Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Валтрекс ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Валтрекс ТАБЛЕТКА 500мг №42

285 000 so'mdan
(1691)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Valaciclovir
Ishlab chiqaruvchi
GLAXOSMITHKLINE
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Противовирусные препараты
Dori tafsilotlari
Tarkibi
Farmakologik xususiyatlari
Dori shakli
Klinikagacha bo‘lgan ma‘lumotlar
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Tarkibi

Plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 556 mg valasiklovir gidroxloridi (500 mg valasiklovirga ekvivalent)

yordamchi moddalar: 70 mg mikrokristallik sellyuloza, 28 mg krospovidon, 22 mg povidon K90, 4 mg magniy stearati, 2 mg suvsiz kolloid kremniy, tozalangan suv

qobiq tarkibi: taxminan 14 mg YS-1-18043 oq bo‘yovchi konsentrati (9,48 mg gidroksipropilmetilsellyuloza, 3,26 mg titan dioksidi, 1,12 mg polietilenglikol 400, 0,14 mg polisorbat 80), tozalangan suv

polirovkasi: taxminan 0,016 mg karnaub mumi.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ta‘sir mexanizmi

Valasiklovir, viruslarga qarshi preparat, asiklovirning L-valinli efiridir. Asiklovir purinnukleozidning (guaninning) analogidir.

Odam organizmida valasiklovir tez va deyarli to‘liq valasiklovirgidrolaza ta‘sirida asiklovir va valinga aylanadi.

Asiklovir in vitro oddiy gerpes virusining (OGV) 1 va 2 turiga, Varicella zoster virusiga (VZV), sitomegalovirusga (SMV), Epshteyn-Barra virusiga (EBV) va 6 tur odam gerpesi virusiga (OGV-6) nisbatan spesifik ingibirlovchi faollikka ega. Asiklovir fosforlanganidan va faol shakli trifosfat asiklovirga aylanganidan keyin darhol virus DNKsi sintezini ingibirlaydi.

Fosforlanishning birinchi bosqichi viruslarga nisbatan spesifik fermentlarning ishtirokida bo‘ladi. Oddiy gerpes, o‘rab oluvchi gerpes va Epshteyn-Barra viruslari uchun bunday ferment virus timidinkinazasi (TK) bo‘lib, u virus bilan shikastlangan xujayralarda bo‘ladi. Fosforlanishning qisman selektivligi sitomegalovirusda saqlanadi va fosfotransferaza UL97 geni mahsuloti orqali amalga oshiriladi. Spesifik virus fermenti bilan asiklovirni faollanishi yuqori darajada uning selektivligini belgilaydi.

Asiklovirning fosforlanish jarayoni (mono- va trifosfatga aylanishi) xujayra kinazalari bilan yakunlanadi. Asiklovir trifosfat virus DNK-polimerazani raqobatli ingibirlaydi va nukleozidning analogi bo‘lganligi tufayli virus DNK siga joylashadi, bu zanjirni to‘liq (obligat) uzilishiga, DNK sintezini to‘xtashiga va oqibatda virus replikasiyasini bloklanishiga olib keladi.

 

 

Farmakodinamik samaralari

Asiklovirga rezistentlik virus timidinkinazasining tanqisligi bilan bog‘liq, bu xujayra organizmida virusni haddan tashqari tarqalishiga olib keladi. Ba‘zida asiklovirga sezgirlikni pasayishi virus timidinkinazasi yoki DNK-polimeraza strukturasini buzilishi bo‘lgan virus shtammlarini paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Virusning bu turli turlarining virulentligi uning yovvoyi shtammlarining belgisini eslatadi.

Immuniteti saqlangan pasientlarda valasiklovirga pasaygan sezgirlikka ega bo‘lgan oddiy gerpes va o‘rab oluvchi gerpes viruslari juda kam uchraydi, lekin immunitetni og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlarda, masalan, xavfli o‘smalari yuzasidan kimyoterapiya olayotgan, suyak ko‘migi ko‘chirib o‘tkazilgan va OITV-infeksiyalanganlarda aniqlanishi mumkin.

 

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Ichga qabul qilinganidan so‘ng valasiklovir yaxshi so‘riladi, asiklovir va valinga tez va amalda to‘liq aylanadi. Bu jarayon odam jigaridan ajratib olingan ferment valasiklovirgidrolaza tomonidan katalizlanadi.

Valasiklovir 1000 mg dozada qabul qilinganida asiklovirning biokiraolishligi 54% ni tashkil qiladi va ovqat qabul qilishga bog‘liq emas. Valasiklovirning farmakokinetikasi dozaga proporsional emas.

So‘rilish darajasi va me‘yori doza oshirilishi bilan kamayadi, bu esa Smax  ni terapevtik doza diapazonidan ortiq subchiziqli oshib ketishiga va 500 mg dan yuqori dozalar qo‘llanilganda biokiraolishligini kamayishiga olib keladi.

Buyrak faoliyati normal bo‘lgan sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan valasiklovirni 250 dan 2000 mg gacha dozada bir marta qabul qilinganida asiklovirning kutilayotgan farmakokinetik ko‘rsatkichi quyidagicha bo‘ladi

 

Asiklovirning farmakokinetik ko‘rsatkichi 250 mg

(N=15)

500 mg

(N=15)

1000 mg (N=15) 2000 mg

(N=8)

Smax mkmol/l 9.78 1.71 15.0 4.23 23.1 8.53 36.9 6.36
mkg/ml 2.20 0.38 3.37 0.95 5.20 1.92 8.30 1.43
Tmax soatlar (s) 0.75 (0.75–1.5) 1.0 (0.75–2.5) 2.0 (0.75–3.0) 2.0 (1.5–3.0)
AUC s.mkmol/l 24.4 3.65 49.3 7.77 83.9 20.1 131 28.3
s.mkg/ml 5.50 0.82 11.1 1.75 18.9 4.51 29.5 6.36

 

Smax – eng yuqori konsentrasiya; Tmax –  eng yuqori konsentrasiyaga erishish vaqti; AUC –konsentrasiya-vaqt egri chizig‘i ostidagi vaqt. Smax va AUC kattaliklari o‘rta qiymat ± standart og‘ishni ifoda etadi. Tmax kattaliklari mediana va diapazonni bildiradi.

 

Plazmadagi valasiklovirning eng yuqori konsentrasiyalari asiklovirning konsentrasiyasini bor yo‘g‘i 4% ni tashkil qiladi va preparat qabul qilinganidan keyin o‘rtacha 30-100 minut o‘tgach erishiladi; 3 soatdan keyin Smax darajasi oldingicha qoladi yoki pasayadi. Valasiklovir va asiklovirning farmakokinetik profili bir martalik va takroriy dozalardan keyin bir xil bo‘ladi.

Valasiklovir va asiklovirning farmakokinetikasi oddiy gerpes va Varicella zoster viruslari bilan infeksiyalangan pasientlarda ahamiyatli darajada bir-biridan farq qilmaydi.

Taqsimlanishi

Valasiklovirning plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi juda past – 15%. Serebrospinal suyuqlikka (SSS) kirishi SSS dagi AUC/qon plazmasi AUC nisbati sifatida aniqlanadi, va asiklovir va 8-gidrosiklovir (8-OH-ACV) metaboliti uchun taxminan 25% ni va 9-(karboksimetoksi) metilguanin (CMMG) metaboliti uchun taxminan 2,5% ni tashkil etadi (Farmakokinetikasi: Metabolizm va pasientlarning alohida guruhlari bo‘limiga qarang).

Metabolizmi

Ichga qabul qilinganidan keyin valasiklovir ichak va/yoki jigardan birinchi o‘tishi natijasida asiklovir va L-valinga aylanadi. Ozgina miqdorda asiklovir metabolitlarga aylanadi: alkogol va aldegiddegidrogenaza yordamida 9-(karboksimetoksi) metilguaninga (CMMG) va aldegidoksidaza yordamida 8-gidroksiasiklovirga (8-OH-ACV) aylanadi. Preparatning qon plazmasidagi umumiy ekspozisiyasining taxminan 88% asiklovirga, 11% – CMMG ga va 1% – 8-OH-ACV ga taalluqlidir. Valasiklovir ham, asiklovir ham R450 sitoxromi fermentlari tomonidan metabolizmga uchramaydi.

Chiqarilishi

Buyrak faoliyati normal bo‘lgan pasientlarda asiklovirning T1/2 valasiklovir bir marta va ko‘p marta qo‘llanganidan keyin taxminan 3 soatni tashkil qiladi. Valasiklovirning olingan dozasini 1% dan kamrog‘i siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Valasiklovir siydik bilan asosan asiklovir ko‘rinishida (dozaning 80% dan ortig‘i) va uning 9-(karboksimetoksi) metilguanin metaboliti (CMMG) ko‘rinishida chiqariladi.

Pasientlarning alohida guruhlari

Buyrak yetishmovchiligi

Asiklovirni chiqarilishi buyrak faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, asiklovir ekspozisiyasi buyrak yetishmovchiligining og‘irlik darajasi oshib borishi bilan ko‘payib boradi. Buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi bo‘lgan pasientlarda asiklovirning T1/2 valasiklovir qabul qilinganidan keyin taxminan 14 soatni tashkil qiladi, buyrak faoliyati normal bo‘lgan holatda esa taxminan 3 soatni tashkil etadi (Qo‘llash usullari va dozalari bo‘limini qarang).

Asiklovir va uning metabolitlari, CMMG va 8-OH-ACV ning plazma va serebrospinal suyuqlikdagi (SSS) ekspozisiyasi muvozanatli holatda har 6 soatda 2000 mg dan valasiklovir dozalarini qabul qilgan va buyrak faoliyati normal bo‘lgan 6 nafar pasientda (kreatinin klirensining o‘rta qiymati minutiga 111 ml, diapazoni minutiga 91-144 ml) hamda har 12 soatda 1500 mg valasiklovir dozalarini qabul qilgan va o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan 3 nafar pasientda (kreatinin klirensining o‘rta qiymati minutiga 26 ml, diapazoni minutiga 17-31 ml) baholangan. Asiklovir, CMMG va 8-OH-ACV konsentrasiyasi, ham plazmada, ham SSS da, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda buyrak faoliyatlari normal bo‘lgan pasientlarga nisbatan mos ravishda o‘rtacha 2, 4 va 5-6 baravar yuqori bo‘lgan. Ana shu ikkita populyasiyalar o‘rtasida asiklovir, CMMG yoki 8-OH-ACV ning SSS ga kirib borish darajasida farq aniqlanmadi. (AUC SSJ/AUC qon plazmasi nisbatida aniqlanadi) (Farmakokinetika: Taqsimlanishi bo‘limini qarang).

Jigar yetishmovchiligi

Farmakokinetik ma‘lumotlar shuni ko‘rsatdiki, jigar yetishmovchiligi valasiklovirning asiklovirga aylanish tezligini pasaytiradi, biroq aylanish darajasini pasaytirmaydi. T1/2 asiklovir o‘rgarmasdan qoladi.

Homilador ayollar

Homiladorlikning kechki muddatlarida 1000 mg valasiklovir qabul qilinganidan keyin AUC ning barqaror sutkalik ko‘rsatkichi, sutkada 1200 mg doza asiklovir qabul qilingandagi shunday ko‘rsatkichga qaraganda taxminan 2 marta yuqori bo‘lgan.

Ko‘krak sutiga kirishi to‘g‘risidagi ma‘lumot Laktasiya bo‘limida keltirilgan.

OITV infeksiya

Valasiklovirni 1000 mg yoki 2000 mg dozada bir marta yoki ko‘p marta qabul qilinganidan keyin, sog‘lom shaxslarga qaraganda, OITV-infeksiyalangan pasientlarda valasiklovirni taqsimlanishi va farmakokinetik ko‘rsatkichlarini buzilmaydi.

A‘zolar transplantasiyasi

Valasiklovirni 2000 mg dozada sutkada 4 marta olayotgan a‘zo transplantantlarining resipientlarida, asiklovirning Cmax, preparatni shu dozada olayotgan sog‘lom ko‘ngillilarning shunday ko‘rsatkichiga teng yoki undan yuqori, AUC ning sutkalik ko‘rsatkichlari esa ularda ancha yuqori bo‘lgan.

Dori shakli

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Klinikagacha bo‘lgan ma‘lumotlar

Kanserogenez, mutagenez

In vitro va in vivo sharoitlarda mutagenlikni o‘rganish yuzasidan sinamalarning natijalari valasiklovir odamlar uchun genetik xavf ehtimolini kamligini namoyish etdi.

Valasiklovir sichqonlar va kalamushlarda o‘tkazilgan biologik sinamalarda kanserogen samarani namoyish etmagan.

Reproduktiv toksikologiya

Og‘ir orqali qabul qilinganida valasiklovir erkak va urg‘ochi kalamushlarda fertillikni buzilishlarini chaqirmagan.

Yuqori parenteral dozalar qabul qilinganida kalamushlar va itlarda moyakning atrofiyasi va aspermatogenez kuzatilgan

Valasiklovir kalamushlar va quyonlarda teratogen ta‘sir ko‘rsatmagan. Valasiklovir asiklovirgacha deyarli to‘liq metabolizmga uchraydi. Teratogenlikni o‘rganish yuzasidan umumiy qabul qilingan sinamalarda asiklovirni teri ostiga yuborish kalamushlarda va quyonlarda teratogen samaralar chaqirmagan. Kalamushlarda o‘tkazilgan qo‘shimcha tadqiqotlarda preparat plazmadagi asiklovirning konsentrasiyasini 100 mkg/ml gacha oshishini va ona organizmida toksik samaralar chaqiradigan dozalarda teri ostiga yuborilganida homilani rivojlanishida buzilishlar aniqlangan.

Qo‘llanilishi
  • O‘rab oluvchi gerpesni (o‘rab oluvchi temiratki) davolash. Valtreks og‘riqni yo‘qolishini tezlashtiradi, uning davomiyligini va Varicella zoster virusi chaqirgan og‘riqlari, shu jumladan o‘tkir va postgerpetik nevralgiyasi bo‘lgan bemorlar foizini kamaytiradi.
  • Oddiy gerpes virusi (OGV) chaqirgan teri va shilliq qavatlarning infeksiyalarini, shu jumladan birinchi marta aniqlangan va qaytalanuvchi genital gerpesni davolash.
  • Labial gerpesni davolash (lab isitmasi).
  • OGV chaqirgan teri va shilliq qavatlarning infeksiyalarini qaytalanishlarini, shu jumladan genital gerpesni oldini olish (supressiya).
  • Agar Valtreks xavfsiz seks bilan birga supressiv davolash sifatida qabul qilinsa, u sog‘lom sherikning genital gerpes bilan infeksiyalanishini pasaytirishi mumkin.
  • A‘zolar transplantasiyasida paydo bo‘ladigan sitomegalovirus (SMV) infeksiyasini oldini olish. Valtreks yordamida SMV profilaktikasi transplantantni o‘tkir ko‘chish reaksiyasi (buyrak transplantantlari bo‘lgan pasientlarda), opportunik infeksiyalar va boshqa gerpes virus infeksiyalarning (oddiy gerpes virusi (OGV), Varicella zoster virusi (V3V)) yaqqolligini susaytiradi.
Qo‘llash usuli va dozalari

Varicella zoster virusi tomonidan chaqirilgan infeksiyalarni davolash

Kattalar

O‘rab oluvchi gerpes (o‘rab oluvchi temiratki), shu jumladan oftalmik o‘rab oluvchi temiratki

Valasiklovir 1000 mg dozada sutkada 3 marta 7 kun davomida buyuriladi.

Bolalar (1 yoshdan 12 yoshgacha)

O‘rab oluvchi gerpes

O‘rab oluvchi gerpes bilan kasallangan bolalarda valasiklovirning xavfsizligi va samaradorligi baholanmagan.

Keksa yoshdagi pasientlar

Keksa yoshdagi pasientlarda buyrak yetishmovchiligini bo‘lish ehtimolini hisobga olish lozim va shunga qarab, dozani tegishli ravishda to‘g‘rilash lozim bo‘ladi. (bundan keyingi Buyrak yetishmovchiligi bo‘limini qarang). Adekvat suv balansini tutib turish kerak.

Buyrak yetishmovchiligi

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda valasiklovirni buyurilganda ehtiyotkorlikka amal qilish lozim. Adekvat suv-elektrolit balansini tutib turish kerak.

Buyrak faoliyati sezilarli darajada pasayib ketgan pasientlarda valasiklovirning dozasini 1 jadvalga muvofiq ravishda kamaytirish tavsiya etiladi.

Kreatinin klirensi < 50 ml/min/1,73 mbo‘lgan bolalarda valasiklovirni qo‘llash tajribasi yo‘q.

Davriy gemodializda bo‘lgan pasientlarda, valasiklovirni gemodializ seansidan so‘ng qabul qilish tavsiya etiladi.

 

1 jadval. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan katta pasientlar va o‘smirlar uchun valasiklovirning dozasini tanlab olish

Ko‘rsatmalar Kreatinin klirensi ml/min Valasiklovirning dozasi
O‘rab oluvchi gerpes (davolash) immuniteti saqlanib qolgan yoki past bo‘lgan katta  pasientlar kamida 50 1 g  sutkada 3 marta
30 – 49 1 g sutkada 2 marta
10 – 29 1 g sutkada 1 marta
10 dan kam 500 mg sutkada 1 marta
Oddiy (davolash)

– immuniteti saqlanib qolgan kattalar va o‘smirlar

kamida 30 500 mg sutkada 2 marta
30 dan kam 500 mg sutkada 1 marta
Labial gerpes (davolash)

immuniteti saqlanib qolgan kattalar va o‘smirlar

 

kamida 50

2 g 2 marta bir kun davomida
 

30 – 49

1 g ikki marta bir kun davomida
 

10 – 29

500 g ikki marta bir kun davomida
10 dan kam 500 mg bir marta
Oddiy gerpes oldini olish (supressiya)
– immuniteti saqlanib qolgan kattalar va o‘smirlar kamida 30 500 mg sutkada 1marta *
30 dan kam 250mg sutkada 1 marta
– immuniteti past bo‘lgan kattalar va o‘smirlar kamida 30 500mg sutkada 2 marta
30 dan kam 500mg sutkada 1 marta
Sitomegalovirus

(oldini olish)

Kattalar va o‘smirlar

kamida 75 2 g sutkada 4 marta
50 dan 75 gacha 1,5 g sutkada 4 marta
25 dan 50 gacha 1,5 g sutkada 3 marta
10 dan 25 gacha 1,5 g sutkada 2 marta
10 dan kam yoki dializ 1.5 g sutkada 1 marta

 

Jigar yetishmovchiligi

Valasiklovirning 1 g dozasi bilan o‘tkazilgan tadqiqotlar kuchsiz yoki o‘rtacha namoyon bo‘lgan jigar sirroz (jigarning sintetik faoliyati saqlangan) bo‘lgan pasientlarda jigar faoliyatini buzilishlarida valasiklovirning dozasini to‘g‘rilash talab qilinmasligini namoyish etgan. Og‘ir jigar sirrozi (jigarning sintetik faoliyatini buzilishi va portokaval anastomozi) bo‘lgan pasientlarda preparatning farmakokinetikasi tekshirilganida ham, dozalash tartibini to‘g‘rilash kerakligidan dalolat beruvchi ma‘lumotlar olinmagan; biroq valasiklovir preparatini qo‘llashni klinik tajribasi bu guruh pasientlarda cheklangan.

Oddiy gerpes virusi tomonidan chaqirilgan infeksiyalarni davolash

Immuniteti saqlangan kattalar va o‘smirlar (12 yosh va undan katta)

Valasiklovir 500 mg dozada sutkada 2 marta buyuriladi. Qaytalanishlar bo‘lgan hollarda davolash 3 yoki 5 kun davom etishi kerak. Og‘irroq birlamchi hollarda davolashni iloji boricha tezroq boshlash kerak, uning davomiyligi esa 5 dan 10 kungacha oshirilishi kerak. OGV ni qaytalanishlarida valasiklovirni prodromal davrida yoki kasallikning birinchi belgilari paydo bo‘lganidan keyin darhol buyurish ideal hisoblanadi. Agar valasiklavirni oddiy gerpesni qaytalanishining ilk simptomlari paydo bo‘lganda qo‘llansa, u ushbu shikastlanishlarni oldini olishi mumkin.

Labial gerpesni (uchuqni) davolash uchun muqobili sifatida valasiklovirni 2 g dozada 1 kun davomida buyurish samaralidir. Ikkinchi dozani birinchi doza qabul qilgandan keyin taxminan 12 soat o‘tgach qabul qilish kerak (lekin kamida 6 soat o‘tgach). Bunday davolash tartibida davolash davomiyligi 1 kundan oshmasligi kerak, chunki qo‘shimcha klinik afzalliklarni bermaydi. Davolashni uchuqning eng erta simptomlari (ya‘ni chimchilanish, qichishish, achishish) paydo bo‘lganida boshlash kerak.

Bolalar

OGV chaqirgan infeksiya bilan kasallangan bolalarda valasiklovirning samarasi baholanmagan.

Keksa yoshli shaxslar

Keksa yoshli pasientlarda buyrak yetishmovchiligi bo‘lishi ehtimolini hisobga olish lozim va doza mos ravishda to‘g‘rilanishi kerak bo‘ladi (Buyrak yetishmovchiligi bo‘limini qarang). Adekvat suv balansini tutib turish kerak.

Buyrak yetishmovchiligi

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda valasiklovirni belgilashda ehtiyot bo‘lish lozim.  Adekvat suv balansini tutib turish kerak.

Buyrak faoliyati sezilarli darajada pasayib ketgan pasientlarda valasiklovir dozasini 1 jadvalga mos ravishda kamaytirish tavsiya etiladi.

Kreatinin klirensi < 50 ml/min/1,73 mbo‘lgan bolalarda valasiklovirni qo‘llash tajribasi yo‘q.

Jigar yetishmovchiligi

Valasiklovirning 1 g dozasi bilan o‘tkazilgan tekshirishlar kuchsiz yoki o‘rtacha namoyon bo‘lgan jigar sirrozi bo‘lgan (jigarning sintetik faoliyati saqlangan) pasientlarda jigar faoliyatini buzilishlarida valasiklovirning dozasini to‘g‘rilash talab qilinmasligini ko‘rsatgan. Og‘ir jigar sirrozi (jigarning sintetik faoliyatini buzilishi va portokaval anastomoz) bo‘lgan pasientlarda farmakokinetikasi tekshirilganida ham dozalash tartibini to‘g‘rilash kerakligidan dalolat beruvchi ma‘lumotlar olinmagan; biroq valasiklovir preparatini qo‘llashni klinik tajribasi bu guruh pasientlarda cheklangan. Valasiklovirning yuqori dozalarini (sutkada 4 g va ko‘proq) qo‘llash haqidagi ma‘lumotlarni “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limidan qarash kerak.

OGV chaqirgan infeksiyalarning qaytalanishlarini oldini olish (supressiya)

Immuniteti saqlangan kattalar va o‘smirlar (12 yosh va undan katta)

Valasiklovir 500 mg dozada sutkada 1 marta buyuriladi.

Juda tez-tez (yilda 10 marta va ko‘proq) qaytalanishlarida qo‘shimcha samaraga valasiklovirni 500 mg sutkalik dozada ikki qabulga bo‘lingan holda (250 mg dan sutkada 2 marta) buyurish orqali erishish mumkin.

Immuntanqisligi bo‘lgan kattalar

Immuntanqisligi bo‘lgan kattalar uchun valasiklovirning tavsiya qilingan dozasi 500 mg sutkada 2 martani tashkil qiladi.

Bolalar

OGV chaqirgan supressiya infeksiyasi bilan kasallangan bolalarda valasiklovirning samarasi baholanmagan.

Keksa yoshli shaxslar

Keksa yoshli pasientlarda buyrak yetishmovchiligi bo‘lishi ehtimolini hisobga olish lozim va doza mos ravishda to‘g‘rilanishi kerak bo‘ladi (Buyrak yetishmovchiligi bo‘limini qarang). Adekvat suv balansini tutib turish kerak.

Buyrak yetishmovchiligi

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda valasiklovirni belgilashda ehtiyot bo‘lish lozim.  Adekvat suv balansini tutib turish kerak.

Buyrak faoliyati sezilarli darajada pasayib ketgan pasientlarda valasiklovir dozasini 1 jadvalga mos ravishda kamaytirish tavsiya etiladi.

Jigar yetishmovchiligi

Valasiklovirning 1 g dozasi bilan o‘tkazilgan tekshirishlar kuchsiz yoki o‘rtacha namoyon bo‘lgan jigar sirrozi bo‘lgan (jigarning sintetik faoliyati saqlangan) pasientlarda jigar faoliyatini buzilishlarida valasiklovirning dozasini to‘g‘rilash talab qilinmasligini ko‘rsatgan. Og‘ir jigar sirrozi (jigarning sintetik faoliyatini buzilishi va portokaval anastomoz) bo‘lgan pasientlarda farmakokinetikasi tekshirilganida ham dozalash tartibini to‘g‘rilash kerakligi haqida guvohlik beruvchi ma‘lumotlar olinmagan; biroq valasiklovir preparatini qo‘llashni klinik tajribasi bu guruh pasientlarda cheklangan.

Sog‘lom sherikni genital gerpesi bilan infeksiyalanishni oldini olish

Kattalar

Immuniteti saqlangan va yiliga 9 martagacha zo‘rayishi bo‘lgan geteroseksual kattalar valasiklovirni 500 mg dan sutkada 1 marta qabul qilishlari kerak.

Bemorlarning boshqa populyasiyalarida infeksiyalanishning oldini olish bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.

Keksa yoshli shaxslar

Keksa yoshli pasientlarda buyrak yetishmovchiligi bo‘lishi ehtimolini hisobga olish lozim va doza mos ravishda to‘g‘rilanishi kerak bo‘ladi (Buyrak yetishmovchiligi bo‘limini qarang). Adekvat suv balansini tutib turish kerak.

Buyrak yetishmovchiligi

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda valasiklovirni belgilashda ehtiyot bo‘lish lozim. Adekvat suv balansini tutib turish kerak.

Buyrak faoliyati sezilarli darajada pasayib ketgan pasientlarda valasiklovir dozasini 1 jadvalga mos ravishda kamaytirish tavsiya etiladi.

Jigar yetishmovchiligi

Valasiklovirning 1 g dozasi bilan o‘tkazilgan tekshirishlar kuchsiz yoki o‘rtacha namoyon bo‘lgan jigar sirrozi bo‘lgan (jigarning sintetik faoliyati saqlangan) pasientlarda jigar faoliyatini buzilishlarida valasiklovirning dozasini to‘g‘rilash talab qilinmasligini ko‘rsatgan. Og‘ir jigar sirrozi (jigarning sintetik faoliyatini buzilishi va portokaval anastomoz) bo‘lgan pasientlarda farmakokinetikasi tekshirilganida ham dozalash tartibini to‘g‘rilash kerakligi haqida guvohlik beruvchi ma‘lumotlar olinmagan; biroq valasiklovir preparatini qo‘llashni klinik tajribasi bu guruh pasientlarda cheklangan.

Sitomegalovirusli (SMV) infeksiyani yuqishi va kasallanishni oldini olish

Kattalar va o‘smirlar (12 yoshdan boshlab)

Valasiklovirni 2 g dozada sutkada 4 marta transplantasiya o‘tkazilganidan keyin iloji boricha ertaroq buyurish tavsiya qilinadi. Dozani kreatinin klirensiga qarab kamaytirish kerak (Buyrak yetishmovchiligi bo‘limiga qarang).

Davolash davomiyligi odatda 90 kunni tashkil qiladi, biroq infeksiya rivojlanishini yuqori xavfi bo‘lgan bemorlarda davolash kursi oshirilishi mumkin.

Bolalar

Sitomegalovirusli (SMV) infeksiya bilan  kasallanish va uni yuqtirishni oldini olish maqsadida bolalarda valasiklovirning xavfsizligi va samarasi baholanmagan.

 

Keksa yoshdagi shaxslar

Keksa yoshdagi pasientlarda buyrak yetishmovchiligi bo‘lishi ehtimolini hisobga olish lozim va doza mos ravishda to‘g‘rilanishi kerak bo‘ladi. (Buyrak yetishmovchiligi bo‘limini qarang). Adekvat suv balansini tutib turish kerak.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda valasiklovirni belgilashda ehtiyot bo‘lish lozim.  Adekvat suv balansini tutib turish kerak.

Buyrak faoliyati sezilarli darajada pasayib ketgan pasientlarda valasiklovir dozasini 1 jadvalga mos ravishda kamaytirish tavsiya etiladi.

Kreatinin klirensini tez-tez, ayniqsa buyrak faoliyati tez o‘zgargan paytda, masalan transplantasiyadan keyin yoki transplantatning bitib ketishidan keyin darhol aniqlash zarur bo‘ladi. Valasiklovir dozasi mos ravishda to‘g‘rilanishi lozim.

Jigar yetishmovchiligi

Valasiklovirning 1 g dozasi bilan o‘tkazilgan tekshirishlar kuchsiz yoki o‘rtacha namoyon bo‘lgan jigar sirrozi bo‘lgan (jigarning sintetik faoliyati saqlangan) pasientlarda jigar faoliyatini buzilishlarida valasiklovirning dozasini to‘g‘rilash talab qilinmasligini ko‘rsatgan. Og‘ir jigar sirrozi (jigarning sintetik faoliyatini buzilishi va portokaval anastomoz) bo‘lgan pasientlarda farmakokinetikasi tekshirilganida ham dozalash tartibini to‘g‘rilash kerakligi haqida guvohlik beruvchi ma‘lumotlar olinmagan; biroq valasiklovir preparatini qo‘llashni klinik tajribasi bu guruh pasientlarda cheklangan. Valasiklovirning yuqori dozalarini (sutkada 4 g va ko‘proq) qo‘llash haqidagi ma‘lumotlarni “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limidan qarash kerak.

Qo‘llash va muomala qilish

Qo‘llash bo‘yicha maxsus yo‘riqnoma yo‘q.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Paydo bo‘lishini tez-tezligining bo‘yicha nojo‘ya ta‘sirlari quyidagi kategoriyalarga bo‘lingan:

juda tez-tez               ≥ 10 dan 1

tez-tez                        ≥ 100 dan 1 va < 10 dan 1

tez-tez emas               ≥ 1000 dan 1 va < 100 dan 1

kam                              ≥ 10000 dan 1 va < 1000 dan 1

juda kam                     < 10000 dan 1

Nojo‘ya reaksiyalarining tez-tezligini kategoriyasini aniqlash uchun klinik sinovlarning ma‘lumotlari ishlatilgan, agarda tekshirishlarda valasiklovir bilan ularni aloqasi haqida dalillar bo‘lsa (ya‘ni Valtreks va plasebo qabul qilgan pasientlar orasida statistik ahamiyatli farq bo‘lsa). Boshqa nojo‘ya reaksiyalariga tez-tezligini belgilash uchun spontan post-marketing ma‘lumotlar ishlatilgan.

Klinik sinovlarning ma‘lumotlari

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez: bosh og‘rig‘i.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: ko‘ngil aynashi.

Post-marketing tekshirishlarning ma‘lumotlari

Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar

Juda kam: leykopeniya, trombositopeniya. Leykopeniya haqida asosan immun tanqisligi bo‘lgan pasientlarda xabar berilgan.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Juda kam: anafilaksiya.

Ruxiy buzilishlar va nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Kam: bosh aylanishi, ongni chalkashishi, gallyusinasiyalar, aqliy qobiliyatni pasayishi.

Juda kam: qo‘zg‘alish, tremor, ataksiya, dizartriya, psixotik simptomlar, tirishishlar, ensefalopatiya, koma.

Yuqorida ko‘rsatilgan reaksiyalar qaytuvchi va odatda buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda yoki boshqa moyillik holatlari fonida kuzatiladi. Ko‘chirib o‘tkazilgan a‘zosi bo‘lgan Valtreksning yuqori dozalarda (sutkada 8 g) olayotgan bemorlarda, sitomegalovirus infeksiyasini oldini olish uchun, kamroq dozalarni qabul qilganga qaraganda, nevrologik reaksiyalar ko‘proq rivojlanadi.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi a‘zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: dispnoe.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Kam: qorinda diskomfort hissi, qusish, diareya.

Jigar va o‘t yo‘llari tomonidan buzilishlar

Juda kam: jigarning funksional sinamalarini qaytuvchi buzilishlari, ular ba‘zida gepatitning ko‘rinishi kabi baholanadi.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: toshma, shu jumladan fotosezuvchanlik ko‘rinishlari.

Kam: qichishish.

Juda kam: eshakemi, angionevrotik shish.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Kam: buyraklar faoliyatini buzilishi.

Juda kam: o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, buyrak sanchig‘i.

Buyrak sanchig‘i buyraklar faoliyatini buzilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Boshqalar: Immunitetni og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlarda, ayniqsa OITSning kechki bosqichida, valasiklovirni uzoq muddat davomida yuqori dozalarda (sutkada 8 g har kuni) qabul qilayotgan, buyrak yetishmovchiligi, mikroangiopatik gemolitik anemiya va trombositemiya (ba‘zida birga) hollari kuzatilgan. Bunday nojo‘ya reaksiyalar shunday kasalliklari bo‘lgan, lekin valasiklovirni qabul qilmagan pasientlarda ham aniqlangan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Valasiklovirga, asiklovirga va preparatning tarkibiga kiruvchi har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

Asiklovir siydik bilan asosan o‘zgarmagan holda faol buyrak naychalari sekresiyasi yo‘li bilan chiqariladi. Shu mexanizmni bloklovchi bir vaqtda qabul qilinayotgan har qanday preparatlar, valasiklovir qabul qilinganidan keyin plazmadagi asiklovirning konsentrasiyasini oshirishi mumkin.

Valasiklovir 1 g dozada qabul qilinganidan keyin, buyrak naychalari sekresiyasini bloklovchi simetidin va probenesid, asiklovirning AUCni oshiradi va uning buyrak klirensini kamaytiradi. Biroq bunda valasiklovirning dozasini to‘g‘rilash talab qilinmaydi, chunki asiklovir keng terapevtik indeksga ega.

Labial gerpes (lab uchuqlari) ni davolash va SMV bilan kasallanish va uni yuqtirishning oldini olish

Valasiklovirni yuqoriroq dozalarda (kuniga 4 g va undan ko‘proq) va chiqarilish yo‘li uchun asiklovir bilan raqobatlashuvchi dori preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki plazmada bir yoki ikkala preparatning yoki ularning metabolitini darajasini oshishining potensial xavfi mavjud. Bu preparatlar bir vaqtda qo‘llanganida asiklovirning va transplantasiyada qo‘llanadigan immunosupressantning faol bo‘lmagan metaboliti mikofenolat mofetilning AUC ko‘rsatkchini oshishi aniqlangan. Shuningdek valasiklovirni yuqoriroq dozalarda (kuniga 4 g va undan ko‘proq dozalarda) buyrakning boshqa faoliyatini buzuvchi preparatlar bilan (masalan, siklosporin, takrolimus) birga qo‘llanganda xam ehtiyotkorlikka rioya qilish (buyrak faoliyatini o‘zgarishlarini kuzatish) kerak.

Nomutanosiblik

Ma‘lumotlar yo‘q.

Maxsus ko‘rsatmalar

Organizmning gidratasiyasini darajasi: Degidratasiya xavfi bo‘lgan pasientlarga, ayniqsa keksa yoshli pasientlarda suyuqlikning o‘rnini adekvat to‘ldirilishini ta‘minlash kerak.

Asiklovir buyrak orqali chiqariladi, shu bois buyrak faoliyati buzilgan pasientlarda valasiklovirning dozasini kamaytirish lozim (Qo‘llash usullari va dozalar bo‘limini qarang). Keksa yoshli pasientlarda buyrak faoliyati butunlay pasaygan bo‘lishi mumkin, shuning uchun ushbu guruhning pasientlarida dozani kamaytirish zaruriyati ko‘rib chiqilishi kerak. Buyrak faoliyati buzilgan va keksa yoshli pasientlarda nevrologik asoratlarni rivojlanish xavfi oshib ketadi, va ular sinchkov kuzatuv ostida bo‘lishlari lozim bo‘ladi. Qayd etilgan holatlarda yuqorida ko‘rsatilgan reaksiyalar ko‘pchilik holatlarda davolash to‘xtaganidan keyin qaytuvchan bo‘ladi. (Nojo‘ya ta‘sirlar bo‘limini qarang).

Labial gerpes (lab uchuqlari) ni davolash va SMV bilan kasallanish va uni yuqishni oldini olish

Jigar yetishmovchiligida va jigar transplantasiyasida valasiklovirning yuqoriroq dozalarini qo‘llanishi:

Jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarda valasiklovirni yuqori dozalarda qo‘llash (sutkada 4 g va ko‘proq) bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q, shuning uchun preparatni bu guruh pasientlarida yuqori dozalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Jigar ko‘chirib o‘tkazilgan pasientlarda valasiklovirning ta‘sirini o‘rganish bo‘yicha maxsus tekshirishlar o‘tkazilmagan; biroq oldini olish maqsadida asiklovirni yuqori dozalarda qo‘llash SMV bilan kasallanish va uni yuqtirish qaytarilishini pasaytirish ko‘rsatib berilgan.

Sog‘lom sherikni genital gerpesi bilan infeksiyalanishni oldini olishValasiklovir bilan supressiv terapiyani amalga oshirish genital gerpesning yuqish xavfini pasaytiradi, biroq gerpetik infeksiyani davolamaydi va virusning yuqish xavfini istisno qilmaydi. Valasiklovirli terapiyani xavfsiz seks qoidalariga rioya qilgan holda qo‘shib olib borish tavsiya etiladi.

Homiladorlik va laktasiya paytida qo‘llash

Fertillik

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra valasiklovir fertillikka ta‘sir qilmagan. Biroq asiklovir yuqori parenteral dozalarini qo‘llanilishi kalamush va itlarda testikulyar samara keltirib chiqargan (Klinikagacha bo‘lgan ma‘lumotlar).

Valasiklovirning fertillikka ta‘sir qilishini o‘rganish bo‘yicha klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan, biroq 20 nafar pasient tomonidan 400 mg dan 1 g li dozagacha bo‘lgan miqdorda har kungi qabul qilishning 6 oyidan keyin spermatozoidlar miqdori, morfologiyasi va harakatchanligida o‘zgarishlar sezilmagan.

Homiladorlik

Homiladorlik paytida valasiklovirni qo‘llash to‘g‘risidagi ma‘lumotlar cheklangan. Homiladorlik paytida valasiklovirni faqat, potensial foyda potensial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash kerak.

Valasiklovir yoki asiklovirning ixtiyoriy shaklini qabul qilgan mos ravishda 111 va 1246 ayollardagi homiladorlikning yakuniga yetishi to‘g‘risidagi qayd etilgan ma‘lumotlar (mos ravishda 29 va 756 ta homilador ayollar valasiklovir yoki asiklovirning ixtiyoriy shaklini homiladorlikning I trimestrida qabul qilishgan), asiklovir qabul qilgan ayollarning bolalarida umumiy populyasiyaga nisbatan tug‘ma defektlar sonining oshmaganligini ko‘rsatdi. Birorta ham tug‘ma defekt ularning yuzaga kelishining yagona sababini aniqlash uchun noyob yoki barqaror xarakterga ega bo‘lmagan. Kuzatilayotganlarning soni ko‘p bo‘lmaganligini hisobga olib, homilador ayollarda valasiklovirni qo‘llashning xavfsizligi to‘g‘risida haqqoniy va uzil-kesil xulosa chiqarish mumkin emas (shuningdek Farmakokinetikasi bo‘limini qarang).

Laktasiya

Valasiklovirning asosiy metaboliti asiklovir ko‘krak suti bilan chiqariladi. Valasiklovir ichga 500 mg dozada qabul qilinganidan keyin ko‘krak sutidagi asiklovirning Cmax 0,5-2,3 marta (o‘rtacha 1,4 marta) ona qoni plazmasidagi asiklovirning muvofiq konsentrasiyasidan yuqori bo‘lgan. Ko‘krak sutida bo‘lgan asiklovirning AUC ni ona plazmasidagi asiklovirning AUC ga nisbati 1,4 dan 2,6 gacha (o‘rtacha qiymati 2,2) o‘zgarib turadi. Ko‘krak sutidagi asiklovirning konsentrasiyasini o‘rtacha qiymati 2,24 mkg/ml (9,95 mkgM) ni tashkil qiladi. Ona valasiklovirni 500 mg dozada sutkada 2 marta qabul qilganida, bola uni ichga taxminan sutkada 0,61 mg/kg dozada asiklovir qabul qilganidek ta‘sirga duchor bo‘ladi. Asiklovirni ko‘krak sutidan yarim chiqarilish davri xuddi qon plazmasidagidek bo‘ladi.

Valasiklovir ona plazmasida, ko‘krak sutida yoki bolaning siydigida o‘zgarmagan holda aniqlanmaydi.

Valasiklovirni emizikli onalarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Biroq asiklovir vena  ichiga sutkasiga 30 mg/g dozalarda yuborish orqali  oddiy gerpes virusi chaqirgan infeksiyalarni chaqaloqlarda davolash uchun qo‘llaniladi.

Transport vositalarini boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri.

Pasientning avtomobilni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini baholashda uning klinik holatini va valasiklovir nojo‘ya ta‘sirining profilini hisobga olish lozim bo‘ladi. Bu masala bo‘yicha klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlari yo‘q bo‘lib, valasiklovir farmakologiyasi birota salbiy ta‘sirning mavjudligini kutish uchun asos bo‘la olmaydi.

Yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llanmasin. Bolalar ola olmaydigan joyda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari va belgilari

Valasiklovirning dozasi oshirib yuborilganida o‘tkir buyrak yetishmovchiligi va nevrologik simptomlar, shu jumladan ongni chalkashishi, gallyusinasiyalar, qo‘zg‘alish, ongni xiralashishi va koma holatlari to‘g‘risida xabar berilgan. Tasodifan dozani oshirib yuborishdan saqlanish uchun, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Dozani takroran oshirib yuborilishining ko‘pchilik hollari preparatni, doza tegishli ravishda to‘g‘rilanmagan buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda va keksa pasientlarda qo‘llanishi bilan bog‘liq bo‘lgan.

Davolash

Zaharli ta‘sirining belgilarini aniqlash uchun bemorlar sinchkov tibbiy kuzatuvda bo‘lishlari kerak. Gemodializ asiklovirni qondan chiqarilishini ancha kuchaytiradi va pasientlarda dozani oshirib yuborilishi simptomlarini davolashda tanlov usuli bo‘lib hisoblanishi mumkin.

Saqlash sharoiti

Preparat 30oS dan past haroratda saqlansin.