Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Три-миг ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Три-миг ТАБЛЕТКА №100

25 000 so'mdan
(1124)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Tavsif
Три-миг ТАБЛЕТКА №100
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
Chiqarilish shakli
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
 Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli  
Saqlash sharoiti
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 Tabletkalar

 

Tarkibi:

Faol moddalar: 

Paratsetamol 250 mg

Kofein 30 mg

Propifenazon 150 mg

Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, metilparaben, povidon, magniy stearati, tozalangan talk, natriy kraxmal glikolyati, aerosil.

 

Taʼrifi: 

Oq rangli, och jigarrang kiritmali dumaloq, bir tomonida riskasi va ikkinchi tomoni yassi boʻlgan tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 Analgetik-antipiretik 

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Tri-Mig uch faol ingrediyentning majmuasini saqlaydi: paratsetamol isitmani tushiruvchi, ogʻriq qoldiruvchi taʼsir koʻrsatadi; kofein umumiy quvvat beruvchi (uyquchanlik va charchoqlik hissini kamaytiradi, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatini oshiradi, yurak qisqarishini tezlashtiradi, gipotoniya holatida arterial bosimni oshiradi), preparatning ogʻriq qoldiruvchi taʼsirini kuchaytiradi, propifenazon ogʻriq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi taʼsir koʻrsatadi.

Bu majmua sinergik samara bilan taʼsir koʻrsatadi. 

Paratsetamol – prostaglandin biosintezini kuchsiz ingibitoridir. U periferiyaga qaraganda markaziy nerv tizimida prostaglandin fermenti sinteziga qarshi samaraliroq, shu sababli ogʻriq qoldirish xususiyati bor. 

Kofein markaziy nerv tizimining ragʻbatlantiruvchisi hisoblanadi. U fosfodisteraza fermentini ingibitsiya qiladi va markaziy adenozin retseptorlariga nisbatan antagonistik samaraga ega. Kofein mushak ishini yengillashtiradi va aqliy mehnat qobiliyatini oshirishi mumkin.

 

 

Farmakokinetikasi

Preparat peroral qabul qilingandan keyin meʼda-ichak yoʻllaridan tez soʻriladi. Dori organizm boʻylab keng taqsimlanadi. U yoʻldosh toʻsigʻi orqali oʻtib va koʻkrak sutiga chiqariladi. Paratsetamol kofein kabi jigarda oksidlanish, metil guruhini yoʻqolishi va atsetillanish orqali metabolizmga uchraydi. Preapart siydik orqali chiqariladi. Yarim parchalanish davri – 3-6 soatni tashkil qiladi.

 

 

Qoʻllanilishi

Kuchsiz ogʻriqlarni kamaytirish va bosh ogʻrigʻi, sinusitlar, shamollash, mushak ogʻrigʻi, xayz koʻrishdan oldingi va xayz koʻrish davridagi buzilishlar, tish ogʻrigʻi, artritlar bilan bogʻliq boʻlgan  majmuaviy ogʻriqlarda qoʻllaniladi.

 

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Kattalar: 1-2 tabletkadan kuniga ikki marta buyuriladi.

Preparatni ogʻriq qoldiruvchi vosita sifatida 5 kundan ortiq, isitmani tushiruvchi vosita sifatida 3 kundan ortiq qabul qilish mumkin emas. Dozani va qabul qilishlar orasidagi intervalni oʻzgartirishni shifokor belgilaydi. 

 

 Nojoʻya taʼsirlari

Tavsiya qilingan dozalarda preparat yaxshi oʻzlashtiriladi.  

Koʻngil aynishi, epigastriy sohasida ogʻriq, allergik reaksiyalar (teri toshmalari, qichishish, eshakemi, Kvinke shishi) paydo boʻlishi mumkin. 

Juda kam hollarda – anemiya, trombotsitopeniya, metgemoglobinemiya.

Kam hollarda yurak qisqarishlar sonini tezlashishi, qabziyat, uyquni buzilishi, uyquchanlik va bosh aylanishi kuzatilishi mumkin. 

Preparatni tavsiya qilingan dozadan sezilarli darajada yuqori dozada uzoq muddat qabul qilinganda jigar va buyrak faoliyatini buzilishi ehtimoli oshadi, bunda qon manzarasini nazorat qilish lozim.

Kofeinni uzoq vaqt yuqori dozalarda isteʼmol qilish ayrim farmakologik taʼsirlarga tolerantlikka olib keladi. 

Preparatning barcha nojoʻya taʼsirlari haqida shifokorga xabar berish kerak.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • Paratsetamol, kofein va preparatning har qanday boshqa ingrediyentlarga shaxsiy yuqori sezuvchanlik;
  • paratsetamol saqlovchi boshqa preparatlarni bir vaqtda qabul qilish;
  • jigar va buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari;
  • qon kasalliklari (trombotsitopeniya, anemiya);
  • glyukozo-6-fosfatdegidrogenazani genetik yoʻqligi;
  • glaukoma;
  • nafas yetishmovchiligi, bosh miya jarohatidan keyingi holatlar, bosh miya ichki bosimini oshishi;
  • homiladorlik va emizish davrlarida qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari (shu jumladan, simetidin) gepatotoksik taʼsir xavfini pasaytiradi.

Metoklopramid va domperidon paratsetamolning soʻrilish tezligini oshiradi, kolesteramin esa kamaytiradi. Etanol paratsetamolning yarim chiqarilish davrini oshiradi va shu bilan gepatotoksik taʼsir xavfini kuchaytiradi. 

Kofein ergotaminning soʻrilishini tezlashtiradi. 

Antixolinergik vositalar yoki opioid analgetiklar kabi meʼdani boʻshalishini kechiktiruvchi dori vositalari, preparatning soʻrilishini kechiktiradi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Quyidagi holatlarda preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish  lozim:

– agar Sizda astma yoki nafas tizimining boshqa kasalliklari  mavjud boʻlsa;

– agar Siz antidepressantlar, koʻngil aynish va qayt qilishga qarshi, shuningdek qonda xolesterin miqdorini pasaytiruvchi dorilar qabul qilayotgan boʻlsangiz.

Preparat qabul qilinayotgan davrda choy va kofeni koʻp isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi, chunki bu qoʻzgʻaluvchanlik, uyquni buzilishiga, taxikardiyaga va yurak aritmiyalariga olib kelishi mumkin.

Jigarning toksik shikastlanishini oldini olish maqsadida paratsetamol bilan bir vaqtda alkogolli ichimliklar isteʼmol  qilish, shuningdek alkogolni surunkali isteʼmol qilishga moyil shaxslarga  preparatni qabul qilish mumkin emas.  

2 yoshgacha boʻlgan bolalarga, homiladorlik va emizish davrida, agar shifokor buyurmagan boʻlsa, qabul qilish tavsiya etilmaydi. Agar uyqusizlik, qaltirish, bosh ogʻrigʻi boʻlsa, preparat qabul qilishni toʻxtatish va maslahat uchun shifokorga murojaat qilish kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin. 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: birinchi 24 soatdagi belgilari boʻlib: teri qoplamalarini oqarishi, koʻngil aynishi, anoreksiya va qorin sohasida ogʻriq. Preparatni qabul qilgandan keyin 12-48 soat oʻtgandan keyin jigarni shikastlanishi paydo boʻlishi mumkin. 

Davolash: atsetilsisteinni vena ichiga yuborish yoki ogʻiz orqali berish mumkin. Qabul qilgandan keyin 1 soatdan kamroq vaqt oʻtgan boʻlsa 2,5 ml dan har 4 soatda ogʻiz orqali metionin berish mumkin.

 

Chiqarilish shakli  

10 tabletkadan kontur uyali oʻramda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq va yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 250S yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

2 yil. 

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.