Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Церетон КАПСУЛА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Церетон КАПСУЛА 400мг №28

179 900 so'mdan
(3393)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Choline alfoscerate
Ishlab chiqaruvchi
СОТЕКС
Chiqarilish shakli
КАПС
Farma. Guruh
Ноотропные препараты
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

kapsulalar

 

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 100% moddaga qayta hisoblanganda 400 mg xolin alfosserati;

yordamchi moddalar: glitserol, tozalangan suv – 590 mg miqdordagi massa olingunicha;

kapsula tarkibi: jelatin, sorbitol, glitserol, metilparagidoksibenzoat, propilgidroksibenzoat, titan dioksidi, temir II oksidi, tozalangan suv.

 

Taʼrifi: 

oval shaklli, sariq yoki och-jigarrang tusli sariq rangli yumshoq jelatin kapsulalar.

Kapsula ichidagisi – tiniq, rangsiz yoki biroz boʻyalgan, moyli suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 nootrop vosita.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Nootrop vosita. Markaziy xolinostimulyator, uning tarkibida 40,5% metabolik himoyalangan xolin saqlanadi. Metabolik himoya xolinni bosh miyada ajralib chiqishiga yordam beradi. Neyronal membranalarda atsetilxolin va fosfatidilxolin sintezini taʼminlaydi, markaziy nerv tizimida qon oqimining yaxshilaydi va metabolik jarayonlarni kuchaytiradi, retikulyar formatsiyani faollashtiradi. Bosh miyaning travmatik shikastlangan tomonida qon oqimini chiziqli tezligini oshiradi, bosh miyaning spontan bioelektrik faolligini fazoviy-vaqtli xarakteristikalarini normallashishiga, oʻchoqli nevrologik regressiyaga va ongni tiklanishiga yordam beradi, bosh miyaning qon tomirli kasalliklari boʻlgan bemorlarda (dissirkulyator ensefalopatiya va bosh miya qon aylanishini buzilishlarini qoldiq koʻrinishlari) bilish va hatti-harakat reaksiyalarga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Involyutsion psixoorganik sindromning patogenetik omillariga profilaktik va muvofiqlashtiruvchi taʼsir koʻrsatadi, neyronlarning membranalarini fosfolipid tarkibini oʻzgartiradi va xolinergik faollikni pasaytiradi. Fiziologik sharoitlarda atsetilxolinni dozaga bogʻliq ajralib chiqishini ragʻbatlantiradi; fosfatidilxolinning sintezida ishtirok etib (membrana fosfolipidi), sinaptik oʻtkazilishni neyronal membranalarning plastikligini retseptorlarning faoliyatini yaxshilaydi. Reproduktiv siklga taʼsir koʻrsatmaydi va teratogen, mutagen taʼsirga ega emas.

Farmakokinetikasi

Parenteral qabul qilinganida (10 mg/kg) xolin alfosserati asosan miyada, oʻpka va jigarda toʻplanadi. Soʻrilishi – 88%, gematoensefalik toʻsiq orqali oson oʻtadi (peroral qabul qilinganida bosh miyadagi konsentratsiyasi plazmadagidan 45% ni tashkil qiladi). Oʻpka orqali preparatning 85% uglerod dioksidi koʻrinishida chiqariladi, qolgan qismi (15%) buyraklar va ichak orqali chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi
  • ogʻir bosh miya shikastlanishi va ishemik insultdan keyingi tiklanish davri, oʻchoqli yarimsharli simptomatika yoki bosh miya oʻzagining shikastlanishi simptomlari bilan kechuvchi gemorragik insultning tiklanish davri;
  • bosh miyaning degenerativ va involyutsion oʻzgarishlari fonidagi psixoorganik sindromi;
  • kognitiv buzilishlar (fikrlash faoliyatini, xotirani buzilishlari, ongni chalkashishi, dezorintatsiya, motivatsiya, tashabbuskorlik va diqqatni jamlashni pasayishi), shu jumladan demensiya va ensefalopatiyadagi;
  • qarilik soxta melanxoliyasida qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Bosh miya shikastlanishi, ishemik yoki gemorragik insultni tiklanish davrida Sereton® ertalab 800 mg va kunduzi 400 mg dan 6 oy davomida buyuriladi.

Surunkali serebrovaskulyar yetishmovchilikda va demensiya sinromida Sereton® sutkada    3 marta 400 mg (1 kapsula) dan, avzalrogʻi ovqatdan keyin, 3-6 oy davomida buyuriladi.

 

 

Nojoʻya taʼsirlari

Koʻngil aynishi paydo boʻlishi mumkin (asosan, dofaminergik faollanish oqibatida). Bekor qilishni talab qilmaydi, vaqtincha preparatning dozasini pasaytirish kifoya qiladi.

Allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

 

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • preparatga yuqori sezuvchanlik;
  • gemorragik insultning oʻtkir bosqichi;
  • homiladorlik va laktatsiya;
  • 18 yoshgacha boʻlgan bolalar (maʼlumotlarning yoʻqligi tufayli) da qoʻllash mumkin emas.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Boshqa preparatlar bilan axamiyatli oʻzaro taʼsiri aniqlanmagan.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Sereton® psixomotor reaksiyalar tezligiga taʼsir koʻrsatmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtganidan soʻng ishlatilmasin.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Koʻngil aynishi kuzatilishi mumkin.

Davolash: simptomatik davolash.

 

 

Chiqarilish shakli

Kapsulalar 400 mg.

14 kapsuladan kontur uyali oʻramda.

1, 2, 3 yoki 4 kontur uyali oʻramdan qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.