Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Цефтриаксон сульбактам

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Цефтриаксон сульбактам ПОРОШОК ДЛЯ ИНЪЕКЦИИ 1,5г №1

7 000 so'mdan
(2130)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ceftriaxoni Sulbactami
Ishlab chiqaruvchi
БОРЩАГОВСКИЙ ХФЗ
Chiqarilish shakli
ПОР Д/ИН
Farma. Guruh
Антибиотики
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Dori shakli: 

inyeksion eritma tayyorlash uchun kukun.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Jiddiy anafilaktik reaksiyalarda epinefrinni (adrenalanni) shoshilinch yuborish kerak. Glyukokortikosteroidlar v/i yuboriladi va nafas yoʻllarining oʻtkazuvchanligi, shu jumladan intubatsiyani qoʻshganda oʻtkazuvchanligini taʼminlaydi.

Oʻt yoʻllarining ogʻir obstruksiyasida, jigarning ogʻir kasalliklarida, shuningdek buyrak faoliyatini buzilishlarida preparatning dozalash tartibini toʻgʻrilash talab qilinadi.

Jigar faoliyatini buzilishlari va buyrak faoliyatini yoʻldosh buzilishlari boʻlgan bemorlarda seftriaksonning zardobdagi konsentratsiyasini monitorlash va zarurati boʻlganida uning dozasini toʻgʻrilash kerak. Agar bunday hollarda seftriaksonning zardobdagi konsentratsiyasini muntazam monitorlash oʻtkazilmasa, unda uning sutkalik qoʻllaniladigan dozasi 2 g dan oshmasligi kerak.

Yuborish joyida inyeksiya oqibatidagi ogʻriqni bartaraf etish maqsadida m/i yuborish uchun: flakon ichidagi 0,5 g preparatni 1% lidokain eritmasining 2 ml da, 1 g ni – 3-5 ml da suyultiriladi.

Preparat bilan uzoq muddatli davolashda (boshqa antibiotiklar kabi) sezgir boʻlmagan mikroorganizmlarni xaddan ziyod oʻsishi kuzatilishi mumkin. Davolash vaqtida bemorlarni sinchiklab kuzatish kerak.

Preparat bilan uzoq muddatli davolashda ichki aʼzolar faoliyatining, shu jumladan, buyrak, jigar va qon yaratish tizimining koʻrsatkichlarini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish tavsiya etiladi. Bu ayniqsa yangi tugʻilgan chaqaloqlar, eng avvalo chala tugʻilgan chaqaloqlar va kichik yoshli bolalar uchun muhimdir.

Homiladorlik va laktatsiya

Homiladorlik va laktatsiya davrida faqat agar ona uchun taxmin qilingan foyda, homila va bola uchun potensial xavfdan yuqori boʻlgan hollarda qoʻllanishi mumkin.

Pediatriyada qoʻllanilishi

Giperbilirubinemiyasi boʻlgan yangi tugʻilgan chaqaloqlarga, ayniqsa muddatidan oldin tugʻilganlarga preparatni yuborish mumkin emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nojoʻya taʼsirlarining kuchayishi.

Davolash: simptomatik, gemodializ yoki peritoneal dializ samarasiz.

 

Chiqarilish shakli

Vena ichiga va mushak orasiga yuborish uchun inyeksion eritma tayyorlash uchun kukun 1,5 g dan flakonlarda.

1 flakon qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan ximoyalangan joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Farmakologik xususiyatlari

Ushbu preparat sulbaktam natriy va seftriakson natriyning majmuasidir.

Seftriakson natriy vena ichiga (v/i) va mushak ichiga (m/i) yuborish uchun moʻljallangan keng taʼsir doirasiga ega, yarimsintetik sefalosporin antibiotik hisoblanadi.

Seftriakson keng taʼsir doirasiga ega boʻlib: aerob grammusbat mikroorganizmlar: fakultativ anaeroblar – Staphylococcus aureus (shu jumladan penitsillinazani hosil qiluvchi shtammlari), Staphylococcus epidermidis, Streptococcus pneumoniaye, b-gemolitik A guruhi (S.pyogenes), V guruhi streptokokklari: S.agalactiae, Streptococcus viridans, Streptococcus bovis, noenterokokk D guruhi streptokokklari; grammanfiy mikroorganizmlar: Escherichia coli, Haemophilus influenzae, H.rarainfluenzae, Klebsiella (shu jumladan Kb.pneumonia ham), Morganella morganii, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Providencia, Salmonella (shu jumladan S.typhy), Serratia spp. (shu jumladan S.marcescens), Shigella, Yersinia(shu jumladan Y.enterocolitica); mikroaerofillar–Treponema pallidum; aeroblar – Neisseria gonorrheae (shu jumladan penitsillinazani hosil qiluvchi shtammlari), Neisseria meningitides, Pseudomonas aeruginosa; bakteroidlarning obligat anaerob-turlari (shu jumladan B.Fragilis ning ayrim shtammlari), Clostridium (ammo S.difficile ning koʻpchilik shtammlari rezistentlikka ega), Peptococcus, Peptostreptococcus, Fusobacterium (shu jumladan F.mortiferum va F.varium ni qoʻshganda)ga nisbatan faollika ega.

Sulbaktam natriy penitsillinning asosiy yadrosining hosilasidir.

Sulbaktam klinik ahamiyatli antibakterial faollikka ega emas. Tadqiqotlarda u, β-laktam antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlar ishlab chiqaruvchi koʻpchilik asosiy β-laktamazalarning qaytmas ingibitori ekanligi koʻrsatilgan.

Sulbaktam ayrim penitsillinlarni bogʻlovchi oqsillar bilan birikadi, shuning uchun seftriakson/sulbaktam majmuasi mikroorganizmlarning sezgir shtammlariga nisbatan, koʻpincha birgina seftriaksonga qaraganda kuchliroq taʼsir koʻrsatadi.

Farmakokinetikasi

Seftriakson+sulbaktam m/i ichiga qoʻllangandan keyin seftriakson va sulbaktamning plazmadagi maksimal konsentratsiyasi (Cmax) muvofiq 15 minut va 2 soatlar orasida aniqlanadi. Seftriaksonning plazmadagi Cmax bir martalik m/i yuborilgan 1,0 g dozadan keyin taxminan 81 mg/l ni tashkil qiladi va doza yuborilganidan keyin 2-3 soat davomida aniqlanadi, ayni paytda sulbaktam natriyning konsentratsiyasi esa 6-24 mg/ml ni tashkil qiladi va doza yuborilganidan keyin 1 soat davomida aniqlanadi.

Tavsiya etilgan dozalarda v/i qoʻllanganida seftriakson natriy organizmning aʼzolari va toʻqimalariga yaxshi taqsimlanadi. Bakteritsid konsentratsiyalari 24 soat davomida tutib turiladi. Seftriakson albumin bilan qaytar bogʻlanadi, va konsentratsiya oshishi bilan bogʻlanishi kamayadi, masalan, plazmadagi konsentratsiyasi <100 mg/l boʻlganida bogʻlanishi 95% dan 300 mg/l da bogʻlanishi 85% gacha kamayadi. Albuminning miqdori kamligi tufayli, erkin seftriaksonning toʻqima suyuqligidagi proporsiyasi plazmadagiga nisbatan muvofiq ravishda yuqori boʻladi.

Seftriakson natriyning taqsimlanish xajmi (Vd) 7-12 l ni tashkil qiladi va sulbaktamniki – 18-27,6 l ni tashkil qiladi. Ikkalasi xam amniotik suyuqlikda keng taqsimlanadi. U shuningdek sutda ham aniqlanadi. Yosh va katta yoshdagi sogʻlom koʻngillilarda plazmaning tozalanish koeffitsiyenti 10-22 ml/min ni tashkil qiladi. Jigarning tozalanishi 5-12 ml/min tashkil qiladi. Taxminan 75-85% Sulbaktam va 50-80% Seftriakson oʻzgarmagan holda buyraklar orqali, qolgan doza esa, safro bilan chiqariladi.

Seftriaksonning plazmadagi oʻrtacha yarim parchalanish davri sogʻlom yosh, katta yoshdagi koʻngillilarda 8 soatni tashkil qiladi. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda siydik bilan chiqarilishi dozaning taxminan 70% ni tashkil qiladi. Sakkiz kunlikdan kichik bolalarda va keksa, 75 yoshdan oshgan odamlarda yarim parchalanish davri odatda yosh sogʻlom odamlar guruhiga nisbatan 2-3 marta yuqori boʻladi. Sulbaktamning plazmadagi oʻrtacha yarim parchalanish vaqti taxminan 1 soatni tashkil qiladi. Gemodializ Sulbaktamning yarim parchalanish vaqtini, organizmdan umumiy chiqarilishni, Vd koʻrsatkichini oʻzgartiradi.

Pediatriyada oʻtkazilgan tadqiqotlar, majmuaviy shaklda yuborilganida seftriaksonning komponentlarini farmakokinetikasi ahamiyatli oʻzgarishlarga ega emasligini koʻrsatadi.

 

Qoʻllanilishi

Seftriakson+sulbaktam, unga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan, quyidagi infeksiyalarni davolash uchun buyuriladi:

  • yuqori va quyi nafas yoʻllarining infeksiyalari;
  • oʻtkir bakterial otit;
  • teri va yumshoq toʻqimalarning infeksiyalari;
  • siydik yoʻllarining infeksiyalari (asoratlangan va asoratlanmagan);
  • kichik chanoq aʼzolari infeksiyalari;
  • bakterial sepsis;
  • suyaklar va boʻgʻimlarning infeksiyalari;
  • meʼda-ichak yoʻllarining infeksiyalari;
  • meningit;
  • jinsiy yoʻl bilan yuqadigan infeksiyalar;
  • jarrohlikda infeksiyalarni oldini olish.

Preparatni operatsiyadan oldin qoʻllash patsiyentlarda jarrohlik muolajalardan soʻng kuzatiladigan operatsiyadan keyingi infeksiya holatlarini kamaytirishi mumkin.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Seftriakson+sulbaktam v/i ichiga yoki m/i steril inyeksiya uchun suvda eritilganidan keyin yuborish mumkin.

Preparat eritilganidan keyin eritmani darhol qoʻllash tavsiya qilinadi.

Preparat ampulalarining soni va preparatni eritish uchun tavsiya qilingan steril inyeksiya uchun suvning hajmi

Preparat

Bir ampula hajmi

Steril inyeksiya uchun suvni eritish uchun tavsiya etilgan hajmi

M/i yuborish uchun

V/i yuborish uchun

Seftriakson+sulbaktam 1,5 g

10 ml

5 ml

10-20 ml

Kattalar

Kattalar uchun odatda sutkalik doza (seftriakson xolida) 1-2 g ni tashkil qiladi, u infeksiyaning turi va jiddiyligiga qarab, kuniga 1 marta (yoki teng boʻlingan dozalarda kuniga ikki marta) yuboriladi. Maksimal sutkalik doza 4 gramm dan oshmasligi kerak.

Buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari (KK 15-30 ml/minut) boʻlgan bemorlarda preparatning maksimal dozasi har 12 soatda 1 g ni tashkil qiladi (sulbaktamning maksimal sutkalik dozasi – 2 g), kreatinin klirensi minutiga 15 ml dan kam boʻlgan bemorlarda esa, sulbaktamning maksimal dozasi har 12 soatda 0,5g ni tashkil qiladi (sulbaktamning maksimal sutkalik dozasi – 1 g).

Pediatrik patsiyentlar

Teri va teri yumshoq toʻqimalarining infeksiyalarini davolash uchun sutkalik umumiy tavsiya qilingan doza (seftriakson holida) 50-75 mg/kg tashkil qiladi, u kuniga 1 marta (yoki teng boʻlingan dozalarda kuniga ikki marta) yuboriladi. Maksimal sutkalik doza 1 g dan  oshmasligi kerak. Oʻtkir bakterial otitni davolash uchun: (seftriakson xolatida) m/i bir martalik 250 mg/kg doza tavsiya qilinadi (1 g dan oshmasligi kerak).

Meningitdan tashqari, boshqa jiddiy aralash infeksiyalarni davolash uchun, tavsiya qilingan har kungi umumiy doza (seftriakson xolida) har 12 soatda 50-75 mg/kg ni tashkil qiladi, 2 martaga boʻlingan dozalarda buyuriladi. Maksimal sutkalik doza (seftriakson xolida) 2 g dan oshmasligi kerak.

Meningitni davolashda boshlangʻich terapevtik doza (seftriakson holida) 100 mg/kg ni tashkil qiladi (4 g dan oshirmaslik kerak). Sutkalik doza (seftriakson holida) 1 kunda bir marta (yoki bir xil boʻlingan dozalarda har 12 soatda) yuborilishi mumkin. Odatda davolash davomiyligi 7-14 kunni tashkil qiladi. Odatda Seftriakson bilan davolashni infeksiya simptomlari yoʻqolganidan keyin, hech boʻlmaganda yana 2 kun davomida davom ettirish kerak. Odatda davolash 4-14 kun davom etadi. Asoratlangan infeksiyalarda davomiyroq davolash talab qilinishi mumkin.

Streptokokk tomonidan chaqirilgan infeksiyalarni davolashda antipiogen davolash eng kamida 10 kun davom etishi kerak.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Preparat qabul qilinganida allergik reaksiyalar (eshakemi, qichishish, eozinofiliya, zardob kasalligi, koʻpshaklli ekssudativ eritema, anafilaktik reaksiyalar, kam hollarda – anafilaktik shok) yuz berishi mumkin; stomatit, glossit, ovqat xazm qilish tizimi tomonidan esa koʻngil aynishi, qusish, taʼm sezishning yoʻqolishi, qorinda ogʻriq, disbakterioz, superinfeksiya soxtamembranoz kolit.

Periferik qon koʻrsatkichlarining oʻzgarishlari: neytropeniya, limfopeniya, trombotsitopeniya, kam hollarda – gemolitik anemiya boʻlishi mumkin, ayrim hollarda qon zardobida plazma omillarining (II, VII, IX, X) darajasi pasayadi, protrombin vaqti uzayadi, burundan qon ketishi kuzatiladi, xolestatik sariqlik rivojlanadi, siydikda: kreatinin darajasi oshadi, silindrlar paydo boʻladi; oliguriya, anuriya, biokimyoviy oʻzgarishlar (qon plazmasida jigar transaminazalari faolligini va bilirubinni oshishi), oʻtkir buyrak yetishmovchiligi, aritmiyalar, bosh ogʻrigʻi, yuborish joyida ogʻriq va infiltrat, ayrim hollarda v/i yuborilganida – flebit yoki tromboflebit kuzatilishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatni penitsillinga yoki preparatning komponentlariga, shuningdek lidokainga (m/i yuborishda) maʼlum allergiyasi boʻlgan boʻlgan patsiyentlarda, jigar va buyrak yetishmovchiligida, anamnezdagi meʼda-ichak yoʻllarining kasalliklari, ayniqsa nospetsifik yarali kolitda yoki enteritda, homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Sefalosporinlar va siklosporin bir vaqtda qoʻllanganida, oxirgisining qon plazmasidagi darajasi va toksikligi oshishi mumkin.

Aminoglikozidlar bilan majmuada qoʻllanganda sinergizm oqibatida grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan samaradorligi kuchayadi, ammo ularning optimal dozalarini tanlash kerak.

Nesteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar, antiagregantlar qon ketish ehtimolini oshiradi, halqali diuretiklar va nefrotoksik preparatlar (aminoglikozidlar, polimiksin V) buyrak faoliyatini buzilishini chaqiradi.

Birga qoʻllanganida diklofenak seftriaksonning safroga chiqarilishini ragʻbatlantiradi va siydikda umumiy klirensini pasaytiradi.

Asetalozamid meʼdada seftriaksonning konsentratsiyasini oshiradi.

Seftriaksonning eritmalarini aralashtirish yoki boshqa mikroblarga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda yuborish mumkin emas.

Seftriaksonni kalsiy saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas.