Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Цефазолин пор

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Цефазолин пор д/ин. 1г №1

2 474 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Цефазолин пор д/ин. 1г №1
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
Цефазолин
Ishlab chiqaruvchi
(Merrymed , Узбекистан)
Chiqarilish shakli
порошок для инфузий
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Dori shakli
Tarkibi
Farmakologik hususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Nojoʻya taʼsirlari

Boshqa sefalosporin antibiotiklari kabi, preparat allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin. Bu hollarda allergiyaga qarshi preparatlar buyuriladi. Leykopeniya, eozinofiliya, neytropeniya, qusish, koʻngil aynishi kuzatilishi mumkin. Mushak ichiga yuborilganida, yuborilgan joyda ogʻriq paydo boʻlishi mumkin. 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparat sefalosporin qatori antibiotiklariga yuqori sezuvchanlikda, yangi tugʻilgan chaqaloqlarda, ayollarda homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllanmaydi. 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Bir vaqtda qoʻllanganida probenitsid preparatning buyrak naychalari sekretsiyasini pasayishini chaqirishi mumkin, bu sefazolinning qondagi konsentratsiyasini davomli oshishiga olib keladi. Preparat aminoglikozidlar, vankomitsin, rifampitsin bilan bir vaqtda qoʻllanganida, antibakterial taʼsirning sinergizmi kuzatiladi. 

Dori shakli

inyeksion eritma tayyorlash uchun kukun 

Tarkibi

1 flakon quyidagilarni saqlaydi:

Sefazolin natriyli tuzi (sefazolinga qayta hisoblanganda) – 1,0 g.

Taʼrifi: oq yoki deyarli oq rangli kukun, gigroskopik. 

Farmakologik hususiyatlari

Preparat birinchi avlod sefalosporinlarning asosiy antibiotiklaridan biridir. Mikroblarga qarshi keng taʼsir doirasiga ega boʻlib, bakteritsid taʼsir qiladi. Taʼsir qilish mexanizmi mikroorganizmlarning hujayra devorining biosintezini ingibitsiya qilishi bilan bogʻliq. Grammanfiy va grammusbat bakteriyalarga faol taʼsir qiladi, shu jumladan penitsillinaza hosil qiluvchi va hosil qilmaydigan stafilokokklar, gemolitik streptokokklar, pnevmokokklar, salmonellalar, shigellalar, proteyning ayrim turlari, Klebsiella guruhi mikroblari, difteriya, kuydirgi tayoqchasi, gonokokklar, meningokokklar; shuningdek spiroxeta va leptospiralarga nisbatan ham faol. Preparat metitsillinga rezistent boʻlgan stafilokokklarga, koʻkyiring tayoqchasiga, proteyning indolmusbat shtammlariga, tuberkulyoz mikobakteriyalariga, anaerob mikroorganizmlarga nisbatan samarasiz; preparat riketsiyalar, viruslar, zamburugʻlar va sodda hayvonlarga taʼsir qilmaydi. 

Farmakokinetikasi

Mushak ichiga (m/i) yuborilganida preparat tez soʻriladi va 1 soatdan keyin qonda maksimal konsentratsiyasiga (Smax) erishiladi. Bir martalik dozada yuborilganida, preparatning qon plazmasidagi samarali konsentratsiyasi 8-12 soat davomida saqlanadi. Preparat sinovial qobiq orqali oʻtadi. Preparatning suyak toʻqimasidagi konsentratsiyasi taxminan qon plazmasidagi darajasiga toʻgʻri keladi.

Preparat yoʻldosh toʻsigʻi orqali oʻtadi, kindik va homila oldi suyuqligiga tushadi. Preparat koʻkrak suti tarkibida oz konsentratsiyalarda aniqlanadi. Preparatning taxminan 90% plazma oqsillari bilan bogʻlanadi. Asosan buyraklar orqali (taxminan 90%) oʻzgarmagan holda, asosan kalavalar va qisman naychalar filtratsiyasi orqali chiqariladi. Preparatning yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 2 soatni tashkil qiladi. 

Qoʻllanilishi

Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksion yalligʻlanish kasalliklarni, shu jumladan: yuqori va quyi nafas yoʻllari, siydik va oʻt chiqarish yoʻllari, kichik chanoq aʼzolari, teri va yumshoq toʻqimalar, suyaklar va boʻgʻimlarning kasalliklari; endokardit, sepsis, peritonit, oʻrta otit, osteomiyelit, mastit; jarohatlar, kuyishlar va operatsiyadan keyingi infeksiyalar; sifilis va gonoreyani davolash. Bundan tashqari, preparat jarrohlik infeksiyalarni oldini olish uchun operatsiyadan oldingi va keyingi davrlarda qoʻllanadi. 

Qoʻllash usuli va dozalari

Preparat m/i qoʻllanadi. Buyurishda 30 mkg sefazolin saqlovchi disklardan foydalanib, ajratilgan qoʻzgʻatuvchilarning unga boʻlgan sezgirligini aniqlash kerak. M/i yuborish uchun flakondagi preparat 2-3 ml inyeksiya uchun suvda eritiladi va mushakka chuqur qilib yuboriladi. Eritish vaqtda flakondagi modda toʻliq eriguncha yaxshilab chayqatiladi. Kattalar uchun preparatning sutkalik dozasi 1 dan 4 g gacha (baʼzida koʻproq) boʻladi va infeksiyaning ogʻirligiga, qoʻzgʻatuvchining turiga va uning antibiotikka nisbatan sezgirligiga bogʻliqdir. Agar infeksiyani grammusbat mikroorganizmlar chaqirgan boʻlsa, kattalar uchun preparatning bir martalik dozasi, odatda 0,25-0,5 g ni tashkil qiladi; bir kunda 3 marta yuboriladi (har 8 soatda). Pnevmokokklar chaqirgan nafas yoʻllarining oʻrtacha ogʻirlikdagi infeksiyalarida, antibiotikka sezgir mikroorganizmlar chaqirgan siydik yoʻllarining kasalliklarida, preparat 0,5-1,0 g dan har 12 soatda buyuriladi, Antibiotikka sezgir grammanfiy mikroorganizmlar chaqirgan kasalliklarda, preparat 0,5-1,0 g dan har 6-8 soatda buyuriladi. Sepsis, endokardit va boshqa ogʻir kasalliklarda sutkalik doza 6 g va koʻproqni tashkil qilishi mumkin. Bolalarga sutkada 20-50 mg/kg hisobidan buyuriladi (3-4 qabulda); ogʻir infeksiyalarda sutkada 100 mg/kg gacha yuboriladi. Davolashning oʻrtacha davomiyligi 7-10 kunni tashkil qiladi. Buyraklarning chiqarish funksiyasini buzilishi boʻlgan bemorlarga, toʻplanmasligi uchun, preparat kamaytirilgan dozalarda buyuriladi.

Operatsiyadan keyingi infeksiyalarni oldini olish uchun operatsiyadan 30-60 minut oldin 1,0 g, operatsiya vaqtida 0,5-1,0 g va operatsiyadan soʻng sutka davomida 0,5-1 g dan har 6-8 soatda buyuriladi. 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparat penitsillin qatori antibiotiklariga yuqori sezuvchanligi boʻlgan, turli etiologiyali allergik reaksiyalarning rivojlanishini xavfi yuqori boʻlgan (shu jumladan – dorilarga), shuningdek buyrak funksiyasini buzilishi boʻlgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Davolash davrida, siydikda qandga soxtamusbat reaksiya boʻlishi mumkin. Preparat meʼda-ichak yoʻllarining kasalliklari (ayniqsa kolit) boʻlgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllash, faqat ona uchun kutilayotgan foyda, homila va bolaga boʻlgan potensial xavfdan ustun boʻlganida mumkin. Preparat “xalqali” diuretiklar bilan bir vaqtda qoʻllanganida  alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Yuqori sezuvchanlikning oʻtkir reaksiyalari, teri toshmasi, dori isitmasi, leykopeniya, eozinofiliya yoki trombotsitopeniya paydo boʻlganida, preparat qabul qilishni darhol toʻxtatish kerak. Bunday holatlarni bartaraf qilish uchun adrenalin, antigistamin preparatlar, glyukokortikosteroidlarni qoʻllash kerak.

Preparat uzoq vaqt qoʻllanganida, mikroorganizmlarning preparatga nisbatan rezistentligi rivojlanishi mumkin.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatmaslik lozim. 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasi oshirib yuborilganida, taʼriflangan nojoʻya koʻrinishlarini kuchayishi mumkin. 

Saqlash sharoiti

Quruq va yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25ºS gacha boʻlgan haroratda saqlansin. 

Yaroqlilik muddati

2 yil. 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.