Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Трилам Нео

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Трилам Нео РАСТВОР ДЛЯ ИНФУЗИИ 200мл №1

45 396.22 so'mdan
(2027)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
РЕКА МЕД ФАРМ
Chiqarilish shakli
Р-Р Д/ИНФ
Farma. Guruh
Аминокислота
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi: 
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli  
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

infuziya uchun eritma

 

Tarkibi: 

 

Har bir butilka quyidagilarni saqlaydi:

hajmi 

200 ml

hajmi 

400 ml

Faol moddalar:

L-Valin

1,2 g

2,4 g

L-Izoleysin

1,2 g

2,4 g

L-Leysin

2,4 g

4,8 g

Yordamchi moddalar:

Suvsiz glyukoza

20,0 g

40,0 g

Inyeksiya uchun suv

200 ml gacha

400 ml gacha

 

Taʼrifi:

 tiniq, och-sariq rangdan, sargʻish jigarrang tusligacha boʻlgan eritma.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 parenteral oziqlantirish uchun eritmalar. Aminokislotalar. 

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi 

Trilam infuziya uchun eritmasi bir qator oqsillar va boshqa biologik muhim komponentlar sintezi uchun kerak boʻlgan tarmoqlangan yon zanjirli 3 ta almashtirib boʻlmaydigan aminokislotalar: L-valin, L-izoleysin, L-leysin saqlaydi. Tarmoqlangan aminokislotalar aromatik aminokislotalar almashinuvi turgʻunligini taʼminlaydi, mushaklarda, jigarda oqsillar va markaziy nerv tizimida neyromediatorlar almashinuviga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Sirrozlar rivojlanish xavf omili boʻlgan malnutritsiya kompensatsiyasi ustida olib borilgan izlanishlar, tarmoqlangan yon zanjirli almashtirib boʻlmaydigan aminokislotalarni qoʻllash orqali malnutritsiyani muvaffaqqiyatli kompensatsiya qilish jigar sirrozlaridagi oʻlimni kamaytirishi mumkinligini koʻrsatdi. Tarmoqlangan yon zanjirli almashtirib boʻlmaydigan aminokislotalardan foylanadigan holatlarga manfiy azot balansi, metabolik kuchlanish (gipermetabolizm), oqsillarga intolerantlik (jigar sirrozlari) holatlari kiradi. Tarmoqlangan almashtirib boʻlmaydigan aminokislotalarning keksa va qariya yoshlardagi shaxslarda sakropeniya rivojlanishida himoyaviy samarasi aniqlangan. Tarmoqlangan yon zanjirli aminokislotalarni jigar sirrozi boʻlgan patsiyentlarga infuziya orqali yuborilganda qonda yuborilgangan aminokislotalar miqdori oshganligi va aromatik aminokislotalar va metioninni kamayishi koʻrsatilgan, bunda jigar ensefalopatiyasi va elektroensefalogramma koʻrsatkichlari yaxshilangan. Skelet mushaklaridagi in vitro sharoitda tekshirishlarida Trilam preparatining uchta aminokislotasidan leysin asosiy oqsil sintezi induksiya qilish uchun javobgarligi aniqlangan. Leysinning oqsil sintezida ragʻbatlantiruvchi samarasi mRNK translyatsiyasi induksiya qilish orqali amalga oshadi. Bunda ribosoma oqsili fosforlanishi, kinaza S6, (eIF) 4E initsiatsiya omili faollashishi kabi koʻpchilik mexanizmlar mavjud. Bu jarayon sut emizuvchilarda asosiy komponent va uning fosforlanishiga yordam beruvchi sifatida mTOR (mammalian target of rapamycin) deb nomlangan oqsil ahamiyatga ega. Faqat yon zanjiri tarmoqlangan aminokislotalar, boshqa aminokislotalardan, boshqa gidrofob aminokislotalardan farqli, oqsil strukturasini ushlab turishga boʻlgan talabni qondiradi va oqsillar degradatsiyasi tezligini pasaytirib, ularning tabiiy strukturasini saqlashi aniqlangan. Bunday tashqari, tarmoqlangan yon zanjirli aminokislotalar oqsil proteolizini kamaytiradi va bu samara ularning atrogin-1 (atrogin-1) ga insulinga oʻxshash taʼsiri bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. 

 

Farmakokinetikasi

Nishonlangan leysinni bir marta oqim bilan vena ichiga yuborilgandan 10 minut oʻtgandan keyin, uning qondagi miqdori vena ichiga yuborishdan oldingi miqdoriga nisbatan ishonarli darajada farq qilmaydi. Leysinning T1/2 (sogʻ odamlarda) 5-15 minutni tashkil qiladi. Vena ichiga yuborilgandan 30 minutdan keyin, taxminan 50% leysin aʼzolarda toʻplanadi, asosan skelet mushaklarida va jigarda. Vena ichiga yuborilgandan 4 soatdan keyin esa, hamma leysin aʼzolarda taqsimlanadi, bunda 60% leysin toʻliq metabolizmga uchraydi, metabolizm mahsulotlari esa nafas orqali chiqib ketayotgan SO2 da aniqlanadi. Nishonlangan valin va leysinni vena ichiga yuborilganda, ularning farmakokinetikasi amalda sogʻ odamlar va sirrozi boʻlgan patsiyentlarnikidan farq qilmaydi. Odamlarda nishonlangan valin, leysin va izoleysin bilan oʻtkazilgan tadqiqotlar, ularning katta qismi, yaʼni 70%, birinchi navbatda skelet mushaklariga oʻtadi, lekin paydo boʻlgan keto-hosilalar miqdori yuqori emas. 

Alohida L-valin (600 mmol/min), L-izoleysin (150 mmol/min), L-leysin (300 mmol/min) aminokislotalarni va shu aminokislotalar aralashmasini(270 mmol/min), vena orqali infuziyasida quyidagilar aniqlangan: 

  • valin va izoleysinni alohida infuziyasi qon plazmasida shu aminokislotalarning miqdorini 6-22 marta oshishiga olib keladi. Bunda, faqat valinni alohida infuziyasi qonda tirozin miqdori kamayishi bilan kechadi. 
  • izoleysinni vena orqali infuziyasi qonda uning miqdori 6 baravarga oshishiga va tirozin (35% boshlanish darajasidan) fenilalanin (35% ga), metionin (50% ga), valin (40% ga) va izoleysin (55% ga) miqdorining kamayishiga olib keladi. 
  • valin, leysin va izoleysin aralashmasi infuziyasi bu aminokislotalarning qondagi miqdorini oshishiga va shu bilan bir qatorda tirozin (dastlabki darajadan 50% ga), fenilalanin (50% ga) va metionin (35% ga) kamayishiga olib keladi va bu kamayishi infuziya tamom boʻlgandan keyin 2 soat davomida saqlanib turadi. 

Yon zanjirli tarmoqlangan aminokislotalar bosh miya toʻqimasidan glyutamin va ammiakli chiqarilishida ishtirok etadi, shu orqali glyutamin va ammiakning neyrotoksik taʼsirini yoʻqotadi. 

Yon zanjirli tarmoqlangan aminokislotalar farmakokinetikasini nishonlangan fenilalanin oksidlanishi darajasi boʻyicha baholash, uchta aminokislotalar valin, leysin va izoleysinni birga yuborish eng optimal hisoblanadi. Bunda konsentratsinni qonda leysin konsentratsiyasining yuqoriligi valin va izoleysin kamayishi va tegishli degidrogenazalar faolligi oshishi bilan namoyon boʻlishi aniqlangan. Bu maʼlumotlar Trilam preparatida ham mavjud boʻlgan yon zanjirli uchta aminokislotalarni tegishli nisbatda birga yuborilishi kerakligini koʻrsatadi. 

Yon zanjirli tarmoqlari aminokislotalar oʻrtacha sutkalik dozasini hisoblash ularni vena ichiga yuborishdagi 10 tadqiqotlarda keltirilgan maʼlumotlarga koʻra maʼlumki davolovchi taʼsirni olishga erishish uchun quyidagi oʻrtacha sutkalik doza qoʻllaniladi: sutkada 1 kg tana vazniga – 0,43 g, minimal 1 kg tana vaznga – 0,15 g, maksimal – 0,8 g oʻzgarishlar bilan. 

Biotransformatsiyasi

Yon zanjirli tarmoqlangan aminokislotalar katabolizmning birinchi bosqichlari uchta aminokislotalar uchun umumiy, yaʼni tegishli aminotransferazalar va degidrogenazalar orqali tegishli keto hosilalar paydo boʻlishi (VSKD) bilan amalga oshadi. Bunda aminotransferazalarning ham sitozol, ham mitoxoidrial izofermentlari identifikatsiya qilingan. Ularning keyingi metabolizmi farq qiladi va birinchi navbatda oxirgi mahsulotlar (glyukoza va/yoki keton tanachalari) paydo boʻlish darajasi bilan xarakterlanadi. 

Yon zanjirli tarmoqlangan aminokislotalar katabolizmi allosterik va kovalent mexanizmlar bilan maxsus ravishda boshqarib turadi. 

VSKD membrana strukturalariga taʼsir etish asosini tashkil etuvchi fosforlanishi ingibitsiya qiladi va defosforlanishni faollashtiradi.

VSKD oʻzi metabolik faolligi darajasi boʻyicha quyidagi taqsimlanishga ega: uning eng koʻp qismi skelet mushaklariga (60-70%) toʻgʻri keladi, yogʻ toʻqimasiga (15-20%) va kam miqdori jigarda toʻplangan (10%). 

Taqsimlanishi 

Valin, leysin va izoleysin aralashmasini vena ichiga yuborilganda bu aminokislotalar va asosan leysin skelet mushaklari va jigarda toʻplanadi. Lekin vena ichiga yuborilgandan 4 soatdan keyin 60% leysin toʻliq metabolizmga uchraydi va metabolizm mahsulotlari chiqarilayotgan SO2 da aniqlanadi. 

Chiqarilishi

Yon zanjiri tarmoqlangan aminokislotalarni yuborilganda aminokislotalarning mutloq chiqarilishi aminokislotalar katta koʻrsatkichlardan kichigiga qarab quyidagicha oʻzgarib boradi: glyutamin, serin, glitsin, treonin, gistidin, alanin, arginin, tirozin, valin, litionin, izoleysin, fenilalanin va lizin.

 

Qoʻllanilishi

Trilam yon zanjiri tarmoqlangan aminokislotalarning odam uchun manbai sifatida jigar surunkali diffuz kasalliklari, buyrak surunkali kasalliklarida, keksalarda, komponentlar sintezi yetishmovchiligida buyuriladi:

  • malnutritsiya yoki porto – tizimli ensefalopatiya belgilari bilan yoki usiz kechadigan jigar faoliyati buzilishlari (jigar yetishmovchiligi) da davolash yoki parenteral oziqlantirishda (uglevodlar yoki yogʻ emulsiyalari eritmalari kabi qoʻshimcha komponentlarni yuborishga qarab qisman yoki toʻliq) qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Vena ichiga, sekin, tezligi 3 soat 400 ml dan oshmasligi kerak va u taxminan minutiga  2,2 ml ga toʻgʻri keladi. Preparat dozasi patsiyent holati va kasallik ogʻirlik darajasiga qarab shaxsiy ravishda belgilanadi.

Kattalar:

Preparatni faol komponentlari yon zanjiri tarmoqlangan aminokislotalarning sutkalik dozasi oʻzgarishi sutkada 1 kg tana vazniga 0,15 dan to 0,25 g/kg toʻgʻri keladi. Oʻrtacha sutkalik dozasi – sutkada 1 kg tana vazniga 0,2 g ni tashkil qiladi. 1 kg tana vazniga 0,15-0,25 g sutkadagi dozasi Trilam eritmasi preparati uchun sutkada 1 kg tana vazniga 6,2-10,4 ml toʻgʻri keladi. Maksimal doza massa 70 kg boʻlganda sutkada 1 kg tana vazniga 14,5 ml7 yoki 1015 ml Trilam preparatiga toʻgʻri keladi. Tana vazni indeksi 29,9 dan katta boʻlgan patsiyentlarga dozani ideal tana vaznidan kelib chiqib hisoblash kerak. 

Yon zanjiri tarmoqlangan aminokislotalarga talabi katta boʻlgan patsiyentlarga preparatning yuqoriroq dozalarini ishlatish mumkin. 

Klinik tadqiqotlar koʻrsatdiki, manfiy azot balansi holatida boʻlgan patsiyentlar tarqalgan zanjirli aminokislotalarni sutkada 1 kg tana vazniga 0,7 g gacha oʻzlashtira olishlari mumkin. Lekin, yon zanjiri tarmoqlangan aminokislotalar dozasi konkret patsiyentga uning holati, metabolik statusi va yon zanjiri tarmoqlangan aminokislotalar tanqisligini kompensatsiya qilish zarurligini hisobga olgan holda, shifokor tomonidan belgilanadi. 

Trilam preparati bilan davolash davomiyligi shaxsiy samaradorligi va xavfsizligini hisobga olgan holda shifokor tomonidan belgilanadi. 

 

Nojoʻya taʼsirlari

Trilam preparatini dozalash boʻyicha koʻrsatmalar va tavsiyalar asosida qoʻllanganda, nojoʻya taʼsirlar kam rivojlanadi. 

Kam holatlarda koʻngil aynishi, qusish, qizib ketish hissi va koʻp terlash kabi belgilar Trilamni maksimal tavsiya qilingan 3,5 ml minutiga dan koʻp tezlikda yuborilganda kelib chiqadi. Vena ichiga yuborilganda jigar fermentlari koʻrsatkichlari oshishi mumkin, bunday holatlarda jigar fermentlarini nazorat qilish kerak. Preparatning faol komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik reaksiyalari boʻlishi mumkin. Hamma infuzion eritmalarni vena ichiga yuborilgandagi kabi diurezni kuchayishi, agar periferik venalar orqali uzoq vaqt yuborilsa, tromboflebit kelib chiqishi mumkin. Agar bir venani koʻp marotaba punksiya qilinsa, flebit rivojlanishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • preparatning komponentlariga nisbatan oʻta yuqori sezuvchanlik; 
  • “siydik zarang siropi koʻrinishida”, aminoatsiduriya va boshqalar kabi aminokislotalar metabolizmini nasliy buzilishlari; 
  • uremiya bilan kechadigan buyrakning tiklanmaydigan shikastlanishlari: har qanday etiologiyali nefritik sindrom (shu jumlaan tez avj olib boradigan, surunkali), har qanday etiologiyali tubulointerstitsial nefrit (shu jumladan oʻtkir va surunkali) nasliy nefropatiya, obstruktiv uropatiya va reflyuks-uropatiya, buyrakning tubulointerstitsial va tubulyar shikastlanishlari (shu jumladan dori vositalari va ogʻir metallar chaqirgan), bujmaygan buyrak, kichik buyrak, buyrak ishemiyasi va infarkti, buyrak kistasi, gemolitik-uremik sindrom, ekstrarenal uremiya; 
  • qandli diabet;
  • gipergidratatsiya, giponatriyemiya holatlari, gipokaliyemiya bilan kechuvchi holatlar;
  • oʻtkir yoki nimoʻtkir fulminant gepatit;
  • dekompensatsiya bosqichidagi surunkali yurak yetishmovchiligi;
  • homiladorlik;
  • laktatsiya davri;
  • bolalar va 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarda qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Tavsiya etilgan dozada Trilam infuzion eritmasidagi aminokislotalar oʻzaro taʼsir etmaydi, shuningdek, boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻq. 

Infuzion eritmalarning katta hajmlarini, sutkada 1,0 l dan ortiq, yuborish elektrolit buzilishlari va kislota-ishqor muvozanatini buzilishlari bilan kechadi va ularni kompensatsiya qilish uchun qoʻshimcha elektrolitlar yuborish kerak.

Aminokislotalarni qoʻshimcha yuborish patsiyentda kerak boʻlgan sutkalik kaloriyani taʼminlangandagina amalga oshirilishi mumkin, aks holda aminokislotalar samarasi pasayadi. 

Eritmalarni periferik vena orqali infuziya qilish aseptikaga rioya qilish, ignaning venada kerakli holatda turishini talab qiladi. Venepunksiya qilinadigan joy teri shikastlanishlari va infeksiya yoʻqligiga sinchiklab tekshirilishi va venepunksiyadan oldin ishlov berilgan boʻlishi kerak. Flebit rivojlanishi mumkin, shuning uchun eritma yuboriladigan vena holatini har kuni baholab turish kerak. Flebit belgilari paydo boʻlsa, eritmani flebit bilan shikastlangan venaga yuborish mumkin emas

Trilam preparati eritmasining boshqa infuzion eritmalar bilan mutanosibligi nomaʼlum, shuning uchun infuziya uchun Trilam eritmasini boshqa infuzion eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas va infuziya uchun Trilam eritmasi xiralashganda, rangi oʻzgarganda va choʻkma hosil boʻlganda yuborilmaydi. 

 

 

Maxsus koʻrsatmalar

Trilamni katta xajmda (sutkada 1,0 l va undan koʻp) kiritish yoki uzoq vaqt davomida yuborilganda (har kuni 10 kundan ortiq) qonda glyukoza, elektrolitlar, albumin, umumiy oqsil miqdori, kislota ishqor muvozanati, ASAT, ALAT, IF, kreatinin, mochevina miqdorini nazorat qilib turish kerak. 

Pediatriyada qoʻllanilishi

Trilam preparatining bolalar uchun xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Preparatning faol komponentlari boʻyicha mavjud boʻlgan maʼlumotlar preparatni 12 yoshdan kichik boʻlgan bolalarda ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerakligini koʻrsatadi. 

Keksa va qari patsiyentlarda qoʻllanilishi

Dozaga yoshga qarab tuzatish kiritish zarurati yoʻq. 

Jigar faoliyati buzilishi boʻlgan patsiyentlarda qoʻllanishi

Preparat faol komponentlari taʼsirning oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlum boʻlgan maʼlumotlar preparatni jigar faoliyati buzilishi boʻlgan patsiyentlarda qoʻllashga imkoniyat yaratadi. 

Buyrak faoliyati buzilishi boʻlgan patsiyentlarda qoʻllanishi

Preparat buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qoʻllanadi. Preparat faol komponentlarini (tarmoqlangan aminokislotalar) dializda boʻlgan buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda qoʻllash mumkinligi toʻgʻrisida nashr qilingan maʼlumotlar bor. 

Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllanishi

Trilam eritmasi uchun homiladorlik davrida reproduktiv faoliyati hayvonlarda yoki klinik tadqiqotlarda oʻrganilmagan. Lekin, tarmoqlangan aminokislotalarning eritmasini (Trilam preparatining faol komponentlari) ayollarda homiladorlik davrida muvaffaqiyatli va ishonchli qoʻllanilgani toʻgʻrisida hisobotlar berilgan. Tarqalgan almashtirib boʻlmaydigan aminokislotalarning homila rivojlanishiga va homiladorning holatiga noxush taʼsiri toʻgʻrisida chop etilgan axborotlar yoʻq.

Trilam homiladorlikdan mustasno holatlarda, yaʼni aniq klinik koʻrsatmalar, masalan, homilador ayolda malnutritsiya sindromi bilan kechuvchi jigar sirrozida qoʻllanishi mumkin. Tarmoqlangan almashtirib boʻlmadigan aminokislotalarning emizishda ona sut oʻtishi toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻq. 

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Preparatning faol komponentlari avtomobil haydash va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsir etmaydi. 

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin. 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Aminokislotalarni vena ichiga yuborish siydik bilan mis va ruhning koʻp chiqishi bilan davom etishi mumkin, buni uzoq vaqt vena orqali oziqlantirayotgan paytda mikroelementlarni buyurishda shu holatni hisobga olish kerak. 

Doza oshirib yuborilishining oʻziga xos salbiy reaksiyalari taʼriflanmasin. 

 

Chiqarilish shakli  

200 ml dan butilkalarda №1 yoki № 40, 400 ml dan butilkalarda №1 yoki №24 oʻramda. 

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin. 

 

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifoxona sharoitida qoʻllaniladi.