Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ТОРВАТОР ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ТОРВАТОР ТАБЛЕТКА 20МГ №20

31 000 so'mdan
(1889)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
ATORVASTATIN
Ishlab chiqaruvchi
GMP
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Гиполипидемические препараты (статины)
Dori tafsilotlari
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Qo'llanilishi
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Farmakologik ta'sir
Farmakokinetikasi
Nojo'ya samaralari
Maxsus shartlar
Dozirovkasi
Homiladorlik va laktatsiya davrida qullanishi
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
jigarning faol kasalliklari yoki zardobdagi transaminazalar faolligini nomaʼlum genezli oshishi (normani yuqori chegarasiga nisbatan 3-marta koʻp);
adekvat konsentratsiya usullaridan foydalanilmaydigan reproduktiv yoshdagi ayollar;
homiladorlik;
laktatsiya (emizish);
bolalar va 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar;
preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Alkogolni isteʼmol qiluvchi va/yoki jigar kasalligi (anamnezida) boʻlgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak.
 
Qo'llanilishi
-parxez yordamida davolanish samarasiz boʻlganida birlamchi giperxolesterinemiya (geterozigot oilaviy va oilaviy boʻlmagan giperxolesterinemiya);
aralash giperlipidemiya, shu jumladan, insulinga qaram qandli diabeti boʻlgan bemorlarda;
zardobdagi triglitseridlarning darajasi yuqori boʻlgan bemorlar va parxez yordamida davolanish adekvat samara koʻrsatmaydigan disbetalipoproteinemiyasi boʻlgan bemorlarni davolash uchun parxez bilan birga;
gomozigotali oilaviy giperxolesterinemiya (parxezga qoʻshimcha sifatida);
yurak qon-tomir kasalliklari va/yoki dislipidemiyasi boʻlgan bemorlarda stenokardiya boʻyicha shifokorga qayta tushish, miokard infarkti va oʻlimning umumiy xavfini pasaytirish maqsadida ikkilamchi profilaktika.
 
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Faol modda: atorvastatin - 10 mg, 20 mg yoki 40 mg;

Yordamchi moddalar: mikrokristallik sellyuloza, natriy kroskarmelloza, laktoza, kalsiy gidrofosfati, magniy stearati.
 
 
Farmakologik ta'sir
Statinlar guruhiga mansub gipolipidemik preparat. 3-gidroksi-3-metilglyutarilkoenzim A ni sterollar, shu jumladan xolesterinning oʻtmishdoshi hisoblangan mavelon kislotasiga aylantiruvchi GMG-KoA-reduktaza-fermentining selektiv raqobatli ingibitorlaridir. Xolesterin (Xs) sintezini bostirilishi jigar va jigardan tashqari toʻqimalarda past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP) retseptorlarining qayta faollashuvini oshishiga olib keladi. Bu retseptorlar PZLP ning qismlarini bogʻlaydi va qon plazmasidan yoʻqotiladi, bu qonda Xs PZLP darajasini pasayishiga olib keldi.

Atorvastatin umumiy xolesterin, past zichlikdagi lipoproteidlarning xolesterini (ZPLP-Xs) va V apoliporoteini darajasini, hamda juda past zichlikdagi lipoproteidlarning xolesterini (Xs-JPZLP) va triglitseridlarning miqdorini pasaytiradi, zichligi yuqori lipoproteidlarning xolesterini (ZYULP-Xs) darajasini turgʻun boʻlmagan oshishini chaqiradi.

Atorvastatin, odatda gipolipidemik vositalar bilan davolashga berilmaydigan gomozigotali oilaviy giperxolesterinemiyasi boʻlgan bemorlarda samarali va xolesterinning darajasini pasaytiradi.
 
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilgandan soʻng atorvastatin MIY dan yaxshi (80%) soʻriladi. Smax erishish vaqti 1-2 soatni tashkil etadi. Jigar orqali “birinchi marta oʻtish” da jadal metabolizmga uchrashi oqibatida atorvastatinning biokiraolishligi 14% ni tashkil etadi.

Plazma oqsillari bilan bogʻlanishi – 98%. Atorvastatin gematoensefalik toʻsiq orqali oʻtmaydi.

Asosan jigarda metabolizmga uchraydi. Metabolitlari GMG-KoA-reduktazaga ingibirlovchi taʼsir koʻrsatadi, u 20-30 soat saqlanadi. Safro bilan chiqariladi. T1/2 – taxminan 14 soat. Taxminan 46% axlat bilan, 2% dan kamrogʻi – siydik bilan chiqariladi.
 
Nojo'ya samaralari
Preparat odatda yaxshi oʻzlashtiriladi. Nojoʻya samaralari, odatda, yengil va oʻtib ketuvchan. Asosan qorinda ogʻriq yoki diskomfort, dispepsiya, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, koʻngil aynishi kabi umumiy nojoʻya koʻrinishlar uchraydi.

Mushaklarni tirishishi, mialgiyalar, miozit, asteniya, diareya, qichishish, toshma kamroq kuzatiladi.
 
Maxsus shartlar

Elektrolitlar muvozanatini ogʻir darajadagi buzilishlari, endokrin va metabolik buzilishlar, alkogolizmda, anamnezida jigar kasalliklari boʻlganda, arterial gipotenziya, ogʻir darajadagi oʻtkir infeksiyalarda, nazorat qilib boʻlmaydigan tirishishlar, yirik jarroxlik aralashuvlari jarohatlarda Torvatorni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Atorvastatin kreatinfosfokinaza va aminotransferazalarning faolligini oshishini chaqirishi mumkin. Atorvastatin qoʻllanganida jigar transaminazalari faolligini oshishi kuzatilishi mumkin. Bu oshishi, odatda , katta emas va klinik axamiyatga ega emas. Biroq davolash boshlanishidan oldin, preparatni qoʻllash boshlangandan soʻng 6 haftadan va 12 haftadan keyin yoki dozasi oshirilganidan soʻng, shuningdek butun qoʻllash davri davomida vaqti-vaqti bilan jigar faoliyatining koʻrsatkichlarini muntazam ravishda nazorat qilish kerak. AST va ALT koʻrsatkichlarini 3-marta oshganida preparatni bekor qilish yoki dozasini pasaytirish tavsiya etiladi. Atorvastatin bilan davolashda miopatiya rivojlanishi mumkin. Atorvastatin bilan davolanish vaqtida miopatiyani rivojlanishi xavfi siklosporin, fibratlar, eritromitsin, klaritromitsin, azollarga kiruvchi zamburugʻlarga qarshi preparatlar (flukonazol, itrakonazol, ketokonazol), nikotin kislotasi va niatsin bilan bir vaqtda qoʻllanganida oshadi.

Preparat bilan davolanish vaqtida alkogolli ichimliklar isteʼmol qilish mumkin emas.

Avtotransportni boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Atorvastatinni qabul qilish psixomotor reaksiyalar tezligiga taʼsir koʻrsatish aniqlanmagan.

Dozirovkasi
Preparat bemorga buyurilganida, unga davolanish vaqtida rioya qilish kerak boʻlgan standart gipolipidemik parxezni tavsiya qilish kerak. Preparat bir marta kunning istalgan vaqtida, ammo ovqatlanishdan qatʼiy nazar xar kuni aynan bir vaqtda qabul qilinadi. Preparatning dozasi (10 mg dan 80 mg gacha sutkada 1-marta) ZPLP-Xs ni dastlabki darajasi, davolash maqsadi va individual samarasini hisobga olib tanlanadi. Davolanishni boshida va/yoki dozasi oshirilgan vaqtda xar 2-4 haftada plazmadagi lipidlarning darajasini nazorat qilish va dozasini tegishli ravishda toʻgʻrilash kerak. Torvatorning tavsiya etilgan boshlangʻich dozasi – 10 mg xar kuni. Kerakli samarasiga qarab sutkalik dozasini 80 mg gacha oshirish mumkin. Torvatorning taʼsiri preparatni qabul qilgandan soʻng 2 haftadan keyin rivojlanadi, maksimal samarasiga 41 haftadan keyin erishiladi. Shuning uchun preparatning dozasini preparatni qabul qilish boshlangandan soʻng kamida 4 haftadan keyin oʻzgarishi kerak. Birlamchi (geterozigotali nasliy va poligen) giperxolesterinemiyada va aralash giperlipidemiyada davolash 10 mg sutkada 1-marta boshlangʻich dozasi bilan boshlanadi, patsiyentni reaksiyasiga qarab 4 haftadan keyin oshiriladi. Maksimal sutkalik dozasi 80 mg. Gomozigotali nasliy giperxolesterinemiyada boshlangʻich dozasi sutkada 10 mg ni tashkil etadi. 80 mg maksimal sutkalik dozasi qoʻllanganida eng optimal samara kuzatilgan. Keksa yoshdagi patsiyentlar uchun dozasini toʻgʻrilash talab qilinmaydi.
 
Homiladorlik va laktatsiya davrida qullanishi

Homiladorlikda va laktatsiya davrida preparatni qoʻllash mumkin emas.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan soʻng ishlatilmasin.