Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Цитиколин-L АМПУЛЫ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Цитиколин-L АМПУЛЫ 500/4мл №5

61 000 so'mdan
(1098)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
IMMACULE LIFESCIECES
Chiqarilish shakli
АМП
Farma. Guruh
Ноотропные препараты
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan xolatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 inyeksiya uchun eritma

 

Tarkibi:

1 ampula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 500 mgyoki 1000 mg sitikolin (natriy tuzi shaklida);

yordamchi moddalar: natriy gidroksidi, xlorid kislotasi, konsentratsiyalangan kislota, inyeksiya uchun suv.

 

Taʼrifi:

 tiniq, rangsiz yoki sariq rangli suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 nootrop preparat.

 

Farmakologik xususiyatlari

Sitikolin xujayra membranasining asosiy ultrastruktur komponentlarining (asosan fosfolipidlar) oʻtmishdoshi hisoblanib, keng taʼsir doirasiga ega: shikastlangan xujayra membranalarini tiklanishiga yordam beradi, erkin radikallarni ortiqcha hosil boʻlishiga toʻsqinlik qilib, fosfolipazalar taʼsirini ingibitsiya qiladi, shuningdek apoptoz mexanizmlariga taʼsir qilib, xujayralarning nobud boʻlishini oldini oladi.

Sitikolin insultning oʻtkir davrida bosh miya toʻqimasining shikastlangan hajmini kichraytiradi, xolinergik oʻtkazuvchanlikni yaxshilaydi.

Bosh miya jarohatida posttravmatik koma davomiyligi va nevrologik simptomlarning yaqqolligini kamaytiradi, bundan tashqari sitikolin tiklanish davrining davomiyligini qisqarishiga yordam beradi.

Bosh miyaning surunkali gipoksiyasida sitikolin xotirani yomonlashishi, gʻayratsizlik, odatdagi harakatlarni bajarishda va oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatishda qiynalish kabi kognitiv buzilishlarni davolashda samaradordir. Diqqat va ong darajasini oshiradi, shuningdek amneziya koʻrinishlarini kamaytiradi.

Sitikolin degenerativ va qon tomir etiologiyali sezuvchanlik va harakat nevrologik buzilishlarida samaralidir.

Farmakokinetikasi

Sitikolin vena ichiga va mushak ichiga yuborilganida yaxshi soʻriladi. Xolin va sitidin hosil qilib jigarda metabolizmga uchraydi. Parenteral yuborilgandan keyin qon plazmasida xolin konsentratsiyasi sezilarli darajada oshadi. Sitikolin xolin fraksiyasini struktur fosfolipidlar va sitidin fraksiyasini – sitidin nukleotidlar va nuklein kislotalariga tez kirib, ahamiyatli darajada bosh miya strukturalarida taqsimlanadi.

Sitikolinning yuborilgan dozasining faqatgina 15% odam organizmidan chiqariladi: 3% dan kamrogʻi – buyrak va taxminan 12% – nafasdagi SO2 bilan chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi
  • Ishemik insultning oʻtkir davri;
  • Ishemik va gemorragik insultning tiklanish davri;
  • Bosh miya jarohati, oʻtkir va tiklanish davri;
  • Bosh miyaning degenerativ va qon tomir kasalliklarida kognitiv buzilishlarida qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Vena ichiga preparat sekin inyeksiya (buyurilgan dozaga qarab 3-5 minut davomida) koʻrinishida yoki tomchilab (minutiga 40-60 tomchi) yuboriladi. Mushak ichiga yuborilganga qaraganda vena ichiga yuborgan afzal. Mushak ichiga yuborilganda Sitikolin Romfarm preparatini bir joyga takroran yuborishdan saqlanish kerak.

Ishemik insult va bosh-miya jarohatining oʻtkir davri: tavsiya etilgan doza diagnoz aniqlangandan keyin birinchi sutkadan har 12 soatda 1000 mg ni tashkil etadi; davolash davomiyligi – kamida 6 xaftani tashkil etadi. Ishemik va gemorragik insultning tiklanish davri, bosh-miya jarohatida tiklanish davri, bosh miyaning degenerativ va qon tomir kasalliklaridagi kognitiv va hulq-atvor buzilishlari: tavsiya etilgan doza sutkada 500-2000 mg (5-10 ml sutkada 1-2 marta) ni tashkil etadi. Doza va davolash davomiyligi kasallik simptomlarining ogʻirligiga bogʻliq.

Keksa yoshdagi patsiyentlarga vena ichiga yoki mushak ichiga yuborilganda preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Ampuladagi vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma bir marta qoʻllash uchun moʻljallangan. Ampula ochilganidan keyin eritmani darhol ishlatish lozim. Sitikolin Romfarm preparati vena ichiga yuboriladigan barcha izotonik eritmalar va dekstroza eritmalari bilan mutanosib.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Nojoʻya samaralar juda kam hollarda (<1/10000), shu jumladan ayrim hollarda kuzatiladi.

Allergik reaksiyalar: toshma, teri qichishishi, anafilaktik shok.

Nerv tizimi tomonidan: bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, tremor, gallyutsinatsiyalar, uyqusizlik, qoʻzgʻalish, falajlangan qoʻl-oyoqlarda uvishish, parasimpatik tizimga ragʻbatlantiruvchi taʼsir.

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: koʻngil aynishi, qusish, diareya, ishtahani pasayishi, jigar fermentlarining faolligini oʻzgarishi.

Boshqalar: issiqlik hissi, arterial bosimni qisqa muddatli oʻzgarishi, shishlar, hansirash.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan xolatlar
  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda;
  • vagotoniya (vegetativ nerv tizimi parasimpatik qismining tonusi ustunligi) qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Sitikolin levodopaning samaralarini kuchaytiradi.

Sitikolin Romfarm preparatini meklofenoksat saqlovchi dori vositalari bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas.

Sitikolin Romfarmni qon toʻxtatuvchi vositalar, bosh miya ichki antigipertenziv vositalar va odatdagi perfuzion suyuqliklar bilan bir vaqtda qoʻllash mumkin.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Bosh miya jaroxatlarida bosh miya ichki bosimini pasaytirish uchun mannitol va kortikosteroidlar vositalari kabi dori vositalarini buyurish mumkin.

Bosh miya ichiga qon quyilishida bir marta qoʻllashda sitikolin dozasini 500 mg ga oshirish mumkin emas, ushbu xolda dozani boʻlish mumkin (sutkada 100-200 mg 2-3 marta)

Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllanishi

Preparatni homiladorlikda qoʻllash boʻyicha klinik maʼlumotlar yetarli emas. Garchi hayvonlarda oʻtkazilgan eksperimental tadqiqotlarda salbiy taʼsiri aniqlanmagan boʻlsada, preparatni homiladorlikda faqatgina ona uchun davolashdan kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan ustun boʻlgandagina qoʻllash mumkin.

Sitikolin Romfarm preparatini laktatsiya davrida qoʻllash zarurati boʻlganida emizishni toʻxtatish masalasini xal etish lozim, chunki sitikolinni koʻkrak suti bilan ajralishi xaqida maʼlumotlar yoʻq.

Pediatriyada qoʻllanishi

Bolalar va 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarda preparatni qoʻllashdagi samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Davolash davrida alohida diqqat va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab etuvchi (shu jumladan, avtomobilni va boshqa transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operator ishlari) potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishda patsiyentlar ehtiyotkorlikka rioya qilishlari lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Sitikolinning toksikligi past boʻlganligi tufayli dozani oshirib yuborilishi xolatlari taʼriflanmagan.

 

Chiqarilish shakli

4 ml dan rangsiz shisha ampulalarda inyeksiya uchun eritma.

5 ampula kontur uyali oʻramda.

1 kontur uyali oʻramda qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda, saqlansin. Original oʻramida saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor retsepti boʻyicha