Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Централ-Б КАПСУЛЫ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Централ-Б КАПСУЛЫ №30

35 000 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Централ-Б КАПСУЛЫ №30
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
EXTR. PASSIFLORA,CRATAEGUS,VALERIANA
Ishlab chiqaruvchi
(Rotapharm , Турция)
Chiqarilish shakli
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Dori shakli
Tarkibi
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli

qattiq jelatin kapsulalar

Tarkibi

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

Passifloraning suv-spirtli quruq ekstrakti              25 mg

Do‘lananing suv-spirtli quruq ekstrakti                      25 mg

Valeriananing suv-spirtli quruq ekstrakti                100 mg

yordamchi moddalar: engil magniy karbonat asosi, suvsiz kalloid kremniy dioksidi, magniy stearati, mikrokristall sellyuloza, laktoza monogidrati.

kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, titan dioksidi, natriy indigotindisulfonati, temir (II) oksidi.

Ta‘rifi: korpusi oq rangli, qopqoqchasi yashil rangli, oq rangli dog‘lari bo‘lgan, o‘ziga xos xidli jigarrang kukun bilan to‘ldirilgan №0 o‘lchamli qattiq jelatin kapsulalar

Farmakologik xususiyatlari

Sentral-B – sedativ ta‘sirga ega bo‘lgan majmuaviy fitopreparatdir. Uning tarkibiga uchta komponent – dorivor o‘simliklar: passiflora, do‘lana va valeriananing quruq, suv-spirtli ekstraktlari kiradi:.

Passiflora ekstrakti tarkibida alkaloidlar va flavonoid-viteksin saqlaydi, markaziy nerv tizimiga yumshoq tinchlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, uyquni tiklanishiga yordam beradi, bezovtalik va asabiylikni kamaytiradi, silliq mushaklarga nisbatan spazmolitik ta‘sirga ega, yurak faoliyatini yaxshilaydi, sedativ ta‘sir ko‘rsatadi.

Do‘lana ekstrakti tarkibida flavonoidlar, xolin, asetilxolin, burishtiruvchi moddalar, fitoserinlar va boshqalarni saqlaydi. Triterpen birikmalar va flavonoidlar mavjudligi tufayli, spazmolitik, ta‘sir ko‘rsatadi; yurak va bosh miyadagi qon-tomirlarini tanlab kengaytirib, gipotenziv ta‘sir ko‘rsatadi, venoz bosimini me‘yorlashuviga yordam beradi, qon-tomirlar devorlarining faoliyatini yaxshilaydi. Yumshoq sedativ ta‘sirga ega.

Valeriana ekstrakti asosiy komponenti borneol va izovalerian kislotasining murakkab efiri bo‘lgan efir moyini, shuningdek erkin valerian kislotasi va borneol organik kislotalar (shu jumladan, spazmolitik ta‘sir ko‘rsatuvchi valeriana kislotasi), alkoloidlar (valerin va xatinin), burishtiruvchi moddalar, qandlar va boshqa biologik faol moddalarni saqlaydi. Sedativ ta‘sirga ega, ruxiy toliqish va nevrasteniyaga uchun xarakterli bo‘lgan zo‘riqish va ta‘sirchanlikni kamaytiradi. Spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Sentral-B preparatining ta‘siri uning tarkibidagi komponentlarning birgalikdagi hususiyatlari bilan ifodalanadi, shuning uchun kinetik kuzatishlarni o‘tkazish imkoni yo‘q.

 

Qo‘llanilishi
  • yuqori nerv qo‘zg‘aluvchanlik;
  • asabni zo‘riqishi;
  • ta‘sirchanlik;
  • xavotirlik, ezilish xissi;
  • uyquni buzilishi, uyqusizlik.
Qo‘llash usuli va dozalari

Sentral-B ichga, yetarli miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.

Preparat kattalar va 12 yosh va undan katta bolalar uchun mo‘ljallangan.

Nerv qo‘zg‘aluvchanligi oshganida, asabni zo‘riqishida, ta‘sirchanlikda, xavotirlik va ezilish xissida odatda 1-2 kapsuladan sutkada 3 marta buyuriladi.

Maksimal sutkalik doza-6 kapsulani tashkil etadi.

Uyquni buzilishida va uyqusizlikda preparatning dozasi 2 kapsulani tashkil etadi, uyqudan yarim soat oldin qabul qilinadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Sentral-B preparati odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.

Kam hollarda: allergik reaksiyalar, xolsizlik.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Sentral-B yurak glikozidlari, trankvilizatorlar, markaziy nerv tizimining faoliyatiga susaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadigan moddalar, xamda alkogolning ta‘sirini kuchaytiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Sentral-B preparatini qo‘llash davomiyligi cheklanmagan. Preparat bekor qilinganida abstinensiya sindromi rivojlanmaydi.

Biron-bir jiddiy kasallikni o‘tkazgandan so‘ng preparatni qo‘llash mumkin emas.

Sentral-B uyquni buzilishi va nerv qo‘zg‘aluvchanligini yengil shakllarida qo‘llanadi.

Preparatni qabul qilish vaqtida alkogolni iste‘mol qilishdan saqlanish tavsiya etiladi.

Homiladorlikda va laktasiyada qo‘llanishi

Xomiladorlik va laktasiya davrida preparatni, ona uchun kutilayotgan foyda xomila yoki bola uchun kuzatilishi mumkin bo‘lgan xavfdan axamiyatli darajada ustun bo‘lgan holdagina qo‘llash tavsiya etiladi.

Pediatriyada qo‘llanishi

Sentral-B preparatini 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Davolanish vaqtida avtotransportni haydash va diqqatni jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki uyquchanlik rivojlanishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: bosh aylanishi, qorinda spastik og‘riqlar, ko‘krakni siqilishi, qorachiqlarni kengayishi, ko‘ngil aynishi, qusish.

Davolash: me‘dani yuvish mumkin, zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Saqlash sharoiti

Namlik va yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25° S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz