Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Винпоцетин-АКОС ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Винпоцетин-АКОС ТАБЛЕТКА 5мг №50

11 300 so'mdan
(4899)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Tavsif
Винпоцетин-АКОС ТАБЛЕТКА 5мг №50
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
Chiqarilish shakli
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Qoʻllanilishi

Nevrologiya. Serebrovaskulyar  patologiyaning turli shakllarini: bosh miyada qon aylanishini buzilishlarini (insult) oʻtkazgandan keyingi holat, vertebrobazilyar yetishmovchilik, tomirli demensiya, serebral ateroskleroz, postravmatik yoki gipertenziv ensefalopatiyalar davolash uchun qoʻllaniladi. Serebrovaskulyar patologiyada ruhiy va nevrologik simptomatikani kamayishiga yordam beradi.

Oftalmologiya. Xorioideyaning (koʻzning tomirli pardasi) surunkali qon tomir patologiyasini va toʻr pardaning  davolash uchun qoʻllaniladi.

Otolarinolaringologiya. Perseptiv turli qariyalar karligi, Menyer kasalligi va quloqlardagi shovqinni davolash uchun qoʻllaniladi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ichga, ovqatdan soʻng qoʻllansin. Kattalar uchun sutkalik doza 15-30 mg (5-10 mg dan sutkada 3 marta) ni tashkil qiladi.

Davolash davomiyligini shifokor induvidual ravishda belgilaydi.

Buyrak yoki jigar kasalliklari boʻlgan patsiyentlarga dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

 

Dori shakli: 

tabletkalar

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 5 mg vinpotsetin;

yordamchi moddalar: laktoza, monogidrati; makkajoʻxori kraxmali; talk; magniy stearati.

 

Taʼrifi: 

oq yoki biroz kulrang tusli oq tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 Psixostimulyatorlar va nootrop vositalar. Vinpotsetin.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Vinpotsetin kompleks taʼsir mexanizmiga ega boʻlgan birikma boʻlib, bosh miya metabolizmiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi va uni qon bilan taʼminlanishini yaxshilaydi, shuningdek qonning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi.

Vinpotsetin neyroprotektiv samaralarni namoyon etadi: ragʻbatlantiruvchi aminokislotalar tomonidan chaqirilgan sitotoksik reaksiyalarning salbiy taʼsirini susaytiradi. Preparat potensialga bogʻliq Na+ va Sa2+ kanallarini, shuningdek NMDA va AMRA retseptorlarini ingibitsiya qiladi. Preparat adenozinning neyroprotektiv samarasini kuchaytiradi.

Vinpotsetin serebral metabolizmni ragʻbatlantiradi: preparat glyukoza va O2 qamrab olinishini va ushbu moddalarni bosh miya toʻqimalari orqali isteʼmol qilinishini oshiradi. Preparat bosh miyani gipoksiyaga chidamliligini oshiradi; bosh miya uchun energiya manbai boʻlgan – glyukozani gematoensefalik toʻsiq orqali tashilishini oshiradi; glyukozaning metabolizmini yanada energetik foydali aerob yoʻli tomoniga suradi; Sa2+ – kalmadulin – sGMF ga bogʻliq ferment – fosfodiesterazani (FDE) tanlab ingibitsiya qiladi, bosh miyada sAMF va sGMF darajasini oshiradi. Preparat ATF konsentratsiyasini va ATF/AMF nisbatini oshiradi; bosh miyada noradrenalin va serotoninni aylanib yurishini kuchaytiradi; markazga koʻtariluvchi noradrenergik tizimni ragʻbatlantiradi; antioksidant faollikka ega; yuqorida sanab oʻtilgan barcha samaralarning taʼsiri natijasida vinpotsetin serebroprotektiv taʼsir koʻrsatadi.

Vinpotsetin bosh miyada mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi: preparat trombotsitlar agregatsiyasini ingibitsiya qiladi, qonning patologik oshgan qovushqoqligini kamaytiradi, eritrotsitlarni deformatsiyalanish darajasini oshiradi va adenozinni qamrab olinishini ingibitsiya qiladi, eritrotsitlarga O2 affinitetini pasayishi yoʻli bilan toʻqimalarda Oni tashilishini yaxshilaydi.

Vinpotsetin bosh miyada qon oqimini selektiv yaxshilaydi: preparat yurakdan qon otilib chiqishini serebral fraksiyasini oshiradi; bosh miyada qon tomirlar qarshiligini, tizimli qon aylanishi koʻrsatkichlariga (arterial bosim, yurakdan qonni otilib chiqishi, puls tezligi, umumiy periferik qarshilikka) taʼsir qilmay, qon tomirlar qarshiligini kamaytiradi; preparat “oʻgʻirlash samarasini” chaqirmaydi. Bundan tashqari, preparat fonida past perfuziyali shikastlangan ishemiya sohalariga (biroq hali nekrozlanmagan) qonni tushishini yaxshilaydi (“qaytuvchan oʻgʻirlash samarasi”).

 

Farmakokinetikasi

Soʻrilishi: Vinpotsetin tez soʻriladi, peroral qabul qilingandan soʻng qon plazmasidagi maksimal konsentratsiyasiga 1 soatdan soʻng erishiladi. Vinpotsetinning asosiy soʻrilish joyi meʼda-ichak yoʻlining proksimal qismi hisoblanadi. Birikma ichak devori orqali oʻtishi bilan metabolizmga uchramaydi.

Taqsimlanishi: kalamushlarda preparatni peroral yuborilgan tadqiqotlarda radioaktiv nishonlangan vinpotsetin eng yuqori konsentratsiyada jigar va meʼda-ichak yoʻllarida aniqlanganligini tasdiqlangan. Maksimal konsentratsiyalarini preparat qabul qilinganidan keyin 2-4 soatdan soʻng toʻqimalarda aniqlash mumkin boʻlgan. Bosh miyada radioaktiv moddaning konsentratsiyasi qondagi konsentratsiyasidan oshmagan.

Insonlarda: qon plazmasi oqsillari bilan bogʻlanishi 66% ni tashqil qiladi. Peroral qabul qilgandan soʻng  Vinpotsetinning mutloq biokiraolishligi 7% ni tashkil qiladi. Taqsimlanish xajmi 246,7±88,5 l ni tashkil qiladi, bu toʻqimalarda moddalarni juda kuchli bogʻlanishini anglatadi. Vinpotsetinning klirensini koʻrsatkichi (soatiga 66,7 l) plazmada va jigardagi qiymatidan oshadi (50 l), bu birikmaning jigardan tashqari metabolizmini koʻrsatadi.

Chiqarilishi: 5 mg va 10 mg dozada preparatni koʻp marta peroral qoʻllanganda vinpotsetin bir tekis kinetikani namoyon qiladi; plazmada muvozanat konsentratsiyalari muvofiq ravishda 1,2±0,27 ng/ml va 2,1±0,33 ng/ml ni tashkil qiladi.

Insonlarda yarim chiqarilish davri 4,83±1,29 soatni tashkil qiladi. Radioaktiv nishonlangan birikmadan foydalanib oʻtkazilgan tadqiqotlarda, chiqarilishning asosiy yoʻli buyrak va ichak orqali 60:40% nisbatda amalga oshirilishi aniqlangan. Radioaktiv nishonning koʻproq qismi kalamush va kuchuklarni safrosida aniqlandi, biroq asosiy enterogepatik sirkulyatsiya aniqlanmadi. Apovinkamin kislotasi oddiy kalavalar filtratsiyasi yoʻli bilan buyrak orqali chiqariladi, ushbu moddaning yarim chiqarilish davri dozaga va vinpotsetinni qoʻllash usuliga qarab oʻzgaradi.

Metabolizmi: vinpotsetinning asosiy metaboliti, apovinkamin kislotasi (AVK) hisoblanadi, u insonlarda 25-30% hosil boʻladi. Peroral qabul qilgandan keyin AVKning egri chiziq (“plazmadagi konsentratsiyasi-vaqt” koʻrsatkichi) ostidagi maydoni preparatni vena ichiga yuborilganidan keyingiga nisbatan ikki marta oshadi, bu vinpotsetinni tizim oldi metabolizmi jarayonida AVK hosil boʻlishini koʻrsatadi. Boshqa aniqlangan metabolitlardan gidroksivinpotsetin, gidroksi-AVK, digidroksi-AVK-glitsinat va ularning glyukuronidlar va/yoki sulfatlar bilan konʼyugatlari hisoblanadi. Oʻzgarmagan holda chiqarilgan vinpotsetinning miqdorini har bir oʻrganilgan turlari, preparatning qabul qilingan dozasini faqat bir muncha foizini tashkil qiladi.

Vinpotsetinning muhim va asosiy xususiyatlari boʻlib, jigar yoki buyrak kasalliklari boʻlgan patsiyentlarda preparatning metabolizmi va akkumulyatsiyasini (toʻplanishini) yoʻqligini hisobga olib, preparatning dozasini maxsus tanlash zaruratini yoʻqligi hisoblanadi.

Oʻziga xos holatlarda (masalan, ayrim bir yoshlarda, yondosh kasalliklar mavjudligida) farmakokinetik xususiyatlarini oʻzgarishi. Vinpotsetin, dori preparatining kinetikasi – soʻrilishi, boshqa taqsimlanishi va metabolizmi, chiqarilishini kamayishi kabi oʻzgarishlari kuzatilgan asosan keksa yoshdagi patsiyentlarni davolash uchun koʻrsatilganligi tufayli, aynan ushbu yosh guruhida, ayniqsa uzoq muddat qoʻllanganda preparatning kinetikasini baholash yuzasidan tadqiqotlarni oʻtkazish zarur boʻlgan. Bunday tadqiqotlarning natijalari, keksa yoshdagi patsiyentlarda vinpotsetinning kinetikasini vinpotsetinning yosh insonlardagi kinetikasidan jiddiy farq qilmasligini va bundan tashqari, toʻplanishini koʻrsatdi. Jigar va buyrak funksiyasini buzilishida preparatni odatdagi dozalarini qoʻllash mumkin, chunki vinpotsetin bunday patsiyentlarning organizmida toʻplanmaydi, bu preparatni uzoq vaqt qabul qilish imkonini beradi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Qon va limfatik tizimi tomonidan: leykopeniya, trombotsitopeniya, anemiya, eritrotsitlar agglyutinatsiyasi.

Immun tizimi tomonidan: oʻta yuqori sezuvchanlik.

Metabolizm va ovqatlanishni buzilishi: giperxolesterinemiya, ishtahani pasayishi, anoreksiya, qandli diabet.

Ruhiy buzilishlar: uyqusizlik, uyquni buzilishi, havotirlik, qoʻzgʻaluvchanlik, eyforiya, depressiya.

Nerv tizimi tomonidan: bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, disgevziya, stupor, gemiparez, uyquchanlik, amneziya, tremor, tirishishlar.

Koʻrish aʼzolari tomonidan: koʻrish nervi soʻrgʻichini shishi,  konʼyuktivani giperemiyasi.

Eshitish aʼzolari va labirint tomonidan: vertigo, giperakuziya, gipoakuziya, quloqlarda shovqin.

Yurak tizimi tomonidan: miokard ishemiyasi/infarkti, stenokardiya, bradikardiya, taxikardiya, ekstrasistoliya, yurak urishini his etish, aritmiya, yurak boʻlmachalari fibrillyatsiyasi.

Qon-tomir tizimi tomonidan: arterial gipotenziya, arterial gipertenziya, qon quyilishlar, tromboflebit, arterial bosimini oʻzgarishi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qorinda diskomfort, ogʻizni qurishi, koʻngil aynishi, qorinda ogʻriq, qabziyat, diareya, dispepsiya,  qusish, disfagiya, stomatit.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: eritema, gipergidroz, qichishish, eshakemi, toshma,  dermatit.

Umumiy buzilishlar: asteniya, holsizlik, issiqlik hissi, koʻkrak qafasida diskomfort, gipotermiya.

Laborator va instrumental tadqiqotlar natijalari: arterial bosimini pasayishi, arterial bosimini oshishi, qonda triglitseridlar miqdorini oshishi, elektrokardiogrammada ST segmentini depressiyasi, eozinofillar miqdorini oshishi/kamayishi, jigar fermentlarini faolligini oʻzgarishi, leykotsitlar miqdorini oshishi/kamayishi, eritrotsitlar miqdorini kamayishi, protrombin vaqtini kamayishi, tana vaznini oshishi.

 

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Faol moddaga yoki yordamchi moddalarning birontasiga oʻta yuqori sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Vinpotsetinni β-blokatorlar (kloranolol, pindanol), klopamid, glibenklamid, digoksin, atsenokumarol yoki gidroxlorotiazid bilan bir vaqtda qoʻllanganda, bilan bir vaqtda qoʻllanganda ushbu dori vositalari oʻrtasida xech qanday oʻzaro taʼsiri klinik tadqiqotlarda aniqlanmagan. Vinpotsetin va alfa-metildopani bir vaqtda qoʻllanganda kam hollarda ayrim gipotenziv samara kuzatilgan, shuning uchun ushbu preparatlar majmuasini qoʻllash fonida arterial bosimini doimiy nazoratini amalga oshirish zarur. Oʻzaro taʼsirni tasdiqlovchi klinik tadqiqotlarning maʼlumotlari yoʻqligiga qaramay, vinpotsetinni markaziy nerv tizimiga taʼsir qiluvchi preparatlar, shuningdek aritmiyaga qarshi va antikoagulyant davolash bilan bir vaqtda buyurishda ehtiyotkorlikni namoyon etish tavsiya etiladi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

QT intervalini uzayishi sindromi boʻlganida yoki QT intervalini uzayishiga olib keluvchi dori vositasini bir vaqtda qabul qilinganda EKG-nazoratini oʻtkazish tavsiya etiladi.

Patsiyentda bosh miya ichki bosimi yuqori boʻlganida, aritmiyalar yoki QT intervalini uzayish sindromi boʻlganida, shuningdek aritmiyaga qarshi preparatlarni qoʻllash fonida preparat bilan davolashni faqat preparatni qoʻllash bilan bogʻliq boʻlgan foyda va xavfni sinchkov taxlilidan soʻng boshlash lozim.

Preparat oz miqdori sorbit saqlaydi, shuning uchun qandli diabeti boʻlgan bemorlarda preparat bilan davolash kursi vaqtida, qonda qand miqdorini nazorat qilish  lozim.

Agar patsiyentda ayrim qandlarni oʻzlashtiraolmaslik aniqlansa, ushbu dori vositasini qoʻllashdan avval, shiffokor bilan maslahatlashish lozim.

Homiladorlik yoki emizish davrida qoʻllanishi.

Preparatni homiladorlik va emizish davrida qoʻllash mumkin emas.

Homiladorlik: vinpotsetin yoʻldosh orqali oʻtadi, biroq yoʻldoshda va homila qonida, onaning qoniga nisbatan ancha past konsentratsiyalarda aniqlanadi. Preparatning teratogen yoki embriotoksik samarasi aniqlanmagan. Preparatning yuqori dozalari bilan oʻtkazilgan klinik oldi tadqiqotlarda ayrim hollarda yoʻldoshdan qon ketishi va bola tashlash bilan kechgan, bu aynan yoʻldoshda qon aylanishini kuchayishi natijasida sodir boʻlgan.

Emizish: vinpotsetin koʻkrak sutiga oʻtadi. Radioaktiv izotopni qoʻllash bilan oʻtkazilgan klinik oldi tadqiqotlarda koʻkrak sutini radioaktivligi katta xayvon qoniga nisbatan 10 marta yuqori boʻlganligi xaqida maʼlumot mavjud. Vinpotsetinni koʻkrak sutiga oʻtishi va emizikli bolalar uchun preparatning xavfsizligiga tegishli yetarli klinik kuzatuvlar yoʻqligi tufayli, vinpotsetinni emizish davrida qoʻllash mumkin emas. Vinpotsetinning bitta dozasini qabul qilgandan keyin, bir soat davomida qabul qilingan preparatning 0,25% koʻkrak sutiga oʻtadi.

Bolalar. Preparatni bolalarda qoʻllash mumkin emas (klinik maʼlumotlarini yoʻqligi tufayli).

Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga taʼsir qilish qobiliyati.

Vinpotsetinni avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsiri xaqida maʼlumotlar yoʻq, biroq preparatni qoʻllaganda uyquchanlik, bosh aylanishini kelib chiqish ehtimolini hisobga olish lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish aniqlanmagan. Adabiyotdan olingan maʼlumotlar boʻyicha sutkada 60 mg xavfsiz hisoblanadi. 360 mg vinpotsetinni bir marta qabul qilish kardiovaskulyar, boshqa nojoʻya samaralarni rivojlanishi bilan kechmagan.

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda, 3 blisterdan qutida.

 

Saqlash sharoiti

250S dan yuqori boʻlmagan haroratda original oʻramida saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

4 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.