Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Цефтри СУСПЕНЗИЯ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Цефтри СУСПЕНЗИЯ 100мг/5мл 60мл №1

35 000 so'mdan
(1877)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
БКРС ФАРМА
Chiqarilish shakli
СУСП
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Maxsus saqlash sharoitlari
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Farmakodinamikasi
Farmakokinetikasi
Nojo'ya samaralari
Maxsus shartlar
Qo'llanilishi
Dozirovkasi
Dozani oshirib yuborilishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida qullanishi
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Seftrini sefiksimga yoki boshqa sefalosporinlarga nisbatan ma'lum allergiyasi bo'lgan patsiyentlarga qo'llash mumkin emas.
 
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Karbamazepin: sefiksim karbamazepin bilan bir vaqtda qo'llanganida karabmazepinning darajasini oshishi yuzasidan xabar berilgan. Plazmada karbamazepinning kontsentratsiyasini o'zgarishlarini aniqlash uchun dori vositalarini monitoringi talab etilishi mumkin.
Varfarin va antikoagulyantlar: sefiksim varfarin yoki antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo'llanganida qon ketishini rivojlanishi bilan yoki qon ketishi rivojlanmasdan turib protrombin vaqtini uzayishi yuzasidan xabar berilgan.
Laborator tahlil natijalariga ta'siri: nitroprussid yordamida o'tkazilgan tahlillarda siydikda ketonlarni aniqlash reaktsiyasi soxta musbat bo'lishi mumkin, biroq nitroferritsianid yordamida o'tkazilgan tahlillarda emas.
 
Maxsus saqlash sharoitlari
Kukun: quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.
Tayyor suspenziya: 25oS dan yuqori bo'lmagan haroratda 14 kungacha saqlansin.
Muzlatilmasin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati
Kukun: 2 yil.
Tayyor suspenziya: 14 kun.
Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
 
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Har 5 ml (kukun eritilganidan so'ng) suspenziya quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: sefiksim trigidrati (tsefiksimga ekvivalent) – 100 mg;
yordamchi moddalar: kolloid kremniy dioksidi, saxaroza, karboksimetiltsellyuloza, ksantan kamedi, natriy benzoati, sanset sariq bo'yog'i, quruq apelьsin aromatizatori, aspartam.
 
Farmakodinamikasi
Sefiksim mikroblarga qarshi yarim sintetik sefalosporin preparat hisoblanadi.
Sefiksimning bakteritsid ta'siri hujayra qobig'i sintezini ingibitsiya qilishi bilan ifodalanadi. Sefiksim ham in vitro sharoitlarida, ham klinik infektsiyalarda quyidagi bakterial shtammlarning ko'pchilik izolyatlariga nisbatan faollikni namoyon qiladi.
Grammusbat bakteriyalar: Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes.
Grammanfiy bakteriyalar: Haemophilus influenzae, Moraxella catarrhalis, Escherichia coli, Proteus mirabilis, Neisseria gonorrhoeae.
In vitro sharoitlarda o'tkazilgan quyidagi ma'lumotlar mavjud, biroq ularning klinik ahamiyati noma'lum. In vitro sharoitlarida Seftrining ingibitsiya qiluvchi minimal kontsentratsiyalari ko'rsatilgan bakteriyalarning ko'pchilik (≥90%) izolyatlariga nisbatan 1 mkg/ml va undan past qiymatlarni namoyish qilgan; biroq ushbu bakteriyalar tomonidan chaqirilgan klinik infektsiyalarni davolashda Seftrining xavfsizligi va samaradorligi adekvat va nazoratli klinik tadqiqotlar natijalari bilan tasdiqlanmagan.
Grammusbat bakteriyalar: Streptococcus agalactiae.
Grammanfiy bakteriyalar: Haemophilus parainfluenzae, Proteus vulgaris, Klebsiella pneumoniae, Klebsiella oxytoca, Pasteurella multocida, Providencia species, Salmonella species, Shigella species, Citrobacter amalonaticus, Citrobacter diversus, Serratia marcescens.
Sefiksimga nisbatan bakterial rezistentlik quyida keltirilgan ta'sir mexanizmlaridan birortasi bo'yicha rivojlanishi mumkin:
keng ta'sir doirasiga ega bo'lgan beta-laktamazalar va/yoki aerob grammanfiy bakteriyalarning ma'lum shtammlarda induktsiya qilinishi yoki qaytadan faollashishi mumkin bo'lgan xromosomalar bilan kodlangan (AmpC) fermentlar tomonidan gidrolizga uchrashi;
penitsillinni bog'laydigan oqsillar bilan o'xshashligini pasaygan bo'lishi;
penitsillinni bog'laydigan oqsillarga kirishni cheklovchi ma'lum grammanfiy mikroorganizmlar tashqi qobig'ining o'tkazuvchanligini pasaygan bo'lishi;
dori vositalarini chiqib ketish nasoslari.
Bitta bakteriya hujayrasi doirasida rezistentlikni ko'rsatilgan rivojlanish usullaridan kamida bittasi mavjud bo'lishi mumkin. Ishga tushgan ta'sir mexanizmiga qarab, bakteriyalar ba'zi yoki barcha beta-laktamlar va/yoki mikroblarga qarshi preparatlarning boshqa sinflariga nisbatan kesishgan rezistentlikni namoyish qilishi mumkin.
 
Farmakokinetikasi
So'rilishi
Sefiksimning mutloq biokiraolishligi 22%-54% diapazonda o'zgarib turadi. Ovqatlanish preparatning so'rilish ko'rsatkichini biroz o'zgartiradi. Demak, sefiksimni ovqatlanishdan qat'iy nazar qabul qilish mumkin.
Taqsimlanishi
Plazma oqsillari bilan bog'lanishi odam va hayvonlarning qon plazmasi uchun xosdir; sefiksim alьbumin fraktsiyalari bilan deyarli to'liq bog'lanadi, bunda erkin fraktsiyasi o'rtacha taxminan 30% ni tashkil etadi. Sefiksimni odamning qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi klinik tavsiya etilgan dozasi qabul qilingandan so'ng erishib bo'lmaydigan juda yuqori kontsentratsiyalardagina dozasiga bog'liq bo'ladi. In vitro sharoitlarida o'tkazilgan tadqiqotlarning natijalariga ko'ra, sefiksimning qon zardobi yoki siydikdagi kontsentratsiyasi 1 mg/l yoki undan yuqori bo'lganida, ko'pchilik patogen shtammlariga qarshi faollikni namoyon qilishi uchun yetarli hisoblanadi. Odatda tavsiya etilgan dozalarda qabul qilinganidan so'ng zardobdagi maksimal kontsentratsiyalari kattalar yoki bolalar uchun 1,5 mg/l – 3 mg/l atrofida bo'ladi. Ko'p martalik dozalari qabul qilinganidan so'ng sefiksimni to'planishi kuzatilmaydi yoki ahamiyatsiz darajada to'planadi.
Metabolizmi va chiqarilishi
Sefiksim asosan siydik bilan o'zgarmagan holda chiqariladi. Asosiy chiqarilish mexanizmi bo'lib buyrak kalavalar filьtratsiyasi hisoblanadi. Sefiksimning metabolitlari odam zardobi yoki siydigidan ajratib olinmagan. Laktatsiya davrida 14S-nishonlangan sefiksimni kalamushlardan emayotgan nasliga ko'krak suti orqali o'tishi miqdoriy jihatdan ahamiyatsiz darajada bo'lgan (ona organizmidagi sefiksimning miqdorini taxminan 1,5% o'tgan). Sefiksimni emizikli onalarni ko'krak sutiga o'tishi bo'yicha ma'lumotlar mavjud emas. 14S-nishonlangan sefiksimni homilador kalamushlarda yo'ldosh orqali o'tishi ahamiyatsiz darajada bo'lgan.
 
Nojo'ya samaralari
Sefiksim qabul qilingandan so'ng quyidagi nojo'ya samaralar yuzasidan xabar berilgan. Intsidentlik koeffitsiyenti 50 ta patsiyentdan 1 tadan kamini tashkil qilgan (2% dan kam).
Me'da-ichak yo'llari tomonidan: soxtamembranoz kolitni rivojlanishi bo'yicha bir nechta hujjatlashtirilgan holatlar bor. Sochtamembranoz kolitning simptomlari preparat bilan davolash kursi davomida yoki davolash kursi tugaganidan so'ng kuzatilishi mumkin.
O'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari: anafilaktik/anafilaktoid reaktsiyalar (shu jumladan shok va o'limga olib kelishi mumkin bo'lgan holatlar), teri toshmasi, eshakemi, dori vositalarini qabul qilish oqibatidagi isitma, prurit, angionevrotik shish, yuz shishlari, ko'p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi va zardob kasalligiga o'xshash reaktsiyalarni rivojlanganligi yuzasidan xabarlar berilgan.
Jigar tomonidan kuzatiladigan reaktsiyalar: glutamat oksaloatsetat transaminaza (SGOT) va glutamat piruvat transaminaza (SGPT), ishqoriy fosfatazaning zardobdagi darajalarini tranzitor oshishi, gepatit, sariqlik.
Buyraklar tomonidan kuzatiladigan reaktsiyalar: qonda mochevina azoti (BUN) yoki kreatininning darajalarini tranzitor oshishi, o'tkir buyrak yetishmovchiligi.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, xurujlar.
Qon yaratish tizimi va limfatik tizimi tomonidan: tranzitor trombotsitopeniya, leykopeniya, neytropeniya, protrombin vaqtini uzayishi, LDH darajasini oshishi, pantsitopeniya, agranulotsitoz va eozinofiliya.
Laborator tahlillarni anomal ko'rsatkichlari: giperbilirubinemiya.
Boshqa nojo'ya samaralar: Genital prurit, vaginit, kandidoz, toksik epidermal nekroliz.
 
Maxsus shartlar
O'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari: sefiksim qo'llanganidan so'ng anafilaktik/anafilaktoid reaktsiyalar (jumladan shok va o'limga olib kelishi mumkin bo'lgan holatlar) rivojlanishi yuzasidan xabarlar berilgan.
Clostridium difficile chaqirgan diareya: Clostridium difficile chaqirgan diareyani (CDAD) rivojlanishi deyarli barcha mikroblarga qarshi preparatlar, jumladan sefiksimni qabul qilgandan keyin ham kuzatiladi va og'irlik darajasi bo'yicha yengil darajadagi diareyadan fatal kolitgacha bo'lishi mumkin. Mikroblarga qarshi preparatlar bilan davolash kursi ichakning normal mikroflorasini o'zgarishini chaqiradi, bu esa Clostridium difficile ning ortiqcha ko'payishiga olib keladi.
Buyrak yetishmovchiligi: buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlar uchun, hamda uzluksiz ambulator peritoneal dializ (CAPD) va gemodializ (HD) buyurilgan patsiyentlar uchun Seftrini preparatining dozasiga tuzatish kiritilishi kerak. Dializdagi bemorlarni sinchiklab monitoring o'tkazish kerak.
Koagulyatsiya samarasi: Seftrini (tsefalosporinlarni) qabul qilish protrombin faolligini pasayishiga sabab bo'lishi mumkin. Xavf guruhiga buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo'lgan yoki yetarli darajada ovqatlanmaydigan patsiyentlar, shuningdek mikroblarga qarshi uzoq muddatli davolash kurslari buyurilgan patsiyentlar va ilgari antikoagulyantlar bilan davolash kurslari buyurilgan patsiyentlar kiradi. Havf guruhiga kiruvchi patsiyentlarda protrombin vaqtini monitoring o'tkazish va ko'rsatmalar bo'yicha ekzogen K vitamini buyurish kerak.
Preparatga nisbatan rezistent bakteriyalarni rivojlanishi: tasdiqlangan yoki gumon qilinayotgan mikrobli infektsiya mavjud bo'lmagan hollarda, patsiyentga zarar yetkazishdan va preparatga rezistent bo'lgan bakteriyalarning rivojlanish xavfini oshishidan saqlanish uchun, Seftrini (tsefiksim) buyurish tavsiya qilinmaydi.
Keksa yoshdagi patsiyentlar: 65 yosh va undan katta patsiyentlarni yoshroq patsiyentlarga nisbatan javob reaktsiyasidagi farqlarni aniqlash uchun klinik tadqiqotlarga yetarli miqdordagi 65 yosh va undan katta yoshdagi patsiyentlar kiritilmagan. Keksa yoshdagi patsiyentlarda yoshroq patsiyentlarga nisbatan javob reaktsiyalarida farqlarni mavjudligi klinikada qo'llash natijalari bilan tasdiqlanmagan. Keksa yoshdagi patsiyentlarda farmakokinetik ko'rsatkichlarda farqlarni mavjudligi farmakokinetik tekshirish natijalari bilan tasdiqlangan. Ushbu farqlar ahamiyatsiz darajada bo'lgan, va ushbu toifadagi patsiyentlar uchun preparatning dozasiga tuzatish kiritishni talab qilmagan. Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Umuman olganda bu taьsir qilmaydi, ammo markaziy nerv sistemasiga nojo'ya ta'sirlari kuzatilgan xolatlarda transport vositalarni boshqarish va xavfli mexanizmlar bilan ishlash tavsiya etilmaydi.
 
Qo'llanilishi
Seftri (tsefiksim) mikroorganizmlar chaqirgan quyidagi infektsiyalarda, 6 oylik va undan katta yoshdagi bolalarni davolash uchun buyuriladigan, mikroblarga qarshi sefalosporinlar guruhiga mansub preparat hisoblanadi:
siydik yo'llarining asoratlanmagan infektsiyalari;
otitlar;
faringit va tonzillitlar;
surunkali bronxitni o'tkir asoratlari;
asoratlanmagan gonoreyada (tservikal/uretral) qo'llanadi.
 
Dozirovkasi

Bolalar (6 oylik va undan katta bolalar): Suspenziyaning tavsiya etilgan dozasi kuniga 8 mg/kg ni tashkil etadi. Bu doza bir martalik sutkalik doza shaklida yoki ikkiga bo'lingan dozalar shaklida, ya'ni 4 mg/kg dan har 12 soatda buyurilishi mumkin.

Tavsiya etilgan doza bolaning tana vaznini har bir diapazoni uchun alohida aniqlanishi kerak (quyidagi jadvalga qarang). Dozalar millilitrlarda, shu jumladan kontsentratsiya ham keltirilgan.

Bolalar uchun tavsiya etilgan dozalari:

Пациентнинг тана вазни (кг)

Доза /кун (мг)-

Доза /кун (мл)

5 дан 7,5 гача*

50

2,5

7,6 дан 10 гача*

80

4

10,1 дан 12,5 гача

100

5

12,6 дан 20,5 гача

150

7,5

20,6 дан 28 гача

200

10

28,1 дан 33 гача

250

12,5

33,1 дан 40 гача

300

15

40,1 дан 45 гача

350

17,5

 

45,1 ва ундан юқори

400

20

*Суспензияни қўллашга тавсия этиладиган концентрациялари тана вазни ушбу диапазонда бўлган болалар учун 100 мг/5 мл ни ташкил этади.

Tana vazni 45 kg ortiq yoki 12 yoshdan katta bo'lgan bolalarga kattalarga mo'ljallangan dozani buyurish kerak.

Davolash kursining davomiyligi: klinik tadqiqotlarda preparatni qo'llash davomiyligi 10-14 kunni tashkil etgan. Davolash kursining davomiyligi patsiyentning klinik va bakteriologik javobiga ko'ra aniqlanishi kerak.

Streptococcus pyogenes tomonidan chaqirilgan infektsiyalarni davolashda Seftrining terapevtik dozasini kamida 10 kun davomida buyurish kerak.

Seftrini buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarga buyurish mumkin. Kreatinin klirensi minutiga 60 ml va undan ko'p bo'lgan bemorlarga oddiy dozani va qabul qilish sxemasini buyurish mumkin.

Suspenziyani tayyorlash usuli: flakonning ichidagi kukun sochilib turishi uchun suspenziyani tayyorlashdan avval flakonni bir necha marta silkitish kerak. Suv qaynatiladi, keyin sovutiladi. Flakonni taxminan yarmigacha suv qo'shiladi, flakonning qopqog'i yopiladi va yaxshilab chayqatiladi. Flakonning qopqog'i ochiladi va flakondagi belgigacha suv qo'shiladi, flakonning qopqog'i yopiladi va bir jinsli suspenziya hosil bo'lgunicha flakon chayqatiladi.

 
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: sefiksim sutkada 2 g gacha bo'lgan bir martalik dozada buyurilganida katta yoshdagi sog'lom ko'ngillilarning ahamiyatsiz miqdorida kuzatilgan nojo'ya ta'sirlar profili tavsiya etilgan terapevtik dozalarda qabul qilgan patsiyentlarda kuzatilgan nojo'ya ta'sirlar profilidan farq qilmagan.
Davolash: me'dani yuvish talab qilinishi mumkin; biroq maxsus antidoti mavjud emas. Sefiksim gemodializ yoki peritoneal dializ yordamida qon aylanish tizimidan ahamiyatli darajada chiqarilmaydi.
 
Homiladorlik va laktatsiya davrida qullanishi

Homiladorlik
sefiksim homilador sichqonlar va kalamushlarga odamlar uchun tavsiya etilgan terapevtik dozadan 40 marta yuqori dozada yuborilganida ularning reproduktiv faoliyatini o'rganish natijalari sefiksimni homilaga ta'siri yo'qligini ko'rsatdi. Homilador ayollarda adekvat va nazoratli tadqiqotlar o'tkazilmagan. Hayvonlar modelida reproduktiv faoliyatini tekshirish har doim ham odamlarda kuzatiladigan klinik javobni oldindan bilish mumkin bo'lmasa-da, ushbu preparatni homiladorlik vaqtida qo'llash faqat hayotiy zarur bo'lgan hollardagina o'zini oqlaydi.
Emizuvchi onalar
sefiksimni ko'krak sutiga o'tishi yuzasidan ma'lumotlar mavjud emas. Ushbu preparatni qo'llash vaqtida emizishni vaqtinchalik to'xtatib turish imkoniyatini hisobga olish lozim.
Bolalar
6 oylikdan kichik bo'lgan bolalarda sefiksimni qo'llash xavfsizligi va samaradorligi o'rganilmagan. Sefiksimni suspenziya dori shakli buyurilgan bolalarda Me'da-ichak yo'llari tomonidan kuzatiladigan nojo'ya samaralar, jumladan diareya va suyuq axlat, sefiksimni tabletka dori shakli buyurilgan katta yoshdagi patsiyentlarda kuzatiladigan nojo'ya samaralar bilan bir xil bo'lgan.