminozda va infeksion kasalliklarni uzoq muddat kechishida davolash maqsadida kattalarga 1 tabletkadan kuniga 2 marta (holatga qarab) buyuriladi.

Davolash davomiyligi kasallikning xarakteri va kechishiga bogʻliq va u shifokor tomonidan belgilanadi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Preparatning komponentlariga allergik reaksiyalar boʻlishi mumkin.

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: ichga qabul qilinganida meʼda-ichak yoʻllarining shilliq qavatlarini taʼsirlanishi. Laboratoriya koʻrsatkichlarini oʻzgarishi: trombotsitoz, giperprotrombinemiya, eritropeniya, neytrofil leykotsitoz, gipokaliyemiya.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Qon ivishini oshishida, tromboflebitlari va trombozlarga moyilligi boʻlgan bemorlarda, shuningdek qandli diabetda va qonda qandning miqdorini oshishi bilan kechadigan holatlarda katta dozalarda buyurish mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, gemoxromatoz, sideroblast anemiya, talassemiya, giperoksaluriya, oksaloz, buyrak tosh kasalligida ehtiyotkorlik bilan qoʻllanadi.

Tabletkani jadal qabul qilish (chaynash) tish emalini shikastlashi mumkin.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Askorbin kislotasi penitsillin guruhi preparatlarini soʻrilishini oshiradi. Askorbin kislotasi geparin va bilvosita antikoagulyantlarning samaradorligini kamaytiradi. Ichakda temir preparatlarini soʻrilishini yaxshilaydi (uch valentli temirni ikki valentliga oʻtkazadi).

 

Maxsus koʻrsatmalar

Askorbin kislotasining glyukokortikosteroid gormonlarining hosil boʻlishiga ragʻbatlantiruvchi taʼsiri sababli, buyrak usti bezlarining funksiyasini va arterial bosimni nazorat qilish lozim. Uzoq muddat katta dozalarda qoʻllanganida meʼda osti bezining insulyar apparatining funksiyasi susayishi mumkin, shuning uchun davolash jarayonida meʼda osti bezining funksional qobiliyatini muntazam nazorat qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Chiqarilish shakli

Chaynaladigan tabletkalar 300 mg dan. №10, №20, №50, №100.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.