Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Вамелан КАПС

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Вамелан КАПС №30

41 000 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Вамелан КАПС №30
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
Comb.drug (Extrs. Valerianae, Menthae piperitae, Melissae)*
Ishlab chiqaruvchi
(World Medicine , Турция)
Chiqarilish shakli
капсулы
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Tarkibi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik hususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Tarkibi:

Preparatining 1 kapsulasi quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

Valeriananing quruq ekstrakti               125 mg;

Qalampir yalpizning quruq ekstrakti     25 mg;

Limono‘tning quruq ekstrakti                  25 mg.

yordamchi moddalar: soya lesitini, asalari mumi, kokos moyi, palma moyi, soya moyi.

kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, gliserin, titan dioksidi, xlorofillin mis kompleksi, sariq kvinolin, temir II-III oksidi.

Farmakoterapevtik guruhi:

 Nerv tizimini davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar. Uxlatuvchi va sedativ vositalar.

Farmakologik hususiyatlari

Vamelan – sedativ ta‘sirga ega bo‘lgan majmuaviy fitopreparat. Uning tarkibiga uchta komponent – dorivor o‘simliklar: valeriana, qalampir yalpiz va limono‘t ekstraktlari kiradi.

Valeriana ekstrakti sedativ xususiyatlarga ega, ruhiy toliqish va nevrasteniya uchun xos bo‘lgan zo‘riqish va ta‘sirchanlikni kamaytiradi. Uyqusizlikda me‘yoriy uyquni tiklaydi. Spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi.

Qalampir yalpiz ekstrakti me‘da-ichak yo‘llarining silliq mushaklariga spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi, shuningdek safro haydovchi va karminativ ta‘sirga ega, yengil uyqusizlikda samarali.

Limono‘t ekstrakti, tarkibida efir moylari mavjudligi tufayli, o‘zining yoqimli spesifik hidi va ta‘miga ega. Limono‘tning efir moylari og‘riqni va tirishishlarni bartaraf qiladi. Mana shu hususiyati tufayli limono‘t sanchiqlarda spazmolitik va og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida keng qo‘llanadi. Limono‘tning efir moylari shuningdek tinchlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, nevrasteniya bilan xastalangan bemorlarda ko‘pincha pasaygan ishtahani oshiradi.

 

 

Qo‘llanilishi

Tinchlantiruvchi vosita sifatida Vamelan quyidagi holatlarda buyuriladi:

  • kuchli nerv qo‘zg‘aluvchanligida;
  • nerv tizimini zo‘riqishida;
  • ta‘sirchanlikda;
  • xavotirlik, tushkunlik hissida;
  • uyquni buzilishlarida va uyqusizlikda qo‘llanadi.

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga va 12 yoshdagi va undan oshgan bolalarga odatda 1-2 kapsuladan sutkada 2-3 marta buyuriladi.

Uyqusizlikda preparatning dozasi 1-2 kapsulani tashkil etadi – uyqudan bir-ikki soat oldin qabul qilinadi.

 

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kam hollarda: allergik reaksiyalar, holsizlik.

Uzoq muddat qo‘llanganida qabziyat kuzatiladi.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.

 

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Bir vaqtda qo‘llanganida Vamelan markaziy nerv tizimining faoliyatiga susaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatuvchi preparatlarning ta‘sirini kuchaytiradi.

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Vamelan preparatini qo‘llash davomiyligi cheklanmagan. Preparat bekor qilinganida abstinensiya sindromi rivojlanmaydi.

Preparat uyquni buzilishi va nerv qo‘zg‘aluvchanligini yengil shakllarida qo‘llanadi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va emizish davrida preparatni faqat shifokorning ko‘rsatmasi va kuzatuvi ostida qo‘llash mumkin.

Avtomobilni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Davolanish vaqtida avtotransportni xaydash va diqqatni yukori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlar: bosh aylanishi, qorinda spastik og‘riq, ko‘krakda ezilishi, qorachiqlarni kengayishi bo‘lishi mumkin.

Davolash: me‘dani yuvish mumkin, zarurat bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.

 

 

Chiqarilish shakli

Vamelan preparati to‘q-yashil rangli yumshoq jelatin kapsulalar ko‘rinishida chiqariladi. 15 yumshoq jelatina kapsula blisterga joylangan. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

 

Saqlash sharoiti

15-250S haroratda saqlansin.

 

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.