Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Уро-Ваксом КАПСУЛА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Уро-Ваксом КАПСУЛА 6мг №90

653 600 so'mdan
(3067)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
АСТЕЛЛАС
Chiqarilish shakli
КАПС
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar 
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Immunodepressiv preparatlar Uro-Vaksom® preparatning samarasini susaytiradi yoki taʼsirini toʻliq susaytirishi mumkin.

Hozirgi vaqtgacha boshqa dori preparatlari bilan oʻzaro taʼsiri aniqlanmagan. 

 

 

Dori shakli:

 kapsulalar 6 mg.

 

Tarkibi:

1 kapsula ыuyidagilarni saыlaydi:

faol modda: OM-89 liofilizati – 60 mg: Escherichia coli bakteriyalarining liofillangan lizati – 6 mg;

yordamchi moddalar: propilgallat (suvsiz) – 0,084 mg; natriy glutamati (suvsiz) – 3,03 mg; mannitol – 60,0 mg gacha; qayta jelatingangan kraxmali – 77,00 mg; magniy stearati –
3,0 mg; mannitol – kerakli miqdorda 200,0 mg gacha;

kapsula qobigʻining yordamchi moddalari: temir (III) oksidi (Ye172) – 0,01 mg; temir (II) oksidi (Ye 172) – 0,21 mg; titan dioksidi (Ye 171) – 0,87 mg (boʻyovchilar); jelatin 50,0 mg gacha.

 

Taʼrifi: 

qopqoqchasi toʻq sariq rangli, xira, korpusi sariq rangli, xira, № 3 oʻlchamli qattiq jelatin kapsulalar.

Kapsulaning ichidagisi – och-sariqdan to och-jigarrang rangligacha boʻlgan kukun.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

immunomodulyatsiya qiluvchi vositalar.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Immunobiologik taʼsiri

Uro-Vaksom® quyidagi taʼsirlarga ega:

  • T–limfotsitlarni ragʻbatlantiradi;
  • endogen interferon hosil boʻlishini induksiya qiladi;
  • shu jumladan, siydikda immunoglobulin A (IgA) ning miqdorini oshiradi.

Uro-Vaksom® siydik yoʻllarining infeksiyalarini, ayniqsa sistitlarning qaytalanish tez-tezligini kamaytiradi.

 

Qoʻllanilishi

Kattalar va 4 yoshdan katta bolalarda mikroorganizmlarning tabiatidan qatʼiy nazar, siydik yoʻllarining surunkali infeksiyalarining qaytalanishlarini oldini olish va antibiotiklar va antiseptiklar bilan birga majmuaviy davolashda qoʻllanadi.

 

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Davolash: mikroblarga qarshi odatdagi davolash oʻtkazilganida qoʻshimcha dori vositasi sifatida 1 kapsuladan har kuni ertalab och qoringa simptomlar yoʻqolgunicha, ammo kamida 10 kun buyuriladi. Maksimal davolash muddati – 3 oyni tashkil qiladi.

Siydik yoʻllarining surunkali infeksiyalarining qaytalanishlarini oldini olish: 1 kapsuladan ertalab och qoringa 3 oy davomida buyuriladi.

Agar bola kapsulani yutishga qiynalsa, uni ochish va ichidagisini ichimliklar (mevali sharbat, sut va boshq.) bilan aralashtirish kerak.

Davolash davomiyligi yoki davolashning takroriy kursini buyurishni shifokor bemorning holatiga qarab belgilanishi kerak.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Klinik tekshirishlarida nojoʻya koʻrinishlarining umumiy tez-tezligi taxminan 4% ni tashkil qilgan.

Nojoʻya samaralarini rivojlanish tez-tezligiga qarab, qayd qilingan nojoʻya samaralari quyidagi jadvalda keltirilgan:

 

Tez-tez (1% dan 10% gacha)

Tez-tez emas (0,1% dan 1% gacha)

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan buzilishlar

diareya, koʻngil aynishi, dispepsiya

qorin ogʻrigʻi

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

bosh ogʻrigʻi

 

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

 

yuqori sezuvchanlik reaksiyalar 

Umumiy holatini buzilishi

 

isitma

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar

 

qichishish, toshma

Ogʻiz boʻshligʻini shishi va periferik shishlar, shuningdek alopetsiyani rivojlanishi kabi jiddiy salbiy koʻrinishlarning yakka hollari qayd qilingan. Teri reaksiyalari, isitma (davolashni boshida rivojlanadigan izolyatsiyalangan yoki tushuntirib boʻlmaydigan isitma (38oS dan yuqori) holida) yoki shish paydo boʻlganida, davolashni toʻxtatish kerak, chunki ushbu simptomlar allergik reaksiyalarning belgilari boʻlishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar 

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

 

 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparatni qoʻllashda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish talab qilinmaydi.

Homiladorlik va emizish davri

Homilador ayollarda katta klinik tekshiruvlar oʻtkazilmagan. Siydik chiqarish yoʻllarining oʻtkir infeksiyalari bilan homilador ayollar guruhida (n=62, homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligi) mavjud boʻlgan birlamchi boshlangʻich klinik tadqiqotlar dorivor preparatni yaxshi oʻzlashtirilganni koʻrsatdi, yangi tugʻilgan chaqaloqlar Apgar shkalasi boʻyicha sogʻ boʻlgan. 

Hayvonlarda oʻtkazilgan tekshirishlar homiladorlikni kechishiga, embrionni rivojlanishiga, homila va/yoki postnatal rivojlanishga salbiy taʼsirini aniqlanmagan. 

Homiladorlikning birinchi uch oyligida tadqiqotlar oʻtkazilmagan. Homiladorlikning birinchi uch oyligida Uro-Vaksom® preparatini buyurishdan oldin shifokor davolashdan kutiladigan foyda va potensial xavfni baholash kerak. 

Emizishga nisbatan maxsus tekshirishlar oʻtkazilmagan va hozirgi vaqtgacha ushbu savol boʻyicha maʼlumotlar mavjud emas.

Pediatriyada qoʻllanishi  

Uro-Vaksom® preparatini samaradorligi va xavfsizligi 4 yoshdan kichik bolalarda oʻrganilmagan. 

Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Uro-Vaksom® transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish hollari haqida maʼlumotlar yoʻq. Uro-Vaksom® preparatining tabiati va uning toksikligini oʻrganish natijalari, dozani oshirib yuborilishining ehtimoli kamligini koʻrsatadi.

 

Chiqarilish shakli

10 kapsuladan alyumin folga va PVX/PVDX blisterda, 3 blister qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

15 dan 250S gacha haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor retsepti boʻyicha beriladi.