Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Ваксигрип тетра

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Ваксигрип тетра ШПРИЦ 1 доза 0.5мл №1

97 230 so'mdan
(4421)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
САНОФИ
Chiqarilish shakli
ШПРИЦ
Farma. Guruh
Вакцина для профилактики гриппа
Dori tafsilotlari
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Qo‘llanilishi
Tarkibi:
Ta‘rifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Dori shakli:
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli

0,5 ml (1 doza) dan vaksinalar ignali yoki ignasiz, porshenli neytral shisha shprislarda, shprisning oxiri himoya qiluvchi rezina qalpoqchasi yoki igna tiqini bilan berkitilgan.

1 shprisdan polimer plyonkali kontur uchsiz o‘ramga joylangan.

1 kontur o‘ramdan davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

5 shprisdan polimer plyonka kontur uchsiz o‘ramga joylangan.

2 yoki 4 kontur o‘ramdan davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, sovutgichda (2oS dan 8oS gacha) haroratda saqlansin.

Muzlatilmasin.

 

 

Yaroqlilik muddati

12 oy.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakokinetikasi

Vaksinalar uchun farmakokinetik xususiyatlarni baholash talab etilmaydi.

Farmakodinamikasi

Vaksigrip ham yuza, ham ichki antigenlarni saqlovchi parchalangan (split-) vaksinalar sinfiga mansub.

Seroproteksiyaga erishish uchun odatda 2-3 hafta talab etiladi. Gomologik yoki bir-biriga yaqin, vaksinalarni tayyorlashda ishlatiladigan virus shtammlariga immunitetni saqlanib turish davomiyligi o‘zgarib turadi, lekin odatda 6-12 oyni tashkil etadi.

 

 

Qo‘llanilishi

– kattalar va 6 oylikdan katta bolalarda grippni oldini olishda qo‘llaniladi.

Tarkibi:

bir doza (0,5 ml suspenziya) quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: tovuq embrionlarida kultivasiya qilingan, faolsizlantirilgan, parchalangan gripp viruslari quyidagilarga ekvivalent shtammlarda taqdim qilingan:

A (H1N1) * ………… 15 mkg gemagglyutinin;

A (H3N2) * ………… 15 mkg gemagglyutinin;

V * ……………………. 15 mkg gemagglyutinin.

yordamchi komponentlar: natriy xloridi, kaliy xloridi, natriy gidrofosfat digidrati, kaliy digidrofosfati, 0,5 ml gacha in‘eksiya uchun suv saqlovchi bufer eritmasi.

Ushbu vaksina JSST Shimoliy yarim shar uchun tavsiyalariga va 2017-2018 y. mavsumi gripp vaksinalarining tarkibi bo‘yicha YeI qaroriga muvofiqdir.

 

Ta‘rifi:

biroz oqish, kuchsiz tovlanuvchi suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi:

Grippga qarshi vaksinalar. Gripp virusi – faolsizlantirilgan. split-vaksina (parchalangan) yoki yuza joylashgan antigenlar

Dori shakli:

mushak ichiga va teri ostiga yuborish uchun suspenziya 0,5 ml li bir dozani saqlovchi shprisda.

Qo‘llash usuli va dozalari

Vaksina mushak ichiga va teri ostiga chuqur yuboriladi.

Vena ichiga yuborilmasin!

Qo‘llashdan oldin vaksinani xona haroratida tutib turish va chayqatish kerak.

Suspenziyada yot zarrachalar bo‘lgan hollarda preparatni qo‘llash mumkin emas.

6 oylikdan 35 oylikkacha bo‘lgan bolalar uchun 0,25 ml bir martalik doza buyuriladi.

36 oylikdan oshgan bolalar va kattalar uchun – 0,5 ml buyuriladi.

Grippga qarshi birinchi marta vaksinasiya qilinayotgan bolalarga vaksinani 4 haftalik interval bilan ikki marta yuborish ko‘rsatilgan.

0,25 ml yuborish tayinlangan bolalarni immunizasiyasi uchun 0,5 ml vaksina saqlovchi shpris ishlatilganda, porshenni maxsus riskagacha bosib, shprisning ichidagi moddani yarmini chiqarib tashlash lozim. Pasientga vaksinaning qolgan qismini yuborish kerak.

Vaksinasiyani mamlakatda qabul qilingan tavsiyalarni hisobga olib o‘tkaziladi.

Vaksinani yuborish texnikasi

Vaksina mushak ichiga yuboriladi, tavsiya etilgan yuborish joyi – 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun sonning old-lateral yuzasining o‘rta qismi, 1 yoshdan oshgan bolalar va kattalar uchun yelkaning deltasimon mushagi hisoblanadi.

Vaksina qoldiqlari va barcha chiqindilar mahalliy talablarga muvofiq utilizasiya qilinishi lozim.

 

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya ta‘sirlarni aniqlash quyidagi mezonlarga muvofiq o‘tkaziladi: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez(≥1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan < 1/100 gacha), kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha), juda kam hollarda (< 1/10000).

Tez-tez

  • isitma, lohaslik, bosh og‘rig‘i, et uvishishi, kuchli terlash, toliqish;
  • qizarish, shish, og‘riq, ekximoz, in‘eksiya joyida zichlashish;
  • mialgiya, artralgiya.

Ushbu reaksiyalar odatda 1-2 kun davomida o‘tib ketadi va maxsus davolashni talab qilmaydi.

Juda kam hollarda

  • o‘tkinchi trombositopeniya va limfadenopatiya,
  • allergik reaksiyalar: yoyilgan teri reaksiyalari, shu jumladan qichishish, eshakemi yoki nospesifik toshma, anafilaktik shok, angionevrotik shish;
  • nevralgiya, paresteziya, febril tirishishlar, ensefalomielit, nevrit va Giyen-Barre sindromi kabi nevrologik buzilishlar;
  • buyrak faoliyatini tranzitor buzilish bilan bilan kechuvchi vaskulit.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Vaksinaning faol komponentlariga, yordamchi moddalaridan birontasiga, shuningdek tuxum komponentlaridagi qoldiq miqdorlarida bo‘lgan moddalarga (ovalbuminga, tovuq oqsiliga), neomisinga, formaldegidga, oktoksinol-9 ga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

O‘tkir infeksion kasallikda yoki surunkali kasallikni zo‘rayishi hollarida vaksinasiyani kechiktirish kerak.

6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

 

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Vaksigrip boshqa vaksinalar bilan bir vaqtda qo‘llanishi mumkin. Bunda preparatlar har xil shprislarni ishlatish bilan tananing har xil sohalariga yuborilishi kerak. Immunosupressiv davolanayotgan pasientlarda immun javob pasaygan bo‘lishi mumkin.

Vaksinasiyadan keyin OITV-1, S gepatiti virusiga va ayniqsa odam T-limfotrop 1 tur virusiga antitelalarni immunoferment (IFA) usuli yordamida aniqlashda soxta musbat natijalar aniqlangan. IFA soxta musbat natijalarini aniqlash uchun vestern-blotting ishlatiladi. Qisqa muddatli soxta musbat natijalar vaksinaga bo‘lgan IgM-bilan bog‘liq reaksiya tufayli yuz berishi mumkin.

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

In‘eksiya qilinadigan boshqa vaksinalarni ishlatilganda bo‘lgani kabi, preparat yuborilganidan keyin anafilaktik shok rivojlangan hollarda tegishli dorilarni bo‘lishi va yaxshi tibbiy kuzatuv talab etiladi.

Vena ichiga yuborilmasin!

Endogen yoki yatrogen immunosupressiyasi bo‘lgan shaxslarda emlashdan keyin gumoral immun javob yetarli bo‘lmasligi mumkin.

Avvalgi epidemik mavsum vaqtida amalga oshirilgan grippga qarshi vaksinasiya, kelgusi mavsumda ishonchli himoyani ta‘minlay olmaydi, chunki har bir epidemik mavsum uchun o‘zining gripp virusining eng tarqalgan shtammlari xarakterlidir.

Homiladorlik va laktasiya davri

Grippga qarshi faolsizlantirilgan vaksina homiladorlarda homiladorlikning har bir bosqichida qo‘llanilishi mumkin. Biroq xavfsizlik yuzasidan eng keng ko‘lamli ma‘lumotlar 2 va 3 oyliklar uchun keltirilgan. Vaksinani homiladorlarda ishlatilishi to‘g‘risida mavjud ma‘lumotlar, vaksinasiyani homilaga va ayol organizmiga salbiy ta‘siri bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmaydi. Vaksina emizish davrida ishlatilishi mumkin.

Dori vositasini transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirining o‘ziga xos xususiyatlari

Ushbu vaksinani ishlatish avtomobilni yoki boshqa texnikani boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Tavsiya qilingan dozalarga amal qilinganda dozani oshirib yuborilish hollari kuzatilmagan.