Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ЦИТРАМОН П

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ЦИТРАМОН П ТАБЛЕТКА №10

700 so'mdan
(2188)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
ACETYLSALICYLIC ACID,PARACETAMOL,CAFFEINE
Ishlab chiqaruvchi
УРАЛБИОФАРМ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Анальгетическое ненаркотическое средство
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
 Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

tabletkalar

 

Tarkibi:

1 tabletka saqlaydi:

faol moddalar: atsetilsalitsil kislotasi – 0,24 g, kofein – 0,03 g, paratsetamol – 0,18 g;

yordamchi moddalar:               kakao-doni (kakao) – 0,019 g; limon kislotasi – 0,005 g; kartoshka kraxmali – 0,067 g; talk – 0,005 g; kalsiy stearati – 0,003 g; saxaroza – 0,001 g.

 

Taʼrifi: 

dogʻlari boʻlgan och-jigarrang rangli, yassitsilindrik, kakao hidli tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

majmuaviy ogʻriqni qoldiruvchi vosita (nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparat+nonarkotik ogʻriqni qoldiruvchi vosita+psixo-stimulyatsiya qiluvchi vosita).

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat.

Farmakodinamikasi

Asetilsalitsil kislotasi (ASK) isitmani tushiruvchi va yalligʻlanishga qarshi taʼsirga ega, ayniqsa yalligʻlanish jarayoni chaqirgan, shuningdek trombotsitlar agregatsiyasini va tromb hosil boʻlishini oʻrtacha susaytiradi, yalligʻlanish oʻchogʻida mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi.

Kofein orqa miyaning reflektor qoʻzgʻaluvchanligini oshiradi, nafas va qon tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarni qoʻzgʻatadi, skelet mushaklari, bosh miya, yurak, buyraklarning qon tomirlarini kengaytiradi, trombotsitlar agregatsiyasini pasaytiradi; uyquchanlik, charchoqlik hissini kamaytiradi, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi. Bunday majmuada kofein past dozada markaziy nerv tizimiga deyarli ragʻbatlantiruvchi taʼsir koʻrsatmaydi, ammo bosh miya qon tomirlarining tonusini normallashishi va qon oqishini tezlashishiga yordam beradi.

Paratsetamol ogʻriqni qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi va juda kuchsiz yalligʻlanishga qarshi taʼsirga ega, bu uning gipotalamusdagi termoregulyatsiya markaziga taʼsiri va periferik toʻqimalarda prostaglandinlarning sintezini kuchsiz ingibitsiya qilish qobiliyati bilan bogʻliq.

Farmakokinetikasi

Asetilsalitsil kislotasi

Ichga qabul qilinganida toʻliq soʻriladi. Soʻrilish vaqtida ichak devorida tizim oldi va jigarda tizimli (deatsetilizatsiyaga uchraydi) eliminatsiyaga uchraydi. Soʻrilgan qismi xolinesterazalar va albuminesterazalar tomonidan tez gidrolizga uchraydi, shuning uchun yarim chiqarilish davri 15-20 minutdan koʻp emas.

Organizmda aylanib yuradi (75-90% albumin bilan bogʻlangan holda) va toʻqimalarda salitsil kislotasining anioni shaklida taqsimlanadi. Maksimal konsentratsiyaga erishish vaqti – 2 soat.

Asosan jigarda koʻpchilik toʻqimalar va siydikda aniqlanadigan 4 metabolitlarini hosil qilib metabolizmga uchraydi.

Salitsilat (60%) va uning metabolitlari shaklida asosan buyrak naychalarida faol sekretsiya yoʻli bilan chiqariladi. Oʻzgarmagan salitsilatni chiqarilishi siydikning rN ga bogʻliq (siydik ishqoriylanganida ionlangan salitsilatlar oshadi, ularning reabsorbsiyasi yomonlashadi va chiqarilishi ahamiyatli oshadi). Chiqarilish tezligi dozaga bogʻliq: yuqori boʻlmagan dozalarni qabul qilishda yarim chiqarilish davri – 2-3 soat, doza oshirilganida 15-30 soatgacha uzayishi mumkin. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda kattalarga nisbatan salitsilatlarning chiqarilishi ahamiyatli darajada sekinroq amalga oshiriladi.

Paratsetamol

Soʻrilishi – yuqori, maksimal konsentratsiyaga erishish vaqtiga 0,5-2 soatdan keyin erishiladi, maksimal konsentratsiyasi – 5-20 mkg/ml. Plazma oqsillari bilan bogʻlanishi – 15%. Gematoensefalik toʻsiq orqali oʻtadi. Emizikli ona tomonidan qabul qilingan paratsetamolning dozasini 1% dan kamrogʻi koʻkrak sutiga oʻtadi. Paratsetamolning plazmadagi terapevtik samarali konsentratsiyasiga uni 10-15 mg/kg dozada buyurishda erishiladi.

Jigarda metabolizmga uchraydi (90-95%): 80% faol boʻlmagan metabolitlarini hosil boʻlishi bilan glyukuron kislotasi va sulfatlar bilan konʼyugatsiya reaksiyasiga kirishadi; 17% faol metabolitlarining hosil boʻlishi bilan gidroksil guruhini ajralib chiqishiga uchraydi, ular 8 faol boʻlmagan metabolitlarining boʻlishi bilan glutation bilan konʼyugatsiyalanadi. Glutation yetishmovchiligida bu metabolitlari gepatotsitlarning ferment tizimlarini bloklashi va ularning nekrozini chaqirishi mumkin. Preparatning metabolizmida shuningdek CYP2E1 izofermenti ham ishtirok etadi. Asosan buyraklar orqali metabolitlari, asosan konʼyugatlari koʻrinishida chiqariladi, faqat 3% oʻzgarmagan holda chiqariladi. Keksa yoshdagi bemorlarda preparatning klirensi pasayadi va yarim chiqarilish davri uzayadi.

Kofein

Ichga qabul qilinganida soʻrilishi – yaxshi, butun ichak boʻylab yuz beradi. Soʻrilishi suvda eruvchanligi uchun emas, balki asosan lipofilligi hisobiga yuz beradi. Maksimal konsentratsiyaga erishish vaqti – ichga qabul qilinganidan keyin 50-75 minut oʻtgach, maksimal konsentratsiyasi – 1,58-1,76 mg/l. Organizmning barcha aʼzo va toʻqimalarida tez taqsimlanadi; gematoensefalik toʻsiq va yoʻldosh orqali yengil oʻtadi. Taqsimlanish hajmi kattalarda – 0,4-0,6 l/kg, yangi tugʻilgan chaqaloqlarda – 0,78-0,92 l/kg. Qondagi oqsillar (albumin) bilan bogʻlanishi – 25-36%. Jigarda 90% dan koʻprogʻi, bolalarda hayotining birinchi yillarida 10-15% gacha metabolizmga uchraydi. Kattalarda kofeinning taxminan 80% paraksantin, taxminan 10% – teobromin va taxminan 4% – teofillingacha metabolizmga uchraydi. Ushbu birikmalar keyinchalik monometilksantinga, soʻngra metil guruhini ajralib chiqishiga uchragan siydik kislotasiga demetillanadi. Yarim chiqarilish davri kattalarda – 3,9-5,3 soat (baʼzida – 10 soatgacha), yangi tugʻilgan chaqaloqlarda (hayotining 4-7 oylarigacha) – 65-130 soat. Kofein va uning metabolitlarini chiqarilishi buyraklar orqali (kattalarda 1-2%, yangi tugʻilgan chaqaloqlarda – 85% gacha oʻzgarmagan holda) amalga oshiriladi.

 

Qoʻllanilishi

“Sitramon P” quyidagi hollarda qoʻllanadi:

  • kuchsiz yoki oʻrtacha ifodalangan ogʻriq sindromida (turli genezda): bosh ogʻrigʻi, migren, tish ogʻrigʻi, nevralgiya, mialgiya, artralgiya, algodismenoreya.
  • isitma sindromida: oʻtkir respirator kasalliklarda, shu jumladan grippda qoʻllanadi.

 

 

Qoʻllash usuli va dozalari

“Sitramon P” ichga qabul qilinadi (ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin). Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalarga 1-2 tabletkadan kuniga 2-3 marta. Preparatni qabul qilishlar orasidagi tanaffus kamida 4 soat boʻlishi kerak. Oʻrtacha sutkalik doza – 3-4 tabletka, maksimal sutkalik doza – 8 tabletka. Davolash kursi – 7-10 kundan ortiq emas.

Preparatni ogʻriqni qoldiruvchi dori vositasi sifatida 5 kundan ortiq va isitmani tushiruvchi dori vositasi sifatida (shifokor buyurishisiz va kuzatuvisiz) 3 kundan ortiq qabul qilish mumkin emas. Boshqa dozalash va qoʻllash tartibi shifokor tomonidan belgilanadi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Allergik reaksiyalar (shu jumladan Stivens-Djonson, Layell sindromi), bronxospazm.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: gastralgiya, koʻngil aynishi, qusish, gepatotoksiklik, meʼda-ichak yoʻllarini eroziv-yarali shikastlanishlari.

Qon yaratish tizimi tomonidan: uzoq muddat qoʻllaganda – trombotsitlar agregatsiyasini pasayishi, gipokoagulyatsiya, gemorragik sindrom (burundan qon ketishi, milklarning qonashi, purpura va boshqalar).

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni oshishi, taxikardiya.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: uzoq muddat qoʻllaganda – bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, koʻrishni buzilishi, quloqlarda shovqin, karlik.

Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: nefrotoksiklik, uzoq muddat qoʻllaganda – papillyar nekroz bilan buyraklarni shikastlanishi.

Bolalarda Reye sindromi (giperpireksiya, metabolik atsidoz, nerv tizimi va ruhiyat tomonidan buzilishlar, qusish, jigar faoliyatini buzilishi) rivojlanishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • oʻta yuqori sezuvchanlik;
  • meʼda-ichak yoʻllarining eroziv-yarali shikastlanishlari (zoʻrayish bosqichida);
  • meʼda-ichakdan qon ketishi;
  • atsetilsalitsil kislotasi va boshqa nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlarni qabul qilish qoʻzgʻatgan bronxial astma, eshakemi yoki oʻtkir rinit;
  • gemofiliya;
  • gemorragik diatez;
  • gipoprotrombinemiya;
  • portal gipertenziya;
  • K avitaminozi;
  • buyrak yetishmovchiligi;
  • glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi;
  • yaqqol arterial gipertenziya;
  • yurak ishemik kasalligini ogʻir kechishi;
  • glaukoma;
  • yuqori qoʻzgʻaluvchanlik;
  • uyquni buzilishlari;
  • qon ketish bilan kechuvchi jarrohlik aralashuvlari;
  • bolalarda qoʻllash mumkin emas (15 yoshgacha – virusli kasalliklar fonida gipertermiyasi boʻlgan bolalarda Reye sindromini rivojlanish xavfi).

Preparat podagra, jigar kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

 

 Dorilarning oʻzaro taʼsiri

“Sitramon P” preparatini bir vaqtda qoʻllash quyidagilarning taʼsirini kuchaytiradi:

  • geparin,
  • peroral antikoagulyantlar,
  • rezerpin,
  • steroid gormonlar,
  • gipoglikemik vositalar.

“Sitramon P” preparatini takror qabul qilganda paratsetamol antikoagulyantlarning (kumarin hosilalari) taʼsirini kuchaytirishi mumkin.

“Sitramon P” preparatini metotreksat va nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qoʻllash, nojoʻya taʼsirlarini rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.

“Sitramon P” preparatini bir vaqtda qoʻllash quyidagilarning samaradorligini kamaytiradi:

  • spironolakton,
  • furosemid,
  • gipotenziv dori vositalari,
  • siydik kislotasini chiqarishga yordam beruvchi podagraga qarshi vositalar.

“Sitramon P” preparatini:

  • barbituratlar,
  • rifampitsin,
  • salitsilamid,
  • tutqanoqqa qashi dori vositalari,
  • mikrosomal oksidlanishning boshqa ragʻbatlantiruvchilari bilan bir vaqtda qoʻllash jigar faoliyatiga taʼsir qiluvchi paratsetamolning toksik metabolitlarini hosil boʻlishiga olib keladi.

Paratsetamol va etanolni bir vaqtda qoʻllash gepatotoksik samaralarni rivojlanish xavfini oshiradi.

“Sitramon P” preparatini metoklopramid bilan bir vaqtda qoʻllashda, metoklopramid paratsetamolning soʻrilishini tezlashtiradi.

Paratsetamol taʼsiri ostida xloramfenikolning yarim chiqarilish davri 5 marta uzayadi.

Kofein ergotaminni soʻrilishini tezlashtiradi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparatni uzoq muddat qoʻllaganda periferik qon va jigarning funksional holatini nazorat qilish kerak.

Asetilsalitsil kislotasi qon ivishini sekinlashtirishi tufayli, agar patsiyentga jarroxlik aralashuvi rejalashtirilgan boʻlsa, preparatni qabul qilishi haqida shifokorni oldindan ogohlantirishi kerak.

Asetilsalitsil kislotasi past dozalarda siydik kislotasini chiqarilishini kamaytiradi. Muvofiq moyilligi boʻlgan patsiyentlarda bu ayrim hollarda podagra xurujini qoʻzgʻatishi mumkin.

Davolash vaqtida etanolni isteʼmol qilishdan saqlanish kerak (meʼda-ichakdan qon ketishi xavfini oshishi).

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanishi

“Sitramon P” ni homiladorlik (I va III uch oylikda) va laktatsiya davrida qoʻllash mumkin emas.

Asetilsalitsil kislotasi teratogen taʼsirga ega; I uch oylikda qoʻllanganida rivojlanish nuqsoni – yuqori tanglayni ajralishiga olib keladi; III uch oylikda – tugʻruq faoliyatini tomozlanishi (prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilinishi), homilada arterial yoʻlni berkilishiga olib keladi, bu oʻpka qon tomirlarining gipoplaziyasiga va kichik qon aylanish doirasidagi qon tomirlarda gipertenziyaga olib keladi.

Koʻkrak suti bilan chiqariladi, bu homilada trombotsitlarning faoliyatini buzilishi natijasida qon ketishlarni rivojlanish xavfini oshiradi.

1 tabletkada 68 mg uglevodlar saqlanadi (kraxmal va qand), bu 0,0057 non birligiga (NB) toʻgʻri keladi. Maksimal sutkalik doza (8 tabletka) 0,0456 NB ga toʻgʻri keladi. Buni qandli diabetti boʻlgan bemorlar hisobga olishlari kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: yengil intoksikatsiyalarda – koʻngil aynishi, qusish, gastralgiya, bosh aylanishi, quloqlarda shangʻillash; ogʻir intoksikatsiya – tormozlanish, uyquchanlik, kollaps, tirishishlar, bronxospazm, nafas olishni qiyinlashishi, anuriya, qon ketishi, ensefalopatiya, komatoz holat. Markaziy oʻpka giperventilyatsiyasi avvalo nafas alkaloziga (xansirash, boʻgʻilish, sianoz, terlash) olib keladi. Intoksikatsiyani kuchayib borishi rivojlanib boruvchi nafasni falaji va oksidlanishli fosforlanishni ajralishi respirator atsidozni chaqiradi. Bir–ikki sutkadan keyin jigarni shikastlanish belgilari (jigar yetishmovchiligi) aniqlanadi.

Davolash: meʼdani yuvish, adsorbentlarni (faollashtirilgan koʻmir) buyurish; kislota-ishqor holati va elektrolit muvozanatni muntazam nazorat qilish; moddalar almashinuvining holatiga qarab – natriy gidrokarbonati, natriy sitrati yoki natriy laktatini yuborish. Zahira ishqoriylikni oshishi siydikning ishqoriylashishi hisobiga atsetilsalitsil kislotasining chiqarilishini kuchaytiradi.

 

 

Chiqarilish shakli

Tabletkalar.

10 tabletkadan kontur uyali oʻramda.

6 yoki 10 tabletkadan kontur uyasiz oʻramda.

1, 2, 3, 5 yoki 10 kontur oʻramdan qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutida.

Kontur oʻramlar teng miqdordagi qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga guruh oʻramiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq joyda, 25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

4 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.