Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Венокор РАСТВОР

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Венокор РАСТВОР ДЛЯ ИНЕКЦИИ 50мг/мг 5мл №5

38 000 so'mdan
(4785)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ЛЕКХИМ-ХАРЬКОВ
Chiqarilish shakli
Р-Р Д/ИН
Farma. Guruh
Нервная система
Dori tafsilotlari
Berish tartibi
Dori shakli
Tarkibi:
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

 
Dori shakli

in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 50 mg etilmetilgidroksipiridin suksinat;

yordamchi moddalar: natriy metabisulfit (Ye 223), in‘eksiya uchun suv.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Venokor erkin radikalli jarayonlar ingibitori, membranoprotektor hisoblanadi, antigipoksik, stress protektor, nootrop, tirishishga qarshi va anksiolitik ta‘sir ko‘rsatadi. Preparat organizmning turli shikastlovchi omillarning ta‘siriga, kislorodga bog‘liq patologik holatlar (shok, gipoksiya va ishemiya, bosh miya qon aylanishining buzilishi, alkogol va antipsixotik vositalar (neyroleptiklar) bilan zaharlanish)ga rezistentligini oshiradi.

Venokor bosh miyada metabolizm va qon aylanishini yaxshilaydi, mikrosirkulyasiya va qonning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi, trombositlar agregasiyasini kamaytiradi. Gemolizda qon hujayralari (eritrositlar va trombositlar) membrana strukturalarini barqarorlashtiradi. Gipolipidemik ta‘sir ko‘rsatadi, umumiy xolesterin va past zichlikdagi lipoproteidlar (PZLP) miqdorini kamaytiradi. O‘tkir pankreatitda fermentativ toksemiya va endogen intoksikasiyani kamaytiradi.

Preparatning ta‘sir mexanizmi uning antioksidant va membranaprotektor ta‘siri bilan bog‘liq. U lipidlarning peroksidli oksidlanishini ingibisiya qiladi, superoksiddismutazaning faolligini oshiradi, lipid-oqsil nisbatini oshiradi, membrana qovushqoqligini kamaytiradi, uning oquvchanligini oshiradi. Membrana bilan bog‘liq fermentlar (kalsiyga bog‘liq bo‘lmagan fosfodiesteraza, adenilatsiklaza, asetilxolinesteraza), reseptor komplekslar (benzodiazepinli, gamma-aminomoy kislotali (GAMK), asetilxolinli) faolligini modulyasiya qiladi, bu ularning ligandlar bilan bog‘lanish xususiyatini kuchaytiradi, biomembranalarning struktur-funksional tuzilishini saqlanishiga, neyromediatorlarning transporti va sinaptik o‘tkazilishini yaxshilanishiga yordam beradi. Venokor bosh miyada dofaminning miqdorini oshiradi. Aerob glikolizning kompensator faollashuvining kuchayishi va adenozintrifosfat (ATF) va kreatinfosfat miqdorini oshishi bilan sodir bo‘lgan gipoksiya sharoitida, Krebs siklida oksidlanish jarayonlari susayishi darajasining kamayishini, mitoxondriylarning energiya sintezlovchi funksiyasining faollashuvi, hujayralar membranalarining barqarorlashishini keltirib chiqaradi.

Venokor ishemiyaga uchragan miokardda metabolik jarayonlarni normallashtiradi, nekroz soxasini kamaytiradi, miokardning elektrik faolligi va qisqaruvchanligini tiklaydi va yaxshilaydi, shuningdek ishemiya soxasida koronar qon aylanishini oshiradi, o‘tkir koronar yetishmovchilikda reperfuzion sindromning oqibatlarini kamaytiradi. Nitropreparatlarning antianginal folligini oshiradi. Oqibati surunkali ishemiya va gipoksiya bo‘lgan avj olib boruvchi neyropatiyada Venokor rivojlanib boruvchi neyropatiyada ko‘z to‘r pardasi ganglioz hujayralari va ko‘rish nervi tolalarining saqlanishiga yordam beradi. Ko‘z to‘r pardasi va ko‘rish nervi funksional faolligini yaxshilaydi, ko‘rish o‘tkirligini oshiradi.

Farmakokinetikasi.

Mushak ichiga yuborilganda preparat qon plazmasida yuborilgandan keyin 4 soat davomida aniqlanadi. Maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti 0,45-0,5 soatni tashkil qiladi. 400-500 mg dozalarda maksimal konsentrasiyasi–3,5-4,0 mkg/ml. Venokor qon tomirlaridan a‘zo va to‘qimalarga tez o‘tadi va organizmdan tez chiqariladi. Preparat organizmdan, asosan glyukuron bilan kon‘yugasiyalangan shaklda va oz miqdorda o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi
  • Bosh miya qon aylanishini o‘tkir buzilishlari;
  • bosh suyagi miya jarohati, bosh suyagi miya jarohatlarining oqibatlari;
  • dissirkulyator ensefalopatiya;
  • neyrosirkulyator distoniya;
  • aterosklerotik genezli yengil kognitiv buzilishlar;
  • nevrotik va nevrozga o‘xshash holatlardagi xavotirli buzilishlar;
  • o‘tkir miokard infarkti (birinchi sutkadan boshlab), majmuaviy davolash tarkibida;
  • birlamchi ochiq burchakli glaukomaning turli bochqichlari, majmuaviy davolash tarkibida;
  • nevrozga o‘xshash va vegetativ-tomirli buzilishlari ustunlik qiluvchi alkogolizmda abstinent sindromini bartaraf qilish;
  • antipsixotik vositalar bilan o‘tkir zaharlanish;
  • qorin bo‘shlig‘idagi o‘tkir yiringli-yallig‘lanish jarayonlari (o‘tkir nekrotik pankreatit, peritonit), majmuaviy davolash tarkibida.
Qo‘llash usuli va dozalari

Venokor mushak ichiga yoki vena ichiga (oqim bilan yoki tomchilab) yuboriladi. Doza individual tanlanadi. Infuzion yuborish usulida preparatni natriy xloridning fiziologik eritmasida (200 ml) suyultirish kerak. Kattalarni davolash 50-100 mg dozada sutkada 1-3 martadan boshlanadi, doza terapevtik samaraga erishilguncha asta-sekin oshirib boriladi. Venokor oqim bilan asta-sekin 5-7 minut davomida, tomchilab – 1 minutda 40-60 tomchi tezlikda yuboriladi. Maksimal sutkalik doza 800 mg dan oshmasligi kerak.

Bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishlarida Venokor kattalarga majmuaviy davolashning dastlabki 2-4 kun davomida tomchilab 200-300 mg dan sutkada 1 marta, keyin mushak ichiga 100 mg dan sutkada 3 marta yuboriladi. Davolash muddati 10-14 kunni tashkil etadi.

Bosh suyagi miya jarohati va bosh suyagi miya jarohatining oqibatlarida Venokor 10-15 kun davomida 200-500 mg dan sutkada 2-4 marta vena ichiga tomchilab yuborish yo‘li bilan buyuriladi.

Dekompensasiya fazasidagi dissirkulyator ensefalopatiyada Venokorni vena ichiga oqim bilan yoki tomchilab 100 mg dozada sutkada 2-3 marta 14 kun davomida qo‘llash kerak. Keyin preparat mushak ichiga sutkada 100 mg dan 2 hafta davomida yuboriladi.

Dissirkulyator ensefalopatiyaning profilaktik kursi uchun preparat mushak ichiga sutkada 100 mg dan 10-14 kun davomida yuboriladi.

Keksa yoshli bemorlardagi yengil kognitiv buzilishlarda va xavotirli holatlarda preparat mushak ichiga sutkada 100-300 mg dan 14-30 kun davomida qo‘llaniladi.

O‘tkir miokard infarktida Venokor vena ichiga yoki mushak ichiga 14 sutka davomida nitratlar, beta-adrenoblokatorlar, angiotenzin-aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari, antikoagulyant va antiagregant vositalar, shuningdek ko‘rsatmalar bo‘yicha simptomatik davolashni o‘z ichiga oluvchi miokard infarktini tradision davolash fonida yuboriladi. Maksimal samaraga erishish uchun dastlabki 5 sutka davomida, Venokorni vena ichiga, keyingi 9 kun davomida mushak ichiga yuborgan ma‘qul. Venokor tomchili infuziya yo‘li bilan vena ichiga asta-sekin (nojo‘ya ta‘sirlaridan saqlanish uchun), 100-150 ml hajmdagi natriy xloridning 0,9% eritmasi yoki dekstroza(glyukoza)ning 5% li eritmasi bilan 30-90 minut davomida yuboriladi. Zarurati bo‘lganida Venokorni vena ichiga oqim bilan asta-sekin kamida 5 minut davomida yuborish mumkin.

Venokorni yuborish (vena ichiga yoki mushak ichiga) sutkada 3 marta, har 8 soatda amalga oshiriladi. Sutkalik terapevtik doza kuniga tana vaznining har bir kilogrammiga 6-9 mg, bir martalik doza – tana vazniga 2-3 mg/kg ni tashkil etadi. Maksimal sutkalik doza 800 mg, bir martalik doza 250 mg dan oshmasligi kerak.

Ochiq burchakli glaukomaning turli bosqichlarida Venokor komleks davolash tarkibida mushak ichiga 100-300 mg dan, sutkada 1-3 marta 14 kun davomida qo‘llanadi.

Alkogolni abstinent sindromida Venokor 100-200 mg dozada mushak ichiga, sutkada
1-2 marta 5-7 kun davomida yuboriladi.

Antipsixotik vositalar bilan o‘tkir zaharlanishda preparat vena ichiga 50-300 mg dozada 7-14 kun davomida yuboriladi.

Qorin bo‘shlig‘idagi o‘tkir yiringli-yallig‘lanish jarayonlari(o‘tkir nekrotik pankreatit, peritonit)da preparat dastlabki sutkalarda jarrohlikdan oldingi va keyingi davrda ham qo‘llanadi. Doza kasallikning turi va og‘irligi, jarayonning tarqalganligi, klinik kechishiga bog‘liq. Preparatni bekor qilish asta-sekin, faqat turg‘un ijobiy klinik-laborator samarasidan keyin amalga oshirilishi kerak.

O‘tkir shishli (interstisial) pankreatitda Venokor 100 mg dan sutkada 3 marta vena ichiga tomchilab (natriy xloridning izotonik eritmasi bilan) va mushak ichiga buyuriladi. O‘rtacha og‘irlik darajasi: kattalarga – 200 mg dan sutkada 3 marta vena ichiga tomchilab (natriy xloridning izotonik eritmasi bilan). Og‘ir kechishi: puls-dozada dastlabki sutkalarda 800 mg dan 2 marta yuborish; keyin – 300 mg dan sutkada 2 marta dozani asta-sekin kamaytirish bilan. O‘ta og‘ir kechishi: sutkada 800 mg dastlabki dozada pankreatik shok belgilari turg‘un bartaraf qilinguncha, xolat barqaror stabillashgandan keyin – 300-400 mg dan sutkada 2 marta vena ichiga tomchilab (natriy xloridning izotonik eritmasi bilan) sutkalik dozani asta-sekin kamaytirish bilan.

Bolalar. Bolalarda preparat qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha qat‘iy nazoratli qilinadigan klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan, shuning uchun Venokor bu guruh pasientlarda qo‘llanmaydi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kam hollarda – ko‘ngil aynashi, og‘iz shilliq qavatini qurishi, allergik reaksiyalar, uyquchanlik, uyquga ketish jarayonini buzilishi, xavotirlik hissi, emosional reaktivlik, distal gipergidroz, bosh og‘riqlari, koordinasiyani buzilishi, arterial bosimni oshishi, arterial bosimni pasayishi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘tkir jigar yoki buyrak yetishmovchiligi, preparatga yuqori sezuvchanlik, bolalar, homiladorlik, emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Venokor benzodiazepinli anksiolitiklar, tirishishga qarshi vositalar (karbamazepin), parkinsonizmga qarshi vositalar (levodopa) ta‘sirini kuchaytiradi. Etil spirtining toksik samarasini kamaytiradi.

Nomutanosiblik. Preparatni boshqa dori vositalari bilan aralashtirmaslik kerak. Faqat yo‘riqnomada ko‘rsatilgan erituvchilarni ishlatish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Alohida holllarda, ayniqsa moyilligi bo‘lgan pasientlarda, sulfitlarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bronxial astmali pasientlarda og‘ir o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari rivojlanishi mumkin.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi

Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha qat‘iy nazoratli klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan, shuning uchun Venokor bu davrda qo‘llanmaydi.

Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati

Reaksiya tezligi va diqqatni jamlash qobiliyatiga ta‘sir qilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar rivojlanishi ehtimolini hisobga olib, davolanish vaqtida avtotransportni boshqarishda yoki mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganda uyquchanlik kuzatilishi mumkin. Davolash – dezintoksikasion davolash.

 

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.