Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ЦИНКОПЕРОЛ АМПУЛЫ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ЦИНКОПЕРОЛ АМПУЛЫ 0,25% 1МЛ №5

60 000 so'mdan
(3805)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
PYRACINUM
Ishlab chiqaruvchi
REMEDY GROUP
Chiqarilish shakli
АМП
Farma. Guruh
Витамины и родственные препараты
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

Inyeksiya uchun eritma.

 

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar: Piratsin – 2,5 mg, piridoksin gidroxloridi – 0,5 mg.

Yordamchi moddalar: inyeksiya uchun suv.

 

Taʼrifi:

 Tiniq, rangsiz eritma.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

vitaminlar mineral moddalar bilan kombinatsiyasi.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Piratsin – rux mikroelementining piridoksin (vitamin V6) bilan kompleks birikmasi.

Preparatning taʼsiri uni tashkil qiluvchi komponentlarining farmakologik xususiyatlariga bogʻliq.

Rux – biologik membranalar, hujayra retseptorlari, proteinlarning struktur komponenti boʻlib, 200 dan ortiq enzimatik tizimining tarkibiga kiradi. Terini trofikasini yaxshilaydi, pigment almashinuvini normallashtiradi, terini elastikligini va uning regenerator hususiyatlarini yaxshilaydi. Erkak organizmining reproduktiv aʼzolarini normal faoliyat koʻrsatishi uchun muhim omil hisoblanadi. Spermatozoidlarni yetilishini ragʻbatlantiradi va faolligini oshiradi, erkak jinsiy bezlarini normal faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishiga yordam beradi. Rux taʼsiri ostida follikulani ragʻbatlantiruvchi gormon darajasi oshadi.

Piridkoksin (V6 vitamini) – moddalar almashinuvida ishtirok etadi, markaziy va periferik nerv tizimining normal faoliyat koʻrsatishi uchun zarur. Organizmga tushgach, u fosforlanadi, piridoksal-5-fosfatga aylanadi va aminokislotalarni dekarboksillanishini va pereaminlanishini amalga oshiruvchi fermentlarning tarkibiga kiradi. Triptofan, metionin, sistein, glutamin kislotasi va boshqa aminokislotalar almashinuvida ishtirok etadi. Lipid almashinuvini normallashuviga yordam beradi.

Preparat yaqqol gipolipidemik va antiaterosklerotik faollikka ega. Giperlipidemiya va aterosklerozda periferik qonda xolesterin, umumiy lipidlar, triglitseridlar, past va juda past zichlikdagi lipoproteidlar, lipidlarning perekis oksidlanish mahsulotlari miqdorini kamaytiradi, zichligi yuqori lipoproteidlar va fosfolipidlarning miqdorini oshiradi. Giperlipidemiya bilan kechuvchi qandli diabetda preparat qonda glyukoza, piruvat va sut kislotasining miqdorini kamaytiradi.

Farmakokinetikasi

Preparat parenteral yuborilgandan keyin organizmning toʻqima va biologik suyuqliklarida yaxshi taqsimlanadi.

Preparatning eng yuqori konsentratsiyasi jigarda, meʼda osti bezida, buyraklarda, taloqda va oʻpkada aniqlanadi.

Qondan yarim chiqarilish davri (T1/2) 3 soat 46 minutni tashkil qiladi. Yuborilganidan soʻng 24 soatdan keyin preparat qonda aniqlanmaydi. Asosan ahlat bilan chiqariladi, buyrak orqali juda oz chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi

Rux tanqisligi holatlarini terida namoyon boʻlishini (vitiligo, oʻchoqli alopetsiya, seboreyali alopetsiya, pustulez va flegmonoz husnbuzarlar, enteropatik akrodermatit va boshqa terining qiyin bituvchi yaralari) kompleks davolashda qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Preparatni mushak ichiga (m/i) buyuriladi.

Rux tanqisligi holatlari terida namoyon boʻlganida (enteropatik akrodermatit, oʻchoqli alopetsiya, seboreyali alopetsiya, pustulez va flegmonoz husnbuzarlar, vitiligo, terining qiyin bituvchi yaralari) preparatning eritmasi 1 ml dan kuniga 1 marta 10 kun davomida mushak ichiga yuboriladi. Zarurati boʻlganida davolash kurslarini 10 kunlik tanaffus bilan bir necha marta takrorlash mumkin.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Preparat odatda yaxshi oʻzlashtiriladi. Juda kam hollarda koʻngil aynishi va qusish kabi dispeptik holatlar, eshakemi koʻrinishidagi allergik reaksiyalar boʻlishi mumkin, ular odatda preparat bekor qilingandan keyin mustaqil ravishda oʻtib ketadi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Rux saqlovchi preparatlarga oʻta yuqori sezuvchanlik.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Taʼriflanmagan.

 

 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparat qoʻllanganida spirtli ichimliklarni isteʼmol qilishdan saqlanish kerak.

Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish hollarida nojoʻya taʼsir belgilari kuchayishi mumkin.

 

Chiqarilish shakli

Inyeksiya uchun 0,25 % eritma, 1 ml dan №5, №10, №20 (2x10) ampulalarda.

10 ampuladan polivinilxlorid plyonkali va alyumin muhrli laklangan folgali kontur uyali oʻramda.

2 kontur uyali oʻramlar davlat va rus tillaridagi qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.