Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ТРИСОЛЬ РАСТВОР

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ТРИСОЛЬ РАСТВОР ДЛЯ ИНФУЗИИ 250МЛ №1

2 500 so'mdan
(2304)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
SODIUM CHLORIDE,POTASSIUM CHLORIDE,SODIUM BICARBONATE
Ishlab chiqaruvchi
РЕКА МЕД ФАРМ
Chiqarilish shakli
Р-Р Д/ИНФ
Farma. Guruh
Дезинтоксикационные препараты
Dori tafsilotlari
Maxsus koʻrsatmalar
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 
Tarkibi: 
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar

Buyraklarning ajratib chiqarish funksiyasi buzilgan bemorlarda, gipokaliyemiyada preparatning katta hajmlarini ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak. Uzoq vaqt qoʻllanganda plazmada elektrolitlarning konsentratsiyasini va sutkalik diurezni nazorat qilish zarur.

Giperkaliyemiya rivojlanganda elektrolit muvozanati meʼyorlashgungacha Trisol eritmasini Disol preparatga almashtiriladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin qoʻllanilmasin.

 

 

Chiqarilish shakli

Infuziya uchun eritma 100 ml, 200 ml, 250 ml, 400 ml va 500 ml  dan, shisha butilkalarda yoki polipropilen flakonlarda.

 

 

Saqlash sharoiti

250S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin. 

 

 

Yaroqlilik muddati

2 yil. 

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.

Dori shakli: 

infuziya uchun eritma.

 

Tarkibi: 

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: natriy xloridi – 5 mg, kaliy xloridi – 1 mg, natriy gidrokarbonati – 4 mg;

yordamchi modda: inyeksiya uchun suv – 1 ml gacha.

 

Taʼrifi: 

rangsiz, tiniq eritma.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Tuzli eritmalar.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Preparat gipovolemiyani kamaytirib, gemodinamik taʼsir koʻrsatadi, qonni quyuqlashishiga va metabolik atsidozni rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi, kapillyar qon aylanishini yaxshilaydi, diurezni kuchaytiradi va dezintoksikatsion taʼsir koʻrsatadi.

 

 

Qoʻllanilishi

Turli kasalliklarda (oʻtkir dizenteriya, ovqat toksikoinfeksiyalari va boshqalarda), shu jumladan vaboda (El-Tor) paydo boʻladigan organizmning degidratatsiyasi va intoksikatsiyasida qoʻllanadi.

 

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Eritmani yuborishdan oldin 36-38°S gacha isitiladi. Preparat vena ichiga (oqim bilan yoki tomchilab) axlat, qusiq massalari, siydik va ter bilan yoʻqotilgan suyuqlik hajmini tiklash uchun yetarli boʻlgan miqdorda yuboriladi. Kasallikning ogʻir shakllarida (gipovolemik, infeksion-toksik shok, noadekvat kapillyar perfuziya, dekompensatsiyalangan metabolik atsidoz, anuriya) bemorning tana vazniga nisbatan 7-10% miqdorda 1 soat davomida oqim bilan yuborishdan boshlanadi, keyin minutiga 40-120 tomchi tezlikda 24-48 soat davomida tomchilab yuborishga oʻtiladi.

Kasallikning yengilroq shakllarida (organizmning intoksikatsiyasi va suvsizlanishi, metabolik atsidoz, oliguriya) preparatni tomchilab yuborish bilan cheklanish mumkin.

Preparatni qoʻllash gematokrit va qondagi elektrolitlar konsentratsiyasining nazorati ostida oʻtkaziladi. Yuborilgan va yoʻqotilgan suyuqlikning muvozonati har 6 soatda aniqlanadi.

 

 

Nojoʻya taʼsirlari

Giperkaliyemiya rivojlanishi mumkin, bunday hollarda elektrolit muvozonati meʼyorlashgunicha preparatni Disol eritmasi bilan almashtiriladi. Haddan ziyod tez yuborilganida – keskin taxikardiya, hansirash, gipertermiya va terining qizarishi rivojlanishi mumkin.

 

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Giperkaliyemiya, gipergidratatsiya holati, oʻpka, bosh miya shishi xavfi, yaqqol yurak-oʻpka dekompensatsiyasi, buyrak yetishmovchiligi, preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas. 

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Dori vositalari bilan aralashtirilganida vizual mutanosiblikni nazorat qilish zarur, chunki terapevtik nomutanosiblik boʻlishi mumkin.