Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Цинарикс ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Цинарикс ТАБЛЕТКА №24

21 500 so'mdan
(4197)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
МОНТАВИТ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
БАД (биологически активные добавки)
Dori tafsilotlari
SINARIKS QOBIQ BILAN QOPLANGAN TABLЕTKALARI NIMA VA UNI NIMA UCHUN QOʻLLANILADI.
SIZ SINARIKS QOBIQ BILAN QOPLANGAN TABLЕTKALARINI QABUL QILISHNI BOSHLASHINGIZDAN OLDIN.
SINARIKS QOBIQ BILAN QOPLANGAN TABLЕTKALARINI QANDAY QABUL QILISH KЕRAK
BOʻLISHI MUMKIN BOʻLGAN NOJOʻYa SAMARALAR
SINARIKS QOBIQ BILAN QOPLANGAN TABLЕTKALARINI QANDAY SAQLASH ZARUR
KЕYINGI MAʼLUMOT
SINARIKS QOBIQ BILAN QOPLANGAN TABLЕTKALARI NIMA VA UNI NIMA UCHUN QOʻLLANILADI.

Ushbu preparat safro ishlab chiqarishini ragʻbatlantiruvchi xoleretik modda hisoblanadi.

Taʼsir mexanizmi:

Artishok barglari standartlashtirilgan ekstrakti safro ishlab chiqarishni ragʻbatlantiradi va ovqat hazm qilish uchun kerak boʻlgan pankreatik fermentlar sekretsiyasini oshiradi.

Terapevtik qoʻllanilishi:

Dorivor oʻsimlik preparati.

Yogʻli ovqat yoki ogʻir hazm qilinadigan ovqat qabul qilingandan keyin, ayniqsa, oʻt chiqarish yoʻllarining funksional oʻzgarishlarida ovqat hazm qilish buzilishlari va meteorizmni davolash uchun.

Xoletsistektomiyadan keyingi davolash.

Zardobida yuqori (qon) lipid darajalarining kuchsiz rivojlangan shakllarida adʼyuvant davolash.

Jigar faoliyati buzilgandagi umumiy davolash jarayonida yordamchi modda sifatida qoʻllanadi.

SIZ SINARIKS QOBIQ BILAN QOPLANGAN TABLЕTKALARINI QABUL QILISHNI BOSHLASHINGIZDAN OLDIN.

Sinariks qobiq bilan qoplangan tabletalarini qabul qilmaslik kerak

Agar Sizda artishok ekstraktiga, dastorguldoshlar oilasiga kiruvchi boshqa oʻsimliklar

yoki Sinariks qobiq bilan qoplangan tabletkalarining boshqa ingrediyentlariga allergiya (yuqori sezuvchanlik) boʻlsa.

Agar Sizda biron-bir quyidagi buzilishlar boʻlsa:

  • oʻtkir jigar distrofiyasi
  • oʻt yoʻllarini tiqilib qolishi
  • oʻt qopi empiyemasi (oʻt qopini yiring bilan toʻlib qolishiga olib keluvchi buzilishlar).

Sinariks qobiq bilan qoplangan tabletkalari bilan ayniqsa extiyot boʻlish kerak

  • Agar sizdagi simptomlar 14 kundan keyin yengillashmasa yoki yomonlashsa, Siz shifokor bilan bogʻlanishingiz kerak.
  • Maʼlumotlar yoʻq boʻlgani uchun, Sinariks qobiq bilan qoplangan tabletkalarini 12 yoshgacha boʻlgan bolalar qabul qilmasligi kerak.

 

Boshqa tibbiy preparatlarni qabul qilish

Shu kungacha boʻlgan vaqtda xech qanday oʻzaro taʼsirlar kuzatilmagan.

Agar Siz boshqa har qanday, shu jumladan retseptsiz olingan tibbiy preparatlarni qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan boʻlsangiz, iltimos shifokoringizga xabar bering.

 

Sinariks qobiq bilan qoplangan tabletkalarini ovqat va ichimliklar bilan qabul qilish

Hozirgi vaqtgacha hech qanday oʻzaro taʼsirlar kuzatilmagan.

Homiladorlik va emizish

Har qanday preparatni qabul qilishdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Artishok ekstrakti bilan homilador ayollarda tadqiqotlar oʻtkazilmagan. Artishok ekstraktining faol moddalari koʻkrak sutiga oʻtishi nomaʼlum.

Agar Siz homilador boʻlsangiz yoki emizayotgan boʻlsangiz, Sinariks qobiq bilan qoplangan tabletkalarini qabul qilayotganda ehtiyot boʻlish kerak. Shifokoringiz davolash foydasi va xavfini baholab, solishtirishi kerak.

 

Mexanizmlarni haydash va boshqarish

Sinariks qobiq bilan qoplangan tabletkalari mexanizmlarni xaydash va boshqarish qobiliyatiga taʼsir etadi.

Sinariks qobiq bilan qoplangan tabletkalarining baʼzi bir ingrediyentlari toʻgʻrisida muhim maʼlumot

Ushbu tibbiy preparat laktoza va saxaroza saqlaydi. Agar Sizga, Sizda baʼzi bir qandlarga oʻzlashtiraolmaslik borligi haqida xabar berilgan boʻlsa, shifokoringiz bilan maslaxatlashmasdan Sinariks qobiq bilan qoplangan tabletkalarini qabul qilmang.

SINARIKS QOBIQ BILAN QOPLANGAN TABLЕTKALARINI QANDAY QABUL QILISH KЕRAK

Sinariks qobiq bilan qoplangan tabletkalarini xar doim shifokoringiz tavsiyasiga rioya qilib, qabul qiling. Agar Siz biron narsaga ishonch hosil qilmasangiz, shifokoringiz bilan maslahatlashingiz kerak.

Agar shifokoringiz boshqacha buyurmagan boʻlsa odatdagi doza quyidagilarni tashkil etadi:

Kattalar va 12 yoshdan oshgan oʻsmirlar:

1-2 qobiq bilan qoplangan tabletka sutkada uch marta. Sinariks qobiq bilan qoplangan

tabletkalarini yetarli miqdordagi alkogolsiz suyuqlik (masalan, 1 stakan suv) bilan ovqatlanishdan bir oz oldin qabul qiling.

Bolalarda qoʻllash tajribasi yoʻq.

Sinariks qobiq bilan qoplangan tabletkalari shifokor tavsiya qilgandan uzoq muddat davomida qabul qilish mumkin emas. Agar Sizdagi simptomlar 2 hafta davomidagi davolanishdan keyin yaxshilanmasa, shifokor bilan maslahatlashishingiz kerak.

Agar Siz Sinariks qobiq bilan qoplangan tabletkalarini buyurilgandan ortiq qabul qilgan boʻlsangiz

Dozani oshirib yuborilishi xolatlari kuzatilmagan.

 

Agar Siz Sinariks qobiq bilan qoplangan tabletkalarini qabul qilishni unutgan boʻlsangiz

Oʻtkazib yuborilgan dozaning oʻrnini toʻldirish uchun ikki barobar dozani qabul qilmang.

BOʻLISHI MUMKIN BOʻLGAN NOJOʻYa SAMARALAR

Barcha tibbiy preparatlar kabi, Sinariks qobiq bilan qoplangan tabletkalari nojoʻya samaralar sababi boʻlishi mumkin, lekin ular hammada ham kuzatilmaydi.

Agar biron-bir nojoʻya samaralar jiddiylashsa yoki Siz ushbu ilovada qayd qilinmagan biron-bir nojoʻya samaralarni sezsangiz, iltimos bu haqida shifokoringizga xabar bering.

Juda kam holatlarda meʼda-ichak yoʻllari tomonidan kuchsiz buzilishlar (kuchsiz diareya, epigastral sohadagi buzilishlar, koʻngil aynishi, jigʻildon qaynashi) kuzatiladi.

SINARIKS QOBIQ BILAN QOPLANGAN TABLЕTKALARINI QANDAY SAQLASH ZARUR

Sinariks qobiq bilan qoplangan tabletkalari yorugʻlikdan himoya qilish uchun original oʻramida saqlansin. 25oS dan past boʻlgan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Sinariks qobiq bilan qoplangan tabletkalari quyida koʻrsatilgan yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin foydalanilmasin. Yaroqlilik muddati koʻrsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.

Tibbiy preparatlarni oqava suvlarda yoki maishiy chiqindilari bilan yoʻqotish mumkin emas. Keyin ishlatish zarurati boʻlmagan tibbiy preparatlarni qanday qilib yoʻq qilish toʻgʻrisida shifokoringizdan soʻrang. Bu choralar Sizga atrof muhitni himoya qilishga yordam beradi.

KЕYINGI MAʼLUMOT

Sinariks qobiq bilan qoplangan tabletkalari nima saqlaydi

  • Faol modda: artishok barglari eksrakti

Qobiq bilan qoplangan 1 tabletka 55 mg ekstrakti (quruq ekstrakt koʻrinishida) Cynarasacolymus L. (artishok), barglar (artishok bargi) (ekstraksiya koeffitsenti = 4-6 : 1, ekstraksion eritma: tozalangan suv).

  • Boshqa ingrediyentlar 58,6 mg laktoza, 106,6 mg saxaroza, maltodekstrin, kolloidli kremniy dioksidi, selaktoza (sellyuloza, laktoza), kopovidon, krospovidon, talk, magniy stearati, titan dioksidi (Ye171), akatsiya, metilsellyuloza, kalsiy karbonati, povidon, glitserin 85%, indigotin (Ye-132, rang indeksi №73015), sariq xinolin
    (Ye-104, rang indeksi №47005:1), Eudragit Ye125, montanglikolli mum saqlaydi.