Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ТРОМБОНЕТ ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ТРОМБОНЕТ ТАБЛЕТКА 0,075Г №60

81 000 so'mdan
(2002)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Clopidogrel
Ishlab chiqaruvchi
ФАРМАК
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Препараты влияющие на агрегацию тромбоцитов и свертыванию крови
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi: 
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi.
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati 
Berish tartibi
Dori shakli: 

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

Tarkibi: 

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 75 mg klopidogrelga qayta hisoblaganda 97,875 mg klopidogrel bisulfati (klopidogrel gidrosulfati);

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza (Ye 101), makkajoʻxori kraxmali, gidrogenlangan kanakunjut moyi, makrogol 6000, magniy stearati;

qobigʻi: gidroksipropilmetilsellyuloza (5), titan dioksidi (Ye 171), makrogol 6000, kandurin (kumush yaltirogʻi), temir (III) oksidi (Ye 172).

 

Taʼrifi: 

dumaloq shakli, ikki tomoni qavariq, yaltiroq tusli toʻq pushti rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 antitrombotik vositalar. 

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi.

Taʼsir mexanizmi. Klopidogrel adenozindifosfatni (ADF) trombotsitlarning yuzasidagi retseptorlar bilan bogʻlanishini va ADF taʼsiri ostida  GPIIb/IIIa kompleksini keyingi faollashuvini selektiv susaytiradi va shu orqali trombotsitlar agregatsiyasini susaytiradi. Trombotsitlar agregatsiyasini faol ingibitsiyasini hosil boʻlishi uchun klopidogrelning biotransformatsiyasi zarur. Klopidogrel shuningdek boshqa agonistlar chaqirgan agregatsiyani, ADF dan halos boʻlgan trombotsitlarning faolligini oshishini blokada qilish yoʻli bilan susaytiradi. Klopidogrel Trombotsitning ADF retseptorlarini qaytmas modifikatsiya qiladi. Shunday qilib, klopidogrel bilan oʻzaro taʼsirlashgan trombotsitlar ularning hayotining oxirigacha oʻzgaradi. Trombotsitlarning normal faoliyati trombotsitlarni yangilanish tezligiga mos tezlikda tiklanadi.

Farmakodinamik samaralari. Preparatni 75 mg takroriy sutkalik dozada qoʻllashning birinchi kunidan ADF-induksiyalangan trombotsitlarning agregatsiyasini ahamiyatli sekinlashishi kuzatiladi. Bu 3 va 7 kunlar orasida jadal kuchayadi va barqarorlashadi. Barqaror holatda 75 mg sutkalik doza taʼsiri ostida agragatsiyasini susaytirishning oʻrtacha darajasi 40% dan 60% gachani tashkil etadi. Trombotsitlar agregatsiyasi va qon ketish davomiyligi davolash toʻxtatilgandan keyin oʻrtacha 5 kundan keyin dastlabki darajaga qaytadi.

Farmakokinetikasi.

Soʻrilishi. 75 mg bir martalik va koʻp martalik dozalarini peroral qabul qilinganidan keyin klopidogrel tez soʻriladi. Oʻzgarmagan klopidogrelning plazmadagi oʻrtacha choʻqqi konsentratsiyalariga (peroral 75 mg bir martalik dozadan keyin taxminan 2,2-2,5 ng/ml) qabul qilinganidan keyin taxminan 45 minut oʻtgach erishilgan. Klopidogrelning metabolitlarini siydik bilan chiqarilishi maʼlumotlari boʻyicha, soʻrilishi 50% dan kamroqni tashkil qiladi.

Taqsimlanishi. Klopidogrel va qonda aylanib yuruvchi asosiy (faol boʻlmagan) metaboliti, in vitro sharoitda odamning plazma oqsillari bilan qaytuvchan bogʻlanadi (muvofiq 98% va 94%). Bu bogʻlanish in vitro sharoitida konsentratsiyalarning keng diapazoni chegarasida toʻyinmagan holda qoladi.

Metabolizmi. Klopidogrel jigarda jadal metabolizmga uchraydi. In vitro va in vivo sharoitlarda uning metabolizmini ikki asosiy yoʻli mavjud: biri esterazalar ishtirokida amalga oshiriladi va karbon kislotasining faol boʻlmagan metabolitini hosil boʻlishi (u plazmada aylanib yurgan barcha metabolitlarning 85% ni tashkil qiladi) gidroliziga olib keladi, boshqasida esa sitoxrom R450 tizimining fermentlari ishtirok etadi. Avval klopidogrel oraliq metabolit 2-okso-klopidogrelga aylanadi. 2-okso-klopidogrelning keyingi metabolizmi natijasida tiol hosilasi – faol metabolit hosil boʻladi. In vitro sharoitida bu metabolik yoʻl CYP3A4, CYP2C19, CYP1A2 va CYP2V6 fermentlari yordamida amalga oshadi. In vitro sharoitda ajratib oligan klopidogrelning faol metaboliti (tiol hosilasi) trombotsitlardagi retseptorlar bilan tez va qaytmas bogʻlanadi, shu bilan trombotsitlarning agregatsiyasini oldini oladi.

Chiqarilishi. Nishonlangan 14S-klopidogrel ichga qabul qilinganidan keyin 120 soat oʻtgach odamda taxminan 50% nishon siydik bilan va taxminan 46% – ahlat bilan chiqarilgan. 75 mg bir martalik doza peroral qabul qilinganidan keyin klopidogrelning yarim chiqarilish davri taxminan 6 soatni tashqil qiladi. Qondagi aylanib yurgan asosiy (faol boʻlmagan) metabolitning yarim chiqarilish davri, preparat bir marta va koʻp marta yuborilganidan keyin 8 soatni tashqil qiladi.

Farmakogenetikasi. CYP2C19 ham faol metaboliti, ham oraliq metabolit 2-okso-klopidogrelni hosil boʻlishida ishtirok etadi. Klopidogrelning faol metabolitining farmakokinetikasi va ex vivo sharoitidagi trombotsitlarning agregatsiyasini oʻlchash maʼlumotlari boʻyicha antrombotsitar samaralari CYP2C19 ning genotipiga qarab farq qiladi. CYP2C19*1 alleli toʻliq faoliyat koʻrsatayotgan metabolizmga muvofiq keladi, ayni vaqtda CYP2C19*2 va CYP2C19*3 allellari faoliyat koʻrsatmaydigan metabolizmga muvofiq keladi. CYP2C19*2 va CYP2C19*3 allellari metabolizmi susaygan yevropeoid (85%) va mongoloid (99%) irqqa mansub patsiyentlarda faoliyatni pasaytiruvchi koʻpchilik allellar uchun masʼul. Faoliyat koʻrsatmaydigan yoki pasaygan metabolizmi bilan assotsiyatsiyalangan boshqa allellar nisbatan kam uchraydi. Ularga CYP2C19*4, *5, *6, *7 va *8 kiradi. Metabolizmi susaygan patsiyentlar yuqorida koʻrsatilganidek faoliyat koʻrsatmaydigan ikkita allelga ega. Chop etilgan maʼlumotlarga koʻra, metabolizmni susayishiga mos keluvchi CYP2C19 genotiplari yevropeoid irqqa mansub 4% patsiyentlarda va xitoy millatiga mansub 14% patsiyentlarda uchraydi. CYP2C19 genotipini aniqlash imkoniyatini beruvchi testlar mavjud.

Alohida toifadagi patsiyentlar

Klopidogrelning faol metabolitining farmakokinetikasi quyidagi maxsus toifa patsiyentlada oʻrganilmagan.

Buyrak yetishmovchiligi. Ogʻir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga
5-15 ml) boʻlgan patsiyentlar tomonidan sutkada 75 mg klopidogrel muntazam qabul qilinganidan keyin trombotsitlaning ADF induksiyalangan agregatsiyasini ingibitsiya qilinishi, sogʻlom koʻngillilardagi xuddi shunday samaraga nisbatan kamroq (25%) namoyon boʻlgan, qon ketish vaqti esa, sutkada 75 mg klopidogrel qabul qilgan sogʻlom koʻngillilarda boʻlgani kabi, deyarli xuddi shunday oshgan. Klinik oʻzlashtiraolinishi barcha patsiyentlarda yaxshi boʻlgan.

Jigar yetishmovchiligi. Ogʻir jigar yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlar tomonidan 10 kun davomida sutkada 75 mg klopidogrel muntazam qabul qilinganidan keyin, trombotsitlarning ADF induksiyalangan agregatsiyasini ingibitsiya qilinishi sogʻlom shaxslarnikidek boʻlgan. Qon ketish vaqtini oʻrtacha oshishi ham ikkala guruhda bir xil boʻlgan.

Irqiy mansublik. CYP2C19 ning oʻrtacha va kuchsiz metabolik faolligiga masʼul boʻlgan CYP2C19 allellarini tarqalganligi irqiy/etnik mansublikka qarab farq qiladi. Mongoloid irqqa mansub patsiyentlar yuzasidan, klinik natijalar nuqtai nazaridan CYP genotiplanishning klinik koʻrsatkichlarini baholashga imkon beruvchi maʼlumotlar cheklangan.

 

Qoʻllanilishi

Kattalarda aterotromboz koʻrinishlarining oldini olish:

  • miokard infarkti (davolashning boshlanishi – bir necha kundan keyin, lekin paydo boʻlganidan keyin kechi bilan 35 kundan keyin), ishemik insult (davolashning boshlanishi – 7 kundan keyin, lekin paydo boʻlganidan keyin kechi bilan 6 oydan keyin) oʻtkazgan yoki periferik arteriyalarning kasalliklari (arteriyalarni shikastlanishi va oyoq qon tomirlarining aterotrombozi) diagnostika qilingan bemorlarda;
  • oʻtkir koronar sindromi boʻlgan bemorlarda:
  • ST segmentini koʻtarilishisiz oʻtkir koronar sindromi (nostabil stenokardiya yoki Q tishisiz miokard infarkti), shu jumladan teri orqali koronar angioplastikani oʻtkazish davomida stent qoʻyilgan bemorlarda, atsetilsalitsil kislotasi bilan majmuada;
  • ST segmentini koʻtarilishi bilan kechuvchi oʻtkir miokard infarktida, atsetilsalitsil kislotasi bilan majmuada (standart medikamentoz davolanayotgan va trombolitik davolash koʻrsatilgan bemorlarda) qoʻllanadi.

Yurak boʻlmachalari fibrillyatsiyasida aterotrombotik va tromboembolik hodisalarning oldini olish. 

Klopidogrel ASK bilan majmuada K vitamini antagonistlari (KVA) bilan davolash mumkin boʻlmagan va qon ketishi paydo boʻlishi xavfi past boʻlgan qon tomir hodisalarini paydo boʻlishining kamida bitta xavf omiliga ega yurak boʻlmachalari fibrillyatsiyasi boʻlgan patsiyentlarda aterotrombotik va tromboembolik hodisalar, shu jumladan insultni oldini olish uchun koʻrsatilgan.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Kattalar va keksa yoshdagi bemorlar. Trombonet ovqat qabul qilishdan qatʼiy nazar,
75 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi.

ST segmentini koʻtarilishisiz oʻtkir koronar sindromi boʻlgan bemorlarda (nostabil stenokardiya yoki EKG da Q tishisiz miokard infarkti) klopidogrel bilan davolash
300 mg bir martalik yuklama doza bilan boshlanadi, keyin esa sutkada bir marta 75 mg dozada (sutkada 75-325 mg doza atsetilsalitsil kislotasi (ASK) bilan) davom ettiriladi. ASKning yuqoriroq dozalarini qoʻllash qon ketishining yuqori xavfi bilan bogʻliqligi tufayli, atsetilsalitsil kislotasining dozasini 100 mg dan oshirmaslik tavsiya etiladi. Davolashning optimal davomiyligi rasmiy belgilanmagan. Klinik tadqiqotlarning natijalari preparatni 12 oygacha qoʻllash foydasiga guvohlik beradi, maksimal samara esa 3 oy davomidan keyin kuzatiladi.

ST segmentini koʻtarilishi bilan oʻtkir miokard infarkti boʻlgan bemorlarda klopidogrel 75 mg dan sutkada 1 marta, ASK bilan majmuada, trombolitik preparatlarni qoʻllash bilan yoki ularsiz, 300 mg bir martalik yuklama dozasidan boshlab buyuriladi. 75 yoshdan oshgan bemorlarni davolash klopidogrelning yuklama dozasiz boshlanadi. Majmuaviy davolashni simptomlar namoyon boʻlganidan keyin iloji boricha ertaroq boshlash va kamida 4 hafta davom ettirish kerak. Klopidogrelni ASK bilan majmuada qoʻllashdan kutiladigan foyda, bu kasallikda toʻrt haftadan ortiq  oʻrganilmagan.

Yurak boʻlmachalari fibrillyatsiyasi boʻlgan patsiyentlarda klopidogrel sutkada 75 mg bir martalik dozada qoʻllanadi. Klopidogrel bilan birga ASK ni (sutkada 75-100 mg dozada) qoʻllashni boshlash va davolash ettirish kerak.

 

Doza oʻtkazib yuborilgan hollarda:

  • agar navbatdagi dozani qabul qilish kerak boʻlgan vaqtdan 12 soatdan kamroq vaqt oʻtgan boʻlsa: patsiyent oʻtkazib yuborilgan dozani darhol qabul qilishi kerak, keyingi dozani esa odatdagi vaqtda qabul qilishi kerak;
  • agar 12 soatdan koʻproq vaqt oʻtgan boʻlsa, patsiyent odatdagi vaqtda keyingi navbatdagi dozani qabul qilishi kerak va oʻtkazib yuborilgan dozani oʻrnini toʻldirish uchun dozani ikki marta qabul qilmasligi kerak.

Buyrak yetishmovchiligi. Buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda klopidogrelni qoʻllashning terapevik tajribasi cheklangan, shuning uchun preparatni patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak (“Qoʻllash usuli va dozalari” boʻlimiga qarang).

Jigar yetishmovchiligi. Oʻrtacha ogʻirlik darajasidagi jigar kasalligi va gemorragik diatez rivojlanishi mumkin boʻlgan patsiyentlarda preparatni qoʻllash tajribasi cheklangan, shuning uchun bunday bemorlarga klopidogrelni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak (“Qoʻllash usuli va dozalari” boʻlimiga qarang).

Bolalar va oʻsmirlar. Klopidogrelni bolalarda qoʻllash mumkin emas, chunki bu yosh toifasidagilarda preparatning samaradorligi haqida maʼlumotlar yoʻq.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, paresteziyalar, bosh miya ichki qon quyilishlari (ayrim hollarda oʻlim bilan yakunlanuvchi), taʼm sezishni oʻzgarishi.

Ruhiy buzilishlar: gallyutsinatsiyalar, ongni chalkashishi.

Koʻrish aʼzosi tomonidan: koʻz sohasida qon ketishlar (konʼyunktival, okulyar, retinal).

Eshitish aʼzosi va labirint tomonidan: vertigo.

Qon-tomir tizimi tomonidan: gematoma, ogʻir qon quyilishlari, operatsiya jarohatidan qon ketishi, vaskulit, arterial gipotenziya.

Respitator, torakal va mediastinal buzilishlar: burundan qon ketishi, respirator yoʻllardan qon ketishi (qon tuflash, oʻpkadan qon ketishi), bronxospazm, interstitsial pnevmonit, eozinofil pnevmoniya.

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan: meʼda-ichakdan qon ketishlar, diareya, abdominal ogʻriq, dispepsiya, meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yarasi, gastrit, qusish, koʻngil aynishi, qabziyat, meteorizm, retroparatoneal qon quyilishlar, oʻlim bilan yakunlanuvchi meʼda-ichakdan va retroperitoneal qon ketishlar, panreatit, kolit (xususan yarali yoki limfotsitar), stomatit.

Gepatobiliar tizimi tomonidan: oʻtkir jigar yetishmovchiligi, gepatit, jigar faoliyati koʻrsatkichlarining anomal natijalari.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: teri ostiga qon quyilishlar, toshma, qichishish, teri ichiga qon quyilishlari (purpura), bullyoz dermatit (toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, koʻp shaklli eritema), angionevrotik shish, makulopapullyoz, eritematoz yoki eksfoliativ toshma, eshakemi, medikamentoz oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi, eozinofiliya va tizimli koʻrinishlar (DRESS sindromi) bilan kechuvchi medikamentoz toshma, ekzema, yassi temiratki.

Skelet-mushak va biriktiruvchi toʻqima tomonidan: suyak-mushak qon quyilishlari (gemartroz), artrit, artralgiya, mialgiya.

Qon va limfatik tizim tomonidan: trombotsitopeniya, leykotsitopeniya, eozinofiliya, neytropeniya, shu jumladan ogʻir neytropeniya; trombotik trombotsitopenik purpura (TTP) (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang), aplastik anemiya, pansitopeniya, agranulotsitoz, ogʻir trombotsitopeniya, granulotsitopeniya, anemiya, orttirilgan gemofiliya A.

Immun tizimi tomondan: zardob kasalligi, anafilaktoid reaksiyalar, tiyenopiridinlar (tiklopidin, prasugel kabi) orasida kesishgan oʻta yuqori sezuvchanlik (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang).

Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan: gematuriya, glomerulonefrit, qonda kreatinin darajasini oshishi.

Umumiy buzilishlar va mahalliy reaksiyalar: inyeksiya joyidan qon ketishlari, isitma.

Laboratoriya koʻrsatkichlari: qon ketishi vaqtini uzayishi, neytrofillar va trombotsitlar sonini kamayishi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Taʼsir etuvchi modda yoki preparatining biron-bir komponentiga yuqori sezuvchanlik. Ogʻir jigar yetishmovchiligi. Oʻtkir qon ketishi (masalan, peptik yara yoki bosh miyaga qon quyilishi). 

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Peroral antikoagulyantlar. Trombonetni peroral antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qoʻllash tavsiya qilinmaydi, chunki bunday majmua qon ketishi jadalligini kuchaytirishi mumkin Garchi klopidogrelni sutkada 75 mg dozada qoʻllash varfarin bilan uzoq vaqt davolanayotgan patsiyentlarda S-varfarinning farmakokinetik profilini yoki xalqaro normallashgan nisbat (XNN) ni oʻzgartirmaydi, klopidogrel va varfarinni bir vaqtda qoʻllash gemostazga mustaqil taʼsirini mavjudligi tufayli qon ketishi xavfini oshiradi.

IIb/IIIa glikoproteinning ingibitorlari. IIb/IIIa glikoproteinni qoʻllanayotgan patsiyentlarga klopidogrelni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang). 

Asetilsalitsil kislotasi (ASK). Asetisalitsil kislotasi ADF-induksiyalangan trombotsitlar agregatsiyasiga klopidogrelning ingibitorlik taʼsirini oʻzgartirmaydi, lekin kollagen tomonidan induksiyalangan trombotsitlar agregatsiyasiga ASK ning taʼsirini kuchaytiradi. Lekin 500 mg ASK ni bir kun davomida sutkada 2 marta bir vaqtda qoʻllash, klopidogrelni qabul qilish oqibatida oshgan qon ketish vaqtini ahamiyatli oshishini chaqirmagan. Chunki klopidogrel bilan atsetilsalitsil kislotasi orasidagi farmakodinamik oʻzaro taʼsiri qon ketishi xavfini oshishi bilan kechishi tufayli, bu preparatlarni bir vaqtda qoʻllash ehtiyotkorlikni talab qiladi (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang). Bunga qaramasdan klopidogrel va ASK bir yilgacha vaqt davomida birga qabul qilingan.

Geparin. Klopidogrel bilan bir vaqtda qoʻllash geparinning dozasiga tuzatish kiriishni talab qilmagan va geparinning koagulyatsiyaga taʼsirini, trombotsitlar agregatsiyasiga klopidogrelning ingibitsiya qiluvchi taʼsirini oʻzgartirmagan. Klopidogrel va geparin oʻrtasida farmakodinamik oʻzaro taʼsiri boʻlishi mumkinligi tufayli, ularni bir vaqtda qoʻllash ehtiyotkorlikni talab qiladi.

Trombolitik vositalar. Klopidogrel, fibrinospetsifik yoki fibrinonospetsifik trombolitik agentlar va geparinni bir vaqtda qoʻllashning xavfsizligi oʻtkir miokard infarkti boʻlgan bemorlarda tekshirilgan. Klinik ahamiyatli qon ketishlarining tez-tezligi, trombolik preparatlar va geparinni ASK bilan bir vaqtda qoʻllashda kuzatilgani bilan bir xil boʻlgan.

Nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar (NYAQV). Klopidogrel va naproksenni bir vaqtda qoʻllash meʼda-ichak yoʻllaridan yashirin qon ketishlari sonini oshirgan. Lekin preparatni boshqa NYAQV bilan oʻzaro taʼsiri yuzasidan tadqiqotlar oʻtkazilmaganligi tufayli, boshqa NYAQP bilan birga qoʻllanilganda meʼda-ichakdan qon ketish xavfi oshishi hozirgi vaqtgacha nomaʼlum. Shuning uchun NYAQV, ayniqsa SOG-2 ingibitorlarini klopidogrel bilan bir vaqtda qoʻllashda ehtiyotkorlik kerak.

Boshqa preparatlarni bir vaqtda qoʻllash. Klopidogrel oʻzining faol metabolitiga qisman CYP2C19 taʼsiri ostida aylanishi tufayli, bu fermentning faolligini susaytiruvchi preparatlarni qoʻllash ehtimol qon plazmasida klopidogrelning faol metabolitning konsentratsiyasini pasayishiga olib keladi. Bu oʻzaro taʼsirning klinik ahamiyati nomaʼlum. Shuning uchun ehtiyotkorlik chorasi sifatida CYP2C19 ning kuchli va oʻrtacha ingibitorlarini bir vaqtda qoʻllashdan saqlanish kerak (“Maxsus koʻrsatmalar” va “Farmakokinetikasi” boʻlimlariga qarang). CYP2C19 ning faolligini susaytiruvchi preparatlarga quyidagilar kiradi: omeprazol, ezomeprazol, fluvoksamin, fluoksetin, moklobemid, vorikonazol, flukonazol, tiklopidin, siprofloksatsin, simetidin, karbamazepin, okskarbazepin va xloramfenikol.

Proton nasosining ingibitorlari (PNI). Omeprazol 80 mg dozada sutkada 1 marta klopidogrel bilan bir vaqtda yoki bu ikkala preparatlarni qabul qilish orasida 12 soat chegarasida qoʻllanilganda qonda faol metabolitning konsentratsiyasini 45% (yuklama doza) va 40% (samarani bir maromda ushlab turuvchi doza) ga kamaytirgan. Bu kamayish trombotsitlar agregatsiyasini 39% (yuklama doza) va 21% (samarani bir maromda ushlab turuvchi doza) ga kamayishi bilan kechgan. Klopidogrel ezomeprazol bilan xuddi shunday oʻzaro taʼsirlashadi deb taxmin qilinadi.

Asosiy kardiovaskulyar hodisalarning rivojlanishi nuqtai nazardan bu farmakokinetik (FK) va farmakodinamik (FD) oʻzaro taʼsirlarning klinik oqibatlari yuzasidan turlicha fikrlar mavjud. Ehtiyotkorlik chorasi sifatida klopidogrelni omeprazol yoki ezomeprazol bilan bir vaqtda qoʻllash mumkin emas (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang).

Pantaprozol yoki lansoprazolni qoʻllaganda qondagi metabolitning konsentratsiyasini kamroq yaqqollikda kamayishi kuzatilgan.

Pantoprazolni 80 mg dozada sutkada 1 marta bir vaqtda qoʻllaganda plazmada faol metabolitning konsentratsiyasi 20% (yuklama doza) va 14% (samarani bir maromda ushlab turuvchi doza) ga kamaygan. Bu kamayish trombotsitlar agregatsiyasini susayishini oʻrtacha koʻrsatkichini muvofiq ravishda 15% va 11% ga kamayishi bilan kechgan. Olingan natijalar klopidogrel va pantoprazolni bir vaqtda qoʻllash mumkinligini bildiradi.

Meʼdada kislotani ishlab chiqarilishini kamaytiruvchi, masalan, N2-blokatorlar yoki antatsidlar kabi boshqa dori vositalari (CYP2C19 ning ingibitori hisoblangan simetidindan tashqari) yoki antatsidlar klopidogrelning antitrombotsitar faolligiga taʼsir etishi toʻgʻrisida dalillar yoʻq.

Boshqa dori vositalari bilan majmuasi. Klopidogrelni atenolol, nifedipin yoki ikkala preparatlar bilan bir vaqtda qoʻllaganda klinik ahamiyatli farmakodinamik oʻzaro taʼsiri aniqlanmagan. Bundan tashqari, klopidogrelning farmakodinamik faolligi fenobarbital va estrogen bilan bir vaqtda qoʻllanganida deyarli oʻzgarmasdan qolgan.

Klopidogrel bilan bir vaqtda qoʻllanilganda digoksin yoki teofillinning farmakokinetik xususiyatlari oʻzgarmagan.

Antatsid vositalar klopidogrelning soʻrilish darajasiga taʼsir qilmagan.

Klopidogrelning karboksil metabolitlari sitoxrom R450 2S9 ning faolligini susaytirishi mumkin. Bu sitoxrom R450 2S9 yordamida metabolizmga uchraydigan fenitoin va tolbutamid hamda NYAQV kabi dori vositalarning plazmadagi darajasini potensial oshirishi mumkin. Shunga qaramasdan, CAPRIE tadqiqotlarining natijalari fenitoin va tolbutamin klopidogrel bilan bir vaqtda qoʻllanganida xavfsiz ekanligidan dalolat beradi.

Klopidogrelni boshqa preparatlar, shu jumladan diuretiklar, beta-blokatorlar, angiotenzinga-aylantiruvchi ferment ingibitorlari, kalsiy antagonistlari, xolesterinning darajasini pasaytiruvchi vositalar, koronar vazodilyatatorlar, antidiabetik vositalar (shu jumladan insulin), tutqanoqqa qarshi vositalar, GPIIb/IIIa antagonistlari bilan bir vaqtda qoʻllanganida, klinik ahamiyatli nojoʻya samaralari kuzatilmagan.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Qon ketishlar va gematologik buzilishlar. Qon ketishlari va gematologik nojoʻya taʼsirlarini rivojlanish xavfi tufayli, agar preparatni qoʻllash vaqtida yuz berishi mumkin boʻlgan qon ketishi toʻgʻrisida dalolat beruvchi simptomlar kuzatilsa, darhol qonning kengaytirilgan tahlilini va/yoki boshqa tegishli testlarni oʻtkazish kerak. Boshqa antitrombotik vositalar kabi, klopidogrelni jarohat, jarrohlik aralashuvi yoki boshqa patologik holatlar oqibatida qon ketishlarining yuqori xavfi boʻlgan patsiyentlarga, shuningdek patsiyentlar tomonidan ASK, geparin IIb/III glikoproteini ingibitorlarini yoki nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlarni, xususan SOG-2 ingiborlarini qoʻllash holatlarida ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak. Bemorlarda qon ketishi simptomlarini, shu jumladan yashirin qon ketishining koʻrinishlarini, ayniqsa davolashning birinchi haftasida va/yoki yurakdagi invaziv muolajalar va jarrohlik aralashuvlaridan keyin diqqat bilan kuzatish kerak. Klopidogrelni peroral antikogulyantlar bilan bir vaqtda qoʻllash tavsiya etilmaydi, chunki bu qon ketish jadalligini kuchaytirishi mumkin (“Dorilarning oʻzaro taʼsiri” boʻlimiga qarang).

Antitrombotsitar vositalarni vaqtinchalik talab qilmaydigan rejali jarrohlik aralashuvlari hollarida, klopidogrel bilan davolashni operatsiyadan 7 kun oldin toʻxtatish kerak. Patsiyentlar biron-bir operatsiya tayinlanishidan oldin yoki yangi dori vositasini qoʻllashdan oldin, ular klopidogrel qabul qilayotganliklari toʻgʻrisida shifokorga (shu jumladan stomatologga) xabar berishlari kerak. 

Klopidogrel qon ketishi vaqtini uzaytiradi, shuning uchun qon ketishi (ayniqsa meʼda-ichak va koʻz ichki qon ketishi) ning yuqori xavfi boʻlgan patsiyentlarda uni ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak. Klopidogrel bilan davolanish vaqtida (ayniqsa ASK bilan majmuada) qon ketishi odatdagidan kechroq toʻxtashi mumkin, va ular gʻayritabiiy (joylashishi va davomiyligi boʻyicha) qon ketishining har qanday holati toʻgʻrisida shifokorga xabar berishlari lozimligi haqida bemorlarni ogohlantirib qoʻyish kerak. 

Trombotik trombotsitopenik purpura (TTP). Klopidogrel qoʻllanganidan keyin, baʼzida xatto uni qisqa vaqt qoʻllanishidan keyin, juda kam hollarda trombotik trombotsitopenik purpura (TTP) hollari kuzatilgan. TTP nevrologik koʻrinishlar, buyrak disfunksiyasi yoki isitma bilan kechuvchi trombotsitopenik va mikroangiopatik gemolitik anemiya bilan namoyon boʻladi. TTP oʻlimga olib kelishi mumkin boʻlgan potensial xavfli holatdir va shuning uchun shoshilinch davolashni, shu jumladan plazmaferezni oʻtkazishni talab etadi.

Orttirilgan gemofiliya. Klopidogrel qoʻllanilgandan keyin orttirilgan gemofiliya rivojlangan holatlar haqida xabar berilgan. Qon ketishi bilan kechuvchi yoki kechmaydigan faollashgan qisman tromboplastin vaqtini (FQTV) tasdiqlangan alohida oshishi holatlarida orttirilgan gemofiliya tashhisi masalasini koʻrib chiqish kerak. Orttirilgan gemofiliya tashhisi tasdiqlangan patsiyentlar shifokor nazoratida boʻlishlari va davolanishlari kerak, klopidogrelni qoʻllash toʻxtatilishi kerak.

Yaqinda oʻtkazilgan insult. Maʼlumotlar yetarli boʻlmaganligi tufayli, klopidogrelni oʻtkir ishemik insultdan keyin birinchi 7 kun buyurish tavsiya qilinmaydi.

Sitoxrom R450 2S19 (CYP2C19). Farmakogenetikasi: CYP2C19 ning genetik pasaygan faoliyati boʻlgan patsiyentlarda, qon plazmasida klopidogrelning faol metabolitining pastroq konsentratsiyasi va kamroq yaqqollikka ega antitrombotik samara kuzatiladi. Patsiyentda CYP2C19 genotipini aniqlash imkonini beruvchi testlar mavjud.

Klopidogrel oʻzining faol metabolitiga qisman CYP2C19 taʼsiri ostida aylanishi tufayli, bu fermentning faolligini susaytiruvchi preparatlarni qoʻllash ehtimol qon plazmasida klopidogrelning faol metabolitning konsentratsiyasini pasayishiga olib keladi. Lekin bu oʻzaro taʼsirning klinik ahamiyati nomaʼlum. Shuning uchun ehtiyotkorlik chorasi sifatida CYP2C19 ning kuchli va oʻrtacha ingibitorlarini bir vaqtda qoʻllashdan saqlanish kerak (“Dorilarning oʻzaro taʼsiri” boʻlimiga qarang).

Tiyenopiridinlar orasida kesishgan reaktivlik. Patsiyentlarni anamnezida boshqa tiyenopiridinlarga (tiklopidin, prasugel kabi) oʻta yuqori sezuvchanlik mavjudligini tekshirish kerak, chunki tiyenopiridinlar orasida kesishgan reaktivlik haqida xabar berilgan. Tiyenopiridinlarni qoʻllash toshma, Kvinke shishi kabi yengil darajadan ogʻir darajagacha allergik reaksiyalarga yoki trombotsitopeniya va neytropeniya kabi gematologik reaksiyalarga olib kelishi mumkin. Anamnezida bitta tiyenopiridinga allergik reaksiyalar va/yoki gematologik reaksiyalar kuzatilgan patsiyentlar boshqa tiyenopiridinga xuddi shu yoki boshqa reaksiya rivojlanishining yuqori xavfiga ega boʻlishlari mumkin. Kesishgan reaktivlikning monitoringi tavsiya etiladi.

Buyrak faoliyatini buzilishi. Buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda klopidogrelni qoʻllashning terapevik tajribasi cheklangan, shuning uchun preparatni patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak (“Qoʻllash usuli va dozalari” boʻlimiga qarang).

Jigar faoliyatini buzilishi. Oʻrtacha ogʻirlik darajasidagi jigar kasalligi va gemorragik diatez rivojlanishi mumkin boʻlgan patsiyentlarda preparatni qoʻllash tajribasi cheklangan, shuning uchun bunday bemorlarga klopidogrelni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak (“Qoʻllash usuli va dozalari” boʻlimiga qarang).

Yordamchi moddalar. Trombonet laktoza saqlaganligi tufayli, galaktozani oʻzlashtiraolmaslik, Lapp laktaza tanqisligi yoki glyukozo-galaktoz malabsorbsiyasi kabi kam uchraydigan naslik kasalliklari boʻlgan patsiyentlar bu preparatlarni qabul qilmasliklari kerak.

Trombonet meʼda tomonidan buzilishlar va diareya chaqirishi mumkin boʻlgan gidrogenlangan kanakunjut moyi saqlaydi.

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanishi.

Klopidogrelni homiladorlik davrida qoʻllash boʻyicha klinik maʼlumotlar yetarli boʻlmaganligi tufayli, preparatni homilador ayollarda qoʻllamagan maʼqul (ehtiyotkorlik chorasi).

Hayvonlarda oʻtkazilgan tadqiqotlar homiladorlik, embrion/homilani rivojlanishi, tugʻruq va postnatal rivojlanishga bevosita yoki bilvosita salbiy taʼsirlarni aniqlamagan.

Klopidogrel koʻkrak suti bilan ajralishi nomaʼlum. Hayvonlarda oʻtkazilgan tadqiqotlar, u koʻkrak suti bilan ajralishini namoyish qilgan, shuning uchun Trombonet preparati bilan davolash vaqtida emizishni toʻxtatish kerak.

Fertillik. Laborator hayvonlarda oʻtkazilgan tadqiqotlar vaqtida klopidogrelning fertillikka salbiy taʼsiri aniqlanmagan.

Bolalar.

Klopidogrelni bolalarda qoʻllash mumkin emas, chunki bu yosh toifasidagilarda preparatning samaradorligi haqida maʼlumotlar yoʻq.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga taʼsir qilish qobiliyati. 

Klopidogrel avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga taʼsir qilmaydi yoki ahamiyatsiz taʼsir koʻrsatadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va oʻramida koʻrsatilgan yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin qoʻllanmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi.

Klopidogrelning dozasi oshirib yuborilganida keyinchalik asoratlar bilan kechuvchi qon ketishi vaqtini uzayishi kuzatilishi mumkin. Qon ketishi paydo boʻlganida simptomatik davolash tavsiya qilinadi.

Davolash: klopidogrelning farmakologik faolligining antidoti nomaʼlum. Uzaygan qon ketishi vaqtini tez toʻgʻrilashni zarurati boʻlganida, klopidogrelning taʼsirini trombotsitar massani quyish yoʻli orqali bartaraf etish mumkin.

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda. 1 yoki 3, yoki 6, yoki 8 blister qutida.

 

Saqlash sharoiti

Original oʻramida, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin. 

 

Yaroqlilik muddati 

2 yil. 

 

 

Berish tartibi

Retsept boʻyicha.