Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ЦИСПЛАТИН РАСТВОР

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ЦИСПЛАТИН РАСТВОР ДЛЯ ИНФУЗИИ 50мг/мл 50мл №1

78 900 so'mdan
(4522)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ИНДИЯ
Chiqarilish shakli
Р-Р Д/ИНФ
Farma. Guruh
Противоопухлевые препараты
Dori tafsilotlari
Dori shakli
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Dori shakli

 infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Sisplatin og‘ir metall ioni [sis-diamindi xlorplatina (II)] saqlagan anorganik moddadir. Bu modda DNK zanjirlari orasida kesishgan choklarni hosil qilish orqali DNK sinetizini ingibisiya qiladi. U kam darajada shuningdek oqsil va RNK sintezini ham ingibisiya qiladi.

Garchi sisplatinning asosiy samarasi DNK sintezini ingibisiya qilish bo‘lsada, u boshqa samaralar hisobiga, xususan o‘smaning immunogenligini oshirish hisobiga o‘smalarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Sisplatining akkometik samarasi alkillovchi agentlarning samarasi bilan bir xil. Sisplatin shuningdek immunosupressiv radiosensibilizasiyalovchi va bakteriyalarga qarshi xususiyatlariga ham ega.

Sisplatinning samaralari, extimol hujayra sikli fazalariga bog‘liq bo‘lmasa kerak.

Sisplatinning sitotoksik samaralari, uni DNKning hamma asoslari, asosan-7-holatda joylashgan guanin va adenozinning azot atomi bilan bog‘lanshi bilan bog‘liqdir.

Farmakokinetikasi

Vena ichiga yuborilgandan keyin sisplatin organizmning hamma to‘qimalariga tezda taqsimlanadi. Sisplatinni 20-120 mg/m2 dozalarda yuborilgandan keyin platinaning maksimal konsentrasiyasi jigar, prostata bezi, buyrakda hosil bo‘ladi, bir oz kamroq qovuqda, mushaklarda, moyaklarda, me‘da osti bezida va taloqda, juda ham kam hollarda – ichakda, buyrak usti bezida, yurakda, o‘pkada, bosh miyada va miyachada hosil bo‘ladi. Yuborilgandan keyin 2 soat so‘ng sisplatinning dozasini 90% dan ortig‘i qon plazmasi oqsillari bilan bog‘langan bo‘ladi. Bu jarayon qaytmas bo‘lishi mumkin. Oqsil bilan bog‘langan preparat fraksiyasi o‘smalarga qarshi faollikga ega emas. Sisplatin notekis farmakokinetika bilan xarakterlanadi. Sisplatinning metabolizmi jarayonida bir yoki bir necha metabolitlar hosil bo‘ladi; bu jarayon fermentlar ishtirokisiz amalga oshadi. Preparatning qon plazmasidan eliminasiyasi uni bolyusli vena ichiga 50-100 mg/m2 dozada yuborilgandan keyin ikki fazada amalga oshadi. Odamda preparatni yarim chiqarilish davri bo‘yicha quyidagi ko‘rsatkichlar olingan:

t1/2 (taqsimlanishi): 10-60 minut;

t1/2 (terminal): taxminan 2-5 kun.

Platinaning katta qismi qon plazmasi oqsillari bilan bog‘langani tufayli, preparatning siydik bilan ekskresiyasi uzoq vaqt davom etadi va preparatning organizmdan to‘liq eliminasiyasiga olib kelmaydi (yuborilgan dozaning 27-45% 84-120 soat ichida ekskresiya qilinadi). Infuziya vaqtini uzayishi yuborilgan preparatning dozasini katta qismi siydik bilan chiqarilishiga olib keladi.

Preparatning ahlat bilan ekskresiyasi minimal miqdorda; platinaning oz miqdori o‘t pufagida va yo‘g‘on ichakda aniqlanadi. Buyrak faoliyatini buzilishi preparatning qon plazmasida yarim chiqarilish davrini ko‘paytiradi; nazariy jihatdan bu ko‘rsatkichini ko‘payishi assiti bo‘lgan holatlarda ham bo‘lishi mumkin va bu sisplatinni qon plazmasi oqsillari bilan yuqori darajada bog‘lanishi bilan bog‘liqdir.

Xavfsizligi bo‘yicha klinika oldi ma‘lumotlari

Ko‘p marta yuborilgandagi toksiklik

Ko‘p marta yuborishda toksiklikni o‘rganish bo‘yicha modellarda toksik buyrak shikastlanishi, suyak ko‘migi faoliyatini susayishi, me‘da-ichak yo‘li tomonidan buzilishlar va ototoksiklik aniqlangan.

Mutagenlik va kansirogenlik

Sisplatin mutagen samaraga ega va u in vitro va in vivo sharoitlarida xar xil sinamalar qo‘llanilgan tadqiqotlarda (bakterial test tizimlari, hayvonlar hujayralari va to‘qimalar kulturalarida xromosomalarning nuqsonlari) ko‘rsatilgan.

Sisplatinning sichqon va kalamushlarda o‘tkazilgan uzoq muddatli tadqiqotlarda unda kanserogen samara borligini ko‘rsatgan.

Reproduktiv toksiklik

Fertillikga ta‘siri. Preparat bilan davolash fonida gonadalar faoliyatini susayishi amenoreya va azospermiyani rivojlanishiga olib kelishi va ular qaytmas bo‘lib, bepushtlikni chaqirishi mumkin.

Kalamushlardagi tadqiqotlarda preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llash keyinchalik katta bo‘lgan avlodda o‘smalarni rivojlanish tez-tezligini ko‘paytirgan.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi. Sisplatin sichqonlar va kalamushlar uchun embriotoksik va teratogendir; ikkala turdagi hayvonlarda preparat ishlatilganda rivojlanish nuqsonlari kuzatilgan. Sisplatin ko‘krak sutiga o‘tadi.

Qo‘llanilishi

Preparat quyidagi tarqalgan va metastazalangan xavfli o‘smalarda monoterapiya yoki kimyo terapiyaning ko‘p komponentli tartibga ega tarkibida foydalanishga mo‘ljallangan:

  • urug‘donlar raki (palliativ va radikal poli kimyo terapiya);
  • tuxumdon raki (III va IV bosqichlari);
  • bosh va bo‘yin a‘zolari yassi hujayri raki (polliativ davolash);
  • qovuqning tarqalgan va metastazalangan raki;
  • o‘pkaning tarqalgan va metastazalangan mayda hujayrali raki;
  • bachadon bo‘yni raki (nur bilan davolash bilan majmuada).
Qo‘llash usuli va dozalari

Sisplatin Ebeve®, infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentratni yuborishdan oldin suyultirish kerak! Preparatni suyultirish to‘g‘risidagi ma‘lumot Qo‘llashdagi maxsus ehtiyotkorlik va utilizasiya bo‘limida ko‘rsatilgan.

Kattalar va bolalar

Sisplatinning dozasi asosiy kasallik, kutilayotgan reaksiya, shuningdek sisplatin monoterapiya yoki majmuaviy kimyo terapiyada ishlatilayotganligi bilan belgilanadi.

Dozalash bo‘yicha ko‘rsatmalar ham kattalar, ham bolalar uchun to‘g‘ri keladi.

Monoterapiya uchun dozalashning ikki tartibi tavsiya etiladi:

  • bir marta yuborishda: tana yuzasining 50-120 mg/mdozada, xar 3-4 haftada yuboriladi.
  • 5 kun davomida: sutkada 15-20 mg/m2 dozaga, xar 3-4 haftada yuboriladi.

Sisplatinni majmuaviy kimyo terapiyaning tarkibida ishlatilgan uning dozasi kamaytirilishi kerak. Odatdagi doza 20 mg/m2 yoki yuqoriroq bo‘lib har 3-4 haftada yuboriladi.

Bachadon bo‘yni rakini davolashda sisplatin nur bilan davolash bilan majmuada qo‘llaniladi. Bunday holatda preparatning odatdagi dozasi 40 mg/m2 ni tashkil etadi, haftada 1 marta, 6 haftada mobaynida yuboriladi.

Davolashning keyingi siklidan oldingi ehtiyotkorlik choralari Maxsus ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari bo‘limida ko‘rsatilgan.

Buyrak faoliyatini buzilishi yoki suyak ko‘migi faoliyatini susayishi bilan xastalangan pasientlarda dozani kamaytirish kerak.

Yo‘riqnomalarga muvofiq tayyorlangan infuziya uchun sisplatin eritmasi 6-8 soat davomida vena ichiga tomchilab yuborilishi kerak.

Gidratasiya:

Sisplatinni yuborishdan oldin 2-12 soat davomida va yuborilgandan keyin kamida 6 soat vaqt davomida pasient gidrotasiyasini ta‘minlab turish kerak. Adekvat gidratasiya sisplatini infuziyasi paytida va u tugaganidan keyin yetarli diurezni ta‘minlash uchun zarurdir. Bunga quyidagi eritmalardan birini vena ichiga infuziyasi qilish yo‘li bilan erishiladi:

  • 0,9% li natriy xloridi eritmasi;
  • 0,9% li natriy xloridi eritmasi va 5% li glyukoza eritmasining aralashmasi (1:1 nisbatda).

Sisplatinni yuborishdan oldingi gidratasiya:

eritmani vena ichiga soatiga 100-200 ml tezlikda 6-12 soat davomida infuziya qilish.

Sisplatinni yuborilishi tugaganidan keyingi gidratasiya:

Qo‘shimcha 2 l eritmani vena ichiga soatiga 100-200 ml tezlikda 6-12 soat davomidagi infuziyasi.

Agar gidratasiya o‘tkazilgandan keyin siydik ajratib chiqarilishi soatiga 100-200 ml ko‘rsatkichdan kamaysa, unda jadallashtirilgan diurezni o‘tkazish kerak bo‘lishi mumkin. Jadallashtirilgan diurezni 37,5 g mannitolni 10% li eritma (375 ml 10% li mannitol eritmasini) ko‘rinishida yuborish yoki diuretikni yuborish (buyrak faoliyati normal bo‘lgan sharoitda) yo‘li bilan, amalga oshirish mumkin. Agar yuborilgan sisplatinning dozasi 60 mg/m2 dan yuqori bo‘lsa, ham mannitol yoki diuretik yuborilish lozim bo‘ladi.

Sisplatin infuziyasidan keyin 24 soat davomida adekvat siydik ajratib chiqarishni ta‘minlash uchun pasient ko‘p miqdorda suyuqlik qabul qilib turishi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya samaralar xavfi va yaqqollik darajasi preparatning dozasiga bog‘liq; qator nojo‘ya samaralar davolash jarayonida bir-biriga qo‘shilishi mumkin, bu ularning yaqqolligini asta-sekin oshishiga olib keladi.

Sisplatinning eng ko‘p uchraydigan noxush ko‘rinishlari (>10% pasientlarda kuzatilgan) qon yaratish tizimi tomonidan buzilishlar (leykopeniya, trombositopeniya va anemiya), me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar (anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish va diareya), eshitishni va buyrak buzilishlari (buyrak yetishmovchiligi, nefrotoksiklik giperurekemiya) va tana haroratini oshishi hisoblanadi.

Buyrak, suyak ko‘migi va eshitish a‘zolari tomonidan jiddiy toksik samaralar sisplatin bir marta yuborilgandan keyin 33% gacha bo‘lgan pasientlarda kuzatilgan; bu samaralar odatda dozaga bog‘liq bo‘ladi va organizmda yig‘ilib boradi. Bolalarda ototoksiklik og‘irroq shaklda namoyon bo‘lishi mumkin.

Uchrash tez-tezligining quyidagi toifalari ishlatilgan:

juda tez-tez (10 pasientdan ≥1);

tez-tez (100 pasientdan ≥1, lekin 10 pasientdan <1);

tez-tez emas (1000 pasientdan ≥1, lekin 100 pasientdan <1);

kam hollarda (10000 pasientdan ≥1, lekin 1000 pasientdan <1);

juda kam hollarda (10000 pasientdan ≥1); noma‘lum (mavjud ma‘lumotlarga asoslanib, baholash mumkin emas).

Quyida klinik tadqiqotda va preparat qayd qilingandan keyin kuzatilgan nojo‘ya samaralar ko‘rsatilgan (MedDRA terminlari ko‘rsatilgan).

Noma‘lum Infeksiya (shu qatori ba‘zi pasientlarda o‘lim xolatlari)
Qon yaratish va limfatik tizim tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez Suyak ko‘migi faoliyatini yetishmovchiligi, trombositopeniya, leykopeniya, anemiya
Noma‘lum Musbat Kumbs reaksiyasi bilan kechuvchi gemotik anemiya
Xavfsiz xavfli va tasniflanmagan o‘smalar
Tez-tez emas O‘tkir leykoz
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Tez emas Anafilaktoid reaksiyalar (shu jumladan yuz shishi, xushtaksimon nafas olish, bronxospazm, taxikardiya, arterial gipotenziya).
Endokrin tizimi tomonidan buzilishlar
Noma‘lum Qon amilazasi faolligini oshishi, antidiuretik gormonning noadekvat sekresiyasi
Ovqatlanish va modda almashinuvini buzilishlari
Juda tez-tez Giponatriemiya
Tez-tez emas Gipomagnemiya
Noma‘lum Degidratasiya, gipokalemiya, gipofosfatemiya, giperurekemiya, gipokalsemiya, tetaniya
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda Tirishishlar, periferik neyropatiya, leykoensefalopatiya, qaytuvchan orqa leykoensefalopatiya sindromi
Noma‘lum Miyada qon aylanishini buzilishlari, gemorragik insult, ishemik insult, agevziya, bosh miya qon tomirlari artriiti, Lermitt simptomi, mielopatiya, avtonom neyropatiya.
Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar
Noma‘lum Ko‘rishni aniqligining buzilishi, orttirilgan rang ajratishini yo‘qolishi, miya po‘stlog‘i oqibatidagi ko‘rlik, ko‘rish nervi nevriti, ko‘rish nervining diskini shishi, to‘r pardaning pigmentasiyasi
Eshitish a‘zolari tomonidan va muvozanatni buzilishlari
Tez-tez emas Ototoksiklik
Noma‘lum Quloqni shang‘illashi, karlik.
Yurak tomonidan buzilishlar
Tez-tez Aritmiya, bradikardiya, taxikardiya
Kam hollarda Miokard infarkti
Juda kam hollarda Yurakni to‘xtab qolishi
Noma‘lum Yurak tomonidan buzilishlar
Qon tomirlari tizimidan buzilishlar
Noma‘lum Trombotik mikroangiopatiya (gemolitik-uremik sindrom), Reyno fenomeni

 

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda Stomatit
Noma‘lum Qusish, ko‘ngil aynishi, anoreksiya, xikichoq, diareya
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar
Noma‘lum O‘pka arteriyasi tromboemboliyasi
Teri va teri osti qavati tomonidan buzilishlar
Noma‘lum Teri toshmalari, alopesiya
Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar
Noma‘lum Mushak spazmlari
Siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar
Noma‘lum O‘tkir buyrak yetishmovchiligi, buyrak yetishmovchiligi (shu jumladan qon zardobida mochevina va kreatinin, siydik kislotasi konsentrasiyasini oshishi va/yoki kreatinin klirensini pasayishi). Buyrak naychalari tomonidan buzilishlar
Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan buzilishlar
Tez emas Spermatogenezning patologik o‘zgarishlari
Tizimli o‘zgarishlar va yuborish joyidagi asoratlar
Juda tez Pireksiya
Noma‘lum Asteniya, lohaslik, yuborish joyida ekstrovazasiya (keyinchalik yumshoq to‘qimalardagi maxalliy o‘zgarishlar bilan, shu jumladan gipodermik, fibroz va nekroz, og‘riq, shishi va eritema ko‘rinishida).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

Preparat ishlatilganda qon formulasi ko‘rsatkichlarini va jigar faoliyatini muntazam monitoringi zarur.

Kanserogen potensiali

Odamda sisplatinni ishlatish davriga to‘g‘ri keladigan va odatda leykemiya chaqirishi xususiyatiga ega boshqa preparatlar bilan bog‘liq bo‘lgan o‘tkir leykemiyani rivojlanishining juda kam xollari odamda qayd qilingan.

Sisplatin bakterial testlarda mutagen samaraga ega bo‘lgan va hayvonlarning hujayra kulturalarida xromosomalar aberrasiyasini induksiya qilgan. Shuning uchun unda kanserogen xususiyatlar bo‘lishi mumkin, biroq ular namoyish etilmagan.

Sisplatin sichqonlarga teratogen va embriotoksik ta‘sir etadi.

Yuborish joyidagi reaksiyalar

Yuborish joyida reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Preparatni yuborish jarayonida ekstrovazasiya yuz berishi mumkinligi yuzasidan sinchkov monitoring o‘tkazish tavsiya etiladi.

Ekstrovazasiyani davolash yuzasidan maxsus ko‘rsatmalar yo‘q.

Ogohlantirish

Ushbu sitostatik boshqa odatda ishlatiladigan o‘smalarga qarshi kimyo preparatlariga nisbatan yaqqol ko‘proq toksiklikka egadir.

Organizmda yig‘iladigan nefrotoksiklik og‘ir bo‘lib, preparatni yuborishda alohida ehtiyotkorlik choralariga amal qilishni talab qiladi (Qo‘llash usuli va dozalari va Nojo‘ya ta‘sirlari bo‘limlariga qarang).

Ko‘ngil aynishi va qusish yaqqol xarakterga ega bo‘lishi mumkin va antiemetiklar bilan adekvat davolashni talab qiladi.

Pasientlarni ototoksiklik, mielosupressiya va anafilaktik reaksiyalarni rivojlanishi yuzasidan kuzatish kerak (Nojo‘ya ta‘sirlari bo‘limiga qarang).

 

Ogohlantirish

Vena ichiga yuborish uchun eritmani tayyorlash

Har qanday boshqa potensial toksik preparatlarni ishlatilganda bo‘lgani kabi, sisplatin eritmasi bilan ishlaganda ehtiyotkorlik choralariga amal qilish juda muximdir.

Preparatni teriga bexosdan tushishi teri reaksiyalarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun qo‘lqoplardan foydalanish tavsiya etiladi. Sisplatin eritmasi teriga yoki shilliq qavatlariga tushsa, suv bilan sovunlab yaxshilab yuvish kerak.

Sitostatiklar bilan ishlash va ularni utilizasiya qilish bo‘yicha tavsiya etilgan muolajalarga amal qilish kerak.

Preparatni yuborishdan oldin eritma tiniqligiga va unda yot zarrachalarni yo‘qligiga ishonch hosil qilish kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Mielosupressiv preparatlar

Sisplatinni boshqa mielosupressiv preparatlari yoki nur bilan davolash bilan majmuada qo‘llash mielosupressiyani yaqqollik darajasini oshiradi.

Gipotenziv preparatlar

Sisplatinni gipotenziv vositalar, furosemid, gidralazin, diazoksid va propranol bilan majmuada qo‘llash nefrotoksiklikni kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Nefrotoksik preparatlar

Nefrotoksik vositalar (masalan, sefalosporinlar, aminoglikozidlar, amfoterisin V va rentgenokontrast vositalar) yoki ototokisk (masalan, aminoglikozidlar) dori vositalarini bir vaqtda yuborish sisplatinni buyrakka toksik ta‘sirini potensiyalaydi. Sisplatin bilan davolash vaqtida va tugaganidan keyin, asosan buyrakda eliminizasiyaga uchraydigan preparatlarni, xususan sitostatiklar (masalan, bleomisin va metotreksat) ishlatilganda, ularni buyrak orqali eliminasiyasi pasayishi extimolini hisobga olib, ehtiyotkorlikka amal qilish kerak.

Sisplatin bilan majmuada qo‘llanilganda (shuningdek ushbu preparatni ilgari olgan pasientlarda) ifosfalamidning nefrotoksikligi kuchayishi mumkin.

Sisplatin, bleomisin va etosid bilan majmuaviy davolash o‘tkazilgandan so‘ng qonda litiyning konsentrasiyasini kamayishining bir necha hollari qayd qilingan. Shu boisdan bunday vaziyatda litiyning konsentrasiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi.

Ototoksik preparatlar

Ototoksik dori vositalarini (masalan, aminoglikozidlar, halqali diuretiklar) bir vaqtda qo‘llash sisplatinning eshitish a‘zosiga bo‘lgan toksik ta‘sirini potensiyalaydi. 60 mg/m2 dan ortiq dozada sisplatin olayotgan pasientda 24 soat ichida siydik ajratish 100 ml dan kam bo‘lgan holatlardan mustasno ravishda “halqali” diuretiklarni buyrak shikastlanishi va o‘tazaxarlilik rivojlanishi xavfi bo‘lgan uchun, qo‘llash mumkin emas.

Ifosfalid sisplatinni qo‘llash oqibatida yuz bergan eshitish qobiliyatini pasayishini potensiyalaydi.

Allopurinol, kolxisin, probenesid

Sisplatin bilan majmuada qo‘llanganda allopurinol, kolxisin, probenesid yoki sulfinpirazonning dozalariga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin, chunki sisplatin qon zardobida siydik kislotasining konsentrasiyasini oshiradi.

Ifosfamid

Sisplatinni ifosfamid bilan bir vaqtda qo‘llash siydik bilan oqsil ekskresiyasini oshishiga va nefrotoksiklikka olib kelishi mumkin.

Dosetaksel

Metostatik va keng tarqalgan xavfli o‘smalari bo‘lgan bemorlarda dosetaksel va sisplatinni majmuada qo‘llash, monoterapiyada ikkala komponentlarni analogik dozalarda qo‘llashga nisbatan, og‘irroq neytrotoksiklik bilan ifodalangan.

Bleomisin, etopozid, vinblastin

Sisplatin, bleomisin va etopozid bilan bir vaqtda davolash qonda litiyning konsentrasiyasining kamayishiga olib kelgan (monitoring tavsiya qilinadi). Sisplatin bleomisin va vinblastin bilan majmuada Reyno fenomenini rivojlanishiga olib keladi.

Xelatlovchi agentlar

Xelatlovchi agentlar, masalan penisillamin sisplatinning samarasini pasaytirish mumkin.

Siklosporin

Sisplatin va siklosporinni bir vaqtda qo‘llash yaqqol immunosupressiyaga olib keladi, bu esa o‘z navbatda limfoproliferativ holatlarni rivojlanish xavfini oshiradi.

Tirik kuchsizlantirilgan vaksinalar

Virusning vaksinali shtammi tomonidan chaqirilgan tizimli infeksiyanii yuz berish xavfini nazarda tutib, vaksinani sariq isitmani oldini olish uchun ishlatish mutlaqo man etilgan (Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘limiga qarang).

Tarqoq infeksiyalarni rivojlanish xavfini nazarda tutib, barcha holatlarda, iloji boricha faolsizlantirilgan vaksinalardan foydalanish kerak.

Peroral antikoagulyantlar

Peroral antikoagulyantlarni bir vaqtda qabul qilinganda XNN ni muntazam nazorat qilib turish tasiya etiladi.

Gistaminga qarshi vositalar, fenotiazinlar va boshqa preparatlar

Gistaminga qarshi vositalar, buklizin, siklizin, laksapin, mkzolin, fenotiazinlar, tioksantenlar va trimetobenzamidlarni bir vaqtda qo‘llash ototoksiklik simptomlarini niqoblashi mumkin (shu jumladan bosh aylanishi va quloq shang‘illashi bo‘lishi mumkin).

Tirishishga qarshi vositalar

Sisplatin bilan majmuada qo‘llanganda tirishishga qarshi vositalarning qon zardobidagi konsentrasiyasi subterapevtik darajagacha kamayishi mumkin.

Piridoksin va altretamin majmuasi

Tarqalgan tuxumdon raki bo‘lgan bemorlarda o‘tkazilgan randomizasiyalangan tadqiqotlarda piridoksinni altretamin (geksametilmealamin) va sisplatin bilan majmuada qo‘llash pasientning javobini rivojlanish vaqtining salbiy o‘zgarishiga olib kelgan.

Paklitaksel

Paklitaksel infuziyasidan oldin sisplatinni yuborish, paklitakselning klirensini 33% gacha pasayishiga olib kelishi mumkin, bu esa neyrotoksiklikni kuchaytirishi mumkin.

Boshqa sitostatiklar

Sisplatinni boshqa sitostatiklar bilan majmuada qo‘llanganda miokard ishemiyasi holatlari kuzatilgan.

 

Nomutanosiblik

Sisplatin alyumin bilan o‘zaro ta‘sirga kirishib, platinaning qora cho‘kmasini hosil qiladi.

Shuning uchun, sisplatinni alyumin saqlovchi xar qanday qurilmalar (vena ichiga infuziya uchun tizimlar, ignalar, kateterlar, shprislar) bilan kontaktiga yo‘l qo‘yish mumkin emas.

Sisplatin konsentratini (0,5 mg/ml) 5% li glyukoza eritmasi bilan suyultirib mumkin emas; faqat ushbu eritmani faqat natriy xloridi eritmasi bilan aralashmasini ishlatishga ruxsat beriladi.

Antioksidantlar (masalan natriy metabisulfiti), bikarbonatlar (natriy bikarbonati), sulfatlar, ftorurasil va paklitaksel infuzion tizimda sisplatinning faolligini yo‘qotishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va emizish

Sisplatin homila rivojlanishida jiddiy nuqsonlar keltirib chiqarishi mumkin deb o‘ylashi mumkin. Hayvonlardagi tadqiqotlarda preparatni transplasentar (yo‘ldosh orqali) o‘tishi paytida reproduktiv toksikligi va kanserogenligi namoyish qilingan. Odamlardagi ma‘lumotlar yo‘q.

Sisplatinni homiladorlik paytida qo‘llash mumkin emas.

Ikkala jinsdagi pasientlar sisplatin bilan davolashning butun vaqti davomida va kamida davolash tamom bo‘lgandan keyin 6 oy davomida kontrasepsiyaning samarali usullarini qo‘llashlari kerak. Sisplatin erkaklarda qaytmas bepushtlikni chaqirishi mumkin.

Kelajakda bolali bo‘lishni rejalashtirgan pasientlarga davolashni boshlashdan oldin urug‘ suyuqligini kriokonservasiya qilish bo‘yicha genetik maslahat olish tavsiya qilinadi. Sisplatin inson ko‘krak sutiga ekskresiya qilinadi. Davolanish paytida emizish mumkin emas.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Psixofizik qobiliyatlarga ta‘siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Markaziy nerv tizimi tomonidan ayrim nojo‘ya samaralar (xususan uyquchanlik yoki qusish) yaqqol bo‘lmagan yoki o‘rtacha darajada ta‘sir etishi mumkin. Bunday pasientlar transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanishlari tavsiya etiladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Bexosdan dozani oshirib yuborilishiga ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish kerak.

Sisplatinning dozasini o‘tkir oshirib yuborilishi buyrak, jigar yetishmovchiligi, karlikni rivojlanishi, ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar (shu jumladan ko‘z to‘r pardasini ko‘chishi), yaqqol rivojlangan mielosupressiya, to‘xtatib bo‘lmaydigan ko‘ngil aynishi va qusish va/yoki nevritga olib kelishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi xatto o‘lim bilan tugashi mumkin.

Sisplatinning dozasi oshirib yuborilganda, ishlatiladigan maxsus antidoti yo‘q. Sisplatin oqsillar bilan tez va mustaxkam bog‘langani tufayli, xatto doza oshirib yuborilgandan keyin 4 soat ichida gemodializ o‘tkazish ham preparatni organizmdan eliminasiya qilinishiga birozgina ta‘sir ko‘rsatadi.

Doza oshirib yuborilgan hollarda umumiy tutib turuvchi davolash o‘tkaziladi.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Suyultirilgandan keyin barqarorligi

0,9% li natriy xloridi eritmasi yoki 0,9% li natriy xloridi eritmasi va 5% li glyukoza eritmasi aralashmasi (1:1 nisbatda) bilan suyultirgandan keyin kimyoviy va fizik barqarorligi 2-8oS haroratda yoki xona haroratida, yorug‘likdan himoyalangan joyda 28 kun davomida saqlanib turishi namoyish etilgan.

Mikrobiologik nuqtai nazardan, eritma bevosita tayyorlangandan keyinoq ishlatilishi kerak. Aks holda saqlash uchun javobgarlik foydalanuvchi zimmasiga yuklatiladi.

2-8oS haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda (nazorat qiluvchi va validasiya qilingan, aseptik sharoitlarda tayyorlashni amalga oshirish bundan mustasno) saqlash muddati
24 soatdan oshmasligi kerak.