Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Виферон-2 супп.

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Виферон-2 супп. рект. 500000ме №10

54 000 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Виферон-2 супп. рект. 500000ме №10
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
Interferon alfa
Ishlab chiqaruvchi
(Ферон , Россия)
Chiqarilish shakli
супп. рект.
Farma. Guruh
Иммуномодуляторы и иммуностимуляторы
Dori tafsilotlari
Chiqarilish shakli
Tarkibi
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Yaroqlilik muddati
Saqlash sharoiti
Dorixonalardan berish tartibi
Chiqarilish shakli

Rektal suppozitoriylar 150000 XB, 500000 XB, 1000000 XB, 3000000 XB. 10 suppozitoriydan PVX/PVX kontur uyali o‘ramda. 10 suppozitoriyli 1 kontur uyali o‘ram davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Tarkibi

VIFERON® 150000 XB 1 suppozitoriysi quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 150000 XB odam rekmobinant interferon alfa-2b,

yordamchi moddalar: askorbin kislotasi 0,0054 g, natriy askorbati 0,0108 g, alfa-tokoferol asetati 0,055 g, dinatriy edetati digidrati 0,0001 g, polisorbat-80 0,0001 g, kakao moyi 0,1958 g, qandolat yog‘i yoki kakao moyi o‘rnini bosuvchi 1 g gacha

VIFERON® 500000 XB 1 suppozitoriysi quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 500000 XB odam rekmobinant interferon alfa-2b,

yordamchi moddalar: askorbin kislotasi 0,0081 g, natriy askorbati 0,0162 g, alfa-tokoferol asetati 0,055 g, dinatriy edetati digidrati 0,0001 g, polisorbat-80 0,0001 g, kakao moyi 0,1941 g, qandolat yog‘i yoki kakao moyi o‘rnini bosuvchi 1 g gacha.

VIFERON® 1000000 XB 1 suppozitoriysi quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 1000000 XB odam rekmobinant interferon alfa-2b,

yordamchi moddalar: askorbin kislotasi 0,0081 g, natriy askorbati 0,0162 g, alfa-tokoferol asetati 0,055 g, dinatriy edetati digidrati 0,0001 g, polisorbat-80 0,0001 g, kakao moyi 0,1941 g, qandolat yog‘i yoki kakao moyi o‘rnini bosuvchi 1 g gacha.

VIFERON® 3000000 XB 1 suppozitoriysi quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 1000000 XB odam rekmobinant interferon alfa-2b,

yordamchi moddalar: askorbin kislotasi 0,0081 g, natriy askorbati 0,0162 g, alfa-tokoferol asetati 0,055 g, dinatriy edetati digidrati 0,0001 g, polisorbat-80 0,0001 g, kakao moyi 0,1941 g, qandolat yog‘i yoki kakao moyi o‘rnini bosuvchi 1 g gachasaqlaydi.

Farmakologik xususiyatlari

Odam rekombinant alfa-2b interferonb viruslarga qarshi, immunitetni rag‘batlantiruvchi, antiproliferativ xususiyatlarga ega, RNK- va DNK-saqlovchi viruslarning replikasiyasini susaytiradi. Makrofaglarning fagositar faolligini kuchaytirish, nishon-xujayralarga limfositlarning sitotoksikligini spesifik oshishi kabi interferon alfa-2b ning immunitetni rag‘batlantiruvchi xususiyatlari uning bilvosita antibakterial faolligini ta‘minlaydi.

Askorbin kislotasi va alfa-tokoferol asetati mavjudligida interferon alfa-2b ning viruslarga qarshi spesifik faolligi oshadi, uning immunitetni rag‘batlantiruvchi ta‘siri kuchayadi, bu patogen mikroorganizmga qarshi organizmning xususiy immun javobining samaradorligini oshirish imkonini beradi. Preparat qo‘llanilganda A sinf sekretor immunoglobulinlar darajasi oshadi, immunoglobulin Ye darajasi normallashadi, interferon alfa-2b endogen tizimining faoliyati tiklanadi. Askorbin kislotasi va alfa-tokoferol asetati yuqori faollikka ega antioksidant hisoblanib, yallig‘lanishga qarshi, membranani barqarorlashtiruvchi, shuningdek regenerasiyalovchi xususiyatlarga ega. VIFERON® preparatini qo‘llaganda interferon alfa-2b preparatlarini parenteral yuborilganda paydo bo‘luvchi nojo‘ya samaralar kuzatilmaydi, interferon alfa-2b ning viruslarga qarshi faolligini neytralizasiya qiluvchi antitelalar hosil bo‘lmasligi aniqlangan. Majmuaviy davolash tarkibida VIFERON® preparatini qo‘llash antibakterial va gormonal dori vositalarining terapevtik dozalarini kamaytirish, shuningdek ko‘rsatilgan davolashning toksik samaralarini kamaytirish imkonini beradi.

Kakao moyi fosfolipidlar saqlaydi bu esa preparatni ishlab chiqarish jarayonida sintetik toksik emulgatorlarni ishlatmaslik imkonini beradi, ko‘p to‘yinmagan yog‘lar mavjudligi esa preparatni yuborishni va erishini yengillashtiradi.

Qo‘llanilishi
  • kattalar va bolalarda majmuaviy davolash tarkibida o‘tkir respirator virusli infeksiyalar, shu jumladan gripp, shu jumladan bakterial infeksiya bilan asoratlangan, pnevmoniya (bakterial, virusli, xlamidiyali);
  • majmuaviy davolash tarkibida yangi tug‘ilgan bolalarda, shu jumladan chala tug‘ilgan chaqaloqlarda infeksion-yallig‘lanish kasalliklari: meningit (bakterial, virusli), sepsis, bachadon ichi infeksiyalari (xlamidioz, gerpes, sitomegalovirus infeksiyasi, enterovirus infeksiyasi, kandidoz, shu jumladan visseral, mikoplazmoz);
  • bolalar va kattalarda majmuaviy davolash tarkibida surunkali virusli V, S, D gepatitlari, shu jumladan jigar sirrozi bilan asoratlangan yaqqol faollikdagi surunkali virusli gepatitlarda plazmaferez va gemosorbsiyani qo‘llash bilan birga;
  • kattalarda majmuaviy davolash tarkibida urogenital yo‘llarining infeksion-yallig‘lanish kasalliklari (xlamidioz, sitomegalovirus infeksiyasi, ureaplazmoz, trixomoniaz, gardnerellyoz, papillomavirus infeksiyasi, bakterial vaginoz, qaytalanuvchi qin kandidozi, mikoplazmoz);
  • teri va shilliq qavatlarning birlamchi yoki qaytalanuvchi gerpetik infeksiyalari, chegaralangan shakli, yengil va o‘rtacha og‘irlikda kechishi, shu jumladan kattalardagi urogenital shaklida qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik bo‘lganida uni qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

VIFERON®, rektal suppozitoriylar yuqorida ko‘rsatilgan kasalliklarni davolashda qo‘llanadigan barcha dori preparatlari (antibiotiklar, ximiopreparatlar, glyukokortikosteroidlar) bilan mutanosib va birga yaxshi qo‘llanadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Preparatni homiladorlikning 14 xaftasidan boshlab qo‘llash mumkin. Emizish davrida qo‘llash uchun cheklovlar yo‘q.

Transport vositalarini boshqarish va boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta‘siri

Aniqlanmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Aniqlanmagan.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Saqlash sharoiti

2°S dan 8°S gacha haroratda saqlansin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz beriladi.