Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Транзик РАСТВОР

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Транзик РАСТВОР ДЛЯ ИНЕКЦИИ 500мг 5мл №10

55 000 so'mdan
(1590)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
НАБИКАСИМ ИНДАСТРИС
Chiqarilish shakli
Р-Р Д/ИН
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Qo'llanilishi
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Farmakologik ta'sir
Nojo'ya samaralari
Maxsus shartlar
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Dozirovkasi
Dozani oshirib yuborilishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida qullanishi
Qo'llanilishi
Tarqalgan fibrinoliz:
Tranzik in'ektsiya operatsiya vaqtida va operatsiyadan keyingi davrda qon ketishlar, yo'ldoshni qo'l bilan ajratish, xorionni ko'chishi, homiladorlikdagi qon ketishlar, me'da osti va prostata bezining yomon sifatli o'smalari, gemofiliya, fibrinolitik davolashni gemorragik asoratlari, trombotsitopenik purpura, leykozlarda qo'llanadi.
Mahalliy fibrinoliz:
- bachandon kartsinomasi tufayli bachadon bo'ynini konizatsiyasi, burun, o'pka, me'da-ichak qon ketishlari, gematuriya, prostatektomiyadan keyingi qon ketishlar, gemorragik diatezlari bo'lgan bemorlarda tishlarni sug'urish. Siydik pufagining jarrohlik aralashuvi. Jarrohlik manipulyatsiyasining tizimli yallig'lanish reaktsiyalarida (sepsis, peritonit, pankreonekroz, og'ir va o'rtacha og'irlik darajadagi gestoz, turli xil etiologiyali shok va boshqa kritik holatlar) qo'llanadi.
 
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Traneksam kislotasiga yoki biron-bir boshqa komponetlariga o'ta yuqori sezuvchanlik. Anamnezidagi venozli yoki arterial tromboz. Anamnezidagi tirishishlar. Intratekal va qorinchalar ichiga yuborish, miya ichiga (miya shishi va tirishishlar xavfi sababli) qo'llash mumkin emas.
 
 
Farmakologik ta'sir
Tranzik in'ektsiya spetsifik antifibrinolitik ta'sir ko'rsatadi. Plazminogen faolligini va uni plazminga aylanishini ingibitsiya qiladi. Fibrinolizin miqdorini oshishi bilan kechuvchi holatlar (menorragiya, trombotsitlarni patologiyasi) chaqirgan qon ketishlarda mahalliy va tizimli qonni to'xtatuvchi ta'sir ko'rsatadi. Allergik va yallig'lanish reaktsiyalarida ishtirok etuvchi kininlar va boshqa faol peptidlarni hosil bo'lishini bostirish qobiliyatiga ega bo'lib, traneksam kislotasi yallig'lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, infektsiyalarga qarshi va o'smaga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Yarim chiqarilish davri taxminan 3 soatni tashkil etadi. Tranzik in'ektsiya to'qimalarda teng taqsimlanadi, yo'ldosh to'sig'i va gematoentsefalik to'siq orqali, ko'krak sutiga (ona qon plazmasidagi kontsentratsiyadan taxminan 1%) o'tadi. Boshlang'ich taqsimlanish hajmi – 9-12 l. Plazma oqsillari (profibrinolizin) bilan bog'lanishi – kamida 3%. Qonda taxminan 3% oqsillar (plazminogen) bilan bog'langan. To'qimalardagi kontsentratsiyasi 17 soatgacha saqlanadi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga peroral qabul qilinganidan keyin 3 soat o'tgach erishiladi. Preparat urug' suyuqligida aniqlanadi, bu yerda ularning fibrinolitik faolligi pasayadi, biroq spermatazoidlarning migratsiyasiga ta'sir qilmaydi. Buyrak orqali chiqariladi. Buyrak funktsiyasinini buzilishida organizmda traneksam kislotasini to'planishi kuzatilishi mumkin.
 
 
Nojo'ya samaralari
Me'da-ichak buzilishlari:
- ko'ngil aynishi, qusish va diareya kabi hazm qilishni buzilishlari
Yurak-qon tomir buzilishlari:
- gipotoniya bilan lohaslik, yoki usiz hushni yo'qotish (odatda juda tez vena ichiga yuborilganidan so'ng, peroral yuborish bundan mustasno).
- arterial va venozli tromboz
Nerv tizimini buzilishi:
- bosh aylanishi, tirishishlar, ayniqsa noto'g'ri foydalanilgan hollarda.
Umumiy buzilishlar:
- o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, jumladan anafilaksiya.
 
Maxsus shartlar
- Vena ichiga in'ektsiyani juda sekinlik bilan qo'llash kerak;
- Tranzik in'ektsiyani mushak ichiga yuborish mumkin emas;
- Miya shishi va tirishishlar xavfi tufayli preparatni intratekal yoki qorinchalar ichiga in'ektsiyasi va miya ichiga qo'llash mumkin emas. Anamnezida tirishishlari bo'lgan patsiyentlarda traneksam kislotasini yuborish mumkin emas.
- Traneksam kislotasini ishlatishdan oldin tromboembolik kasalliklarni rivojlanish xavfi omillarini tekshirish kerak.
- Traneksam kislotasini oral kontratseptivlarni qabul qiluvchi patsiyentlarda trombozni yuqori xavfi tufayli ehtiyotkorlik bilan yuborish kerak.
Nomutanosibligi
In'ektsiya uchun traneksam kislotasining eritmasini quyish uchun qonga yoki penitsillin saqlangan in'ektsiyaga qo'shish kerak emas.
 
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
In'ektsiya uchun eritmani quyidagi eritmalar bilan aralashtirish mumkin: 5% li dekstroza, 0,9% li natriy xlorid, 5% li dekstrozada dekstran 40 va 0,9% li natriy xloridda dekstran 40. Traneksam kislotasining in'ektsiya uchun eritmasini geparin bilan aralashtirish mumkin.
 
Dozirovkasi
Vena ichiga (tomchilab, oqim bilan).
Tarqalgan fibrinolizda tana vazniga 15 mg/kg bir martalik dozada har 6-8 soatda, minutiga 1 ml tezlikda yuboriladi.
Mahalliy fibrinolizda tavsiya etilgan standart doza 5-10 ml (500-1000 mg) dan sutkada 2-3 marta.
Prostatektomiya yoki siydik pufagidagi operatsiyalarda operatsiya vaqtida 1 g, so'ngra 1 g dan har 8 soatda 3 kun davomida yuboriladi, shundan so'ng makrogematuriya yo'qolgunicha tabletka shaklini ichga qabul qilishga o'tiladi.
Qon ketishlarni rivojlanish xavfi yuqori bo'lganda, tizimli yallig'lanish reaktsiyalarida 20-30 minut ichida aralashuvgacha 10-11 mg/kg dozada buyuriladi.
Koagulopatiyasi bo'lgan bemorlarga tish sug'irishdan oldin tana vazniga 10 mg/kg dozada yuboriladi, tish sug'irilgandan keyin preparatni tabletka shakli ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Buyrakning ajratuvchi funktsiyasini buzilishi hollarida dozalash tartibini tuzatish lozim: qonda kreatinin kontsentratsiyasi 120-150 mkmolь/l bo'lganda 10 mg/kg dan sutkada ikki marta buyuriladi; kreatinin kontsentratsiyasi 250-500 mkmolь/l bo'lganda 10 mg/kg dan sutkada bir marta buyuriladi; kreatinin kontsentratsiyasi 500 mgmolь/l dan yuqori bo'lganda 5 mg/kg dan sutkada bir marta buyuriladi.
Bolalar
Bolalarda hozirgi tasdiqlangan ko'rsatmalar bo'yicha dozalash kuniga 20 mg/kg ni tashkil qiladi. Biroq samaradorligi va xavfsizligi haqidagi ma'lumotlar bu ko'rsatkichlar uchun cheklangan.
In'ektsion eritma: yurak operatsiyasini o'tkazuvchi bolalarda traneksam kislotasining samaradorligi, dozasi va xavfsizligi to'liq o'rganilmagan.
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Agar buyrak yetishmovchiligi belgilari bo'lmasa, dozasiga hech qanday tuzatish kiritish talab etilmaydi.
 
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, ortostatik simptomlar va/yoki gipotoniya bo'lishi mumkin. Davolash: buyrakdan chiqarilishiga yordam berishda samarani bir maromda ushlab turish uchun ko'p suyuqlik iste'mol qilish. Antikoagulyant davolashni inobatga olish kerak. Moyil shaxslarda tromboz xavfi madjud.
 
Homiladorlik va laktatsiya davrida qullanishi

Homiladorlik
Hayvonlarda o'tkazilgan teratogen samarasini o'rganish natijasida olingan ma'lumotlarni yo'qligiga qaramasdan, homiladorlik vaqtida dorini ishlatishda odatda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Emizish
Tranzik in'ektsiyani ona qonidagi kontsentratsiyasi taxminan yuzdan bir kontsentratsiyagacha bo'lganida ko'krak sutiga o'tadi. Shuning uchun chaqaloqlardagi har qanday antifibrinolitik samarasini ehtimoli kam.