Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ЦИННАРИЗИН ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ЦИННАРИЗИН ТАБЛЕТКА 25МГ №50

3 472 so'mdan
(1822)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
CINNARIZINE
Ishlab chiqaruvchi
ОЗОН
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Средства улучшающие мозговое кровообращение
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

inyeksiya uchun eritma.

 

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: sianokobalamin – 0,5 mg.

yordamchi moddalar: natriy xloridi, inyeksiya uchun suv.

 

Taʼrifi: 

pushti ranglidan yorqin-qizil rangligacha boʻlgan tiniq eritma.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 Vitamin.

Farmakologik xususiyatlari

V12 vitamini (sianokobalamin) metabolik, gemopoetik taʼsir koʻrsatadi. Organizmda (asosan jigarda) koferment shakli – V12 vitaminining faol shakli boʻlgan kobamamid yoki adenozilkobalaminga aylanadi. Kobamamid juda koʻp fermentlarning tarkibiga, shu jumladan folat kislotasini tetragidrofolatga aylantiruvchi reduktazaning tarkibiga kiradi. Yuqori biologik faollikka ega. Kobamamid metil va boshqa bir karbonli fragmentlarni tashilishida ishtirok etadi, shuning uchun u dezoksiriboza va DNK, kreatinin, metil guruhlarning donori – metioninni hosil boʻlishi uchun, lipotrop omil – xolinning sintezida, metilmalon kislotasini miyelinning tarkibiga kiruvchi qahrabo kislotasiga aylantirish uchun propion kislotasini utilizatsiyasi uchun zarurdir. Kobamamid normal qon yaratilishi uchun kerak, chunki eritrotsitlarni yetilishiga yordam beradi. Eritrotsitlarda sulfgidril guruhlarni saqlovchi birikmalarni sintezida va toʻplanishida ishtirok etadi, bu ularning gemolizga boʻlgan tolerantligini oshiradi. Qon ivish tizimini faollashtiradi, yuqori dozalarda tromboplastik faollikni va protrombinning faolligini oshishini chaqiradi. Qonda xolesterinning darajasini pasaytiradi. Nerv tizimi va jigar funksiyasiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Toʻqimalarning regeneratsiyalanish xususiyatini oshiradi.

 

Farmakokinetikasi

V12 vitamini parenteral qoʻllanganida tizimli qon oqimiga tez tushadi. Qonda, uni toʻqimalarga tashuvchi I va II transkobalaminlar bilan bogʻlanadi. Asosan jigarda toʻplanadi. Plazma oqsillari bilan bogʻlanishi – 90%. Teri ostiga yoki mushak ichiga yuborilganidan keyin maksimal konsentratsiyaga erishish vaqti (TCmax) taxminan 1 soatni tashkil qiladi. Jigardan ichakka safro bilan chiqariladi va qonga qayta soʻriladi. Jigardan yarim chiqarilish davri (T1/2) – 500 kun. Buyrakning normal funksiyasida 7-10% buyraklar orqali, taxminan 50% – ahlat bilan chiqariladi; buyrak funksiyasi pasayganida – 0-7% buyrak orqali, 70-100% ahlat bilan chiqariladi. Yoʻldosh toʻsigʻi orqali oʻtadi.

 

Qoʻllanilishi

Tanqislik sababidan (Addison-Birmer kasalligi, alimentar makrotsitar anemiya) qatʼiy nazar, V12 vitamini tanqisligi bilan kechuvchi surunkali anemiyalar, anemiyalarni kompleks davolash tarkibida (shu jumladan temir tanqisligi, postgemorragik, aplastik anemiya, toksik moddalar va/yoki dori vositalarini qoʻllash oqibatidagi anemiyalar). Surunkali gepatit, jigar sirrozi, jigar yetishmovchiligi. Polinevrit, radikulit, nevralgiya (shu jumladan, uch shoxli nerv nevralgiyasi). Funikulyar miyeloz, periferik nervlarning jarohatlari, amiotrofik yon sklerozi, bolalar serebral falaji, Daun kasalligi. Teri kasalliklari (psoriaz, fotodermatoz, gerpesga oʻxshash dermatit, atopik dermatit). Profilaktika maqsadida – biguanidlar, paraaminosalitsil kislotasi, askorbin kislotasini yuqori dozalarda buyurilganda. V12 vitaminini soʻrilishini buzilishi bilan kechuvchi meʼda va ichak kasalliklarida (meʼda va ingichka ichakning bir qismining rezeksiyasi, Kron kasalligi, seliakiya, malabsorbsiya sindromi, spru). Oʻtkir nur kasalligida qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Preparat teri ostiga, mushak ichiga, vena ichiga va intralyumbal qoʻllanadi.

Kattalar. Addison-Birmer kasalligida – sutkada 100-200 mkg dan, kunora teri ostiga; V12 tanqisligi bilan bogʻliq anemiyalarda – sutkada 100-200 mkg dan kunora. Funikulyar miyelozning koʻrinishlari bilan kechuvchi anemiyalarda va nerv tizimini shikastlanishi bilan kechuvchi makrotsitar anemiyalarda – birinchi haftada 400-500 mkg dan har kuni, soʻngra – 5-7 kunda 1 marta (bir vaqtda folat kislotasi buyuriladi). Remissiya davrida funikulyar miyelozning belgilari boʻlmaganida tutib turuvchi doza – 100 mkg dan bir oyda 2 marta, nevrologik simptomlar boʻlganida – 200-400 mkg dan bir oyda 2-4 marta.

Oʻtkir postgemorragik va temir tanqisligi anemiyalarida – 30-100 mkg dan haftada 2-3 marta, aplastik anemiyada 100 mkg dan klinik-gematologik yaxshilanish boʻlgunicha yuboriladi.

Markaziy nerv tizimi kasalliklarida, ogʻriq sindromi boʻlgan nevrologik kasalliklarda oshib boruvchi dozalarda – 200 mkg dan 500 mkg gacha, holat yaxshilanganida esa – sutkada 100 mkg buyuriladi. Davolash kursi – 2 haftani tashkil etadi. Periferik nerv tizimining travmatik shikastlanishlarida – 200-400 mkg kunora  40-45 kun davomida.

Gepatit va jigar sirrozida sutkada 30-60 mkg yoki 100 mkg kunora 25-40 kun davomida yuboriladi.

Oʻtkir nur kasalligi, diabetik nevropatiya, spruda – 60-100 mkg dan har kuni 20-30 kun davomida buyuriladi.

Funikulyar miyeloz, amiotrofik yon sklerozi, tarqoq sklerozda – 15-30 mkg dan intralyumbal va har navbatdagi inyeksiyada doza oshiriladi (50, 100, 150, 200 mkg). Intralyumbal inyeksiyalar har 3 kunda qilinadi, kursga hammasi boʻlib 8-10 inyeksiya zarur. Remissiya davrida funikulyar miyeloz belgilari boʻlmaganida samarani bir maromda tutib turuvchi davolash uchun 100 mkg dan bir oyda 2 marta, nevrologik simptomlari boʻlganida – 200- 400 mkg dan bir oyda 2-4 marta buyuriladi.

V12 vitaminini tanqisligini bartaraf etish uchun preparat 1 mg dan har kuni 1-2 hafta davomida, oldini olish uchun – bir oyda 1 marta mushak ichiga va vena ichiga yuboriladi.

Davolash davomiyligi individual ravishda belgilanadi.

Kattalar uchun maksimal sutkalik doza – 500 mkg.

Bolalar. Tana vazniga 1 mkg/kg dozada teri ostiga yuboriladi, maksimal sutkalik doza 100 mkg.

Alimentar anemiya va chala tugʻilgan bolalar anemiyasida – teri ostiga kuniga 30 mkg har kuni, 15 kun davomida, aplastik anemiyada – 100 mkg dan, klinik-gematologik yaxshilanish boʻlgunicha.

Kasalliklardan keyingi distrofik holatlar, Daun kasalligi va bolalar serebral falajida – teri ostiga 15-30 mkg dan kunora.

Gepatitlar va jigar sirrozida sutkada 30-60 mkg yoki 100 mkg kunora 25-40 kun davomida yuboriladi.

Qoʻllash usuli va dozalari patologiyaga bogʻliq va sutkada 30 mkg dan 100 mkg gacha oraliqda oʻzgarib turadi. Dori shaklining 500 mkg/ml dozasi 3 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllanmaydi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Gematologik buzilishlar: giperkoagulyatsiya.

Yurak-qon tomir buzilishlari: taxikardiya, yurak sohasida ogʻriq.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, nerv qoʻzgʻalishi.

Modda almashinuv jarayonlarini buzilishlari: akne, bullyoz toshmalar, koʻngil aynishi, terlash, purin almashinuvini buzilishi.

Allergik reaksiyalar: teri koʻrinishlari (eshakemi, toshma, qichishish), anafilaktik shok.

Umumiy buzilishlar: holsizlik, isitma.

Mahalliy reaksiyalar: ogʻriq, inyeksiya joyida zichlashish va nekroz.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Eritremiyalar, eritrotsitoz, xavfli oʻsmalar, megaloblast anemiya va V12 vitaminining tanqisligi bilan kechuvchi hollaridan tashqari hollarda. Oʻtkir tromboembolik kasalliklar. Zoʻriqish stenokardiyasining yuqori funksional sinfi. 1 ml da 500 mkg sianokobalamin saqlovchi dori shakli uchun 3 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Aminoglikozidlar, salitsilatlar, tutqanoqqa qarshi preparatlar, kolxitsin, kaliy preparatlari preparatni soʻrilishini pasaytiradi, uning kinetikasiga taʼsir qiladi. Kanamitsin, neomitsin, polimiksinlar, tetratsiklinlar bilan bir vaqtda qoʻllanganida sianokobalaminni soʻrilishi susayadi.

Askorbin kislotasi, ogʻir metall tuzlari (sianokobalaminni faolsizlanishi), tiamin bromidi, piridoksin, riboflavin (sianokobalamin molekulasida saqlanuvchi kobalt ioni boshqa vitaminlarni buzadi) bilan farmatsevtik jihatdan nomutanosibdir.

Tiamin – tiamin chaqirgan allergik reaksiyalarni rivojlanish xavfi oshadi.

Xloramfenikol – preparatga gematopoetik javobni pasaytiradi.

Sitamen – bir vaqtda qoʻllanganida sitamenning samarasi pasayadi.

Peroral kontratseptivlar – qonda sianokobalaminning konsentratsiyasini pasaytiradi.

Antimetabolitlar va koʻpchilik antibiotiklar sianokobalaminning mikrobiologik tekshirish natijalarini oʻzgartiradi.

Nomutanosibligi. Sianokobalaminning molekulasida saqlanuvchi kobalt ioni askorbin kislotasi, tiamin bromidi, riboflavinni bir eritmada parchalanishiga yordam beradi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Davolash vaqtida periferik qon koʻrsatkichlarini nazorat qilish kerak: davolashning 5-8 kuni retikulotsitlar soni, temirning konsentratsiyasi aniqlanadi. Gemoglobinning, eritrotsitlarning miqdori va rangli koʻrsatkichni bir haftada 1-2 marta 1 oy davomida, soʻngra – bir oyda 2-4 marta nazorat qilish kerak. Eritrotsitlar soni 4 000 000-4 500 000/mkg gacha oshganida, eritrotsitlarning normal oʻlchamlarga erishilganida, anizo- va poykilotsitozni yoʻqolishida, retikulotsitar krizdan keyin retikulotsitlar soni normal boʻlganida remissiyaga erishiladi. Gematologik remissiyaga erishilgandan keyin periferik qon nazorati 4-6 oyda 1 martadan kam boʻlmagan holda oʻtkaziladi.

Tromb hosil boʻlishiga moyilligi boʻlgan shaxslarda va stenokardiyasi boʻlgan bemorlarda davolash jarayonida qon ivishini nazorat qilish va ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Homiladorlik yoki emizish davrida qoʻllanishi. Homiladorlikda (V12 vitaminining yuqori dozalarida teratogen taʼsiri toʻgʻrisida yakka maʼlumotlar bor) va emizish vaqtida foyda/xavf nisbatini hisobga olib, shifokor nazorati ostida  ehtiyotkorlik bilan qoʻllanadi.

Bolalar. Teri ostiga yuboriladi. Qoʻllash usuli va dozalari patologiyaga bogʻliq va sutkada 30 mkg dan 100 mkg gacha oraliqda oʻzgarib turadi. 500 mkg/ml dori shakli 3 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllanmaydi.

Avtotransportni boshqarishida yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga taʼsir qilish xususiyatlari. Davolash vaqtida avtotransportni boshqarish va yuqori diqqat va tezkor reaksiyalarni talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shugʻullanishdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishida oʻpka shishi, periferik qon tomirlarining trombozi boʻlishi mumkin. Davolash simptomatik.

 

Chiqarilish shakli

Inyeksiya uchun eritma 0,05% 1 ml. 1 ml dan ampuladan neytral-shishalarda; 10 ampuladan kontur uyali oʻramda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.