Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Вестибо ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Вестибо ТАБЛЕТКА 24мг №30

77 800 so'mdan
(1033)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
АКТАВИС
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Препарат, улучшающий микроциркуляцию. Ангиопротектор.
Dori tafsilotlari
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:
Tarkibi:
Ta‘rifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik ta‘siri
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Antigistamin preparatlari preparatning samarasini kamaytiradi.

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Terapevtik samara bir qator hollarda davolash boshlangandan bir necha oylardan keyin namoyon bo‘ladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: bosh og‘rig‘i, yuz terisi giperemiyasi, bosh aylanishi, taxikardiya, AB (arterial bosim) ni pasayishi, bronxospazm.

 

 

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 24 mg.

10 tabletkadan blisterda.

10 tabletkadan 2 yoki 6 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan qutida.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Dori shakli:

 tabletkalar

 

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 24 mg betagistin gidroxloridi;

yordamchi moddalar: povidon K90, mikrokristall sellyuloza, laktoza monogidrati, kolloid kremniy dioksidi, krospovidon, stearin kislotasi.

 

 

Ta‘rifi:

 ikki tomonlama qavariq, oqdan deyarli oq rangligacha, bir tomonida riskali tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 gistamin preparati.

Farmakologik ta‘siri

Farmakodinamikasi

Gistaminning sintetik analogidir, gistaminsimon va qon tomirlarni kengaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. N1-reseptorlarning kuchsiz agonisti va N3-reseptorlarning nisbatan kuchli antagonisti hisoblanadi. Koxlear qon aylanishiga va markaziy vestibulyar apparatga ta‘sir ko‘rsatadi. Betagistinning ta‘siri quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ichki quloqda qon tomirlarni kengaytirish (N3 va N1-reseptorlar orqali), vestibulyar yadrolarga nisbatan ingibisiya qiluvchi samara (N3-reseptorlar orqali) va ampulyar reseptorlarning impuls faolligi. Ichki quloqning qon tomirlaridagi N1-reseptorlariga va qon tomir tizimida (stria vascularis) da joylashgan mikrosirkulyator oqimning prekapillyar sfinkterlariga, shuningdek N3-reseptorlari orqali bevosita agonistik ta‘siri tufayli mikrosirkulyasiyani va kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini yaxshilaydi, labirint va chig‘anoqda endolimfaning bosimini normallashtiradi, bazillyar arteriyada qon oqimini oshiradi. Yaqqol markaziy samaraga ega, vestibulyar nerv yadrolaridagi N3-reseptorlarning antagonisti bo‘lib bosh miya o‘zani darajasida vestibulyar yadrolardagi polisinaptik neyronlarda neyronal o‘tkazuvchanlikni normallashtiradi. N3-reseptorlariga bilvosita ta‘sir ko‘rsatadi, bosh miya o‘zanida vestibulyar yadrolarning faolligini pasaytiruvchi serotonin miqdorini kamaytiradi. Vestibulyar apparat tomonidan ham, koxlear apparat tomonidan ham buzilishlarni bartaraf etishga yordam beradi: bosh aylanishlari tez-tezligi va jadalligini kamaytiradi, quloqlarda shovqinni kamaytiradi, eshitish pasaygan holatlarda uni yaxshilanishiga olib keladi. N1-reseptorlarni rag‘batlantiradi, shuning uchun sedativ samara ko‘rsatmaydi va uyquchanlikni chaqirmaydi.

Farmakokinetikasi

Tez so‘riladi, plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – past. Smax (qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi) – 3 soat. Metabolitlari ko‘rinishida (2-piridilsirka kislotasi) 24 soat davomida deyarli to‘liq chiqariladi. T1/2 (yarim chiqarilish davri) – 3-4 soat.

 

 

Qo‘llanilishi

Ichki quloq labirinti shishi, vestibulyar va labirint buzilishlari: bosh aylanishi, quloqlarda shovqin va og‘riq, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, eshitishni pasayishi; vestibulyar nevrit, labirintit, xavfsiz pozision bosh aylanishlari (shu jumladan, neyroxirurgik operasiyalardan keyin), Mener kasalligi. Majmuaviy davolash tarkibida – vertebrobazillyar yetishmovchilik, posttravmatik ensefalopatiya, bosh miya qon tomirlarining aterosklerozida qo‘llaniladi.

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ovqatlanish vaqtida, chaynamasdan, oz miqdordagi suyuqlik bilan kuniga ½-1 tabletkadan ichga qabul qilinadi. Maksimal sutkalik dozasi – 48 mg ni tashkil etadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Dispepsiya (ko‘ngil aynishi, qusish), teri toshmasi, Kvinke shishi.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, feoxromasitoma, bronxial astma, zo‘rayish bosqichidagi me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, homiladorlik (I uch oylik) da qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Me‘da va 12-barmoq ichak yara kasalligi (anamnezida), homiladorlik (II-III uch oylik), bolalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.