Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Ципрофлоксацин-MF ГЛАЗНЫЕ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Ципрофлоксацин-MF ГЛАЗНЫЕ КАПЛИ 3мг/мл 5мл №1

2 000 so'mdan
(2157)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
МЕДИОФАРМ
Chiqarilish shakli
ГЛ/КАПЛИ
Farma. Guruh
Средства применяемые в офтальмологии
Dori tafsilotlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Nojoʻya taʼsirlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Oʻta yuqori sezuvchanlik, virusli keratit, bolalik va oʻsmirlik yoshida (15 yoshgacha) qoʻllash mumkin emas.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Siprofloksatsin koʻz tomchilarini boshqa preparatlar bilan oʻzaro taʼsiri taʼriflanmagan.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Allergik reaksiyalar, qichishish, achishish, ogʻriq va konʼyunktiva yoki nogʻora parda sohasida qizarish, koʻngil aynishi, kam-qovoqlarning shishi, yorugʻlikdan qoʻrqish, koʻzni yoshlanishi, koʻzlarda yot tanani his qilish, tomizilgandan keyin ogʻizda darhol yoqimsiz taʼm, koʻrish oʻtkirligini pasayishi, shox parda yarasi boʻlgan bemorlarda oq kristall pretsipitatni paydo boʻlishi, keratit, keratopatiya, shox pardada dogʻ paydo boʻlishi yoki infiltratsiya, superinfeksiyani rivojlanishi.

 

 

Dori shakli:

 koʻz tomchilari 0,15% va 0,3%

 

Tarkibi:

faol modda: siprofloksatsin gidroxloridi (siprofloksatsinga qayta hisoblanganda)  0,15% eritmada 1,5 mg/ml va 0,3% eritmada 3 mg/ml.

yordamchi moddalar: dinatriy edetati, natriy xloridi, benzalkoniy xloridi, xlorid kislotasi, inyeksiya uchun.

 

 

Taʼrifi: 

rangsizdan to sargʻish-yashil ranggacha boʻlgan tiniq eritma.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 Antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruxi).

Farmakologik xususiyatlari

Keng taʼsir doirasiga ega boʻlgan mikroblarga qarshi vosita, ftorxinolon hosilasi, bakterial DNK-girazani susaytiradi (yadro RNKsi atrofida xromosoma DNKsining superspirilizatsiyasi jarayoniga masʼul boʻlgan II va IV topoizomerazani, bu genetik axborotni oʻqish uchun kerak), DNK sintezini, bakteriyalarning oʻsishini va boʻlinishini buzadi, yaqqol morfologik oʻzgarishlarni (shu jumladan, hujayra devori va membranalarining) va bakterial hujayraning tez oʻlimini chaqiradi. Grammanfiy bakteriyalarga tinch davrida va boʻlinish davrida (chunki nafaqat DNK-girazaga taʼsir qiladi, hujayra devorining lizisini ham chaqiradi), grammusbat mikroorganizmlarga – faqat boʻlinish davrida bakteritsid taʼsir koʻrsatadi. Makroorganizm uchun kam zaharliligi hujayralarida DNK-giraza yoʻqligi bilan aniqlanadi. Siprofloksatsinni qabul qilish fonida giraza ingibitorlari guruhiga mansub boʻlmagan boshqa antibiotiklarga chidamlilikni parallel ishlab chiqarilishi yuz bermaydi, bu uni aminoglikozidlar, penitsillinlar, sefalosporinlar, tetratsiklinlar va koʻpchilik boshqa antibiotiklarga chidamli boʻlgan bakteriyalarga nisbatan yuqori samarali qiladi. Siprofloksatsinga grammanfiy aerob bakteriyalar: enterobakteriyalar (Escherichia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Citrobacter spp., Klebsiella spp., Enterobacter spp., Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens, Hafnia alvei, Edwardsiella tarda, Providencia spp., Morganella morganii, Vibrio spp., Yersinia spp.), boshqa grammanfiy bakteriyalar (Haemophilus spp., Pseudomonas aeruginosa, Moraxella catarrhalis, Aeromonas spp., Pasteurella multocida, Plesiomonas shigelloides, Campylobacter jejuni, Neisseria spp.), baʼzi hujayra ichki qoʻzgʻatuvchilari – Legionella pneumophila, Brucella spp., Chlamydia trachomatis, Listeria monocytogenes, Mycobacterium tuberculosis, Mycobacterium kansasii, Corynebacterium diphtheriae; grammusbat aerob bakteriyalar: Staphylococcus spp. (Staphylococcus aureus, Staphylococcus haemolyticus, Staphylococcus hominis, Staphylococcus saprophyticus), Streptococcus spp. (Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae) sezgir.

Metitsillinga chidamli koʻpchilik stafilokokklar, siprofloksatsinga ham chidamli. Streptococcus pheumoniae, Enterococcus faecalis, Mycobacterium avium – intracellulare – bakteriyalarining sezgirligi oʻrtacha (ularni bostirish uchun yuqori konsentratsiyalari talab qilinadi).

Preparatga chidamli mikroorganizmlar: Bacteroides fragilis, Pseudomonas cepacia, Pseudomonas maltophilia, Ureaplasma urealyticum.

Treponema pallidum ga nisbatan samarasiz. Chidamlilik juda sekin rivojlanadi, sababi, bir tomondan siprofloksatsinning taʼsiridan keyin amalda doimiy davom etuvchi mikroorganizmlar qolmaydi, ikkinchidan bakterial hujayralarda uni faolsizlantiruvchi fermentlar boʻlmaydi.

 

Farmakokinetikasi

Siprofloksatsin koʻz tomchilari qoʻllanilganda, qon plazmasidagi maksimal konsentratsiyasi (Smax) – 5 ng/ml dan kam tashkil qiladi. Oʻrtacha konsentratsiyasi –  2,5 ng/ml dan kam tashkil qiladi.

 

Qoʻllanilishi

Koʻzning infeksion-yalligʻlanish kasalliklari:

– oʻtkir va nim oʻtkir konʼyunktiviti;

– blefarit, blefarokonʼyunktivit;

– keratit, keratokonʼyunktivit;

– shoh pardaning bakterial yarasi;

– surunkali dakriotsistit;

– meybomit (govmicha);

– jarohatlar yoki yot jismlar tushganidan keyingi koʻzning infeksion shikastlanishlari;

– oftalmoxirurgiyada operatsiyadan oldingi va keyingi infeksion asoratlarni oldini olish uchun qoʻllanadi.

Otolaringologiyada: tashqi otit, operatsiyadan keyingi infeksion asoratlarni davolashda qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Dozalash tartibi – mahalliy qoʻllanadi.

Yengil va oʻrtacha ogʻirlikdagi infeksiyalarda shikastlangan koʻzning (yoki ikkalla koʻzni) konʼyunktival xaltasiga 1-2 tomchidan har 4 soatda, ogʻir infeksiyalarda – 2 tomchidan har soatda tomiziladi. Holat yaxshilanganidan keyin doza va tomizishlar soni kamaytiriladi. Shox pardaning bakterial yarasida 1 tomchidan har 15 minutda 6 soat davomida, soʻngra tetiklik vaqtida 1 tomchidan har 30 minutda; 2 kuni – tetiklik vaqtida 1 tomchidan har soatda; 3 dan 14 kungacha tetiklik vaqtida 1 tomchidan har 4 soatda buyuriladi. Agar 14 kun davolangandan keyin epitelizatsiya yuz bermasa, davolashni davom ettirish mumkin.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Koʻz tomchilari koʻrinishidagi eritma koʻzni ichki inyeksiyalari uchun moʻljallanmagan. Boshqa oftalmologik dori vositalarni ishlatganda ular orasidagi interval kamida 5 minutni tashkil qilishi kerak. Preparatni subkonʼyunktival yoki toʻgʻri koʻzni oldingi kamerasiga yuborish mumkin emas. Agarda tomchilar qoʻllanganidan keyin konʼyunktival qizarish uzoq vaqt davom etsa yoki kuchaysa, u holda preparatni ishlatishni toʻxtatish va shifokorga murojaat qilish lozim. Preparat bilan davolash davrida yumshoq kontakt linzalarni taqish tavsiya qilinmaydi. Qattiq linzalar ishlatilganda ularni tomizishdan oldin yechish va preparat tomizilgandan keyin 15-20 minutdan keyin yana taqish lozim. Instilyatsiyadan keyin koʻrish oʻtkirligi vaqtinchalik yoʻqoladigan patsiyentlarga preparat tomizilganidan soʻng darhol mashinani haydash yoki murakkab texnika, uskuna yoki koʻrish oʻtkirligini talab qiluvchi har qanday murakkab qurilmalar bilan ishlatish tavsiya qilinmaydi. Flakonni har bir ishlatilgandan keyin flakonni yopish kerak. Pipetkani uchi bilan koʻzga teginmaslik lozim.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllanishi: preparatni homiladorlik, laktatsiya davrida qoʻllash boʻyicha yetarli tajriba yoʻq. Preparatni homilador va emizikli ayollarni davolovchi shifokorning koʻrsatmasi boʻyicha, agar kutiladigan davolash samarasi mumkin boʻlgan nojoʻya samaralarining rivojlanishi xavfidan ustun boʻlsa qoʻllash mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtganidan soʻng ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi haqida maʼlumotlar yoʻq.

 

Chiqarilish shakli

0,15% va 0,3% eritma 5 ml yoki 10 ml dan tomchilagich-qopqoqli va buraladigan himoyalovchi qopqoqli, plastik flakonda. Xar bir flakon qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Flakon ochilganidan soʻng bir oy davomida ishlatilsin.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha