Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Тримедат форте

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Тримедат форте ТАБЛЕТКА 300мг №60

330 000 so'mdan
(1835)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Trimebutine
Ishlab chiqaruvchi
ВАЛЕНТА
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Спазмолитики
Dori tafsilotlari
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi. 
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgacha Trimedat® preparatining dozasini oshirib yuborilish hollari toʻgʻrisida xabar qilinmagan.

 

 

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 200 mg.

10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va bosma laklangan alyuminiy folga kontur uyali oʻramlarda.

3 kontur uyali oʻram qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton qutiga joylangan. 

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda.

 

 

Yaroqlilik muddati

3 yil. 

 

 

 

Dorixonalardan berish tartibi. 

Retseptsiz.

Qoʻllash usuli va dozalari

Ichga. Kattalarga va 12 yoshdan boshlab bolalarga: 100-200 mg dan sutkada 3 marta. Taʼsirlangan ichak sindromining qaytalanishlarini oldini olish uchun oʻtkazilgan davolash kursidan keyingi remissiya davrida preparatni sutkada 300 mg dozada 12 hafta davomida qabul qilishni davom ettirish tavsiya qilinadi.

3-5 yoshli bolalar: 25 mg dan sutkada 3 marta. 5-12 yoshli bolalar: 50 mg dan sutkada 3 marta.

 

 

Nojoʻya taʼsirlari

Kam: teri reaksiyalari.

 

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparat tarkibiga kiruvchi komponentlarga yuqori sezuvchanlik. 

3 yoshgacha boʻlgan bolalar – ushbu dori shakli uchun.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Trimedat® preparatining boshqa dorilar bilan oʻzaro taʼsiri taʼriflanmagan.

 

 

Maxsus koʻrsatmalar

Taʼsirlangan ichak sindromini oʻtkir davrida sutkada 600 mg 4 hafta davomidagi davolash kursida va oʻtkazilgan kursdan keyin davolashni sutkada 300 mg dozada 12 hafta davomida davom ettirish, kasallikning qaytalanishidan saqlanish imkoniyatini beradi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllanishi

Preparatni homiladorlikning I uch oyligida qoʻllash tavsiya qilinmaydi.

Laktatsiya davrida preparatni qoʻllashning xavfsizligini tasdiqlovchi klinik maʼlumotlarning yoʻqligi sababli, bu davrda Trimedat®ni buyurish tavsiya qilinmaydi.

Eksperimental tekshirishlarda preparatning teratogenligi va embriotoksikligi toʻgʻrisida maʼlumotlar aniqlanmagan.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin. 

 

 

Dori shakli: 

tabletkalar

 

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: trimebutin maleati 200 mg;

yordamchi moddalar: laktoza, kolloid kremniy dioksidi, talk, makkajoʻxori kraxmali, magniy stearati.

 

Taʼrifi: 

oq rangli, dumaloq, ikki yoqlama qabariq, bir tomonida ikki tomchisimon element koʻrinishida bosib tushirilgan va boshqa tomonida riskasi boʻlgan tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

spazmolitik vosita.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Trimebutin ichakning enkefalinergik tizimiga taʼsir qilib, uning peristaltikasini boshqaruvchisi hisoblanadi. Qoʻzgʻalish va bostirish retseptorlariga yaqinligi tufayli, ichakning silliq mushaklarini gipokinetik holatlarida ragʻbatlantiruvchi taʼsir va giperkinetik holatlarida spazmolitik taʼsir koʻrsatadi. Preparat meʼda-ichak yoʻllarining hamma qismiga taʼsir koʻrsatadi, qiziloʻngach sfinkterining bosimini pasaytiradi, meʼdani boʻshalishiga va ichak peristaltikasini kuchayishiga yordam beradi, shuningdek yoʻgʻon ichakning silliq mushaklarini ovqat taʼsiriga javob reaksiyasiga ham yordam beradi. Trimebutin meʼda-ichak yoʻllarining motorikasini buzilishi bilan bogʻliq turli kasalliklarda, ichak mushaklarini meʼyoriy fiziologik faolligini tiklaydi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganida trimebutin meʼda-ichak yoʻllaridan tez soʻriladi, qon plazmasida maksimal konsentratsiyasiga (Smax) 1-2 soatdan keyin erishiladi. Biokiraolishligi 4-6% ni tashkil qiladi. Taqsimlanish hajmi (Vd) – 88 l. Plazma oqsillari bilan bogʻlanish darajasi past – taxminan 5%. Trimebutin oz miqdorda yoʻldosh toʻsigʻi orqali oʻtadi.

Metabolizmi va chiqarilishi:

Trimebutin jigarda biotranformatsiyaga uchraydi va siydik bilan asosan metabolitlari koʻrinishida (birinchi 24 soat davomida taxminan 70%) chiqariladi. Yarimchiqarilish davri (T½) – taxminan 12 soat.

 

Qoʻllanilishi
  • Meʼda-ichak yoʻllarining funksional kasalliklaridagi motor buzilishlarda, gastroezofageal reflyuks kasalligi, gastroduodenal kasalliklardagi dispeptik buzilishlari (qorin ogʻriqlari, ovqat hazm boʻlishini buzilishi, koʻngil aynishi, qusish), taʼsirlangan ichak sindromida (meʼda-ichak yoʻllarining, xususan qorin boʻshligʻidagi ogʻriq va sanchiqlar, ichak spazmlari, meteorizm, diareya va/yoki qabziyat bilan namoyon boʻluvchi funksional kasalliklari);
  • Operatsiyadan keyingi falajlanish, ichak oʻtkazmasligi, meʼda-ichak yoʻllarining rentgenologik va endoskopik tekshirishlarga tayyorlash;

Bolalarda qoʻllanishi: meʼda-ichak yoʻllarining motorikasini buzilishi bilan bogʻliq dispeptik buzilishlar.