Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Вестинорм таб.

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Вестинорм таб. 16мг №30

34 500 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Вестинорм таб. 16мг №30
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
BETAHISTINE
Ishlab chiqaruvchi
(Фармак , Украина)
Chiqarilish shakli
таблетка
Farma. Guruh
Средство против синдрома укачивания
Dori tafsilotlari
Dori shakli
Tarkibi
Farmakodinamikasi
Farmakokinetikasi
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli

tabletkalar 

Tarkibi

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: 100% quruq moddaga qayta hisoblanganida 8 mg yoki 16 mg, yoki 24 mg betagistin digidroxloridi;

Yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, natriy kraxmalglikolyati (A tipi), suvsiz kolloid kremniy dioksidi, povidon, magniy stearati.

Taʼrifi: dumaloq shaklli, yassi yuzali, riska va faskali, oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar. Tabletkalarning yuzasida marmarlikka yoʻl qoʻyiladi (8 mg va 16 mg li tabletkalar uchun). 

Farmakodinamikasi

Betagistinning taʼsir mexanizmi faqat qisman oʻrganilgan. Hayvonlarda va odamlar ishtirokidagi bu tekshirishlarni tasdiqlovchi bir necha ishonchli gipotezalar mavjud.

Betagistinni gistaminergik tizimga taʼsiri: betagistinni qisman N1-gistamin retseptorlariga nisbatan agonistik faolligi, shuningdek nerv toʻqimasidagi N3-gistamin retseptorlariga nisbatan antagonistik faollik namoyon qilishi va N2-gistamin retseptorlariga nisbatan ahamiyatsiz faollik namoyon qilishi aniqlangan. Betagistin gistaminning almashinuvi va ajralib chiqishini, presinaptik N3-retseptorlarini bloklash va muvofiq N3-retseptorlarining miqdorini pasayish jarayonini induksiyalash yoʻli bilan oshiradi.

Betagistin koxlear sohada, shuningdek bosh miyaning barcha sohalarida qon aylanishini oshirishi mumkin: hayvonlardagi farmakologik tekshirishlar ichki quloqning stria vasculaeis tomirlarida qon aylanishini namoyish qilgan, ushbu samara ichki quloqning mikrotsirkulyar tizimida prekapillyar sfinkterlarni boʻshashishi hisobiga yaxshilagan boʻlishi mumkin. Betagistin shuningdek odamda miya qon oqimini oshishini namoyish qilgan.

Betagistin vestibulyar kompensatsiyaga yordam beradi: betagistin markaziy vestibulyar kompensatsiyani tezlashtirib va unga yordam berib, hayvonlarda bir tomonlama neyrektomiyadan keyin vestibulyar faoliyatning tiklanishini tezlashtiradi. Bu samara gistaminning almashinuvi va ajralib chiqishini boshqarilishini kuchayishi bilan xarakterlanadi va N3-retseptorlariga antagonizmi natijasida amalga oshiriladi. Odamlarda betagistin bilan davolash vaqtida shuningdek neyrektomiyadan keyin vestibulyar faoliyatni tiklanish vaqti kamaygan.

Betagistin vestibulyar yadrolarda neyronlarning faolligini oʻzgartiradi: shuningdek betagistinni lateral va medial vestibulyar yadrolarning neyronlarida choʻqqi potensiallarning generatsiyasiga dozaga bogʻliq susaytiruvchi taʼsirga ega ekanligi aniqlangan.

Betagistinning farmakodinamik xususiyatlari, bu hayvonlarda koʻrsatilgan, vestibulyar tizimda preparatning ijobiy terapevtik samarasini taʼminlashi mumkin.

Betagistinning samaradorligini vestibulyar bosh aylanishi va Menyer kasalligi boʻlgan patsiyentlarning ishtirokidagi tekshirishlar koʻrsatgan, ular vaqtida bosh aylanishi xurujlarining ogʻirligini va tez-tezligini kamayishi kuzatilgan. 

Farmakokinetikasi

Soʻrilishi

Ogʻiz orqali yuborilganidan keyin betagistin ovqat hazm qilish yoʻllaridan tez va deyarli toʻliq soʻriladi. Soʻrilganidan keyin preparat tez va deyarli toʻliq metaboliti 2-piridilsirka kislotasining hosil boʻlishi bilan metabolizmga uchraydi. Betagistinning qon plazmasidagi konsentratsiyasi juda past.

Shuning uchun barcha farmakokinetik tahlillar qon plazmasi va siydikda metaboliti 2-piridilsirka kislotasining konsentratsiyasini aniqlash yoʻli bilan oʻtkaziladi.

Preparat ovqat bilan qabul qilinganida uning maksimal konsentratsiyasi (Smax), och qoringa qabul qilinganidagiga qaraganda past. Bunda betagistinning toʻliq soʻrilishi ikkala hollarda ham oʻxshash, ovqat qabul qilish faqat preparatning soʻrilishini kechiktirishini koʻrsatadi.

Taqsimlanishi

Betagistinning plazma oqsillari bilan bogʻlanishi 5% dan kamni tashkil qiladi.

Biotransformatsiyasi

Soʻrilganidan keyin betagistin tez va deyarli toʻliq 2-piridilsirka kislotasiga metabolizmga uchraydi (u farmakologik faollik namoyon qilmaydi).

Betagistin ichga qabul qilinganidan keyin qon plazmasidagi (va siydikdagi) 2-piridilsirka kislotasining konsentratsiyasi oʻzining maksimumiga, preparat ichga qabul qilinganidan keyin 1 soat oʻtgach yetadi va taxminan 3,5 soatlik yarimchiqarilish davri bilan kamayadi.

Chiqarilishi

2-piridilsirka kislotasi siydik bilan tez chiqariladi. Preparat 8-48 mg dozalarda qabul qilinganida boshlangʻich dozaning taxminan 85% siydikda aniqlanadi. Betagistinning buyraklar orqali yoki ahlat bilan chiqarilishi ahamiyatsiz.

Toʻgʻri chiziqliligi

8-48 mg preparat ogʻiz orqali qabul qilinganida tiklanish tezligi doimiy boʻlib qoladi, bu betagistinning farmakokinetikasini toʻgʻri chiziqliligini koʻrsatadi va faoliyat koʻrsatayotgan metabolik yoʻli jadal emasligini taxmin qilish imkoniyatini beradi. 

Qoʻllanilishi

Baʼzida koʻngil aynashi va qusish bilan birga kechuvchi bosh aylanishi, eshitishni pasayishi (karlik), quloqlarda shovqin kabi asosiy simptomlar bilan ifodalangan Menyer kasalligi va sindromi.

Vestibulyar bosh aylanishini simptomatik davolash. 

Qoʻllash usuli va dozalari

Kattalarga ichga buyuriladi. Sutkalik doza, sutka davomida qabul qilish uchun teng taqsimlangan 24-48 mg ni tashkil qiladi.

Tabletkalar 8 mg dan Tabletkalar 16 mg dan Tabletkalar 24 mg dan
1-2 tabletka sutkada 3 marta ½-1 tabletka sutkada 3 marta 1 tabletka sutkada 2 marta

Tabletkalar ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin chaynalmasdan qabul qilinadi.

Doza va davolashning davomiyligi shifokor tomonidan davolashning samaradorligiga qarab shaxsiy belgilanadi. Simptomlarini kamayishi baʼzida faqat davolashning 2-3 haftasidan keyin kuzatiladi. Eng yaxshi natijalar preparat bir necha oylar davomida qabul qilinganida kuzatiladi. Agarda davolash kasallikning boshida buyurilsa, uning rivojlanishini va/yoki kechki bosqichlarida eshitishni yoʻqolishini oldini olish mumkin.

Keksa yoshli patsiyentlar

Bu guruh patsiyentlari uchun dozani toʻgʻrilash talab qilinmaydi.

Buyrak yetishmovchiligi

Dozani toʻgʻrilash talab qilinmaydi.

Jigar yetishmovchiligi

Dozani toʻgʻrilash talab qilinmaydi. 

Nojoʻya taʼsirlari

Ovqat hazm qilish yoʻllari tomonidan: tez-tez – koʻngil aynashi, dispepsiya;  tez-tezligi nomaʼlum – meʼdani biroz buzilishlariga shikoyatlar (qusish, qorin ogʻrigʻi, qorinni dam boʻlishi va meteorizm). Bu nojoʻya samaralari odatda preparat ovqat bilan qabul qilinganida yoki doza kamaytirilganidan keyin oʻtib ketadi.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh ogʻrigʻi.

Immun tizimi tomonidan: tez-tezligi nomaʼlum – oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, masalan, anafilaksiya.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: tez-tezligi nomaʼlum – teri va teri osti kletchatkasining oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, xususan angionevrotik shish, toshma, qichishish va eshakemi kuzatilgan. 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Taʼsir qiluvchi moddaga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Feoxromotsitoma. Bolalar, homiladorlik va laktatsiya davri (ushbu toifa patsiyentlarda preparatni qoʻllash boʻyicha yetarli tajribani yoʻqligi tufayli). 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

In vitro tekshirishlarning maʼlumotlari asosida, in vivo sitoxrom R450 fermentlarining faolligini susayishi kutilmaydi.

In vitro sharoitlarda olingan maʼlumotlar monoaminooksidaza (MAO), shu jumladan MAO V kichik guruhi (masalan, selegilin), faolligini susaytiruvchi preparatlar tomonidan betagistinning metabolizmini susaytirilishidan dalolat beradi. Betagistin va MAO ingibitorlari (shu jumladan tanlangan MAO V kichik guruhi) bir vaqtda qoʻllanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya qilinadi.

Betagistin gistaminning analogi boʻlganligi tufayli, betagistinni antigistamin preparatlari bilan oʻzaro taʼsiri nazariy, bu preparatlardan birining samaradorligiga taʼsir qilishi mumkin. 

Maxsus koʻrsatmalar

Anamnezida bronxial astmasi, meʼda yoki oʻn ikki barmoq ichakning yara kasalligi boʻlgan patsiyentlarda Vestinorm bilan davolanish vaqtida diqqat bilan tibbiy kuzatuv talab qilinadi.

Homiladorlik yoki emizish davrida qoʻllanishi. Betagistinni homiladorlar tomonidan qoʻllanishi boʻyicha maʼlumotlar yoʻq. Preparatni faqat oʻta zarur holda va bevosita shifokorning kuzatuvi ostida qabul qilish mumkin.

Betagistinni koʻkrak sutiga oʻtishi oʻrganilmagan. Preparatni qoʻllashdan foyda emizishning afzalligi/bola uchun potensial xavf nisbati bilan aniqlanadi.

Bolalar. Bolalarni davolash uchun preparatni qoʻllash tajribasi yoʻq, shuning uchun uni bu yosh toifasida qoʻllash mumkin emas.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga taʼsir qilish qobiliyati.

Klinik tekshirishlarning maʼlumotlariga muvofiq betagistin avtomobilni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga potensial taʼsir qiluvchi samaralarga ahamiyatli taʼsir qilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin. 

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganida koʻngil aynishi, qorinda ogʻriq, uyquchanlik kuzatilishi mumkin. Betagistin ataylab yuqori dozalarda qabul qilinganida, ayniqsa boshqa dori preparatlarining dozasini oshirib yuborilishi bilan qoʻshilganida, tirishishlar va yurak-oʻpka asoratlarini paydo boʻlishi haqida xabarlar boʻlgan.

Davolash: simptomatik davolash. 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin. 

Yaroqlilik muddati

3 yil. 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.