Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Троксерутин КАПСУЛА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Троксерутин КАПСУЛА 300мг №50

59 900 so'mdan
(1760)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Troxerutin
Ishlab chiqaruvchi
ОЗОН
Chiqarilish shakli
КАПС
Farma. Guruh
Венотонические препараты
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruxi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli 
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

qattiq kapsulalar.

 

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 300 mg trokserutin;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati – 5 mg, suvsiz kolloid kremniy dioksidi – 8 mg, makrogol 6000 – 15 mg, magniy stearati – 7 mg;

qobigʻining tarkibi: qattiq jelatin kapsulalar №1 (Ye104, Ye110, Ye171, jelatin).

 

Taʼrifi: 

qattiq, tiniq boʻlmagan, sariq rangli, silindrik shaklli jelatin kapsulalar.

Kapsulaning ichidagisi: xidsiz, sariqdan sargʻish-jigarrang rangligacha, siqilganda parchalanadigan silindrik massali granulalar.

 

Farmakoterapevtik guruxi: 

surunkali venoz yetishmovchiligini davolash uchun vosita (bioflavonoidlar)

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Bioflavonoid (rutinning hosilasi) boʻlib, R-vitamini faolligiga ega, venalarning tonusini oshiruvchi, angioprotektor, yalligʻlanishga qarshi va shishga qarshi taʼsir koʻrsatadi, kapillyarlarning sinuvchanligi va oʻtkazuvchanligini kamaytiradi. Trokserutinning farmakodinamik xususiyatlari gialuronidazani va antioksidant faollikni susaytirishi bilan bogʻliq. Gialuronidazaning faolligini susaytirib, u xujayralarning qobigʻidagi gialuron kislotasini barqarorlashtiradi va ularning oʻtkazuvchanligini kamaytiradi. Trokserutin askorbin kislotasi va adrenalinning oksidlanishini oldini oladi, lipidlarning perekisli oksidlanishi susaytiradi. Bundan tashqari, trokserutin membranalarni barqarorlashtiruvchi, antigemorragik, detoksik, allergiyaga qarshi va venotonik samaralarga ega.

Toʻqimalarning trofikasini yaxshilaydi, shish va venoz yetishmovchiligi bilan bogʻliq boʻlgan boshqa simptomlarni kamaytiradi.

Farmakokinetikasi

Peroral qabul qilinganida trokserutinni soʻrilishi cheklangan. 10% dan kamrogʻi meʼda-ichak yoʻllarida soʻriladi. Plazmadagi maksimal konsentratsiyasi ikkinchi va sakkizinchi soatlar orasida aniqlangan. Plazmadagi konsentratsiyasining ikkinchi marta maksimal boʻlishi preparat qabul qilingandan soʻng taxminan 30 soatdan keyin namoyon boʻladi. Plazma proteinlari bilan bogʻlanishi taxminan 30% ni tashkil qiladi. Jigarda aglyukogon shakllar mono-, di- va trigidroksietilrutozidlar, glyukoronidlar va arilsirka kislotasining hosilalarigacha metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri 10-25 soat orasida oʻzgaradi. Siydik bilan taxminan 25%, safro bilan taxminan 70% chiqariladi. 

 

Qoʻllanilishi

– shish va surunkali venoz yetishmovchiligi bilan bogʻliq simptomlarni yengillashtirish;

– varikoz dermatit, varikoz yaralarni majmuaviy davolash;

– gemorroylarda simptomlarni yengillashtirish;

– diabetik retinopatiyani majmuaviy davolashda qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Surunkali venoz yetishmovchiligi va uning asoratlari, gemorroyni simptomatik davolash uchun:

Davolashning boshida 1 kapsuladan kuniga 2-3 marta qabul qilinadi. Simptomlari odatda ikki xaftadan kam vaqt davomida yoʻqoladi. Simptomlar toʻliq yoʻqolgunicha preparatni aynan shu dozada qabul qilishni davom ettirish tavsiya qilinadi. Samarani bir maromda saqlab turuvchi davolash: 1 kapsuladan kuniga 2 marta. Bolalarda qoʻllashning klinik tajribasi haqida maʼlumotlar yoʻqligi tufayli, preparatni bolalar va 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarda qoʻllash tavsiya qilinmaydi.

Diabetik retinopatiya

3-5 kapsuladan kuniga 2 marta (sutkada 1800-3000 mg) qabul qilish tavsiya qilinadi.

Kapsulalar ovqat vaqtida bir stakan suv bilan ichga qabul qilinadi.

Agar Siz preparatni qabul qilishni oʻtkazib yuborgan boʻlsangiz

Agar Siz bir dozani qabul qilishni oʻtkazib yuborgan boʻlsangiz, iloji boricha tezroq qabul qiling. Agar navbatdagi dozaning vaqti deyarli yaqinlashgan boʻlsa, unutilgan dozani oʻtkazib yuboring, uni odatdagidek qabul qiling. Oʻtkazib yuborilgan dozani oʻrnini qoplash uchun dozani ikki marta qabul qilmang.

Yoʻriqnomaga muvofiq ravishda yoki shifokorning koʻrsatmasi boʻyicha qabul qilishni davom ettiring.

Agar Sizda ushbu dori preparatini qoʻllash bilan bogʻliq har qanday qoʻshimcha savollar boʻlsa, shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Boshqa barcha dori vositalari kabi Trokserutin Sofarma ham nojoʻya taʼsirlar chaqirishi mumkin. Biroq ular, barcha patsiyentlarda kuzatilmaydi, shuning uchun Sizda hech qanday reaksiya paydo boʻlmasligi mumkin.

Trokserutin Sofarma kapsulalari bilan davolashda nojoʻya reaksiyalar kam hollarda kuzatiladi. Alohida hollarda quyidagilar rivojlanishi mumkin: 

Immun tizimi tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda – anafilaktik shok, anafilaktoid reaksiyalar, oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda – bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi.

Qon tomirlar tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda – ekximozlar (kattaroq koʻkarishlar).

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan buzilishlar: kam hollarda – qorin ogʻrigʻi, diskomfort, dispepsiya, meteorizm, diareya.

Teri va teri osti toʻqimalari tomonidan buzilishlar: kam hollarda – toshma, qichishish, eshakemi.

Umumiy buzilishlar va yuborilgan joyda buzilishlar: juda kam hollarda – toliqish.

Agar nojoʻya taʼsirlardan birontasi jiddiylashsa yoki bu ilova varaqada taʼriflanmagan boshqa nojoʻya taʼsirlarni sezsangiz, shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Tokserutin Sofarmani qabul qilmang, agar:

Sizda preparatning faol moddasiga yoki yordamchi moddalaridan biriga yuqori sezuvchanlik (allergiya) boʻlsa.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Agar Siz boshqa dori vositalarini, shu jumladan retseptsiz beriladigan dori vositalarini qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan boʻlsangiz, shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar bering.

Trokserutin Sofarma preparatini dorilar bilan oʻzaro taʼsiri haqida maʼlumotlar mavjud emas.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Yurak, buyrak yoki jigar kasalliklari natijasida oyoqlarida shishlari boʻlgan patsiyentlar, preparatni qabul qilishlari mumkin emas, chunki bu holatlarda u samarali emas.

Homiladorlik va emizish davri

Har qanday preparatni qabul qilishdan oldin shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. 

Homiladorlikning birinchi uch oyligida dori preparatini qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Homiladorlikning II va III uch oyligida va emizish davrida preparat ona uchun kutilayotgan foyda va bola uchun potensial xavfning nisbatini hisobga olib buyuriladi.

Transport vositalari va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasini taʼsir qilish xususiyatlari.

Trokserutin Sofarma transport vositalarini boshqarish va mashinalarni ishlatish qobiliyatiga taʼsir koʻrsatmaydi.

Preparatning baʼzi yordamchi moddalari haqida muhim axborot.

Agar shifokor Sizda baʼzi qandlarni oʻzlashtiraolmaslik borligini aytgan boʻlsa, bu dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokoringiz bilan bogʻlaning.

Е110 boʻyovchi allergik reaksiyalarni chaqirishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Agar Siz buyurilgandan yuqori dozani qabul qilgan boʻlsangiz, shifokoringizga yoki yaqindagi davolash muassasasiga murojaat qiling.

 

Chiqarilish shakli 

Birlamchi oʻrami

Qattiq jelatin kapsulalar 300 mg.

10 (oʻn) kapsula qattiq, rangsiz tiniq PVX plyonkali va alyumin folgali blisterga joylanadi.

Ikkilamchi oʻrami

5 (besh) blister qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga bir tomondan pigment bilan qoplangan kartondan tayyorlangan yigʻma qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Original oʻramida, quruq va yorugʻlikdan himoyalanagan joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.