Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ВАЛИДОЛ ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ВАЛИДОЛ ТАБЛЕТКА 0,06Г №10

1 073 so'mdan
(4838)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
MENTHOL IN METHYLISOVALERATE
Ishlab chiqaruvchi
ДЕНТАФИЛ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Ta‘rifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 kapsulalar 100 mg.

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: izovalerian kislotasining mentil efiridagi mentol eritmasi (validol) – 100 mg;

yordamchi moddalar: jelatin, gliserin, tozalangan suv, metilparagidroksibenzoat Ye-218, propilparagidroksibenzoat Ye-216.

 

Ta‘rifi:

 sharsimon shaklli, och-sariq rangli yumshoq jelatin kapsulalar.

Kapsula ichidagisi – tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish yoki sarg‘ish-yashil rangli, mentol hidli moysimon suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

boshqa uxlatuvchi va sedativ vositalar.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Sedativ ta‘sir ko‘rsatadi, sezgir nerv oxirlarini ta‘sirlanishi bilan bog‘liq o‘rtacha reflektor qon tomirlarni kengaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Sublingval qo‘llanilganda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidan so‘riladi. So‘rilgandan keyin jigarda biotransformasiyaga uchraydi va glyukuronidlar ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi.

 

 

Qo‘llanilishi

Nevrasteniya va funksional kardialgiyani majmuaviy davolashda qo‘llanadi. Ushbu ko‘rsatmalar bo‘yicha buyurish faqat uzoq vaqt qo‘llashdagi tajribaga asoslangan.

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat til ostiga qo‘llanadi. Kapsulani to‘liq erib ketgunigacha og‘izda ushlab turish kerak. Bir kapsuladan kuniga 2-3 marta qo‘llanadi. Validolni sutkalik qo‘llash soni va qabul qilish davomiyligi davolashning samaradorligiga bog‘liq. Preparatni qabul qilgandan keyin 5-10 minut davomida terapevtik samara kuzatilmasa yoki yaqqolligi yetishmaganda boshqa davolashni burish uchun shifokorga murojaat etish kerak.

 

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar, ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, ko‘z yoshi oqishi, bosh aylanishi kuzatilishi mumkin.

Mentolga kontakt allergiya og‘iz bo‘shlig‘ida achishish va yara paydo bo‘lishi, lixenoid toshma paydo bo‘lishi bilan kechadi. Mentolga allergik reaksiyalar bosh og‘rig‘i, bradikardiya, mushak tremori, ataksiya, anafilaktik shok, terida eritematoz toshma bilan kechishi mumkin. Tez-tezligi noma‘lum.

Nojo‘ya reaksiyalar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lgan hollarda dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat etish kerak.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • yaqqol arterial gipotenziya;
  • o‘tkir miokard infarkti;
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • anamnezida tutqanoq yoki tirishish sindromi (shu jumladan febril tirishishlar) bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: me‘da-qizilo‘ngach reflyusi, diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churrasi, me‘da-ichak yo‘llarining yallig‘lanishli va yarali kasalliklari, bronxial astma, bronxospazm va laringospazmga moyillikda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

 

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

O‘zaro ta‘sirini baholash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Boshqa dori vositalarini bir vaqtda qabul qilgan hollarda shifokor bilan maslahatlashish kerak.

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Kutilgan samaraga erishishni tezlashtirish uchun validol kapsulasini chaynash mumkin. Agar dori vositasini qabul qilish vaqtida simptomlar saqlansa yoki bemorning holatini yomonlashishi kuzatilsa, shifokorga murojaat etish kerak.

Agar dori vositasini qabul qilgandan keyin yurak sohasidagi og‘riq o‘tib ketmasa, o‘tkir koronar sindromni inkor etish kerak. Qo‘lga, qorinning yuqori qismi, bo‘yinga irradiasiya qiluvchi yurak sohasida og‘riq paydo bo‘lganda yoki nafas yetishmovchiligi (masalan hansirash) rivojlanganda shoshilinch tibbiy yordam zarur.

Tarkibida metilparagidroksibenzoat va propilparagidroksibenzoat mavjudligi tufayli, allergik reaksiyalar, shu jumladan sekinlashgan tipdagi reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Yetarli ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli homiladorlik va emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Bolalarda qo‘llanishi

Yetarli ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Preparatni qabul qilganda diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab etuvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanganda (transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher, operatorlik ishi) ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganda bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, diareya, rektal yaralarni paydo bo‘lishi, me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar, arterial bosimni pasayishi, nafas buzilishlari, yurak ritmini buzilishlari, ataksiya, qo‘zg‘alish, tutqanoq xurujlari, hushdan ketish va markaziy nerv tizimi tomonidan boshqa buzilishlar kuzatilishi mumkin.

Doza oshirib yuborilgan holatda preparatni bekor qilish kerak. Davolash simptomatik.

 

 

Chiqarilish shakli

Yumshoq jelatin kapsulalar, 10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda, 2 yoki 3 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan qutida.

 

 

Saqlash sharoiti

Namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15°S dan 25°S gacha haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz beriladi.