Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Валодип ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Валодип ТАБЛЕТКА 10мг/160мг №30

90 735 so'mdan
(3743)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
КРКА
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Ta‘rifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

 

Tarkibi:

Ta‘sir etuvchi moddalar:

1 tabletka 5 mg+80 mg: 5 mg amlodipin (amlodipin besilat) va 80 mg valsartan.

1 tabletka 5 mg+160 mg: 5 mg amlodipin (amlodipin besilat) va 160 mg valsartan.

1 tabletka 10 mg+160 mg: 10 mg amlodipin (amlodipin besilat) va 160 mg valsartan.

Yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, mannitol, magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi.

Plyonka qobiq: opadray II oq, temir II oksidi bo‘yovchisi Ye172.

 

Ta‘rifi:

5 mg+80 mg li tabletkalar: dumaloq, ikki yoqlama biroz qavariq, to‘q dog‘lari bo‘lishi mumkin bo‘lgan jigarrangroq-sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, faskali tabletkalar.

5 mg+160 mg li tabletkalar: oval, ikki yoqlama qavariq, to‘q dog‘lari bo‘lishi mumkin bo‘lgan jigarrangroq-sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

10 mg+160 mg li tabletkalar: oval, ikki yoqlama qavariq, jigarrangroq-sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

majmuaviy gipotenziv vosita (“sekin” kalsiy kanallarning blokatori + angiotenzin II reseptorlarining antagonisti).

Farmakologik xususiyatlari

Arterial bosimni (AB) nazorat qilish bo‘yicha bir birini to‘ldiruvchi mexanizmga ega ikki faol moddani saqlovchi majmuaviy gipotenziv preparat. Amlodipin, digidropiridinning hosilasi, “sekin” kalsiy kanallarining blokatorlari sinfiga, valsartan – angiotenzin II reseptorlarining antagonistlari sinfiga kiradi. Bu  komponentlarning majmuasi o‘zaro to‘ldiruvchi gipotenziv ta‘sirga ega, bu ular alohida qo‘llangandagi AB ga  nisbatan, AB ni yaqqolroq pasayishiga olib keladi.

Farmakodinamikasi

Amlodipin/Valsartan

Amlodipin va valsartan majmuasi additiv va terapevtik dozalar diapozonida AB ni dozaga bog‘liq pasaytiradi. Amlodipin/valsartan majmuasining bir dozasi qabul qilinganda gipotenziv samara 24 soat davomida saqlanadi.

Asoratlarsiz yumshoq va o‘rtacha arterial gipertenziyasi (o‘rtacha diastolik AB (DAB)
≥95 mm sim. ust. va <110 mm sim. ust.) bo‘lgan pasientlarda, amlodipin/valsartan majmuasining plaseboga nisbatan klinik samaradorligi isbotlangan.

DAB) ≥110 mm sim. ust. va <120 mm sim. ust. bo‘lgan arterial gipertenziyada “o‘tirgan” holatdagi AB ni pasayishi, angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitori va tiazid diuretik majmuasini qo‘llangandagi bilan bir hil bo‘lgan.

Gipotenziv samara uzoq muddat saqlanadi. Preparatni qabul qilishni birdan to‘xtatish, AB ni keskin oshishi bilan birga kechmaydi (“bekor qilish” sindromi yo‘q).

Terapevtik samara pasientining yoshiga, jinsiga va tana vazni indeksiga bog‘liq emas.

Amlodipin/valsartan bilan majmuaviy davolash o‘tkazilganda, ilgari amlodipin bilan davolash fonida ABni ilgari erishilgan nazorati va yaqqol periferik shishlari bo‘lgan pasientlarda periferik shishlarni kamroq rivojlanish ehtimoli bilan birga arterial bosimni qiyosiy nazoratiga erishiladi.

Amlodipin

Amlodipin – digidropiridin hosilasi, SKKB, antianginal va gipotenziv ta‘sir ko‘rsatadi. Kardiomiositlar va qon tomirlarining silliq mushak xujayralariga kalsiy ionlarinni membranalar orqali kirishini ingibisiya qiladi. Amlodipinning gipotenziv ta‘sir mexanizmi qon tomirlarining silliq mushaklariga bevosita bo‘shashtiruvchi ta‘siri bilan bog‘liq, bu periferik qon tomirlar qarshiligi (UPQTQ) va AB ni pasayishiga olib keladi.

Amlodipin terapevtik dozalarda arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda qon tomirlarini kengayishini chaqiradi, bu AB ni pasayishiga olib keladi (“yotgan” va “turgan” xolatlarda). Amlodipin davomli qo‘llangandagi AB ni pasayishi yurak qisqarishlari sonini (YUQS)  va qon plazmasida katexolaminlarning konsentrasiyasini jiddiy o‘zgarishlari bilan kechmaydi.

Qon plazmasidagi amlodipinning konsentrasiyasi yosh pasientlarda ham, keksa yoshli pasientlarda ham, klinik samaraga mos keladi.

Buyrak faoliyati normal bo‘lgan arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda amlodipin terapevtik dozalarda, buyrak qon tomirlarining qarshiligini kamayishiga va kalava filtrasiyasi tezligini oshishiga va filtrasion fraksiyani o‘zgarishisiz yoki proteinuriyasiz samarali buyrak qon oqimiga olib keladi.

Amlodipin, boshqa SKKB kabi, yurakning chap qorinchasi (CHQ) faoliyati normal bo‘lgan pasientlarda tinch holatda va jismoniy yuklamada (yoki rag‘batlantirishda) yurak faoliyatining gemodinamik ko‘rsatkichlarini o‘zgarishini: CHQ (dP / dt) bosimni oshishini maksimal tezligiga yoki yakuniy diastoik bosimga (CHQ YADB) yoki SQ yakuniy diastolik xajmga (CHQ YADX) axamiyatli ta‘sir qilmay, yurak indeksini ahamiyatsiz oshishini chaqiradi. Amlodipinni terapevtik dozalar doirasida qo‘llash, xatto beta-adrenoblokatorlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida ham, manfiy inotrop samara chaqiradi.

Amlodipin intakt xayvonlar va odamlarda sinoatrial tugun faoliyatini yoki atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni o‘zgartirmaydi. Arterial gipertenziyasi yoki stenokardiyasi bo‘lgan pasientlarda amlodipinni beta-adrenoblokatorlar bilan qo‘llash EKG da noxush o‘zgarishlar bilan birga kechmagan.

Stabil zo‘riqish stenokardiyasi, vazospastik stenokardiyasi va koronar arteriyalarning angiografik tasdiqlangan shikastlanishi bo‘lgan pasientlarda amlodipinning klinik samaradorligi isbotlangan.

Valsartan

Valsartan ichga qabul qilish uchun, oqsil tabiatga ega bo‘lmagan angiotenzin II reseptorlarning (AT1 tur) selektiv antagonisti xisoblanadi.

Angiotenzin II ning samaralariga javobgar bo‘lgan AT1 kichik tur reseptorilarni tanlab bloklaydi. Valsartan ta‘siri ostidagi AT1 reseptorlarning blokadasi oqibatida angiotenzin II ning konsentrasiyasini oshishi, bloklanmagan AT2 kichik tur reseptorlarini rag‘batlantirishi mumkin, ular AT1 reseptorlar rag‘batlantirilgandagi samaralarga qarshi ta‘sir qiladi. Valsartan AT1 reseptorlarga nisbatan agonistik faollikka ega emas, Valsartinning AT1 kichik tur reseptorlariga yaqinligi, AT2 kichik tur reseptorlariga nisbatan 20 000 marta yuqoridir.

Valsartan shuningdek kinaza II sifatida ma‘lum bo‘lgan AAF ni ingibisiya qilmaydi, u angiotenzin I ni angiotenzin II ga aylanishini oldini oladi va bradikininni parchalaydi. AAF ga ta‘siri yo‘qligi tufayli, bradikininning yoki R substansiyasining samaralari potensiyalanmaydi, shuning uchun angiotenzin II reseptorlarining antagonistlari qabul qilinganda quruq yo‘tal rivojlanishining ehtimoli kam. Valsartan bilan davolashda quruq yo‘tal rivojlanishining tez-tezligi, AAF ingibitorlarini qo‘llash bilan solishtirilganda sezilarli darajada pastligi isbotlangan. Valsartan yurak-qon tomir tizimining faoliyatini boshqarilishida ishtirok etuvchi boshqa gormonlarning reseptorlari yoki ionli kanallar bilan o‘zaro ta‘sirga kirishmaydi va bloklamaydi.

Arterial gipertenziyada valsartan YUQS ga ta‘sir qilmay, AB ni pasaytiradi.

Valsartanning bir martalik dozasi ichga qabul qilinganidan keyin gipotenziv samara 2 soat davomida rivojlanadi, AB ni maksimal pasayishiga esa, 4-6 soat davomida erishiladi.

Valsartanning gipotenziv samarasi u qabul qilinganidan keyin 24 soat davomida saqlanadi. Valsartan takroriy qabul qilinganda AB ni maksimal pasayishiga, dozadan qat‘iy nazar, 2-4 hafta o‘tgach erishiladi va uzoq muddatli davolash davomida erishilgan darajada tutib turiladi. Valsartanni qabul qilishni birdan to‘xtatish AB ni axamiyatli oshishi yoki boshqa noxush ko‘rinishlar (“bekor qilish” sindromi) bilan birga kechmaydi.

Farmakokinetikasi

To‘g‘ri proporsionallik

Amlodipin va valsartanning farmakokinetikasi to‘g‘ri proporsionallik bilan xarakterlanadi.

Amlodipin/Valsartan

Amlodipin/valsartan majmuasi ichga qabul qilingandan keyin qon plazmasidagi valsartan va amlodipinning maksimal konsentrasiyasi (Smax) ga muvofiq 3 soat va 6-8 soat o‘tgach erishiladi. So‘rilish tezligi va darajasi, ularning xar biri alohida qabul qilingandagi valsartan va amlodipinning biokiraolishligiga ekvivalentdir.

Amlodipin

So‘rilishi: ichga qabul qilingandan keyin amlodipin me‘da-ichak yo‘llaridan (MIY) sekin so‘riladi. Smax ga 6-12 soat o‘tgach erishiladi. Mutloq biokiraolishligi 64-80% ni tashkil qiladi. Biokiraolishi ovqat qabul qilishga bog‘liq emas.

Taqsimlanishi: taqsimlanish hajmi taxminan 21 l/kg ni tashkil qiladi. In vitro ma‘lumotlar bo‘yicha: qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 97,5% ni tashkil qiladi.

Biotransformasiyasi: amlodipin jigarda nofaol metabolitlarini hosil bo‘lishi bilan jadal (taxminan 90%) metabolizmga uchraydi.

Chiqarilishi: amlodipin qon plazmasidan yarim chiqrilishining (T1/2) 30 dan 50 soatgacha terminal davri bilan, ikki bosqichda chiqariladi. Qon plazmasidagi muvozanat konsentrasiyasiga ichga davomli qo‘llangandan keyin 7-8 kun davomida erishiladi. 10% o‘zgarmagan amlodipin va 60% amlodipin metabolitlari ko‘rinishida buyrak orqali chiqariladi.

Valsartan

So‘rilishi: valsartan ichga qabul qilingandan keyin Smax ga 24 soat o‘tgach erishiladi. O‘rtacha mutloq biokiraolishligi 23% ni tashkil qiladi. Valsartan ovqat bilan qabul qilinganda biokiraolishini (“konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon qiymati bo‘yicha (AUC)) taxminan 40% ga, Smax esa – taxminan 50% ga pasayishi aniqlanadi. Ichga qabul qilingandan keyin taxminan 8 soat o‘tgach, valsartanning plazmadagi konsentrasiyalari, ovqat bilan qabul qilgan pasientlar guruxida va och qoringa qabul qilgan guruxda tenglashadi. AUC ni kamayishi klinik ahamiyatli xisoblanmaydi, shuning uchun valsartanni ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin.

Taqsimlanishi: vena ichiga yuborilgandan keyin muvozanat holati davridagi valsartanning taqsimlanish hajmi taxminan 17 soatni tashkil qiladi, bu valsartanni to‘qimalarda ekstensiv taqsimlanmasligini ko‘rsatadi. Valsartan qon plazmasi oqsillari sezilarli darajada (94-97%) bilan, asosan zardob albumini bilan bog‘lanadi.

Biotransformasiyasi: valsartan yaqqol metabolizmga uchramaydi. Qabul qilingan dozaning faqatgina 20% qon plazmasida metabolitlari ko‘rinishida aniqlanadi. Gidroksilli metaboliti qon plazmasida past konsentrasiyalarda aniqlanadi (valsartan AUC 10% dan kamroq). Bu metabolit farmakologik faol emas.

Chiqarilishi: valsartan ikki fazada chiqariladi: 1 soatdan kamroq yarim chiqarilish (T1/2a) davri bilan ά-faza va T1/2β) – taxminan 9 soat bilan β-faza. Valsartan asosan o‘zgarmagan holda safro bilan ichak orqali (taxminan 83%) va buyrak orqali (taxminan 13%) chiqariladi. Vena ichiga yuborilgandan keyin, valsartanning plazma klirensi taxminan
2 l/soat ni tashkil qiladi va uning buyrak klirensi 0,62 l/soat ni tashkil qiladi (umumiy klirensdan taxminan 30%). Valsartanning T1/2 6 soatni tashkil qiladi.

Alohida guruh pasientlaridagi farmakokinetikasi

Bolalar (18 yoshgacha bo‘lgan)

Bu guruh pasientlarda preparatni qo‘llash bo‘yicha farmakokinetik ma‘lumotlar yo‘q.

Keksa yoshli (65 yoshdan oshgan) pasientlar

Yosh pasientlar va keksa yoshli pasientlarda qon plazmasida amlodipinning Smax (TSmax) ga erishish vaqti bir xil. Keksa yoshli pasientlarda amlodipinning klirensi pasayish moyilligiga ega, bu AUC va T1/2 ni oshishiga olib keladi.

Keksa yoshli pasientlarda valsartanning tizimli ta‘sirining o‘rtacha qiymati (AUC), yosh pasientlarga nisbatan 70% ga ortiq, shuning uchun dozani oshirishda ehtiyotkorlik talab etiladi.

Buyrak faoliyatini buzilishi

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda farmakokinetik parametrlar o‘zgarmaydi. Valsartanning buyrak klirensi qon plazmasidagi umumiy kliriensining bor-yo‘g‘i taxminan 30% ni tashkil qiladi, shuning uchun buyrak faoliyati va valsartanning tizimli ta‘siri (AUC qiymati bo‘yicha) orasida korrelyasiya aniqlanmagan.

Buyrak faoliyatini yengil va o‘rtacha darajada buzilishlari (kreatinin klirensi (KK) minutiga 30-50 ml) bo‘lgan pasientlarda boshlang‘ich dozani o‘zgartirish talab etilmayli.

Jigar faoliyatini buzilishi

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llash tajribasi cheklangan. Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar amlodipinning past klirensiga ega bo‘ladilar, bu AUC ni taxminan 40-60% olib keladi. O‘rtacha, jigar faoliyatini yengil (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 5-6 ball) va o‘rtacha (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 7-9 ball) buzilishi bo‘lgan pasientlarda, muvofiq yosh, jins va tana vazni bo‘lgan sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan valsartanning biokiraolish darajasi (AUC qiymati bo‘yicha) ikki marta yuqori bo‘ladi.

 

Qo‘llanilishi

Arterial gipertenziya (majmuaviy davolash ko‘rsatilgan pasientlarda).

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, oz miqdordagi suv bilan birga, ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar, sutkada 1 marta qabul qilinadi.

Tavsiya etiladigan sutkalik doza – Valodip preparatining 5/80 mg, 5/160 mg yoki 10/160 mg amlodipin/valsartan majmuasini saqlovchi 1 tabletkasini tashkil etadi.

Valodip preparatini qabul qilishni sutkada 1 marta 5/80 mg dozadan boshlash lozim. Dozani davolash boshlangandan keyin 1-2 hafta o‘tgach oshirish mumkin.

Maksimal sutkalik doza – 5/320 mg (valsartanga qayta hisoblaganda) yoki 10/160 mg (amlodipinga qayta hisoblaganda) yoki 10/320 mg.

Alohida guruh pasientlari:

Amlodipin

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar: dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar: ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Keksa yoshli pasientlar: dozani oshirishda ehtiyotkorlik talab etiladi.

Valsartan

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar: buyraklar faoliyatini buzilishi (KK ≥30 ml/min) bo‘lgan pasientlarda boshlang‘ich dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar: valsartanni og‘ir jigar yetishmovchiligi, biliar sirrozi va xolestazi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas. Yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi jigar yetishmovchiligida valsartanning maksimal sutkalik dozasi – 80 mg ni tashkil etadi. 5/160 mg, 10/160 mg va 10/320 mg dozadagi Valodip preparatini qo‘llash mumkin emas.

Keksa yoshli pasientlar: dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Jaxon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) nojo‘ya samaralar rivojlanishi tez-tezligining tasnifi:

juda tez-tez                          ≥1/10

tez-tez                                   ≥1/100 dan <1/10 gacha

tez-tez emas                          ≥1/1000 dan <1/100 gacha

kam  hollarda                        ≥1/10000 dan <1/1000 gacha

juda kam  hollarda               <1/10000 dan boshlab

tez-tezligi noma‘lum       mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida aniqlash mumkin emas

Valodip preparati

Infeksion va parazitar kasalliklar:

tez-tez: nazofaringit, gripp.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar:

Kam hollarda: o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan:

tez-tez: gipokaliemiya.

tez-tez emas: anoreksiya, giperkalsiemiya, giperlipidemiya, giperurikemiya, giponatriemiya.

Ruxiyatni buzilishi:

kam hollarda: xovotirlik.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:

tez-tez: bosh og‘rig‘i.

tez-tez emas: koordinasiyani buzilishi, bosh aylanishi, postural bosh aylanishi, parasteziya, uyquchanlik.

Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: ko‘rishni yomonlashishi.

kam hollarda: ko‘rishni buzilishi.

Eshitish a‘zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari:

tez-tez emas: vertigo.

kam hollarda: quloqlarni shang‘illashi.

Yurak tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: yurak urishini his qilish, taxikardiya.

kam hollarda: xushdan ketish.

Qon tomirlari tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: ortostatik gipotenziya.

kam hollarda: AB ni yaqqol pasayishi.

Nafas tizimi, ko‘krak fafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: yo‘tal, tomoq va xalqumda og‘riq.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: diareya, ko‘ngil aynishi, qorinda noqulaylik xissi, qorinning yuqori qismida og‘riq, qabziyat, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini quruqligi.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: eritema, teri toshmasi.

Kam hollarda: ekzantema, gipergidroz, terini qichishishi.

Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: artralgiya, belda og‘riq, bo‘g‘imlarni shishi.

Kam hollarda: mushak spazmlari, butun tanada og‘irlik xissi.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:

Kam hollarda: pollakiuriya, poliuriya.

Jinsiy a‘zolar va sut bezlari tomonidan buzilishlar:

Kam hollarda: erektil disfunksiya.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar:

tez-tez: asteniya, yuqori charchoqlik, yuzni shishi, yuz terisiga qonni “oqib klishi” xissi, shishlar, periferik shishlar, kekirish.

Qo‘shimcha ma‘lumotlar

Amlodipin/valsartan majmuasini olayotgan pasientlarda periferik shishlar, faqat amlodipin bilan davolangan (9%) pasientlardagiga qaraganda, kamroq (5,8%) uchragan.

Amlodipin

Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar:

juda kam hollarda: leykopeniya, ba‘zida purpura bilan kechuvchi trombositopeniya.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar:

juda kam hollarda: o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar:

juda kam hollarda: giperglikemiya.

Ruxiyatni  buzilishlari:

tez-tez emas: depressiya, uyqusizlik/uyquni buzilishi, kayfiyatni beqarorligi.

Kam hollarda: ongni chalkashishi.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:

tez-tez: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik.

tez-tez emas: ta‘mni buzilishi, paresteziya, xushdan ketish, tremor, gipesteziya.

juda kam: mushak gipertonusi, periferik neyropatiya, neyropatiya.

tez-tezligi noma‘lum: ekstrapiramid buzilishlar.

Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: ko‘rishni yomonlashishi, ko‘rishni buzilishi.

Eshitish a‘zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari:

tez-tez emas: quloqlarni shang‘illashi.

Yurak tomonidan buzilishlar:

tez-tez: yurak urishini xis qilish.

juda kam hollarda: aritmiyalar (shu jumladan bradikardiya, qorincha taxikardiyasi va bo‘lmachalar fibrillyasiyasi) va miokard infarkti.

Qon tomirlari tomonidan buzilishlar:

tez-tez: yuz terisiga qonni “oqib kelishi” xissi, AB ni yaqqol pasayishi.

juda kam hollarda: vaskulit.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: xansirash rinit.

juda kam hollarda: yo‘tal.

Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar:

tez-tez: ko‘ngil aynishi, qorinda noqulaylik xissi, qorinning yuqori qismida og‘riq.

tez-tez emas: axlatni o‘zgarishi, diareya, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi, dispepsiya, qusish.

Kam hollarda: gastrit, milklarning giperplaziyasi, pankreatit.

Jigar va safro chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:

juda kam hollarda: jigar fermentlari “faolligini” oshishi (ko‘pincha xolestaz ko‘rinishlari bilan), qon plazmasida bilirubin konsentrasiyasini oshishi, gepatit, jigar ichki xolestazi, sariqlik.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: alopesiya, ekzantema, eritema, fotosezuvchanlik reaksiyasi, terini qichishishi, gipergidroz, purpura, teri toshmasi, teri rangini o‘zgarishi.

juda kam hollarda: ko‘pshaklli eritema, eshakemi, eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi, angionevrotik shish.

Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar:

tez-tez: to‘piqlarni shishi.

tez-tez emas: artralgiya, belda og‘riq, mushak spazmlari, mialgiya.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: siyishni buzilishi, nikturiya, pollakiuriya.

Jinsiy a‘zolar va sut bezlari tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: erektil disfunksiya, ginekomastiya.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar:

tez-tez: kuchli toliqish, periferik shishlar.

tez-tez emas: asteniya, diskomfort, lohaslik, yurakda nokardiogen og‘riq, og‘riq.

Laborator va instrumental ma‘lumotlar:

Tez-tez emas: tana vaznini pasayishi/oshishi.

Valsartan

Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar:

tez-tezligi noma‘lum: gemoglobin va gematokritni pasayishi, leykopeniya, neytropeniya, ba‘zida purpura bilan kechuvchi trombositopeniya.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar:

juda kam hollarda: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi.

Eshitish a‘zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari:

tez-tez emas: vertigo.

Qon tomirlari tomonidan buzilishlar:

tez-tezligi noma‘lum: vaskulit.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: yo‘tal.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar:

tez-tez emas: qorinda noqulaylik hissi, qorinning yuqori qismida og‘riq.

Jigar va safro chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:

tez-tezligi noma‘lum: jigar fermentlari “faolligini” oshishi, qon plazmasida bilirubin konsentrasiyasini oshishi.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan:

tez-tezligi noma‘lum: terini qichishishi, teri toshmasi, angionevrotik shishi.

Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar:

tez-tezligi noma‘lum: mialgiya.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:

tez-tezligi noma‘lum: qon plazmasida kreatinin konsentrasiyasini oshishi, buyrak faoliyatini buzilishi, shu jumladan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar:

tez-tez emas: kuchli toliqish.

Laborator va instrumental ma‘lumotlar:

tez-tezligi noma‘lum: qon zardobida kaliy miqdorini oshishi.

Preparatning komponentlari xaqida qo‘shimcha ma‘lumotlar

Komponentlardan xar biri qo‘llanganda ilgari xabar berilgan noxush ko‘rinishlar, xatto agar ular klinik tadqiqotlarda kuzatilmagan bo‘lsada, Valodip preparati qo‘llanganda o‘rin tutishi mumkin.

Amlodipin

tez-tez: uyquchanlik, bosh aylanishi, yurak urishini xis qilish, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, to‘piqlarni shishi;

tez-tez emas: uyqusizlik, kayfiyatni o‘zgaruvchanligi (shu jumladan xavotirlik), depressiya, tremor, ta‘mni buzilishi, xushdan ketish, gipesteziya, ko‘rishni buzilishi (shu jumladan diplopiya), quloqlarni shang‘illashi, AB ni yaqqol pasayishi, hansirash, rinit, qusish, dispepsiya, alopesiya, purpura, teri rangini o‘zgarishi, gipergidroz, terini qichishishi, ekzantema, mialgiya, mushaklarni tirishishi, og‘riq, siyishni buzilishi, siyishni tezlashishi, impotensiya, ginekomastiya, ko‘krakda og‘riq, lohaslik, tana vaznini oshishi, tana vaznini kamayishi;

kam hollarda: ongni chalkashishi;

juda kam hollarda: leykopeniya, trombositopeniya, allergik reaksiyalar, giperglikemiya, mushak gipertonusi, periferik neyropatiya, miokard infarkti, aritmiyalar (shu jumladan bradikardiya, yurak qorinchasi taxikardiyasi va bo‘lmachalari fibrillyasiyasi), vaskulit, pankreatit, gastrit, milklarning giperplaziyasi, gepatit, sariqlik, “jigar” fermentlari faolligini oshishi (ko‘proq xolestaz oqibatida), angionevrotik shishi, ko‘p shakilli eritema, eshakemi, eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi, fotosezuvchanlik. Ekstrapiramid sindromning aloxida xollari ta‘riflangan.

Valsartan

tez-tezligi noma‘lum: gemoglobin va gematokritni pasayishi, neytropeniya, trombositopeniya, qon zardobida kaliy miqdorini oshishi, “jigar” fermentlari faolligini oshishi, qon plazmasida bilirubin konsentrasiyasini oshishi, buyrak faoliyatini buzilishi, shu jumladan buyrak yetishmovchiligi, angionevrotik shish, mialgiya, vaskulit, o‘ta yuqori sezuvchanlik, shu jumladan zardob kasalligi.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
  • Amlodipinga, digidropiridin qatorining boshqa hosilalariga, valsartanga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • Og‘ir jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 9 ball), biliar sirroz va xolestaz;
  • Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) minutiga 30 ml dan kam), gemodializda bo‘lgan pasientlarda qo‘llash;
  • Qandli diabeti yoki buyrak faoliyatini buzilishi (KK minutiga 60 ml), bo‘lgan pasientlarda aliksiren bilan bir vaqtda qo‘llash;
  • Homiladorlik va emizish davri;
  • Og‘ir arterial gipotenziya (sistolik AB 90 mm sim. ust past);
  • Shok (shu jumladan kardiogen shok);
  • Yurakning chap qorinchasi chiqaruv yo‘lining obstruksiyasi (shu jumladan gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya (GOKMP) va og‘ir darajali aortal stenoz;
  • O‘tkir miokard infarktidan keyingi gemodinamik beqaror yurak yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas;
  • Birlamchi giperaldosteronizm.

Buyrak transplantasiyasini o‘tkazgan pasientlarda, shuningdek bolalar va 10 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda Valodip preparatini qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan.

Ehtiyotkorlik bilan: jigar faoliyatini yengil (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 5-6 ball) va o‘rtacha (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 7-9 ball) og‘irlik darajasidagi buzilishi, shuningdek o‘t yo‘llarining obstruktiv kasalliklarida, buyraklar faoliyatini yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi (KK minutiga 30-50 ml) buzilishlari, buyrak arteriyalarining bir yoki ikki tomonlama stenozi yoki yagona buyrak arteriyasining stenozi, NYHA tasnifi bo‘yicha III-IV funksional sinf surunkali yurak yetishmovchiligi, giperkaliemiya, giponatriemiya, osh tuzini iste‘mol qilish cheklangan parxez, aylanayotgan qon hajmini (AQX) kamayishi (shu jumladan diareya, qusish), nasliy angionevrotik shishi yoki angiotenzin II reseptorlarining antagonistlari (AAF II) bilan avval o‘tkazilgan davolash fonidagi shishi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash ehtiyotkorlik bilan o‘tkazilishi kerak.

Shuningdek, boshqa vazodilatatorlar qo‘llanganida bo‘lgani kabi yengil va o‘rtacha darajadagi mitral va aortal stenozi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanganida o‘ziga xos ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Valodip preparati

Valodip (amlodipin/valsartan) preparati uchun dorilarning umumiy o‘zaro ta‘siri

Diqqatni talab etuvchi bir vaqtda qo‘llanadigan vositalar

Boshqa gipotenziv preparatlar (masalan, alfa-adrenoblokatorlar, diuretiklar) va gipotenziv ta‘sir ko‘rsatuvchi dori vositalari (masalan, trisiklik antidepressantlar, prostata bezini xavfsiz giperplaziyasini davolash uchun alfa-adrenoblokatorlar), gipotenziv samarani kuchaytirishi mumkin.

Amlodipin uchun dorilarning o‘zaro ta‘siri

Bir vaqtda qo‘llash noxush hisoblangan vositalar

Greypfrut yoki greypfrut sharbati: ayrim pasientlarda biokiraolishligini oshishi mumkinligini va gipotenziv ta‘sirini kuchayishini xisobga olib, bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Ehtiyotkorlikni talab etuvchi bir vaqtda qo‘llanadigan vositalar

CYP3A4 izofermenti ingibitorlari

CYP3A4 izofermentining kuchli yoki o‘rtacha ingibitorlari (proteaza ingibitorlari, verapamil yoki diltiazem bilan, azol guruhi zamburug‘larga qarshi dori vositalari, eritromisin yoki klaritromisin kabi makrolidlar bilan) bir vaqtda qo‘llash, amlodipinning tizimli ekspozisiyasini axamiyatli oshishiga olib kelishi mumkin. Keksa yoshli pasientlarda bu o‘zgarishlar klinik ahamiyatga ega, shuning uchun tibbiy kuzatuv va dozaga tuzatish kiritish zarur.

CYP3A4 izofermentining induktorlari (tirishishga qarshi preparatlar (masalan, karbamazepin, fenobarbital, fenitoin, fosfenitoin, primidon), rifampisin, teshik dalachoy saqlovchi o‘simlik preparatlari): ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki bir vaqtda qo‘llanganda qon plazmasida amlodipinning konsentrasiyasi pasayishi mumkin.

Simvastatin

Amlodipin 10 mg dozada va simvastatinni 80 mg dozada bir vaqtda takroran qo‘llash, simvastatin bilan monoterapiyadagi xuddi shunday holatga nisbatan, simvastatinning ekspozisiyasini 77% ga oshiradi. Amlodipin olayotgan pasientlarga simvastatinni sutkada 20 mg dan ko‘p bo‘lmagan dozasini qo‘llash tavsiya etiladi.

Dantrolen (vena ichiga yuborish): xayvonlardagi eksperimentlarda verapamil ichga qabul qilingandan va dantrolen vena ichiga yuborilgandan keyin o‘lim bilan yakunlanuvchi fibrillyasiya hollari va giperkaliemiya bilan assosiasiyalangan yurak-qon tomir yetishmovchiligi hollari kuzatilgan. Giperkaliemiya rivojlanishi xavfini xisobga olib, xavfli gipertermiya rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan pasientlarda “sekin” kalsiya kanallarining blokatorlarini, shu jumladan amlodipinni bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.

Diqqatni talab etuvchi bir vaqtda qo‘llanadigan vositalar

Boshqalar

Klinik tadqiqotlarda amlodipin tiazid diuretiklar, alfa-adrenoblokatorlar, beta-adrenoblokatorlar, AAF ingibitorlari, uzoq ta‘sir etuvchi nitratlar, til ostiga qo‘llash uchun nitrogliserin, digoksin, varfarin, atorvastatin, sildenafil, maaloks (alyuminiy- yoki magniy saqlovchi antasid preparatlar, semitikon), simetidin, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP), antibiotiklar va ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalar bilan ahamiyatli o‘zaro ta‘sirga kirishmaydi.

Valsartan uchun dorilarning o‘zaro ta‘siri

Bir vaqtda qo‘llash mumkin emas

Qandli diabeti va buyrak faoliyatini buzilishi (KK minutiga 60 ml dan kam) bo‘lgan pasientlarda, ARA II, shu jumladan valsartan yoki AAF ingibitorlarini aliksiren bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Bir vaqtda qo‘llash noxush hisoblangan vositalar

Litiy

Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki qon plazmasida litiyning konsentrasiyasini qaytuvchan oshishi va intoksikasiya rivojlanishi mumkin. Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash zarurati bo‘lganida, qon plazmasida litiyning konsentrasiyasini sinchiklab nazorat qilish kerak.

Kaliyni tejovchi diuretiklar, kaliy preparatlari,  kaliy saqlovchi ozuqa qo‘shimchalari va qon zardobida kaliy miqdorini oshirishi mumkin bo‘lgan boshqa dori vositalari va moddalar (masalan, geparin).

Kaliyning miqdoriga ta‘sir qiluvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash zarurati bo‘lganida, qon plazmasida kaliyning miqdorini nazorat qilish tavsiya etiladi.

Ehtiyotkorlikni talab qiluvchi bir vaqtda qo‘llanadigan vositalar

NYAQP, shu jumladan siklooksigenaza 2 (SOG-2) ning selektiv ingibitorlari va sutkada 3 g dan ortiq dozadagi asetilsalisil kislotasi va noselektiv NYAQP.

Bir vaqtda qo‘llanganda gipotenziv samarani susayishi, buyrak faoliyatini buzilishlarini rivojlanish xavfini oshishi va qon plazmasida kaliy miqdori oshishi mumkin. Davolashni boshida buyrak faoliyatini baxolash, shuningdek suv-elektrolit balansi buzilishlarini muvofiqlashtirish tavsiya etiladi.

Olib o‘tuvchi- oqsillarning ingibitorlari

In vitro tadqiqotlarning natijalari bo‘yicha valsartan OATR1V1 va MRP2 olib o‘tuvchi oqsillar uchun substrat xisoblanadi. Valsartanni OATR1V1 olib o‘tuvchi oqsillarning ingibitorlari (masalan, rifampisin, siklosporin) va MRP2 olib o‘tuvchi oqsillarning ingibitori (masalan, ritonavir) bilan bir vaqtda qo‘llash, valsartanning tizimli ekspozisiyasini (Smax va AUC) oshirishi mumkin. Buni bir vaqtda davolashni boshida va tugashida hisobga olish kerak.

Boshqalar: valsartan bilan monoterapiyada quyidagi dori vositalari: simetidin, varfarin, furosemid, digoksin, atenolol, indometasin, gidroxlortiazid, amlodipin va glibenklamid bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘sirlar aniqlanmagan:

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Giponatriemiyali va/yoki AQX kamayishi bo‘lgan pasientlar

Asoratlanmagan arterial gipertenziyasi bo‘lgan, amlodipin/valsartan majmuasi bilan davolanayotgan pasientlarda, 0,4% xollarda yaqqol arterial gipotenziya kuzatilgan.

RAAT faollashgan pasientlarda (masalan, diuretiklarning yuqori dozalarini olayotgan, degidratasiyasi va/yoki giponatriemiyasi bo‘lgan pasientlarda), angiotenzin II reseptorlarining antagonistlari qabul qilinganda, simptomatik arterial gipotenziya rivojlanishi mumkin. Davolashni boshlashdan oldin natriy miqdorini tiklash va/yoki, xususan, diuretiklarning dozasini kamaytirish yo‘li bilan AQX to‘ldirish yoki davolashni sinchkov tibbiy kuzatuv ostida boshlash tavsiya etiladi.

AB ni yaqqol pasayishi rivojlanganda: pasientning oyoqlarini ko‘tarib, gorizontal holatda yotqizish va, zarurati bo‘lganda 0,9% li natriy xloridi eritmasini vena ichiga infuziyasini o‘tkazish kerak. Valodip preparati bilan davolashni gemodinamik ko‘rsatgichlar barqarorlashgandan keyin davom ettirish mumkin.

Giperkaliemiya

Kaliyni tejovchi diuretiklar, kaliy preparatlari, kaliy saqlovchi biologik faol qo‘shimchalar yoki qon plazmasida kaliy miqdorini oshirish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa preparatlar (masalan, geparin) bilan bir vaqtda qo‘llanganda, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Qon plazmasida kaliy ionlari miqdorini muntazam nazorat qilish kerak.

Buyrak arteriyasining stenozi

Buyrak arteriyasining bir tomonlama yoki ikki tomonlama stenozi yoki yakka buyrak arteriyasining stenozi bo‘lgan pasientlarda, mochevina va kreatininning zardobdagi konsentrasiyalarini oshishi mumkinligini xisobga olib, Valodip preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Buyrak transplantasiyasidan keyingi xolat

Yaqinda buyrak transplantasiyasini o‘tkazgan pasientlarda amlodipin/valsartan majmuasini qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan.

Jigar faoliyatini buzilishi

Valsartan asosan safro bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Pasientlarda T1/2 uzayadi, AUC esa – oshadi. Jigar faoliyatini yongil (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 5-6 ball) yoki o‘rtacha (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 7-8 ball) buzilishi yoki o‘t yo‘llarining obstruktiv kasalliklari bo‘lgan pasientlarda Valodip preparatini qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Buyrak faoliyatini buzilishi

Buyrak faoliyatini yengil va o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan pasientlarda Valodip preparatining dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Buyrak faoliyatini o‘rtacha buzilishi bo‘lgan pasientlarda qon plazmasida kaliy miqdorini va kreatinin konsentrasiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi. Buyrak faoliyatini buzilishi (KK minutiga 60 ml dan kam) bo‘lgan pasientlarda, ARA II, shu jumladan valsartan, yoki AAF ingibitorlarini aliksiren bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Birlamchi giperaldosteronizm

Birlamsi giperaldosteronizmda RAAT shikastlanishini xisobga olib, bu pasientlarga angiotenzin II reseptorlarining antagonistlarini, shu jumladan valsartanni buyurish mumkimn emas.

Angionevrotik shish

Valodip preparati bilan davolash fonida angionevrotik shish (shu jumladan nafas yo‘llarining obstruksiyasini chaqiruvchi xalqum va tovush boylamlarining shishi va/yoki yuz, lablar, tomoq va/yoki tilning shishi) bo‘lgan pasientlar orasida, anamnezida angionevrotik shish, shu jumladan AAF ingibitorlariga ham, shishni rivojlanish hollari kuzatilgan. Angionevrotik shishi rivojlangan hollarda, preparatni darhol bekor qilish va takroran qo‘llash imkoniyatini istisno qilish kerak.

Yurak yetishmovchiligi/o‘tkazilgan miokard infarkti

Buyrak faoliyati RAAT faolligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan pasientlarda (masalan, og‘ir SYUE), AAF ingibitorlari va angiotenzin II reseptorlarining antagonistlari bilan davolash, oliguriya va/yoki azotemiyani o‘sishi, kam hollarda esa – o‘tkir buyrak yetishmovchiligi va/yoki o‘lim bilan yakunlanishi mumkin. Bunday yakunlanishlar valsartan qo‘llanganda ta‘riflangan. SBE yoki o‘tkazilgan miokard infarkti bo‘lgan pasientlarda, buyrak faoliyatini doimo baholash kerak.

NYHA tasnifi bo‘yicha noishemik etiologiyali III-IV funksional sinfi SYUE bo‘lgan pasientlarda, amlodipinni qo‘llash, plasebo bilan solishtirganda ikki guruxlar orasida SYUE yomonlashish tez-tezligini ishonchli farqi bo‘lmaganda, o‘pka shishini rivojlanish tez-tezligini oshishi bilan kechgan. “Sekin” kalsiy kanallarining blokatorlari, shu jumladan amlodipinni, SYUE bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki yurak-qon tomir asoratlarni rivojlanish va o‘lim xavfi oshishi mumkin.

Aortal klapanning yengil va o‘rtacha darajadagi va mitral klapan stenozi

Xar qanday vazodilatatorlar qo‘llanganda bo‘lgani kabi, mitral stenozi va yengil va o‘rtacha darajali aortal stenozi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Amlodipin/valsartan majmuasi faqat arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda o‘rganilgan.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlik

Homiladorlikda Valodipni qo‘llash mumkin emas.

Angiotenzin II antagonistlari reseptorlarining ta‘sir mexanizmini xisobga olib, preparat homiladorlikning I uch oyligida qo‘llanganda homila uchun xavfni inkor etish mumkin emas.

Renin-angiotenzin-aldosteron tizimiga (RAAT) bevosita ta‘sir qiluvchi xar qanday boshqa preparat kabi, Valodip preparatini xomiladorlik vaqtida, shuningdek homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarda qo‘llash mumkin emas. RAAT ga ta‘sir etuvchi vositalar qo‘llanganda, tug‘ruq yoshidagi ayollarni bu preparatlarni homiladorlik vaqtida homilaga salbiy ta‘sirining potensial xavfi borligi xaqida xabardor qilish kerak. Homiladorlik rejalashtirilganda xavfsizlik profilini xisobga olib pasientni muqobil gipotenziv davolashga o‘tkazish kerak. Homiladorlik aniqlangan hollarda, Valodip preparatini qabul qilishni to‘xtatish va, zarurati bo‘lganida, muqobil gipotenziv davolashga o‘tkazish kerak.

RAAT ga bevosita ta‘sir qiluvchi boshqa vositaldar kabi, Valodip preparatini xomiladorlikning II-III uch oyliklarida qo‘llash mumkin emas, chunki fetotoksik samaralar (buyrak faoliyatini buzilishi, homila bosh suyagini suyaklanishini sekinlashishi, oligogidroamnion) va neonatal toksik samaralar (buyrak yetishmovchiligi, arterial gipotenziya, giperkaliemiya) va xomilaning o‘limini chaqirishi mumkin. Agar preparat homiladorlikning II-III uch oyliklarida qo‘llangan bo‘lsa, homilaning buyraklarini va bosh suyaklarini ultratovush tekshiruvini o‘tkazish kerak. Onalari Valodip preparatini qo‘llagan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak, chunki yangi tug‘ilgan chaqaloqda arterial gipotenziya rivojlanishi mumkin.

Emizish davri

Emizish davrida Valodip preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi. Laktasiya davrida Valodip preparatini qo‘llash zarurati bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak.

Avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri:

Valodip preparati qo‘llanganda transport vositalarini va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa texnik moslamalarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bosh aylanishi, charchoqlik va ko‘ngil aynishi paydo bo‘lishi mumkin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: hozirgi vaqtda dozani oshirib yuborilishi hollari xaqida ma‘lumotlar yo‘q. Valsartanning dozasi oshirib yuborilganda ABni yaqqol pasayishi va bosh aylanishi rivojlanishini kutish mumkin. Amlodipinning dozasi oshirib yuborilganda reflektor taxikardiya va xaddan ziyod vazodilatasiya rivojlanish extimoli bilan arterial bosimni yaqqol pasayishiga olib kelishi mumkin (yaqqol va turg‘un arterial gipotenziya rivojlanishini xavfi, shu jumladan shok rivojlanishi va o‘lim bilan yakunlanishi mumkin).

Davolash: simptomatik, uning xarakteri preparat qabul qilingandan o‘tgan vaqtga, va simptomlarning og‘irlik darajasiga bog‘liq. Doza tasodifan oshirib yuborilganda qusishni chaqirish kerak (agar preparat yaqinda qabul qilingan bo‘lsa) yoki me‘dani yuvishni o‘tkazish kerak. Sog‘lom ko‘ngillilarda amlodipin qabul qilingan zaxoti yoki 2 soatdan keyin faollangan ko‘mirni qo‘llash, uni so‘rilishini sezilarli pasayishiga olib kelgan. Valodip preparatini qabul qilish fonidagi AB ni yaqqol pasayishida, pasientning oyoqlari ko‘tarilgan holda chalqancha “yotgan” holatga keltirish, yurak-qon tomir tizimining faoliyatini bir maromda tutib turish bo‘yicha choralarni, shu jumladan yurak va nafas tizimlari faoliyatini, AQX va chiqarilayotgan siydik xajmini muntazam nazoratini o‘tkazish yuzasidan, faol choralarni ko‘rish  kerak. Qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmaganida qon tomirlari tonusi va AB ni tiklash maqsadida, qon tomirlarni toraytiruvchi vositalarni (ehtiyotkorlik bilan) qo‘llash mumkin. Kalsiy kanallarining blokadasini bartaraf qilish uchun kalsiy glyukonati eritmasini vena ichiga yuborish mumkin.

Gemodializ o‘tkazilganda valsartan va amlodipinni chiqarilishi ehtimoli kam.

 

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 5 mg + 80 mg, 5 mg+ 160 mg, 10 mg+ 160 mg:

5 mg + 80 mg li tabletaklar:

10 yoki 14 tabletkadan blisterda:

– 10 tabletkali blister: 3, 6 yoki 9 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida;

– 14 tabletkali blister: 2 yoki 4 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida;

5 mg + 160 mg, 10 mg+ 160 mg li tabletaklar:

– 7 tabletkali blister: 4 yoki 8 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida;

– 10 tabletkali blister: 3, 6 yoki 9 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

 

Saqlash sharoiti

30oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

 

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.