Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ЦИННАРИЗИН ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ЦИННАРИЗИН ТАБЛЕТКА 0,025Г №10

500 so'mdan
(1225)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
CINNARIZINE
Ishlab chiqaruvchi
REMEDY GROUP
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Средства улучшающие мозговое кровообращение
Dori tafsilotlari
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan xolatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: oʻtkir dozani oshirib yuborilishining yakka hollarida (90 dan 2250 mg gacha) ongni uyquchanlikdan stupor va komagacha oʻzgarishi, qusish, ekstrapiramid simptomlar, arterial gipotenziya kabi holatlar kuzatilgan. Kam sonli bolalarda tirishishlar kuzatilgan. Koʻpchilik hollarda klinik natija ogʻir boʻlmagan, ammo boshqa dori vositalari, shu jumladan sinnarizin bilan bir vaqtda qoʻllanganida dozani oshirib yuborilishidan keyin letal hollarni aniqlangan.

Davolash: maxsus antidoti yoʻq. Ichga qabul qilinganidan keyingi birinchi soat davomida meʼdani yuvishni oʻtkazish zarur. Agar bu oqlansa, faollashtirilgan koʻmirni buyurish mumkin.

 

Chiqarilish shakli

50 tabletkadan kontur uyali oʻramda, qutida yoki qutisiz; 10 tabletkadan blisterda, 5 blisterdan qutida.

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

4 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.

Dori shakli:

 tabletkalar

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 25 mg sinnarizin;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajoʻxori kraxmali, povidon, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.

 

Taʼrifi: 

oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Vestibulyar buzilishlarda qoʻllanadigan vositalar. Sinnarazin.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Sinnarizin kalsiy kanallarini bloklash yoʻli bilan silliq vaskulyar mushaklari hujayralarining qisqarishni susaytiradi. Toʻgʻridan-toʻgʻri kalsiy antagonizmiga qoʻshimcha sinnarizin norepinefrin va serotonin kabi vazoaktiv moddalarni, ular bilan nazorat qilinadigan kalsiy kanallarini bloklash yoʻli orqali, qisqartiruvchi taʼsirini kamaytiradi. Kalsiyning hujayraga tushishni bloklanishi toʻqimalarning turli xilliligiga bogʻliq, uning natijasi boʻlib arterial bosimga va yurak qisqarishlariga taʼsiri boʻlmagan antivazokonstriktor taʼsiri hisoblanadi. Sinnarizin keyinchalik yetarli boʻlmagan mikrotsirkulyatsiyani eritrotsitlarning membranalarini elastikligini oshirish va qonning qovushqoqligini kamaytirish yoʻli bilan yaxshilashi mumkin. Hujayralarning gipoksiyaga rezistentligi oshadi. Sinnarizin vestibulyar tizimini ragʻbatlantirilishini susaytiradi, buning natijasida nistagmni susaytiradi va boshqa avtonom buzilishlarga ega. Sinnarizin oʻtkir bosh aylanishi xurujlarining paydo boʻlishini oldini oladi.

Farmakokinetikasi

Sinnarizinning qon plazmasidagi maksimal darajasini qabul qilingandan keyin 1-3 soatda olish mumkin. Qonning plazma oqsillari sinnarizin bilan 91% ga bogʻlanadi. Sinnarizin ahamiyatli darajada CYP2D6 metabolizmga uchraydi. Qon plazmasidan yarim chiqarilish davri 4 soatdan 24 soatgachani tashkil qiladi. Metabolitlarini chiqarilishi taxminan 1/3 – siydik bilan va 2/3 – ahlat bilan amalga oshiriladi.

 

Qoʻllanilishi

Bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, nistagm, koʻngil aynishi va qusishni oʻz ichiga oluvchi labirint buzilishlarining simptomlarini samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash.

Harakat kasalligini oldini olish.

Migrenni oldini olish.

Bosh aylanishi, quloqlarda shovqin (tinitus), kelib chiqishi tomirli boʻlgan bosh ogʻrigʻini, taʼsirchanlik, xotirani yoʻqotish va diqqatni jamlay olaolmaslikni oʻz ichiga oluvchi serebrovaskulyar kelib chiqishiga ega boʻlgan simptomlarini samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash.

Reyno kasalligi, akrotsinoz, oʻzgarib turuvchi oqsoqlik, trofik buzilishlar, trofik va varikoz yaralar, paresteziyalar, oyoq-qoʻllarning tungi spazmlari, oyoq-qoʻllarni sovuqligini oʻz ichiga oluvchi periferik tomirli buzilishlarning simptomlarni samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashda qoʻllaniladi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar

Bosh miya qon aylanishini buzilishlari: 25 mg li 1 tabletkadan sutkada 3 marta.

Periferik qon aylanishini buzilishlari: 25 mg li 2-3 tabletkadan sutkada 3 marta.

Muvozanatni buzilishlari: 25 mg li 1 tabletkadan sutkada 3 marta.

Harakat kasalligi: kattalarga – 25 mg li tabletkadan sayrdan yarim soat oldin har 6 soatda takrorlash bilan;

– 5-12 yoshli bolalarga: kattalarga buyuriladigan dozaning yarmi tavsiya qilinishi mumkin.

Sinnarizin “OZ” ni ovqatdan keyin qabul qilgan maʼqul.

Tavsiya qilingan maksimal doza sutkada 225 mg (9 tabletka) dan oshmasligi kerak.

Bosh aylanishda samara dozaga bogʻliq boʻlganligi tufayli dozani asta-sekin oshirish lozim.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Nojoʻya reaksiyalarini paydo boʻlish tez-tezligi: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, <1/100); kam hollarda (≥1/10000, <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000); nomaʼlum (mavjud maʼlumotlar boʻyicha aniqlash mumkin emas).

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – uyquchanlik; tez-tez emas – gipersomniya, letargiya; nomaʼlum – diskineziya, ekstrapiramid buzilishlar, parkinsonizm, tremor.

Ovqat hazm qilish yoʻllari tomonidan: tez-tez – koʻngil aynishi; tez-tez emas – meʼdada diskomfort, qusish, yuqori abdominal ogʻriq, dispepsiya.

Teri va uning qoʻshimchalari tomonidan: tez-tez emas – gipergidroz, temiratkisimon keratoz; nomaʼlum – qizil yassi temiratki, yuguriksimon reaksiyalar.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: nomaʼlum – mushaklarning rigidligi.

Umumiy buzilishlar: tez-tez emas – yuqori toliqish.

Laboratoriya koʻrsatkichlari: tez-tez – tana vaznini oshishi.

Kamdan-kam hollarda bosh ogʻrigʻi, ogʻizni qurish hissi, allergik reaksiyalar va xolestatik sariqlik kabi holatlar kuzatilishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan xolatlar

Sinnarizinga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Etanol/MNT depressantlari/tritsiklik antidepressantlar: bir vaqtda qoʻllash bu vositalarining yoki sinnarizinning sedativ taʼsirini kuchaytirish mumkin.

Diagnostik aralashuvlar: oʻzining antigistamin samarasi tufayli Sinnarizin “OZ” teri sinamasini oʻtkazilganida, terini reaktivligi omillariga nisbatan musbat reaksiyalarni niqoblashi mumkin, shuning uchun ularni qoʻllashni uni oʻtkazishdan 4 kun oldin toʻxtatish lozim.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Boshqa antigistamin dori vositalari  kabi Sinnarizinga “OZ” epigastral sohada taʼsirlanish chaqirishi mumkin; uni ovqatdan keyin qabul qilish meʼdani taʼsirlanishi holatini kamaytirishi mumkin.

Parkinsonizm kasalligida Sinnarizin “OZ” faqat agar davolashning afzalligi, bu kasallikning kechishini mumkin boʻlgan yomonlashishi xavfidan ustun boʻlgan hollarda buyuriladi.

Sinnarizin “OZ” uyquchanlikni, ayniqsa davolashni boshida sabab boʻlib xizmat qilishi mumkin. Shuning uchun bir vaqtda alkogolni yoki markaziy nerv tizimining depressantlarini ishlatishdan saqlanish lozim.

Porfiriyada sinnarizinni qoʻllashdan saqlanish kerak.

Sinnarizin “OZ” ni jigar yoki buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim.

Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun kam uchraydigan nasliy galaktozani oʻzlashtiraolmaslikni shakllari, Lappa laktoza yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi sindromi boʻlgan patsiyentlarda preparatni qoʻllash mumkin emas.

Homiladorlik yoki emizish davrida qoʻllanishi.

Preparatni homiladorlik davrida shifokorning fikri boʻyicha ona uchun kutiladigan foyda, homila uchun boʻlgan potensial xavfdan ustun boʻlsa qoʻllash mumkin.

Sinnarizinni koʻkrak suti bilan chiqarilishi mumkinligiga nisbatan maʼlumotlar yoʻq, shuning uchun emizish davrida Sinnarizin “OZ” bilan davolashdan saqlanish lozim.

Bolalar.

Preparat 5 yoshdan boshlab bolalarda harakat kasalliklarida qoʻllanadi.

5-12 yoshli bolalarga kattalar qabul qiladigan dozaning yarmini buyurish tavsiya etiladi.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga taʼsir qilish qobiliyati

Preparat ayniqsa davolashni boshida qoʻllanganidan keyin, u uyquchanlik chaqirishi mumkinligi tufayli, avtomobilni boshqarishda yoki xavfli texnikani ishlatilganida ehtiyotkor boʻlish lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.