Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ВИКАСОЛ ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ВИКАСОЛ ТАБЛЕТКА 15мг №20

2 000 so'mdan
(1512)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
УСОЛЬЕ-СИБИРСКИЙ ХФЗ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Кровоостанавливающие препараты
Dori tafsilotlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Qonning yuqori ivuvchanligi, tromboemboliyalar.

Ehtiyotkorlik bilan – glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, jigar yetishmovchiligi, homiladorlik.

Obturatsion sariqlikda preparatning inyeksion shakliga afzallik berish kerak.

 

Dori shakli: 

tabletkalar.

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: vikasol (menadion natriy bisulfati) -15 mg;

yordamchi moddalar: saxaroza (qand), kartoshka kraxmali, natriy disulfiti (natriy metabisulfit), silikon emulsiyasi (emulsiya KE 10-12), talk, stearin kislotasi.

 

Taʼrifi: 

oq yoki deyarli oq rangli, yassitsilindrik shaklli, faskali tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

gemostatik.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

K vitaminining sintetik suvda eruvchan analogi, protrombin va prokonvertinning sinteziga yordam beradi, qon ivishining II, VII, IX va X omillarini kuchaytirishi hisobiga qon ivishini oshiradi.

Gemostatik taʼsirga ega (K vitaminining tanqisligida yuqori qonovchanlik paydo boʻladi).

Qonda protrombin (II omili), tromboplastin va kalsiy mavjudligida, prokonvertin (VII omili), IX (Kristmass omili), X (Styuart-Prauyer omili) omillari ishtirokida trombinga oʻtadi, uning taʼsiri ostida fibrinogen qon laxtasining (trombning) asosini tashkil qiluvchi fibringa aylanadi.

K vitaminini faollashtiruvchi va uning gemostazni K-vitaminiga bogʻliq plazma omillarining jigardagi sintezida ishtirokini taʼminlovchi K-vitaminreduktazani substratli ragʻbatlantiradi.

Taʼsirini boshlanishi – ichga qabul qilinganidan keyin 7-12 soat oʻtgach yuz beradi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan keyin oson va tez soʻriladi. Oz miqdorlarda toʻqimalarda toʻplanadi. Jigarda tez metabolik faollashish siklini oʻtib, diolli shakligacha oksidlanadi. Buyraklar (70% gacha) va safro bilan deyarli faqat metabolitlar koʻrinishida chiqariladi. K vitaminining ahlatdagi yuqori konsentratsiyalari uni ichak mikroflorasi tomonidan sintezi bilan bogʻliq.

 

Qoʻllanilishi

Gipoprotrombinemiya bilan bogʻliq boʻlgan gemorragik sindrom; K gipovitaminozi (shu jumladan obturatsion sariqlik, gepatit, jigar sirrozi, davomli diareyadagi).

Jarohatlanishlar, shikastlanishlar va jarrohlik aralashuvlardan keyingi qon ketishlari; majmuaviy davolash tarkibida, disfunksional bachadon qon ketishlarida, menorragiyalarda.

Ayrim dori vositalarini (kumarin xosilalari va indandionni, salitsilatlarni, ayrim antibiotiklarni) qabul qilish fonida II, VII, IX va X omillarining miqdorini pasayishi oqibatidagi gipoprotrombinemiyada qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Vikasol ichga 3-4 kun davomida buyuriladi, toʻrt haftalik tanaffusdan keyin kurs takrorlanadi. Sutkalik doza 2-3 marta qabul qilishga boʻlinishi mumkin.

Kattalar uchun maksimal bir martalik doza – 30 mg, maksimal sutkalik doza – 60 mg ni tashkil qiladi.

Kuchli parenximatoz qon ketishi mumkin boʻlgan jarrohlik aralashuvlarida operatsiyadan oldin 2-3 kun davomida buyuriladi.

Pediatriyada: 1 yoshdan 5 yoshgacha – sutkada 7,5 mg, 5-14 yosh – sutkada 15 mg, 14 yoshdan kattalarga – sutkada 30 mg.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Allergik reaksiyalar: yuzni qizarishi, teri toshmasi (shu jumladan eritematoz, eshakemi), terini qichishishi, bronxospazm.

Qon tizimi tomonidan: gemolitik anemiya, glyukozo-6-fosfatdegidrogenazaning tugʻma tanqisligi boʻlgan bolalarda gemoliz.

Boshqalar: giperbilirubinemiya, sariqlik, kam hollarda – bosh aylanishi, arterial bosimni tranzitor pasayishi, “profuz” (kuchli) terlash, taxikardiya, pulsni “kuchsiz” toʻlishi, taʼm sezish xissini oʻzgarishi.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Neokumarin va fenilinning antikoagulyant taʼsirini kamaytiradi yoki bloklaydi.

Geparinning antikoagulyant faolligiga taʼsir qilmaydi.

Antatsidlar ingichka ichakning boshlangʻich boʻlimida oʻt kislotalarini choʻkishi oqibatida soʻrilishini pasaytiradi.

Keng taʼsir doirasiga ega antibiotiklar, xinidin, xinin, yuqori dozalardagi salitsilatlar, antibakterial sulfonamidlar bilan bir vaqtda buyurish, K vitaminining dozasini oshirishni talab qiladi.

Kolestiramin, kolestipol, mineral moylar, sukralfat, daktinomitsin K vitaminini soʻrilishini pasaytiradi, bu uning dozasini oshirishni talab qiladi.

 

 

Maxsus koʻrsatmalar

Gemofiliyada, Villebrand kasalligida, Verlgof kasalligida preparat samarasiz.

Safroni oqib chiqishini buzilishiga olib keluvchi kasalliklarda, shuningdek 1 yoshgacha boʻlgan bolalarga parenteral yuborish tavsiya qilinadi.

Homiladorlikning III uch oyligida K vitaminini profilaktik buyurish, uning uchun yoʻldoshning past oʻtkazuvchanligi oqibatida samarali emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganida giperprotrombinemiya, giperbilirubinemiya bilan namoyon boʻluvchi K gipervitaminozi paydo boʻladi, kam hollarda bolalarda tirishishlar boʻlishi mumkin.

 

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 10 yoki 20 donadan kontur uyali oʻramda. 1, 2 yoki 3 kontur uyali oʻramlar qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

25ºS dan yuqori boʻlmagan xaroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.