Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Цетиризин таб.

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Цетиризин таб. 10мг №10

3 000 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Цетиризин таб. 10мг №10
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
Cetirizine
Ishlab chiqaruvchi
(Sharq Darmon , Узбекистан)
Chiqarilish shakli
Farma. Guruh
Антигистаминные (противоаллергические) средства
Dori tafsilotlari
Dori shakli
Tarkibi
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli

qobiq bilan qoplangan tabletkalar
 

Tarkibi

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: setirizin gidroxloridi 10 mg;

yordamchi moddalar: laktoza, makkajoʻxori kraxmali, povidon K 30, magniy stearati.

Taʼrifi: oq rangli yoki deyarli oq rangli, bir tomonida riskali dumaloq, ikki tamoni qavariq tabletkalar. 

Farmakologik xususiyatlari

Setirizin gidroxlorid – Setirizin SD preparatining faol moddasi – gidroksizinning metaboliti boʻlib, gistaminning raqobatli antagonistlari guruhiga kiradi va N1-gistamin retseptorlarini bloklaydi.

Setirizin allergik reaksiyalarning rivojlanishini oldini oladi va kechishini yengillashtiradi, qichishishga qarshi va ekssudatsiyaga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Setirizin allergik reaksiyalarning “erta” gistaminga bogʻliq bosqichiga taʼsir qiladi, allergik reaksiyalarning “kechki” bosqichida yalligʻlanish mediatorlarini ajralib chiqishini cheklaydi, shuningdek eozinofillar, neytrofillar va bazofillarning migratsiyasini kamaytiradi, semiz hujayralarning membranalarini barqarorlashtiradi. Kapillyarlarning oʻtkazuvchanligini kamaytiradi, toʻqimalar shishini rivojlanishini oldini oladi, silliq mushaklarning spazmini yoʻqotadi. Gistamin, spetsifik allergenlarni yuborishga, shuningdek sovutishga (sovuqli eshakemida) teri reaksiyasini yoʻqotadi. Yengil kechuvchi bronxial astmada gistamin induksiya qilib bronxokonstriksiyani pasaytiradi.

Setirizin antixolinergik va antiserotonin taʼsir koʻrsatmaydi. Terapevtik dozalarda preparat sedativ samara koʻrsatmaydi. Setirizin 10 mg bir martalik dozada qabul qilinganidan keyin samarasi 50% patsiyentlarda 20 minut oʻtgach va 95% patsiyentlarda 60 minut oʻtgach rivojlanadi va 24 soatdan koʻproq davom etadi. Kursli davolash fonida setirizinning antigistamin taʼsiriga tolerantlik rivojlanmaydi. Davolash bekor qilinganidan keyin samara 3 sutkagacha saqlanadi. 

Farmakokinetikasi

Setirizinning farmakokinetik koʻrsatkichlari toʻgʻri chiziqli oʻzgaradi.

Soʻrilishi.

Ichga qabul qilinganidan keyin preparat meʼda-ichak yoʻllaridan tez va toʻliq soʻriladi. Ovqat qabul qilish, garchi soʻrilish tezligi kamaysa ham, uning toʻliqligiga taʼsir qilmaydi. Kattalarda preparat terapevtik dozalarda bir marta qabul qilinganidan keyin qon plazmasidagi maksimal konsentratsiyasiga (Cmax) 1±0,5 soat oʻtgach erishiladi va 300 ng/ml ni tashkil qiladi.

 

Taqsimlanishi.

Setirizin 93±0,3% ga qon plazmasi oqsillari bilan bogʻlanadi. Taqsimlanish xajmi (Vd) 0,5 l/kg ni tashkil qiladi. Preparat 10 mg dozada 10 kun davomida qabul qilinganida setirizinning toʻplanishi kuzatilmaydi.

Metabolizmi.

Katta boʻlmagan miqdorlarda farmakologik nofaol metabolitlarini hosil boʻlishi bilan organizmda O-dealkillanish (jigarda sitoxrom tizimi yordamida metabolizmga uchraydi, N1-gistamin retseptorlarining boshqa antagonistlaridan farqli ravishda) yoʻli bilan metabolizmga uchraydi.

Chiqarilishi.

Kattalarda yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 10 soatni tashkil qiladi; 6 dan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarda T1/2 6 soatni tashkil qiladi, 2 dan 6 yoshgacha – 5 soat, 6 oylikdan 2 yoshgacha – 3,1 soat. Preparatni qabul qilingan dozaning taxminan 2/3 buyraklar orqali oʻzgarmagan holda chiqariladi.

Keksa patsiyentlarda va jigarning surunkali kasalliklari boʻlgan patsiyentlarda preparat 10 mg dozada bir marta qabul qilinganida T1/2 taxminan 50% ga oshadi, tizimli klirensi esa 40% ga pasayadi.

Yengil darajali buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) minutiga >40 ml) boʻlgan patsiyentlarda farmakokinetik koʻrsatkichlari, buyraklar faoliyati normal patsiyentlardagi bilan oʻxshash.

Ogʻirligi oʻrtacha darajali buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda va gemodializda boʻlgan patsiyentlarda (KK minutiga <7 ml), preparat ichga 10 mg dozada qabul qilinganida, buyrak faoliyati normal boʻlgan patsiyentlarga qaraganda, T1/2 3 marta uzayadi, umumiy klirensi esa 70% ga pasayadi, bu dozalash tartibini muvofiq oʻzgartirishni talab qiladi.

Setirizin gidroxloridi organizmdan gemodializda deyarli yoʻqotilmaydi. 

Qoʻllanilishi

Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar uchun:

– yil davomidagi (persistirlovchi) va mavsumiy (intermitterlovchi) allergik rinitning (pichan isitmasi, pollinoz; bolalardagi mavsumiy rinitni davolashni maksimal davomiyligi – 4 hafta) simptomlarini davolash;

– allergik konʼyunktivit;

– surunkali idiopatik eshakemida qoʻllanadi. 

Qoʻllash usuli va dozalari

Allergik rinitni davolash

Kattalar va 12 yoshdan oshgan oʻsmirlar: tavsiya qilinadigan doza – 10 mg (1 tabletka) kuniga 1 marta tashkil qiladi.

6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar: 10 mg (1 tabletka) kuniga 1 marta buyuriladi. Davolashni maksimal davomiyligi – 4 hafta tashkil qiladi.

Doza 5 mg dan (1/2 tabletka) 2 qabulga boʻlingan boʻlishi mumkin, muvofiq ertalab va kechqurun qabul qilish kerak. .

Allergik konʼyunktivitni davolash

Kattalar va 12 yoshdan oshgan oʻsmirlar: tavsiya qilinadigan doza – 10 mg (1 tabletka) kuniga 1 marta tashkil qiladi.

6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar: 10 mg (1 tabletka) kuniga 1 marta buyuriladi. Davolashni maksimal davomiyligi – 4 hafta tashkil qiladi. Doza 5 mg dan (1/2 tabletka) 2 qabulga boʻlingan boʻlishi mumkin, muvofiq ertalab va kechqurun qabul qilish kerak.

Yil davomidagi rinitni va surunkali idiopatik eshakemini davolash

Kattalar va 12 yoshdan oshgan oʻsmirlar: tavsiya qilinadigan doza – 10 mg (1 tabletka) kuniga 1 marta buyuriladi.

6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar: 10 mg (1 tabletka) kuniga 1 marta buyuriladi. Doza 5 mg dan (1/2 tabletka) 2 qabulga boʻlinishi mumkin, muvofiq ertalab va kechqurun qabul qilish kerak.

Alohida dozalash tartibini talab qiluvchi patsiyentlar

Keksa yoshli patsiyentlar

Kalava filtratsiyasini yoshga bogʻliq pasayishida keksa yoshli patsiyentlar uchun preparat, buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlar uchun kabi dozalarda buyuriladi.

Buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlar

Buyrak yetishmovchiligining darajasiga qarab preparatni qabul qilishlar orasidagi tanaffuslar shaxsiy ravishda toʻgʻrilanadi.

Jigar yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlar

Faqat jigar faoliyatini buzilishi boʻlgan patsiyentlarda dozalash tartibini toʻgʻrilash talab qilinmaydi.

Jigar va buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlar uchun dozalash tartibini toʻgʻrilash talab qilinadi (“Buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlar” boʻlimiga qarang).

Preparatni qabul qilish

Preparatni kechqurun qabul qilish kerak, chunki sutkaning bu vaqtida simptomlar jadalroq namoyon boʻladi. Tabletka butunligicha, chaynamasdan suv bilan birga yutiladi.

Setirizin SD ovqat qabul qilishdan qatʼiy nazar qabul qilinadi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarda nojoʻya samaralari yengil namoyon boʻlganida 5 mg (1/2 tabletka) Setirizin SD preparatini muvofiq ertalab va kechqurin qabul qilish tavsiya etiladi. 

Nojoʻya taʼsirlari

Mumkin boʻlgan nojoʻya samaralari organizm tizimlari va paydo boʻlish tez-tezligi boʻyicha quyida keltirilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam (≥1/10000, <1/1000), juda kam (<1/10000), tez-tezligi nomaʼlum (maʼlumotlarni yetishmovchiligi tufayli).

Immun tizimi tomonidan: kam hollarda: oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari; juda kam hollarda: anafilaktik shok.

Metabolik buzilishlar va ovqatlanishni buzilishlari: tez-tezligi nomaʼlum: ishtahani oshishi.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas: paresteziyalar; kam hollarda: tirishlar; juda kam hollarda: taʼmni buzilishi, diskineziya, distoniya, xushdan ketish, tremor; tez-tezligi nomaʼlum: karlik, amneziya, xotirani buzilishi.

Ruhiy buzilishlar: tez-tez emas: qoʻzgʻalish; kam hollarda: tajavuzkorlik, ongni chalkashishi, depressiya, gallyutsinatsiyalar, uyquni buzilishi; juda kam hollarda: tik; tez-tezligi nomaʼlum: suitsidal fikrlar.

Koʻrish aʼzosi tomonidan: juda kam hollarda: akkomodatsiyani buzilishi, koʻrishni noaniqligi, nistagm; tez-tezligi nomaʼlum: vaskulit.

Eshitish va muvozanat aʼzolari tomonidan: tez-tezligi nomaʼlum: vertigo.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez emas: diareya.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam hallorda: taxikardiya.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: juda kam hollarda: dizuriya, enurez; tez-tezligi nomaʼlum: siydikni tutilishi.

Qon va limfatik tizimi tomonidan: juda kam hollarda: trombotsitopeniya.

Teri qoplamasi tomonidan: tez-tez emas: toshma, qichishish; kam hollarda: eshakemi; juda kam hollarda: angionevrotik shish, turgʻun eritema.

Laboratoriya koʻrsatgichlari tomonidan: kam hollarda: jigarning funksional sinimalarini oʻzgarishi (transaminazalar, ishqoriy fosfataza, gamma-glutamattransferaza va bilirubinning darajasini oshishi).

Umumiy buzilishlar: tez-tez emas: asteniya, lohaslik; kam hollarda: periferik shishlar.

Moddalar almashinuvi tomonidan: kam hollarda: tana vaznini oshishi.

Nojoʻya reaksiyalar, shuningdek yoʻriqnomada koʻrsatilmagan reaksiyalar paydo boʻlgan holda, shifokorga murojaat qilish kerak. 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

– Setirizinga, gidroksizinga yoki piperazinning hosilalariga, shuningdek preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

– buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi (kreatinin klirensi minutiga <10 ml);

– galaktozani tugʻma yetishmovchiligi, laktaza yetishmovchiligi va glyukoza-galaktozani sindromida qoʻllash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan:

– surunkali buyrak yetishmovchiligi (kreatini klirensi minutiga >10 ml boʻlganda dozani tartibini toʻgʻrilash talab etadi);

– keksa yoshli patsiyentlar (kalavalar filtratsiyasini yoshga doir pasayishi);

– tutqanoq va tirishishga yuqori tayyorgarligi boʻlgan patsiyentlar;

– siydik tutilishiga olib keluvchi omillar boʻlgan patsiyentlar. 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Psevdoefedrin, simetidin, ketokonazol, eritromitsin yoki azitromitsin bilan bir vaqtda qoʻllanganida, setirizinning farmakokinetikasiga taʼsiri aniqlanmagan. Farmakokinetik oʻzaro taʼsirlar kuzatilmagan. In vitro sinamalar setirizinni varfarinni oqsillar bilan bogʻlanish xususiyatlariga taʼsir qilmasligini koʻrsatgan.

Azitromitsin, eritromitsin, ketokonazol, teofillin va psevdoefedrin bilan bir vaqtda qoʻllanganida klinik ahamiyatli oʻzaro taʼsirlar aniqlanmagan, elektrokardiogrammada oʻzgarishlar aniqlanmagan.

Setirizin (sutkada 20 mg) teofillin (sutkada 400 mg) bilan bir vaqtda qoʻllanganida sutka davomida “konsentratsiya – vaqt” egri chizigʻi ostidagi maydonini katta boʻlmagan, lekin turgʻun oshishi aniqlangan, setirizinni 19% ga, teofillinni – 11% ga. Bundan tashqari, plazmadagi maksimal darajasi setirizin va teofillin uchun muvofiq 7,7% va 6,4% ga yetgan. Shu vaqtning oʻzida, agar teofillin bilan davolash setirizinni buyurishgacha oʻtkazilgan boʻlsa, setirizinning umumiy klirensi 16% ga, teofillinning klirensi – 10% ga pasaygan. Lekin boshidan setirizin bilan davolashda teofillinning farmakokinetikasiga ahamiyatli taʼsiri aniqlanmagan.

Setirizinning 10 mg dozasi qabul qilinganidan keyin alkogolning taʼsiri (0,8%) ahamiyatli darajada kuchaymaydi; psixometrik testlarning 16 dan bittasida 5 mg diazepam bilan sezilarli oʻzaro taʼsiri aniqlanadi.

Setirizin (10 mg) glipizid bilan bir vaqtda har kuni qoʻllanganida, glyukozaning koʻrsatgichi biroz pasayadi. Lekin bu klinik isbotlanmagan. Shunga qaramasdan, bu dori vositalarini alohida qabul qilish tavsiya etiladi – glipizid ertalab va setirizin kechqurun.

Ovqat qabul qilish garchi soʻrilish tezligi 1 soatga kamaytirsa ham, uning toʻliqligiga taʼsir qilmaydi. Ritonavir (600 mg kuniga ikki marta) va setirizin (sutkada 10 mg) koʻp marta qabul qilinganida taʼsirining davomiyligi 40% ga oshgan, shu vaqtning oʻzida ritonavirning taʼsiri setirizinni keyingi qabuli bilan biroz oʻzgargan (-11%).

Allergik sinamalarni buyurishdan oldin uch kunlik “yuvuvchi” davr tavsiya qilinadi. 

Maxsus koʻrsatmalar

Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllanishi

Hozirgi vaqtda homilador ayollarda setirizinni qoʻllash boʻyicha klinik tekshirishlarning maʼlumotlari yoʻq. Hayvonlardagi eksperimental tekshirishlarda setirizinni homiladorlikni kechishiga, murtakni rivojlanishiga, embrional rivojlanishga, shu jumladan postnatal davrda, biron-bir bevosita yoki bilvosita toksik taʼsiri aniqlanmagan.

Ayol uchun potensial xavf nomaʼlum.

Ona uchun foyda homila uchun boʻlgan potensial xavfdan ustun boʻlgan hollarda qoʻllash mumkin.

Setirizin koʻkrak suti bilan chiqariladi, shuning uchun emizish davrida preparatni qoʻllash mumkin emas.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Setirizin yuqori uyquchanlikni chaqirishi mumkin. Demak, Setirizin SD avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsir koʻrsatadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin. 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparat 50 mg dozada bir marta qabul qilinganida quyidagi simptomlar kuzatilgan: ongni chalkashishi, diareya, bosh aylanishi, yuqori charchoqlik, bosh ogʻrigʻi, lohaslik, midriaz, qichishish, kuchsizlik, bezovtalik, sedativ samara, uyquchanlik, stupor, taxikardiya, tremor, siydikni tutilishi.

Davolash: preparat qabul qilinganidan keyin darhol – meʼdani yuvish yoki qusishni chaqirish. Faollashtirilgan koʻmir qabul qilish, simptomatik va tutib turuvchi davolash tavsiya etiladi. Spetsifik antidoti yoʻq. Gemodializ samarasiz. 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda saklansin. 

Yaroqlilik muddati

2 yil. 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.