Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Церепро АМПУЛЫ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Церепро АМПУЛЫ 250мг/мл 4мл №3

120 000 so'mdan
(4208)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Choline alfoscerate
Ishlab chiqaruvchi
ВЕРОФАРМ
Chiqarilish shakli
АМП
Farma. Guruh
Ноотропные препараты
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma

 

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: glitserilfosforilxolin gidrati (100% glitserilfosforilxolin moddasiga qayta hisoblanganda) (xolin alfosserat) – 250,0 mg;

yordamchi modda: inyeksiya uchun suv 1 ml gacha.

 

Taʼrifi: 

tiniq, rangsiz suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 nootrop vosita.

 

Farmakologik xususiyatlari

Markaziy xolinostimulyator, uning tarkibida 40,5% metabolik himoyalangan xolin saqlanadi (metabolik himoya xolinni bosh miyada ajralib chiqishiga yordam beradi). Organizmga tushganida fermentlar taʼsirida xolin va glitserofosfatga parchalanadi; xolin nerv qoʻzgʻalishini asosiy mediatorlaridan biri – atsetilxolinning biosintezida ishtirok etadi; glitserofosfat neyron membranasi fosfolipidlarining (fosfatidilxolin) oʻtmishdoshidir. Neytronal membranalarda atsetilxolin va fosfatidilxolinning sintezini taʼminlaydi, qon oqimini yaxshilaydi va markaziy nerv tizimida metabolik jarayonlarni kuchaytiradi, retikulyar farmatsiyani faollashtiradi. Bosh miyaning travmatik shikastlangan tomonida qon oqimining chiziqli tezligini oshiradi, bosh miyaning spontan bioelektrik faolligini fazo-vaqt xarakteristikasini meʼyorlashuviga yordam beradi; bosh miyaning qon tomir kasalliklari boʻlgan bemorlarda bilish va xulqiy reaksiyalarga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Involyutsion psixoorganik sindromining patogenetik omillariga taʼsir qilib, bosh miyaning funksiyasini yaxshilaydi, neyronlar membranalarining fosfolipid tarkibini oʻzgartiradi va xolinergik faolligini pasaytiradi. Asetilxolinni ajralib chiqishini dozaga bogʻliq ragʻbatlantiradi; fosfoditilxolin (membrana fosfolipidi) sintezida ishtirok etib, sinaptik oʻtkazuvchanlikni, neyronal membranalarning plastikligini, retseptorlarning funksiyasini yaxshilaydi. Reproduktiv siklga taʼsir koʻrsatmaydi, teratogen va mutagen taʼsirlarga ega emas.

Farmakokinetikasi

Soʻrilishi – 88%, gematoensefalik toʻsiq orqali oson kiradi (peroral qabul qilinganida, miyadagi – plazmadagi konsentratsiyasining 45% ni tashkil qiladi). Asosan oʻpka orqali, karbonat angidridi dioksidi koʻrinishida (85%), shuningdek buyraklar va ichak orqali (15%) chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi
  • ogʻir bosh miya jarohatining oʻtkir va tiklanish davrlari (shu jumladan ongni buzilishida, komatoz holatda);
  • bosh miya yarim sharlarining oʻchoqli simptomatikasi yoki bosh miya oʻzagini shikastlanish belgilari bilan kechuvchi miyada qon aylanishini ishemik turdagi (oʻtkir va tiklanish davrlari) va gemorragik turdagi buzilishi (tiklanish davri);
  • bosh miyaning degenerativ va involyutsion oʻzgarishlari fonidagi psixoorganik sindrom va serebrovaskulyar yetishmovchilikning oqibatlari;
  • kognitiv buzilishlar (motivatsiyani, tashabbuskorlikni va diqqatni jamlash qobiliyatini pasayishi bilan kechuvchi fikrlash funksiyasini, xotirani buzilishi, ongni chalkashishi, dezoriyentatsiya), shu jumladan demensiyadagi va ensefalopatiyadagi kognitiv buzilishlar;
  • keksalik soxtamelanxoliyasi, emotsional va xulqiy sferadagi oʻzgarishlar: emotsional labillik, kuchli taʼsirchanlik, qiziqishni pasayishida qoʻllaniladi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Mushak ichiga sutkada 1000 mg (1 ampula) dozada yoki vena ichiga (asta-sekin) sutkada
1000 mg dan 3000 mg gacha buyuriladi. Vena ichiga yuborilganda 1 ampuladagi eritma (4 ml) fiziologik eritmaning 50 ml da suyultiriladi, infuziya tezligi minutiga 60-80 tomchi. Davolash davomiyligi 10-15 kun, lekin zarurat tugʻilganida davolashni ijobiy dinamika va kapsulalarni qabul qilishga oʻtish imkoniyati paydo boʻlgunicha davom ettirish mumkin.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Allergik reaksiyalar, koʻngil aynashi (dopaminergik faollanish oqibatida) kuzatiladi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Oʻta yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, emizishda qoʻllash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: bolalar (18 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlarda samaradorlik va xavfsizlik boʻyicha maʼlumotlarni yoʻqligi tufayli).

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Aniqlanmagan.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparat qabul qilinganidan keyin koʻngil aynishi paydo boʻlganida dozani kamaytirish kerak.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Serepro psixomotor reaksiyalarning tezkorligiga taʼsir koʻrsatmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: dispeptik buzilishlar.

Davolash: meʼdani yuvish, faollashtirilgan koʻmirni qabul qilish, simptomatik davolash.

 

Chiqarilish shakli

5 ml sigʻimli ampulalarda 4 ml dan.

3, 5 yoki 10 ampuladan qogʻozdan toʻsiqlari yoki ilovalari boʻlgan oʻram yoki karton qutida.
3 yoki 5 ampuladan kontur uyali oʻramda.

1 yoki 2 kontur uyali oʻramdan oʻramda yoki karton qutida. Har bir oʻramga yoki qutiga qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma va ampulalarni ochish uchun pichoq yoki ampula skarifikatori joylanadi.

Chiziqchasi yoki sindirish xalqasi boʻlgan ampulalar ishlatilganda ampula skarifikatori yoki ampulalarni ochish uchun pichoq ilova qilinmaydi.

 

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

4 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.